Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 30-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda) 13-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatadi”;
oʻn oltinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn yettinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning matnidagi “kamida 5 yil” degan soʻzlar “kamida 7 yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 37-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi”;
3) 56-moddaning uchinchi qismidagi “bolaning nomiga jamgʻarma bankida ochilgan omonatga” degan soʻzlar “bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvaragʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 31-moddaning birinchi qismidagi “241-moddasida” degan soʻzlar “1551 va 241-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 58-modda ikkinchi qismi “b” bandining toʻrtinchi xatboshisi “uskunalarni” degan soʻzdan keyin “radioaktiv materiallarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 131-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“131-modda. Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash
Gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qoʻshmachilik qilish —
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) 155-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini taʼminlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 1551-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “1552” raqamidan keyin “1553” raqami bilan toʻldirilsin;
nomidagi “oʻquvdan oʻtish” degan soʻzlar “oʻquvdan oʻtish, chiqish yoki harakatlanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquvdan oʻtish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
“oʻtganligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “oʻtganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“bunday oʻquvdan oʻtgan, bunday oʻquvni amalga oshirgan” degan soʻzlar “bunday oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki oʻquvni amalga oshirgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) quyidagi mazmundagi 1553-modda bilan toʻldirilsin:
“1553-modda. Terrorizmni moliyalashtirish
Terrorizmni moliyalashtirish, yaʼni terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat —
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansabdor shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi”;
8) 175-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi”;
nomidagi “tayyorlash yoki tarqatish” degan soʻzlar “tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar “shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi dispozitsiyasining “v” bandi quyidagi mazmundagi “v” va “g” bandlar bilan almashtirilsin:
“v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa”;
10) 2442-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsha harakatlar:
a) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa;
b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan boʻlsa”;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “radioaktiv, portlovchi moddalar” degan soʻzlar “portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “moslamalarni” degan soʻzdan keyin “radioaktiv materiallarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 252-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, oʻgʻrilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoxud yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish —
olti oygacha qamoq yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yoʻli bilan;
g) bosqinchilik yoʻli bilan;
d) ushbu Kodeksning 155 va 161-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
13) 254-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv materiallarga qonunga xilof ravishda ega boʻlish, ularni saqlash, ulardan foydalanish, ularni birovga oʻtkazish, koʻrinishini oʻzgartirish, sochib yuborish yoki buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa”;
14) quyidagi mazmundagi 2631-modda bilan toʻldirilsin:
“2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“Yaqin qarindoshlar” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yaqin qarindoshlar — qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari”;
quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
Radioaktiv materiallar — qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa koʻrinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 36-moddaning birinchi qismidagi “qidiruv va tergov harakatlarini” degan soʻzlar “tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 38-moddaning 8-bandidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan soʻzlar “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 39-moddaning uchinchi qismidagi “tergov va qidiruv harakatlarini” degan soʻzlar “tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 81-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan soʻng jinoyat ishi boʻyicha dalillar deb eʼtirof etilishi mumkin”;
5) 87-moddaning birinchi qismi “soʻzlashuvlarni eshitish” degan soʻzlardan keyin “shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 2031-modda bilan toʻldirilsin:
“2031-modda. Jinoyat quroli
Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir”;
7) 290-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkni oʻzlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yoʻq qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi”;
8) 329-moddaning ikkinchi qismidagi “va ekspertiza oʻtkazish” degan soʻzlar “ekspertiza oʻtkazish, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriqlar berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 339-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga haqli”;
birinchi qismidagi “tergov va qidiruv harakatlarini bajarish” degan soʻzlar “tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “shartlari va usullarini” degan soʻzlar “shartlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “qoʻshib qoʻyish uchun” degan soʻzlardan keyin “qonunda belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 355-modda ikkinchi qismining 5-bandidagi “tergov va qidiruv ishlarini” degan soʻzlar “tergov harakatlarini va tezkor-qidiruv tadbirlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 382-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisi “soʻzlashuvlarni eshitib turishga” degan soʻzlardan keyin “yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, pochta, kuryerlik joʻnatmalari, telegraf xabarlari hamda aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa xabarlarning sir saqlanishi, uy-joy daxlsizligi huquqini cheklovchi tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi:
“Kodeksning 61, 125” degan soʻzlar “Kodeksning 61, 1161, 125” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“184” raqami chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
“6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish”;
ikkinchi qismidagi “2 — 5” raqamlari “2 — 6” raqamlari bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “fuqaro va xizmatchilarga — eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga — bir yuz ellik” degan soʻzlar “eng kam ish haqining ikki yuz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
“291-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish tuman (shahar) sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan qoʻllaniladi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasi birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021, 2241-moddalarida, 225-moddasi birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin”;
5) quyidagi mazmundagi 1161-modda bilan toʻldirilsin:
“1161-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
6) 1591-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1591-modda. Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya etmaslik
Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya etmaslik”;
7) quyidagi mazmundagi 1601-modda bilan toʻldirilsin:
“1601-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish
Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish —
eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) quyidagi mazmundagi 1711-modda bilan toʻldirilsin:
“1711-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish
Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 184-modda chiqarib tashlansin;
10) quyidagi mazmundagi 1933-modda bilan toʻldirilsin:
“1933-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni qonunga xilof ravishda rad etish
Notarial harakatni amalga oshirishni qonunga xilof ravishda rad etish —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
birinchi qismi sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “uch baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn baravari miqdorida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
12) quyidagi mazmundagi 2231, 2232 va 2233-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2231-modda. Pasportdan gʻayriqonuniy foydalanish
Fuqarolarning yoʻqolganligi toʻgʻrisida oʻzlari ariza bergan oʻz pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli boʻlgan pasportlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanishi —
eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
2232-modda. Ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalarini buzish
Pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan fuqarolarni, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
2233-modda. Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki pasportlarni garovga olish
Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki pasportlarni garovga olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
13) 225-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) quyidagi mazmundagi 2251-modda bilan toʻldirilsin:
“2251-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi sud qarorini bajarmaslik
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
sanksiyalaridagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” va “yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha” va “oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ular xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda vakolatxonaning yoki filialning ustavdagi maqsad va vazifalariga javob bermaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va shunday tashkilotlarni tuzishni qoʻllab-quvvatlashi”;
toʻrtinchi qismi dispozitsiyasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “(siyosiy partiyalar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlar fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning roziligisiz pul mablagʻlari va mol-mulk olishi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
oltinchi qismi dispozitsiyasi “etishi” degan soʻzdan keyin “oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha” degan soʻzlar “oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 245-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 1161-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining toʻrtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 1461-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 1601, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 1711, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179, 1792, 1793, 1794, 1795, 180, 181, 182, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 1891, 190, 191, 193, 1931, 1932, 1933, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 1983, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 2041, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242-moddalarida, 225-moddasining birinchi qismida, 2251, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411–24111-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
18) 247-moddaning matnidagi:
“Kodeksning 61, 125” degan soʻzlar “Kodeksning 61, 1161, 125” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“184” raqami chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “221, 223, 224, 225-moddalarida” degan soʻzlar “221, 223, 2231, 2232, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “121, 122, 123, 142, 144, 145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 191, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 224, 225-moddalarida” degan soʻzlar “121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2232, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “225-moddasida” degan soʻzlar “225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandidagi “191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2232, 2233-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 250-moddaning birinchi qismidagi “53, 121, 122, 123, 124, 142, 144, 145-moddalarida” degan soʻzlar “53, 121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 251-moddaning birinchi qismidagi “117-moddasida, 142-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar “117-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 254-moddaning birinchi qismidagi “121, 122, 123, 124, 142, 143, 144, 145-moddalarida” degan soʻzlar “121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58, 61-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 122, 123, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 141, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154, 156-moddalarida, 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 2021, 203, 204, 205, 209, 210, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi qismida, 2251, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan”;
8-bandidagi “166” raqami “1651, 166” raqamlari bilan almashtirilsin;
24) 288-moddaning uchinchi qismidagi “184” raqami chiqarib tashlansin;
25) 294-moddaning uchinchi qismidagi “bojxona organi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “184” raqami chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasi birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021, 2241-moddalarida, 225-moddasi birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida koʻrib chiqiladi”;
27) quyidagi mazmundagi XXX1 bob bilan toʻldirilsin:
“XXX1 bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish boʻyicha ish yuritish
3461-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini amalga oshiruvchi organlar
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:
ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021-moddalarida, 225-moddasining birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
ushbu Kodeksning 2241-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — chegara qoʻshinlari tomonidan.
3462-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtkazish punkti orqali chiqarib yuborish toʻgʻrisida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, xabardor qilinadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan 6-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 191-moddaning toʻrtinchi qismidagi “uch yil” degan soʻzlar “bir yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 605-moddaning ikkinchi qismi “taʼminlashi” degan soʻzdan keyin “shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 615-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
uy-joydan gʻayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan boʻlsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 6261-modda bilan toʻldirilsin:
“6261-modda. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli
Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga (ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno.
Fuqarolar oʻrtasida uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi shart.
Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi qismida, 607-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 609, 610-moddalarida, 612-moddasining birinchi qismida, 615-moddasining birinchi qismida, uchinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 616-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
oltinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
“271-modda. Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan shikoyat qilish
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalar mustasno”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, eʼlon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan boʻlishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan, eʼlon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarordir.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi taʼminlanmaydigan boʻlsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
2) 25-moddaning uchinchi qismidagi “aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan” degan soʻzlar “agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-bob. Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda olish”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40-modda. Aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olish”;
uchinchi qismidagi “baholashni va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishlari borasidagi taklifini oʻttiz kun ichida eʼlon qilishi shart. Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotishi toʻgʻrisidagi yozma roziligi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 59-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish bilan bogʻliq” degan soʻzlar “jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, oltinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida hamda 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “59-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, oltinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida, 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi”;
beshinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
8) 75-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish bilan bogʻliq” degan soʻzlar “jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish hamda jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 81-moddaning uchinchi qismi “bundan ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 23-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat notijorat tashkiloti:
qonun hujjatlari va taʼsis hujjatlariga rioya etishi;
oʻz mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanishi, shu jumladan moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlashi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan tadbirlar oʻtkazishni kelishib olishi (siyosiy partiyalar bundan mustasno) va uning vakiliga oʻtkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;
nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining chet mamlakatlarga nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan bogʻliq tashriflari uyushtirilishi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilishi;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olishi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.
Nodavlat notijorat tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlar oʻtkazishni, shuningdek chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
2) 9-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Xalqaro” degan soʻz “Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “xalqaro hamda” degan soʻzlar “bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining uchinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud yuridik shaxs boʻlgan vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;
taʼsis shartnomasi — nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) uchun;
nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilishning bayonnomasi yoxud taʼsischining qarori (respublika va viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);
joylashgan yeri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tashabbuskor fuqarolarning roʻyxati;
bosh nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi — vakolatxonalar va filiallar uchun;
dastlabki mablagʻlar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun;
vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib yuborish va oʻzgartirishda) yoki taqsimlash balansi (boʻlish va ajratib chiqarishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilot muhri va shtampi yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshib yuborish, boʻlish va oʻzgartirishda)”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi “ikki oy ichida” degan soʻzlardan keyin “jamoat birlashmasi uchun esa bir oy ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallarini” degan soʻzlar “Nodavlat notijorat tashkilotining yuridik shaxs boʻlgan vakolatxonalari va filiallarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“notarial tartibda tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “hisobga olish” degan soʻzlar “hisobga qoʻyish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Xalqaro” degan soʻz “Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻzbekcha matnidagi “asosiy” degan soʻz “bosh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 27-moddaning birinchi qismidagi “nodavlat notijorat tashkilotining oʻzini davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan tartibda va muddatlarda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 30-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda bunday vakolatxonalarning (filiallarning) xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatxona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlari va vazifalariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas”;
7) 33-moddaning matnidagi “roʻyxatdan oʻtkazuvchi, soliq va statistika organlariga” degan soʻzlar “roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi 167-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan faoliyat”;
toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs”;
oʻn birinchi xatboshisi “jamoat ahamiyatiga molik obyektlarni” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan kontinental shelfda joylashgan statsionar platformalarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti”;
3) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
“141-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti:
terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning monitoringini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi 402-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 162-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qon topshirish davriyligi bir martalik qon olish besh yuz millilitrdan, shuningdek laboratoriya tekshiruvlari uchun qirq millilitrdan ortiq boʻlmagan normada yiliga besh marotabadan oshmasligi kerak.
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi va eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti oladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi 527-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 592-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining oʻziga xos xususiyatlari alohida qonun hujjati bilan tartibga solinadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
birinchi qismidagi “respublika” degan soʻz “xalqaro, respublika” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro fondlarga faoliyati oʻz ustavlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining va bir yoki undan ortiq chet davlatlarning hududiga tatbiq etiladigan fondlar kiradi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 5-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
nomidagi “Chet el” degan soʻzlar “Xalqaro hamda chet el” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Chet el” degan soʻzlar “Xalqaro hamda chet el” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Chet el fondlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan” degan soʻzlar “Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan chet el fondlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Chet el” degan soʻzlar “Xalqaro hamda chet el” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 13 — 16-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning vakolatxonalari va filiallarini hisobga qoʻyish
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qoʻyish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Xalqaro, respublika fondlari, shuningdek bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mahalliy fondlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan fondlarning vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Fondning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalari va filiallari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida hisobga qoʻyilishi lozim.
14-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun talab qilinadigan hujjatlar
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, muassislar (muassis) yoki ular (u) vakolat bergan shaxslar (shaxs) tomonidan imzolangan, ularning (uning) familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va yashash joyi (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza;
agar fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
taʼsis yigʻilishining (syezdi, konferensiyasining) yoki muassisning (agar fond bir yuridik shaxs tomonidan tashkil etilayotgan boʻlsa) fond muassislari (muassisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, fondning maqsad va vazifalari koʻrsatilgan qarori;
fond ustavi yoxud yuridik shaxs boʻlgan vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom davlat tilida ikki nusxada;
joylashgan yeri fondning pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
fondni tashkil etish tashabbuskorlari yoxud uning muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bosh fondning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — vakolatxonalar va filiallar uchun;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati;
fondning dastlabki mablagʻlari shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar fondni tashkil etish toʻgʻrisida muassislar (muassis) tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Agar fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan boʻlsa, mazkur hujjatlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganidan keyin ikki oy ichida taqdim etiladi.
Qoʻshib yuborish va qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan fondlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qayta tashkil etilayotgan fondga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan fondning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib yuborilgan taqdirda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining fondning muhri va shtampi yoʻq qilib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshib yuborilgan taqdirda).
Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondlarning hamda chet el fondlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
fond vakolatli organining roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizasi;
vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsad va vazifalar koʻrsatilgan, notarial tasdiqlangan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
vakolatxona yoki filial rahbari nomiga bosh tashkilot tomonidan berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan ishonchnoma;
bosh tashkilotning ustavi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar koʻrsatilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan guvohnomasi nusxalari;
bosh tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) toʻgʻrisidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxonani ochish (filialni tashkil etish) toʻgʻrisidagi, uning nizomini (ustavini) tasdiqlash haqidagi, rahbarini (rahbarlarini) tayinlash toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak;
bosh tashkilotning faoliyati toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan axborot;
ijaraga beruvchining vakolatxona yoki filial uchun tegishli binolarni berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi bank toʻlov hujjati;
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi va telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotlar;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi belgilangan shakldagi deklaratsiya.
Fondlarning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qoʻyish uchun quyidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi ariza;
bosh tashkilotning vakolatxonalar hamda filiallarni tuzish, tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibini, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavining nusxasi yoki bosh tashkilotning ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan, vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi, davlat tilidagi nizom ikki nusxada. Vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova qilinadi;
fond markaziy rahbar organining vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (bayonnomasi);
fond markaziy rahbar organining vakolatxona yoki filial rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi;
vakolatxona yoki filial rahbariga fondning markaziy rahbar organi tomonidan berilgan ishonchnomaning nusxasi;
fond davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.
15-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki uning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonasi va filialini hisobga qoʻyish uchun hujjatlarni qabul qilgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki hisobga qoʻyish toʻgʻrisida yoxud davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoki hisobga qoʻyishni rad qilish haqida bir oy ichida qaror chiqarishi shart.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan fondga, bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro fondning va chet el fondining vakolatxonasiga yoki filialiga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda fondning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan, roʻyxatga olinganligi haqida belgi qoʻyilgan ustavi (nizomi) beriladi.
Fondning hisobga qoʻyilgan, yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonasi va filialiga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan, hisobga qoʻyilganligi haqida belgi qoʻyilgan vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi nizom beriladi.
16-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni rad qilish asoslari
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda fondning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonasi va filialini hisobga qoʻyish qonunda nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoki hisobga qoʻyishni rad qilish asoslantirilgan boʻlishi kerak. Fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki hisobga qoʻyishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hamda uning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qoʻyishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda maʼlum qilinadi. Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismidagi “ikki haftalik” degan soʻzlar “bir oylik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
8) quyidagi mazmundagi 201-modda bilan toʻldirilsin:
“201-modda. Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori
Quyidagilarni tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori:
xalqaro va respublika jamoat fondlari uchun — eng kam ish haqining besh yuz baravari miqdorida;
mahalliy jamoat fondlari uchun — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida boʻlishi kerak.
Jamoat fondlarining alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari) uchun dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori mavjud boʻlishi talab etilmaydi.
Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytida faqat pul shaklida shakllantirilgan boʻlishi lozim”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond tijorat tashkilotlarining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas, bundan ochiq savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish mustasno”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fondning bir aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali) summasining yigirma foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining olingan aksiyalari umumiy summasi fond aktivlari balans qiymatining aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanadagi yigirma foizidan ortiq boʻlmasligi kerak”;
10) 23-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar fondning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan vasiylik kengashi aʼzosiga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda; 2009-yil, № 4, 139-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar — jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, uni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablagʻlarining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish;
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”;
2) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat tizimlarini tashkil qilishi va joriy etishi;
identifikatsiyalash tartib-taomillarini amalga oshirishi va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi, shu jumladan mijoz va uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam yangilab borishi;
mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi hamda ularning shaxsini tekshirish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini koʻrishi, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni kamaytirish yuzasidan choralar koʻrishi;
mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishi;
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga boʻlgan urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi;
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati bilan solishtirishi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi OʻRQ-581-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 03/19/581/4004-son)
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli Qonuniga asosan 23-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 14-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari quyidagilardan iborat:
soʻrov — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bilgan yoki bilishi mumkin boʻlgan shaxs bilan bevosita muloqotda boʻlish jarayonida axborot olishdan iborat boʻlgan tadbir;
maʼlumotlar toʻplash — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun hujjatlarni, materiallarni, maʼlumotlar bazalarini oʻrganish, shuningdek soʻrovnomalar yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega boʻlgan axborot olishga qaratilgan tadbir;
qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yigʻish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida moddiy obyektlarni kelgusida qiyosiy tekshirish uchun olishdan iborat boʻlgan tadbir;
tekshirish uchun xarid qilish — yuridik yoki jismoniy shaxslardan tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan tovarlarni yoki xizmatlarni haq evaziga xarid qilishdan iborat boʻlgan tadbir;
nazorat ostida olish — yolgʻondan bitim tuzishdan, yaʼni qonun hujjatlari buzilishi faktini aniqlash va hujjatlashtirish uchun tovarlarni, valyuta qimmatliklarini, moddalarni hamda boshqa predmetlarni isteʼmol qilish yoki sotish maqsadini koʻzlamasdan olishdan iborat boʻlgan tadbir;
predmetlarni va hujjatlarni tekshirish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida predmetlarni va hujjatlarni oʻrganish uchun zarur ilmiy, texnikaviy va boshqa maxsus bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladigan tadbir;
tezkor kuzatuv — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni olish maqsadida shaxslarning harakatlarini, hodisalarni va jarayonlarni bevosita yoki bilvosita (texnik vositalardan foydalangan holda) nooshkora kuzatish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;
shaxsning aynanligini aniqlash — tekshirilayotgan yoki qidiruvdagi shaxsning shaxsini identifikatsiya qilish yoxud xususiy belgilari asosida aniqlashdan iborat boʻlgan tadbir;
turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar, faktlar va holatlarni aniqlash maqsadida turar joylarni va boshqa joylarni, binolarni, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini bevosita yoki bilvosita (texnik vositalardan foydalangan holda) koʻzdan kechirish va oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;
pochta, kuryerlik joʻnatmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan axborotni olish maqsadida pochta, kuryerlik joʻnatmalari, telegraf, telefaks, telefonogramma xat-xabarlari va boshqa xabarlarni nooshkora tanlab olish va oʻrganishdan iborat boʻlgan tadbir;
telefonlar va boshqa soʻzlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitish — telefon va boshqa aloqa liniyalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni maxsus texnik vositalardan foydalangan holda nooshkora eshitish, shuningdek qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;
aloqaning texnik kanallaridan axborot olish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan aloqa texnik kanallari orqali uzatilayotgan matnli, grafik axborotni va boshqa axborotni maxsus texnik vositalardan foydalangan holda nooshkora tutib qolish va qayd etishdan iborat boʻlgan tadbir;
tezkor kiritish — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ xodimini yoki maxfiylik asosida koʻmaklashuvchi shaxsni jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega boʻlgan obyektga kiritishdan iborat boʻlgan tadbir;
nazorat ostida yetkazib berish — erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan yoki muomalasi cheklangan yoxud jinoyat obyekti, predmeti va quroli boʻlgan tovarlar, valyuta qimmatliklari, moddalar va boshqa predmetlar olib oʻtilishini (tashilishini, joʻnatilishini, topshirilishini) tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida nooshkora nazorat qilishdan iborat boʻlgan tadbir;
niqoblangan operatsiya — jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega boʻlgan obyektga kiritilgan shaxsning imkoniyatlaridan tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida nooshkora foydalanishdan iborat boʻlgan tadbir;
tezkor eksperiment — gʻayrihuquqiy qilmish sodir etgan yoki unga tayyorgarlik koʻrayotgan shaxslarni fosh etish va aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan toʻliq boshqariladigan va nazorat qilinadigan sharoitni muayyan hodisani qaytadan tiklash yoʻli bilan sunʼiy ravishda vujudga keltirishdan iborat boʻlgan tadbir”;
2) 15-modda birinchi qismi oʻzbekcha matnining:
yettinchi xatboshisidagi “soʻrovlar” degan soʻz “soʻrovnomalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “soʻrovlari” degan soʻz “soʻrovnomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning birinchi va yettinchi qismlari “pochta” degan soʻzdan keyin “kuryerlik” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
4) 21-moddaning birinchi qismi “pochta” degan soʻzdan keyin “kuryerlik” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
26-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 2-moddasi 2016-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 5-moddasining 7-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 26-apreldagi 81 (6516)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-aprel,
OʻRQ-405-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 03/19/581/4004-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)