O‘zbekiston Respublikasining qonuni
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA
1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(3-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish;
atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o‘rni qoplanishi;
atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish.
Fuqarolar:
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(4-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni tasdiqlaydi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
(52-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi:
(52-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
53-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
54-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari:
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi;
(54-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
aholi o‘rtasida fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
(51 — 54-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
6-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha o‘zga talablarni belgilaydi.
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
7-modda. Atmosfera havosi sifatining normativlari
Atmosfera havosining holatini baholashda O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planishi;
fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta’sir ko‘rsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qo‘yilishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosi sifati normativlari qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2023-yil 7-avgustdagi 18-son bilan tasdiqlangan Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar, ularning tarkibiy qismlari va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlari (0053-23-son SanQvaN), O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 19-mh-sonli “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3586, 19.12.2024-y.), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlari
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy ta’sir ko‘rsatish omillarining har biri bo‘yicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini, doimiy ifloslantiruvchi manbalar fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitar bosh vrachi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari tomonidan 2005-yil 11-noyabr, 0191-05-son bilan tasdiqlangan “Tuproqdagi ekzogen zararli moddalarning oxirgi yo‘l qo‘yiladigan va taxminiy yo‘l qo‘yiladigan sanitar konsentratsiyalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 15-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son)
10-modda. Ko‘chma manbalardan atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan ko‘chma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishini tartibga solish
Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishiga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko‘ra belgilanadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
12-modda. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishini tartibga solish
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yo‘l qo‘yiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishini cheklash, to‘xtatib turish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib turilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bog‘liq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallariga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallarining barcha turlari ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan standartlar, texnik reglamentlar talablariga mos bo‘lishi lozim.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududiga transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelishi shartlari
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari ko‘rsatadigan salbiy ta’sir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishiga doir O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yo‘l qo‘yiladi.
16-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlardan yuqori bo‘lgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlariga rioya qilinishini ta’minlashlari shart.
17-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ta’mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qo‘yiladigan talablar
Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ta’mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli ta’sir ko‘rsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlaydilar.
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelya O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘simliklarni himoya qilish vositasi, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi omil, mineral o‘g‘it va boshqa preparatlar sifatida kimyoviy moddalarni ishlatishga qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
19-modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlashda, xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda qo‘llashni tartibga solishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi lozim.
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlashi lozim.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi hamda eksporti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-sonli “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
20-modda. Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash paytida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
21-modda. Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirish yoki ko‘mib tashlashga doir talablar
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba bo‘lishi yoki havoga boshqa tarzda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgandan so‘ng ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
22-modda. Atmosfera havosining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, shuningdek ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
23-modda. Kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etish
Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallardan, yoqilg‘idan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan ko‘rsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
24-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqxona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni tozalash va unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalardan, shuningdek ularning ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish hamda ularning ishlash qoidalariga rioya etishi;
ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritishi, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi, retsirkulyatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirishi;
xo‘jalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini barpo etishi;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini belgilashi;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni hamda unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, ularning hisobini yuritishi va statistika hisobotini taqdim etishi;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini ta’minlashi hamda o‘lchovlarni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg‘ining, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan yoqish maxsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi va chiqindilar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno;
(24-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni.
energiyani tejovchi va (yoki) resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
Oldingi tahrirga qarang.
meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishini kamaytirish yuzasidan ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan tadbirlarni bajarishi;
(24-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof-muhitga hamda aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholashdan o‘tkazishi;
kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, tashish shartlariga, ulardan foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalariga rioya etishi;
atmosfera havosiga biryo‘la va avariya tufayli ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishi;
chiqindilarning utilizatsiya qilinishini ta’minlashi hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish choralarini ko‘rishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi ustuvor manbalarni avtomatik stansiyalar bilan jihozlashi, ularni Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilishi hamda ushbu bazaga ma’lumotlarning to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlashi shart.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi O‘RQ-1124-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi tuproq, suv va atrof-muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi kerak.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni biologik organizmlarni va issiqxona gazlarini chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan hamda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi O‘RQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
26-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish
Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur:
atmosfera havosining holatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
atmosfera havosiga fizikaviy omillar ko‘rsatadigan zararli ta’sirning turlari va hajmlari.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.
27-modda. Atmosfera havosi monitoringi
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni to‘plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
28-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi maxsus vakolatli organ quyidagilarni amalga oshiradi:
(28-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning holati, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat ekologik nazoratini;
(28-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va idoraviy ekologik nazorat sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini.
(28-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foydalanilishi atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(28-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 85 — 88-moddalari va Jinoyat kodeksining 196-moddasi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning o‘rnini qoplash aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi”.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuniga asosan 2019-yil 15-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
353-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 52-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)