Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ATROF TABIIY MUHIT IFLOSLANTIRILGANLIGI VA ChIQINDILAR JOYLAShTIRILGANLIGI UChUN TOʻLOVLAR TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy usullariga oʻtishni yanada taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlarida nazarda tutilgan tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya toʻlovlari joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga;
50 foizi — respublika budjetiga.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyatga koʻra, Vazirlar Mahkamasiga atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorlarini indeksatsiya qilish boʻyicha takliflar kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toʻlovlar tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida yigirma kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-may,
199-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 1-maydagi
199-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanadi, shuningdek yuridik va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
Faqat davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar hisoblanmaydilar. Bunda daromadlarning boshqa manbalari boʻyicha ushbu korxonalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqova oqizishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha), shuningdek avariyali va zarbli massa kompensatsiya toʻlovlari obyekti hisoblanadi va u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
turgʻun va koʻchma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga joylashtiriladigan zaharli va zaharli boʻlmagan chiqindilar massasi.
Oldingi tahrirga qarang.
barcha yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 40-modda)
4. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplanadigan joylarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya toʻlovi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilar saqlanadigan yoki toʻplanadigan joylardan suv obyektlariga yoki joylarning relyefiga oqib chiqqan hollarda ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya toʻlovi suv obyektlariga va joy relyefiga avariyali chiqarib tashlash sifatida toʻlanadi.
6. Konlar chegarasidan tashqaridagi vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtiriladigan normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) yuza ochilgandagi (boʻsh) jinslar uyumi qazib oluvchi sanoatning zaharli boʻlmagan chiqindilari hisoblanadi va ular joylanganligi uchun mazkur Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.
7. Quyidagilar kompensatsiya toʻlovi obyektlari hisoblanmaydi:
a) maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan toʻplash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli boʻlgan balansdan tashqari rudalar;
b) vaqtincha (olti oygacha) maxsus ajratilgan maydonlarda joylashtiriladigan va soʻngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
v) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishuv boʻyicha texnika ekinlari va dov-daraxtlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
g) oldindan konlarning tashqarisiga joylashtirilmaydigan konlar ichida joylashtiriladigan yuzasi ochilgan jinslar uyumlari;
d) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va joylashtiriladigan chiqindilarning normativ (limitli) massasi, ular boʻyicha bir yilda hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovlari summasi eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kamni tashkil etadi.
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash omborlarida joylashtirilgan va keyinchalik qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 126-son qaroriga muvofiq “e” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son , 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi PQ-420-son qaroriga muvofiq kichik band bilan toʻldirildi— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 7-son, 400-modda)
8. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha)si uchun kompensatsiya toʻlovlari summasi kompensatsiya toʻlovlarining tasdiqlangan miqdoriga va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan belgilangan ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativlariga (limitlariga) binoan mazkur Nizomga muvofiq toʻlovchilar tomonidan mustaqil hisoblab chiqiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
9. Yuridik shaxslarda (toʻlovchilarda) ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlari (limitlari) mavjud boʻlmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom boʻlganda, shuningdek ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizishga va chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar mavjud boʻlmagan taqdirda kompensatsiya toʻlovlari kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga 10 koeffitsiyent qoʻllangan holda ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining butun amaldagi massasi uchun toʻlanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqazib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va birlamchi hisobga olishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib belgilanadi.
10. Toʻlovchilar atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun har oyda avans kompensatsiya toʻlovlarini hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha toʻlaydilar. Avans kompensatsiya toʻlovlari oldingi yil choragi maʼlumotlari boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) amaldagi oʻrtacha oylik massasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Yilning bir choragi uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovi summasi eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kamni tashkil etgan hollarda kompensatsiya toʻlovi hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 25-kunigacha bir chorakda bir marta toʻlanadi, ushbu holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning normativ va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) massasi hisob-kitobi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda bir yilda bir marta ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
11. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada tuziladi. Uning bir nusxasi moliyaviy hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda yil choragida bir marta toʻlovchi joylashgan joy boʻyicha ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga taqdim etiladi. Tekshirib chiqilgan hisob-kitobning ikkinchi nusxasi toʻlovchida qoladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida, penya undiriladi.
12. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
P=(Mn x R) + (Msn x R x Kkr), Bunda:
P — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun soʻmlardagi kompensatsiya toʻlovi miqdori;
Mn — tonna yoki kilometrlarda normalar doirasida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasi;
Msn — tonna yoki kilometrlarda normadan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi muassasasi;
R — 1 tonna ifloslantiruvchi modda tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi (oqizilganligi) va chiqindilar joylashtirilganligi uchun soʻmlarda kompensatsiya toʻlovi miqdorlari;
Kkr — ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Kkr ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilishi va chiqindilar normativlar (limitlar)ga koʻra joylashtirilishi massasi koʻpaytirilishi (kamaytirilishi)ga qarab tabaqalashtirib aniqlanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasi qisqartirish hisobiga ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishga tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan kam boʻlgan hollarda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
P=(Mn x R):Kkr, Bunda:
bunda Mn — ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi massasi boʻyicha qabul qilinadi, Kkr quyidagi bogʻliqlikda aniqlanadi

T/r‎

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan normativlar (limitlar)dan ortiq boʻlgan (qisqartiruvchi) hajmi (baravar)‎

Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti koʻrsatkichlari (Kkr) ‎

1.‎ 1,05 dan 1,059 gacha‎ 2,2‎
2.‎ 1,06 dan 1,1 gacha‎ 2,5‎
3.‎ 1,11 dan 1,2 gacha‎ 3,4‎
4.‎ 1,21 dan 1,3 gacha‎ 4,4‎
5.‎ 1,31 dan 1,5 gacha‎ 6,0‎
6.‎ 1,51 dan 2,0 gacha‎ 8,0‎
7.‎ 2,1 va undan yuqori‎ 10,0‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 15-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 34-modda)
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi amaldagi massasining har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga avariyali chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishi hollarida ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasidan kelib chiqib asboblar bilan oʻlchash yoki hisob-kitobli usul yoʻli bilan aniqlanadi. Kompensatsiya toʻlovlari avariya (baravariga chiqarib tashlash, ifloslantiruvchi moddalarni oqizish) paydo boʻlgan paytdan boshlab u bartaraf etilgungacha boʻlgan davr uchun har bir modda boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga oʻn baravar miqdorda toʻlanadi. Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korxonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.
13. Kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi uchun ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlash (oqizish) va chiqindilarni joylashtirishning birlamchi hisobi boʻyicha ularning turlariga koʻra belgilangan shakldagi davlat statistika hisobotining normativlari (limitlari), rasmiy maʼlumotlar asosida ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishi massasining amaldagi maʼlumotlari qoʻllaniladi. Hisobot davridagi ifloslantiruvchi moddalar tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi (oqizilishi) va chiqindilar joylashtirilishining amaldagi massasini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda ularning massasi ishlab chiqarishning texnologiya tartib-qoidasi boʻyicha kutilayotgan yil massasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
14. Motor yonilgʻisini yoqishda ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga normativ chiqarishlar uchun kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasi qaroriga 2-ilovaga muvofiq ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning butun massasi uchun kompensatsiya toʻlovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa mazkur Nizomga A-ilovaga muvofiq qabul qilinadi. Agar yuridik shaxsning yoki ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining asboblar bilan oʻlchashi asosida belgilangan normativlardan ortiqcha ekanligi aniqlansa, u holda ushbu massa uchun normativdan ortiqcha chiqarganlik sifatida kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
15. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
16. Yuridik shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari, oqovalari hosil boʻlgan joy boʻyicha toʻlaydilar.
Yuridik shaxslarning turli hududlarda joylashgan boʻlinmalari va filiallari yuridik shaxs hisoblanmagan va bank hisob raqamlariga ega boʻlmagan taqdirda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini yuridik shaxslar toʻlaydilar. Kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari va filiallari joylashgan hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
17. Yuridik shaxs kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortgan taqdirda ularni, shuningdek penyani undirish iqtisodiy sud orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
18. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar hisob-kitobning toʻgʻriligi va kompaniya toʻlovining oʻz vaqtida toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
19. Toʻlovchilar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari qarorlari va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakati yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
20. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash toʻlovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
21. Ushbu Nizomning toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
A-ILOVA
Bir tonna motor yoqilgʻisini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar massasi

Yoqilgʻi turlari‎

Ifloslantiruvchi moddalar massasi, kg ‎

Etillangan avtobenzin ‎ 788,3‎
Etillanmagan avtobenzin ‎ 788,0‎
Avtomobil dizel yonilgʻisi ‎ 208,5‎
Teplovozlar uchun dizel yonilgʻisi ‎ 120,5‎
Siqilgan tabiiy gaz‎ 274,0‎
Suyultirilgan neft gazi‎ 584,8‎
Reaktiv yonilgʻi ‎ 178,5‎
Aviatsiya benzini‎ 169,8‎
Suv transporti uchun yonilgʻi (flot mazuti) ‎ 198,4‎
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
B-ILOVA
Yuridik shaxs (toʻlovchi) shtampi

_______________________________________________‎___‎

mahalliy ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish organiga‎‎‎‎‎

‎‎Toʻlovchi

_________________________________________________(yuridik shaxsning toʻliq nomi) ‎‎
‎‎Iden-tsiya raqami ‎‎

‎‎Hisob-kitob uchun masʼul shaxs _______________________________________________‎‎

‎‎Toʻlovchi manzili, telefonii ______‎__________________________________________

‎‎Bank rekvizitlari

‎‎______________________________
‎(bank muassasi nomi, kod, hicob-kitob raqami)

‎‎200__ yil __ choragida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi
‎va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari
‎summasi hisob-kitobi

‎‎‏Kompensatsiya toʻlovi obyektlari nomi

Massasi (t, kg, kub. m) ‎‎

1 t, kg, kub. m uchun kompensatsiya toʻlovi miqdori (soʻm)‎‎

Koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun yoki avariya boʻlganda baravarlik koeffitsiyentlari (birlik)‎‎

Kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻm (2 us. x 4 us. x 5us.) + (3 us. x 4 us. x 5 us.) ‎‎

Normativ

Normativdan ortiq‎

Avariya boʻlganda‎

‎‎‎‎

1‎‎

2‎‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7‎‎

1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Jami
‎‎2. Motor yonilgʻisini yoqishda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:
‎‎3. Suv obyektlarini va joy relyefini ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish:
‎‎Jami
4. Ishlab chiqarish chiqindilari:‎‎
‎‎Jami
‎‎Hammasi
Kompensatsiya boʻyicha avans toʻlov‎‎
‎‎Toʻlanishi kerak
‎‎Penya
‎‎Toʻlanishi kerak


‎‎‎Rahbar


‎‎‎_________________________________
‎(imzo, familiyasi, initsiallari)

‎‎Bosh buxgalter

‎‎______________________________
‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini tekshirdi: ‎‎

‎‎Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organi
‎ davlat inspektori
__________________________________________________

‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)‎‎‎‎

‎‎Toʻlov hisob-kitobini qabul qildi:

‎‎Kompensatsiya toʻlovlari hisobi va ularning tushumi
ustidan nazorat boʻlimi boshligʻi

‎‎_________________________________

‎‎‎(imzo, familiyasi, initsiallari)‎‎‎‎

‎‎_________________
‎(cana)

(B ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 71-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 52-son, 523-modda; 2005-y., 19-20-son, 142-modda; 2006-y., 6-7-son, 34-modda; 7-son, 400-modda; 2010-y., 5-son, 40-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)