O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI VA OLIB KIRILISHI MASALALARINI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston xalqlari madaniy merosining saqlanishini ta’minlash, madaniy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishidan muhofaza qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muzeylarda va boshqa muassasalarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni uch oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va madaniy meros ashyolari hamda obyektlarini davlat muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlarini qayta tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Belgilansinki, davlat muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlari aniqlangunga va qayta tasdiqlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi xalqlari madaniy merosining qimmatli obyektlari yoki madaniy boyliklari hisoblangan tarixiy, badiiy, ilmiy yoki boshqa madaniy boyliklar ahamiyatiga molik ko‘char ashyolar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi madaniy mulk, shuningdek, ma’lum darajada madaniy boylik ahamiyatiga molik ashyolar va kolleksiyalar, ular yaratilgan vaqti hamda joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra aeroportlarda, vokzallarda va konteynerlarni jo‘natish joylarida madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli xonalar ajratsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoraviy me’yoriy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 267-modda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 23-mart,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
23-martdagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb ataladi) “Madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning olib chiqilishi va olib kirilishini nazorat qilishning yagona tartibini, ularni olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlarni berish tartibini, shuningdek, madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yig‘im miqdorini va uni to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
2. Madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi quyidagilardan iboratdir:
xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishi, fan va texnika tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, atoqli shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, fan, adabiyot, san’at arboblari) hayoti va faoliyatiga taalluqli ashyolar;
tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan qurollarning har xil turlari;
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan badiiy boyliklar;
arxeologik qazilmalar yoki arxeologik kashfiyotlar va topilmalar natijasida olingan ashyolar va ularning parchalari, tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar;
har qanday asosda va har qanday materiallardan butunlay qo‘lda ishlangan rasmlar va suratlar;
har qanday materiallardan ishlangan va haykaltaroshlik asarlari, shu jumladan, bo‘rtma rasmlar;
har qanday materiallardan ishlangan asl badiiy kompozitsiyalar va montajlar;
sig‘inish maqsadidagi badiiy bezatilgan ashyolar;
etnografik obyektlar;
o‘yma naqshlar, estamplar, litografiyalar, ksilografiyalar, grafikaning boshqa turlari va ularning original bosma shakllari;
amaliy-dekorativ san’at asarlari (shisha, loy, yog‘och, metall, suyak, mato va boshqa materiallardan ishlangan badiiy buyumlar);
an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari;
arxitektura, tarix, badiiy yodgorliklar va monumental san’at yodgorliklarining tarkibiy qismlari va parchalari;
alohida yoki kolleksiyadagi qadimiy kitoblar, shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy, adabiy ahamiyatga ega bo‘lgan matbaa asarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
noyob qo‘lyozmalar va hujjatli yodgorliklar, arxiv hujjatlari;
(2-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar, fonogrammalar va fotomateriallar;
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
musiqa asboblari;
filateliya, numizmatika, faleristika, bonistika, sfragistika ashyolari va boshqa kolleksiyalar;
tangalar, ordenlar, medallar, muhrlar, pochta otkritkalari (konvertlar) va kolleksiyalashning boshqa ashyolari;
noyob kolleksiyalar va flora hamda fauna namunalari, ilm-fanning mineralogiya, paleontologiya, anatomiya kabi tarmoqlari uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyolar;
maishiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy va ilmiy priborlar, asboblar (coat, barometr, tarozi, durbin, foto-, kinoapparatlari, tikuv mashinalari va shu kabilar);
boshqa ko‘char buyumlar, shu jumladan, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, davlat tomonidan tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan nusxalar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishining mazkur Nizomda belgilangan tartibi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, arxiv hujjatlaridan tashqari, barcha madaniy boyliklarga nisbatan qo‘llaniladi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 168-modda)
4. Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu ashyolarning qiymati darajasi ularni badiiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida vakolatli san’atshunoslar — ekspertlar yoki O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining shtatdan tashqari ekspertlari tomonidan aniqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
6. O‘zbekiston xalqining madaniy merosini saqlash ishiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar belgilangan tartibda pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlar bilan mukofotlanishlari mumkin.
II. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI VA OLIB KIRILISHINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISH ORGANLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha tezkor hal etishni talab etadigan masalalar bojxona organlarining mansabdor shaxslari va O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining vakolatli xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Madaniy meros agentligi xodimiga o‘z funksiyalarini bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga o‘tish huquqini berish bojxona organi rahbari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
III. BADIIY EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH VA NAZORATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
9. Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat olish uchun (1 va 1a-ilovalar) ularning egasi oldindan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga belgilangan shakldagi yozma ariza (2-ilova) taqdim etadi. Matbaa asarlari olib chiqilishi uchun ro‘yxat ikki nusxada taqdim etiladi (3-ilova).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Olib chiqiladigan madaniy boyliklar vakolatli san’atshunoslar — ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda ekspertizaga yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan shtatdan tashqari ekspertlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin. Alohida hollarda ekspertlar konsiliumi chaqiriladi. Konsiliumning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ashyolarni ko‘rib chiqish va ularni olib chiqilishi imkoniyati to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlash ashyoning egasi hozir bo‘lmagan holda amalga oshiriladi, biroq u paydo bo‘lgan masalalarni aniqlash uchun chaqirilishi mumkin. Ekspertlarning xulosasi (4-ilova) tavsiya tusiga ega bo‘ladi va madaniy boyliklarning olib chiqilishi uchun sertifikatlar berish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Zaruriyat bo‘lganda ashyolar ekspertizasi ular turgan joyda o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining vakolatli xodimi tomonidan imzolanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi (jo‘natilishi) huquqini beruvchi sertifikat berilgan kundan boshlab uch oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
12. Zarur hollarda mazkur ashyoni oldingi egasidan begonalashtirishning qonun bilan belgilangan shaklini tasdiqlovchi, shuningdek, ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar, kvitansiyalar va boshqalar) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Badiiy ekspertizadan o‘tkazish muddati uch kundan oshmasligi kerak va u olib chiqiladigan ashyolar soniga, ularning holatiga va ekspertizadan o‘tkazish murakkabligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori va agentlikning madaniy boyliklarning olib chiqilishiga sertifikatlar berish bo‘yicha vakolatli shaxslari mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
IV. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB CHIQILISHI YOKI VAQTINCHA OLIB CHIQILISHI TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
15. Olib chiqishni rasmiylashtirishda sertifikat blankida va olib chiqilishiga ruxsat berilgan madaniy boyliklar ro‘yxatining har bir varag‘ida, ularning fotosuratlarining orqa tomoniga sertifikat tartib raqami, u berilgan sana ko‘rsatilgan holda sertifikatni bergan vakolatli shaxsning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi shtamp bosiladi.
Olib chiqishga ruxsat berilgan tasviriy san’at asarlarining orqa tomoniga shtamp bosiladi, olib chiqishga ruxsat berilgan musiqa asboblari va gilamdo‘zlik buyumlari tamg‘alanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatning birinchi turkumi fotosuratlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligida saqlanadi, ikkinchi turkumi sertifikat bilan birgalikda bojxona organlariga taqdim etish uchun egasiga beriladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qaytarilish chog‘ida vaqtincha olib chiqilgan madaniy boyliklar o‘rami O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining vakolatli xodimlari va ekspert kengashi a’zolari ishtirokida ochib ko‘riladi va ashyolar ularning tarkibi va soni, shuningdek, sifat tavsiflari bir xilligiga muvofiqligini aniqlash maqsadida badiiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vaqtincha olib chiqiladigan musiqa asboblari va kamonlarga sertifikat olish uchun olib chiqilishi va keyinchalik ushbu asbobni olib kirilishi faktini aniqlash uchun zarur bo‘lgan asbob va kamonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan pasportlar (5, 5a va 5b-ilovalar) ham taqdim etilishi shart. Asbob har bir olib chiqilishi va olib kirilishida uning egasi ushbu pasportni ro‘yxatdan o‘tkazish belgilarini qo‘yish va boshqa bojxona hujjatlarini to‘ldirish uchun bojxona organlariga taqdim etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Jo‘nab ketayotganda fuqarolar tomonidan bojxona organlariga ko‘rsatilgan ro‘yxatlar, fotosuratlar va sertifikatlar belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Keyingi 50 yil davomida yaratilgan quyidagi madaniy boyliklarga ular olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat talab etilmaydi:
(23-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
gilamlar, gilamdo‘zlik buyumlari, kashta, so‘zana (barchasi mashinada tikilgan);
elektr musiqa asboblari;
kartinalar, ikonalar reproduksiyalari, san’at bo‘yicha albomlar, plastinkalar;
fabrikada ommaviy ishlab chiqarilgan esdalik buyumlar, keramika, chinni, billur, shisha, yog‘och, metalldan yasalgan buyumlar (chet elda ishlab chiqarilgan ashyolar bundan mustasno);
1 yoki 2 jilddan iborat bo‘lgan badiiy, bolalar, ommabop adabiyot, nota nashrlari;
O‘zbekistonda ilmiy-texnik ayirboshlash bo‘yicha bo‘lgan chet ellik olimlar va mutaxassislar, O‘zbekiston Respublikasida o‘qiyotgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet elga xizmat safariga yuborilayotgan olimlari, mutaxassislari, talabalari, o‘quvchilari tomonidan sotib olingan ilmiy, o‘quv adabiyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat probasiga ega bo‘lgan zamonaviy zargarlik buyumlari (olib chiqiladigan zargarlik buyumlari soni bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi);
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
taqib yurilishi uchun orden daftarchalari yoki mukofotlash guvohnomalari bo‘lgan shaxsiy mukofotlar.
 LexUZ sharhi
23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga asosan uninchi xatboshi bilan tuldirilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar va fonogrammalar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
24. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning konteynerlar, yuk va pochta jo‘natmalarida olib chiqilishi taqiqlanadi. Olib chiqishga ruxsat etilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bevosita ularning egalari tomonidan olib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi zarur hollarda:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
olib chiqishga taqdim etilgan madaniy boyliklar to‘g‘risida maxsus xulosa berish haqida so‘rov bilan vakolatli davlat, jamoat tashkilotlariga, muassasalarga murojaat qilish huquqiga egadir. Mazkur so‘rovlar bir hafta muddatda ko‘rib chiqilishi kerak;
madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi, shuningdek, ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
V. MADANIY BOYLIKLARNING OLIB KIRILISHI TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
26. Xorijiy fuqarolar (shu jumladan xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalari boshliqlari) va boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Musiqa asboblari va kamonlarning bojxona organlari belgisi qo‘yilgan pasportlari ularning O‘zbekiston Respublikasidan to‘siqsiz olib chiqilishi uchun asos hisoblanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — 2012-y., 44-son, 507-modda)
VI. BADIIY EKSPERTIZADAN O‘TKAZILGANLIGI VA HUJJATLAR RASMIYLASHTIRILGANLIGI UCHUN MAXSUS YIG‘IM
Oldingi tahrirga qarang.
29. Madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun 7-ilovaga muvofiq maxsus yig‘im undiriladi, ushbu yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining ekspertizadan o‘tkazgan tegishli muassasalari hisob-kitob schyotiga tushadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Maxsus yig‘im miqdorini belgilashda tahlilning murakkabligi, ish hajmi, buyumlar soni va madaniy boyliklarning sifat tavsiflari hisobga olinadi.
30. Madaniy boyliklar badiiy ekspertizadan o‘tkazilganda, ular olib chiqilishi imkoniyatidan qat’i nazar, ariza beruvchidan to‘liq miqdorda maxsus yig‘im undiriladi.
31. Tegishli davlat organlari tomonidan ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va ularga xulosa yozish (8-ilova) to‘lov undirmasdan amalga oshiriladi. Ushlab qolingan va musodara qilingan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish muddati — 15 kun.
32. Badiiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun maxsus yig‘im undirishdan tushgan mablag‘lar moddiy-texnika bazani rivojlantirishda, reklama-noshirlik ishida, shtatdan tashqari ekspertlar va jalb qilinadigan mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha haq to‘lashda, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilashda foydalaniladi.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi huquqini beruvchi

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi huquqini beruvchi

-son SERTIFIKAT

-son SERTIFIKAT‎‎

Ariza beruvchi ________________________Ariza beruvchi ________________________

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

Pasport ma’lumotlari yoki rekvizitlariPasport ma’lumotlari yoki rekvizitlari
______________________________________‎‎______________________________________‎‎‎
Ashyolar qayerga olib chiqilmoqda__________Ashyolar qayerga olib chiqilmoqda__________

(mamlakat)

(mamlakat)‎

______________________________________‎_______________________________________‎‎
Olib chiqilayotgan ashyolarning ro‘yxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.Olib chiqilayotgan ashyolarning ro‘yxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.
Ashyolarning qiymati ___________________Ashyolarning qiymati ____________________

(so‘z bilan)

(so‘z bilan)

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida olib chiqilishi kerakMadaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida olib chiqilishi kerak
20__ yil “___”____________ shahrida berilgan20__ yil “___”____________ shahrida berilgan
20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy
Madaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosiMadaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosi
Oluvchining tilxatiOluvchining tilxati
‎Bojxona organiga topshirilishi kerak
M. O‘.M. O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi

-son SERTIFIKAT

-son SERTIFIKAT‎‎

Ariza beruvchi ________________________Ariza beruvchi ________________________

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

(F. I. O. yoki tashkilot nomi)

Pasport ma’lumotlari yoki rekvizitlariPasport ma’lumotlari yoki rekvizitlari
______________________________________‎‎______________________________________‎‎‎
Ashyolar qayerga va qaysi muddatga olib chiqilmoqdaAshyolar qayerga va qaysi muddatga olib chiqilmoqda
______________________________________‎_______________________________________‎‎

(mamlakat va qayta olib kirilishi sanasi)‎

(mamlakat va qayta olib kirilishi sanasi)‎

Vaqtincha olib chiqilayotgan ashyolarning ro‘yxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.Vaqtincha olib chiqilayotgan ashyolarning ro‘yxati “____” varaqda ilova qilinmoqda.
Ashyolarning sug‘urta bahosi______________Ashyolarning sug‘urta bahosi ______________

(so‘z bilan)

(so‘z bilan)

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida vaqtincha olib chiqilishi kerakMadaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida vaqtincha olib chiqilishi kerak
20__ yil “___”____________ shahrida berilgan20__ yil “___”____________ shahrida berilgan
20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy20__ yil “___”_______ gacha haqiqiy
Madaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosiMadaniy meros agentligi vakolatli shaxsining lavozimi, F. I. O. va imzosi
Oluvchining tilxatiOluvchining tilxati
‎Bojxona organiga topshirilishi kerak
M. O‘.M. O‘.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga

____________________________________________‎
____________________________________________
________________________________________ dan‎
Manzili:____________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
Pasport ma’lumotlari yoki rekvizitlari
____________________________________________‎
____________________________________________‎‎
____________________________________________‎‎
____________________________________________‎‎

A R I Z A

________________________________________‎‎___________________________________‎‎‎
________________________________‎‎_________________________________mamlakatiga‎‎‎‎
________________________________________‎‎___________________________________‎‎‎
_______________________________________‎‎_______________________________sonda
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
________________________________‎‎___________________________________________‎‎‎‎‎
olib chiqishga (vaqtincha olib chiqishga) ruxsat berishingizni so‘rayman.
Sana 20__ yil “__” ________

Imzo

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan (jo‘natilayotgan) nashrlar

RO‘YXATI

F. I. O. Yoki tashkilot nomi ____________________________________________‎
_____________________________________________________________________‎
Pasport ma’lumotlari yoki rekvizitlari_________________________________‎
_____________________________________________________________________‎‎
Qayerga olib chiqilmoqda (jo‘natilmoqda)_________________________________‎
____________________________________________________________________‎‎‎

Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi

Nashrning nomi

Chiqarilgan yili

Jildlar soni

M. O‘. Ekspertning imzosi ______________
20__ yil “___”___________
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Madaniy boyliklarning olib chiqilishi yoki vaqtincha olib chiqilishi uchun

EKSPERT XULOSASI

Ekspert____________________________________________________________‎

(F. I. O. va lavozimi)

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining __________________________

1 qismi 238-moddasi bilan tanishib chiqdim

‎Imzo‎‎ ‎

Quyidagi ashyolar bilan tanishib chiqdim:
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
_________________________________________________________________‎___‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
Ashyolar egasining F. I. O. Yoki tashkilotning nomi________________________‎
____________________________________________________________________‎
Ekspert tomonidan quyidagilar aniqlandi:______________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎
____________________________________________________________________
Qiymati____________________________________________________________‎
____________________________________________________________________‎‎

(so‘z bilan)‎

Madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib‎ chiqilishi
‎ va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi‎ Nizom asosida ko‘rsatib
‎o‘tilgan ashyolar olib chiqilishiga ______________________________________ ‎

(ruxsat etiladi, ruxsat etilmaydi) ‎

20__ yil “__”___________

__________________________‎

Imzo‎

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Musiqa asboblari uchun ‎________-son P A S P O R T ‎ ‎ ‎
(F.I.O.) ____________________________________‎‎

‎‎Ustki qopqog‘i foto surati (18x8 sm)

‎‏‎‏Pastki qopqog‘i foto surati (18x8 sm)

‎‏Gardishining foto surati (18x8 sm)

Asbobning nomi _____________________________‎
Yorlig‘i (asl transkripsiyasida, saqlanishi)‎
____________________________________________‎
Hajmi (mm da):
qutisining uzunligi __ qutisining eng katta eni ___
pastki aylanasining katta bo‘lmagan eni __________
quti uchidan efes kertmasigacha bo‘lgan uzunlik _____
bo‘g‘izining uzunligi ____ uchining uzunligi _______
o‘mrovining eni ____________________
Andaza (quti) shakllarining belgilari ___________
Tavsifi: ustki qopqog‘i pastki qopqog‘i
material ‎ ______________ ‎ ______________ ‎
tuzilishi‎ ______________ ‎‎ ______________ ‎
rangi ______________ ‎‎ ______________ ‎
loki ______________ ‎‎ ______________ ‎
qili ______________ ‎‎ ______________ ‎
qo‘shimchalari ______________ ‎‎ ______________ ‎
(bo‘laklarning soni) ______________ ‎‎ ______________ ‎
saqlangan holati (yoriq joylari, yamalgan joylari,‎
yog‘ochdagi ko‘z izlari va boshqalar)_______________
Gardishining tavsifi ________________________‎
Bo‘g‘izi, o‘mrovi, qalpog‘i ______________________
Alohida belgilari (harflar,raqamlar,nomlari va b.)
____________________________________________
Egasining imzosi ____________ 20__ yil _______
Ekspertning F. I. O. ________________________
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎‎
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
5a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Kamon uchun ‎________-son P A S P O R T ‎ ‎ ‎‎
Egasi (F.I.O.) _______________________________‎‎

Uchi bilan tayoqcha qismining foto surati
‎(18x8 sm)

Kalotka va vint bilan uchi yon qismining foto surati
‎ (18x8 sm)

‎‏ Kalodka va vint bilan uchi pastki qismining foto surati
‎ (18x8 sm)

Kamon tavsifi: tayoqchasi, uchi, vintli kalodkasi (materiali, texnikasi, qimmat baho metallari va toshlari bo‘lganda ularning probasi ko‘rsatilishi kerak, og‘irligi va soni)______________
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________‎
____________________________________________
Markalash (tamg‘asi, ustaning belgisi, harflari, raqamlari, bezak shaklidagi shartli belgilari)
____________________________________________
____________________________________________
Hajmlari (mm da): kamonning uzunligi
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
____________________________________________
Egasining imzosi ____________________________
20__ yil _______________________
Ekspert qiluvchining F. I. O.
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎____________________________________________
‎‎
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
5b-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq musiqa asboblari uchun ‎________-son P A S P O R T ‎
Egasi (F.I.O.) _______________________________‎‎

Umumiy ko‘rinishdagi foto surati (12x18)

Asbobning nomi _____________________________‎
Yorlig‘i (asl transkripsiyasida, saqlanishi)‎_______
____________________________________________‎
Hajmi (sm da) asbobning umumiy uzunligi________
qutisining eng katta eni ______________________
eng katta chuqur joyi __________ qutusidan uzunligi
yuqori boshigacha ____________bo‘g‘izining uzunligi
buragich boshchasi bilan__________________
Tavsifi: ustki qopqog‘i pastki qopqog‘i
materiali ‎ ______________ ‎ ______________ ‎
rangi ______________ ‎‎ ______________ ‎
(asbob bo‘laklarning soni)‎_____________________ ‎
saqlangan holati (yoriq joylari, yamalgan joylari,‎
yog‘ochdagi ko‘z izlari va boshqalar)
____________________________________________‎
Bo‘g‘izi, qalpog‘i (burgach solinadigan quti)
Alohida belgilari (harflar, raqamlar, nomlari va
boshqalar____________________________________
Egasining imzosi ____________ 20__ yil _______
Ekspertning F. I. O. _________________________
Pasport bergan muassasaning muhri‎‎
‎‎
(5b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga 5v-ilova bilan to‘ldirilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
7-ILOVA
Badiiy ekspertizani o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
maxsus yig‘im
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdoriga ‎ nisbatan foizlarda ‎ (dan -gacha) ‎
1.‎ Kitoblar (bitta nomdagi)‎ 5-15‎
2.‎ Ko‘p jildli ensiklopediya (bitta nomdagi)‎ 200‎
3.‎ 1 nomdagi rasmlar, haykaltaroshlik (shu jumladan, bir mavzu, voqelik bilan birlashgan diptixlar, triptixlar, seriyalar)‎
— professional bo‘lganlari‎ 100-200‎
— professional bo‘lmaganlari‎ 50-75‎
4.‎ 10 varaqqacha bo‘lgan grafika (1 nomda)‎
— professional bo‘lganlari‎
— professional bo‘lmaganlari‎
5.‎ Gilamlar, devorga osib qo‘yiladigan suratli gilamlar‎ 200-400‎
6.‎ Poloslar‎ 100-200‎
7.‎ So‘zanalar‎ 100-200‎
8.‎ Amaliy-dekorativ san’at ashyolari‎ 25-150‎
9.‎ Kumushdan yasalgan badiiy buyumlar (oshxona priborlaridan tashqari)‎ 100-200‎
10.‎ Keng ko‘lamda ishlab chiqariladigan ashyolar‎ 10-20‎
11.‎ Musiqa asboblari‎ 50-100‎
12.‎ Fortepiano‎ 100-200‎
13.‎ Badiiy mebel, maishiy priborlar‎ 150-250‎
14.‎ Videokassetalar‎ 20‎
15.‎ Audiokassetalar‎ 5‎
16.‎ Tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar‎ 100-200‎
17.‎ Qaytarib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan yoki qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan ashyolar ‎ 30‎
18.‎ Markalar, nishonlar, belgilar, kolleksiyalash-ning boshqa ashyolari‎ 50-200‎
19.‎ Setifikat‎ 15‎
20.‎ Blanklar‎ 4‎
21.‎ Maslahatlar‎ 10-30‎
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
 LexUZ sharhi
7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 152-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
7-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 245-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi
va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqish raqami ___________‎
20__ yil “__”___________ _________________‎sh.

San’atshunoslik eksperti

XULOSASI

Men (biz)_______________________________________________________‎

(F.I.O., lavozimi)‎

___________________________________________________________________‎
__________________________________________________________tomonidan‎
___________________________________________________________________‎

(badiiy ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasaning nomi)

Bojxona organlari ______________ -son posti tomonidan________________‎
______________da yashovchi __________________________________ga boruvchi‎
(sana, reys raqami, davlat)‎
fuqaro________________dan (Pasport raqami __________seriyasi _________
____________________________________________berilgan) ushlab qolingan‎‎:

(kim tomonidan, qachon)

___________________________________________________________________

(nomi, soni)

__________________________________________ ekspertizasidan o‘tkazildi‎‎‎.

‎‎Ekspertiza natijasida quyidagilar aniqlandi:‎

20__ yil “____”_____________ Imzo________________‎
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 267-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 3-son, 15-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 22-23-son, 267-modda; 2011-y., 20-21-son, 210-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 15-son, 168-modda, 44-son, 507-modda; 2017-y., 17-son, 304-modda, 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)