Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi umuman muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam tizimi — Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat markazlari va tuman markaziy shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tuzilgan boʻlib, ular aholiga tezkor bepul shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlamoqda.
Kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam muassasalari zamonaviy tashxis va davolash uskunalari bilan jihozlanmoqda.
Shifokorlarning malakasi hamda zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlashni hisobga olgan holda kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam tizimi shifokorlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnatini tashkil etish va moddiy ragʻbatlantirish tizimi muttasil takomillashtirib borilmoqda.
Aholiga, eng avvalo qishloq joylardagi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi isloh qilinmoqda. Respublikaning barcha tumanlarida zamonaviy tibbiy uskunalar va dori-darmonlar bilan taʼminlangan qishloq vrachlik punktlari tashkil etilmoqda.
Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada yuksak jahon talablari darajasidagi yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, Ilgʻor tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida:
1. Ilgʻor chet el tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni qabul qiluvchi hamda zamonaviy tashxis va davolash tibbiy uskunalaridan foydalanib davolaydigan maxsus klinikalar va tibbiy markazlarni tashkil etish Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus klinikalar va tibbiy markazlar, qoida tariqasida, quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
yaxshi tayyorgarlik koʻrgan va oʻz tibbiyot sohasida tan olingan hamda yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan shifokor-mutaxassislarga ega boʻlish;
yuqori texnologiyali tashxis va davolash tibbiy uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega boʻlish;
oʻz tibbiy amaliyotida yuksak jahon talablariga mos keladigan davolash va tashxisning murakkab usullarini joriy etish hamda keng qoʻllash.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tajriba tariqasida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Urologiya ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot urologiya markazi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining akademik V. Vohidov nomidagi Jarrohlik ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot jarrohlik markazi;
Toshkent shahridagi Toshkent viloyat koʻz mikroxirurgiyasi markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot koʻz mikroxirurgiyasi markazi;
Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot kardiologiya markazi.
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi hamda Markaz Kengashi timsolida Markazning mehnat jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar)ning muassislari hisoblanadilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
davlatga tegishli mulk ishonchli boshqaruv huquqi bilan Markazning ustav jamgʻarmasiga topshiriladi;
davlat tomonidan madadga muhtoj boʻlgan shaxslar (imtiyozli toifadagi shaxslar)ga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladi;
Markazning faoliyati davlat budjeti mablagʻlari, Markazning oʻz daromadlari va jalb etiladigan manbalar (grantlar, homiylarning mablagʻlari va boshqalar) hisobiga aralash asosda moliyalanadi. Bunda davlat budjeti mablagʻlari har bir Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali xarajat moddalari boʻyicha taqsimlanmagan holda alohida satr bilan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi respublika budjetlarini shakllantirish chogʻida Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2004-yildan boshlab Markazlarning uzogʻi bilan 2008-yilda oʻzini-oʻzi moliyalash va oʻzini-oʻzi qoplashga oʻtishini nazarda tutgan holda ushbu Markazlarni saqlashga budjet mablagʻlarining joriy xarajatlari bosqichma-bosqich kamaytirib borilishini koʻzda tutsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatining natijalarini hisobga olgan holda 2006-yilning 1-yanvariga borib Markazlarning ustav jamgʻarmasiga topshirilgan davlat mulkini imtiyozli shartlar bilan mehnat jamoasiga mulk sifatida sotish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadigan Markaz Kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi deb hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Kengash aʼzolari ichidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining taqdimnomasi boʻyicha Hukumat qarori bilan tayinlanadigan direktor Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
9. Markazlarga quyidagi huquq berilsin:
Markazning ustav jamgʻarmasiga topshiriladigan davlat mulkidan foydalanish va uni boshqarish;
lavozimlar roʻyxatini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash.
10. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning 2-ilovaga muvofiq roʻyxati.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan markazlar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
tashxis va davolash sifati standartlariga rioya etgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika markazlari tomonidan aholiga pulli xizmat koʻrsatish qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga qarang.
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini moliyalash tartibi va manbalari toʻgʻrisida Nizom;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-martdagi 140-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan pulli tibbiy yordam koʻrsatish uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi;
imtiyozli toifadagi bemorlarni davolash haqini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlash tartibi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-martdagi 140-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazlarning budjet mablagʻlaridan, tasdiqlangan tariflardan maqsadli va qonuniy foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini davolash va tashxis uskunalari, tibbiyot asboblari bilan jihozlash normativlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, ana shu normativlar asosida 2003-yildan boshlab respublika investitsiya dasturlarida ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari va asboblari bilan toʻliq taʼminlash uchun zarur kapital mablagʻlar koʻzda tutilsin.
13. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiyot uskunalari va asboblari uchun 2003-yilning 1-martidan to 2012-yilning 31-dekabriga qadar 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2003-yilda amalga oshiriladigan tajriba tahlili natijalari boʻyicha Markazlarning normativ bazasini, ular faoliyatini tashkil etish va moliyalash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-martdagi 140-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga qarang.
17. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-fevral,
PF-3214-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
ROʻYXATI*
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yetim bolalar;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar, shuningdek, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi tizimidagi tashkilotlarda xizmat davri boʻyicha pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
6. 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
8. Baynalmilalchi-jangchilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari;
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
92. Oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolari;
(91 va 92-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, 18 yoshga toʻlmagan patologiyali bolalar;
11. Chaqiruv komissiyalarining yoʻllanmalari boʻyicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, patologiyali homilador ayollar1;
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar2;
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar3;
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar4;
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari5;
Oldingi tahrirga qarang.
17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʻlgan vaqtda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) va farzandlari);
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha gematologiya kasalliklariga chalingan shaxslar6.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika perinatal markazida koʻrsatiladi;
(izohning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
2) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʻrsatiladi;
3) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʻrsatiladi;
4) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʻrsatiladi.
5) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʻrsatiladi;
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʻrsatiladi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan 6-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
* 91-bandda nazarda tutilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ham Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirilishi mumkin.
(izohning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
92-bandda nazarda tutilgan oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarning aʼzolarini jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 2-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2006-y., 40-son, 394-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 08.07.2022-y., 07/22/310/0607-son; 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)