Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA LOMBARDLARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA ULAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
lombardlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
3. Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun:
lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
fuqarolarga tegishli boʻlgan ashyolar garovga qoʻyilgan holda lombardlar tomonidan fuqarolarga kredit berish qoidalari;
lombardlar tomonidan hisobotlar taqdim etish tartibi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov va Markaziy bank raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-sentabr,
402-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 149-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)