

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2414325" id="-2414325">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2414326" id="-2414326">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2414327" id="-2414327">Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414328" id="-2414328"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414329" id="-2414329">Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllash amaliyoti sudlar vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni asosan toʻgʻri hal etishayotganliklarini koʻrsatadi. Shu bilan birga, sudlar faoliyatida mazkur qonunchilikni qoʻllashda xatoliklar ham mavjud.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414330" id="-2414330">Meros huquqiga oid qonunchilikning sudlar tomonidan toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341004" id="edi-7341004"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=20.07.2011 00#-2414331">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341004" id="-7341004"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341011" id="-7341011">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishi mulk daxlsizligi va meros huquqi qoʻriqlanishiga doir konstitutsiyaviy kafolatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6445574">41-moddasi</a>) taʼminlanishining oʻta muhim vositasi hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341254" id="-7341254">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308922">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414332" id="-2414332">2. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi 257-I sonli <a href="/ru/acts/-98325">Qaroriga</a> muvofiq Fuqarolik kodeksi <a href="/ru/acts/-180552#-198604">1112 — 1157-moddalari </a>qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan boʻlib, biroq 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi boʻyicha davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414333" id="-2414333">Meros 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan biri tomonidan qabul qilib olingan yoki davlatning yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazilgan hollarda kelib chiqqan nizolar 1963-yilgi Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2414334" id="-2414334"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7357267" id="edi-7357267"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=02.10.2014 00#-6946348">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7357267" id="-7357267"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7357272" id="-7357272">3. Fuqarolik kodeksining <a href="/ru/acts/-180552#-198607">1113-moddasiga </a>muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchar va koʻchmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga boʻlgan huquq, dehqon xoʻjaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-5351631#-5351951">4-moddasi</a>), yer uchastkasini ijaraga olish huquqi (“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-275195#-275575">13-moddasi</a>) va h.k. lar kiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7357273" id="-7357273">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308923">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414335" id="-2414335">Qonunga koʻra (FK 1113-moddasi<a href="/ru/acts/-180552#-198630"> ikkinchi qismi</a>), meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan quyidagi huquq va majburiyatlar kirmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414336" id="-2414336">yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414337" id="-2414337">hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414338" id="-2414338">aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414339" id="-2414339">mehnat va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar olish huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414340" id="-2414340">mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar (FK <a href="/ru/acts/-111189#-152912">sakkizinchi bobi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414341" id="-2414341">4. Meros tarkibiga faqat meros qoldiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan mulk kirishi tufayli, oʻzboshimchalik bilan qurilgan yoki tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan imoratlar meros tarkibiga faqat marhumning mazkur imoratlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda eʼtirof etilgan holda kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414342" id="-2414342">Meros qoldiruvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va shu kabi bitimlar uning oʻlimidan soʻng haqiqiy emas deb topilganda, qaytarilgan mulk ham meros tarkibiga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414343" id="-2414343">Birgalikdagi umumiy mulk ishtirokchisi vafot etgan taqdirda meros uning hissasiga toʻgʻri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan, mol-mulkni natura holida boʻlishning iloji boʻlmaganda esa, bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414344" id="-2414344">5. Fuqarolik kodeksining<a href="/ru/acts/-180552#-198604"> 1112-moddasiga </a>muvofiq vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414345" id="-2414345">Vasiyat va qonun boʻyicha vorislar sifatida, jumladan, meros ochilgan paytda hayot boʻlgan shaxslar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotligi paytida homila holida boʻlib, meros ochilgandan soʻng tirik tugʻilgan bolalari boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414346" id="-2414346">6. Fuqarolik kodeksi 1119-moddasining <a href="/ru/acts/-180552#-198672">birinchi qismiga </a>koʻra, noloyiq merosxoʻr deb topilishi mumkin boʻlgan shaxslarning vorisligiga oid nizolarni koʻrishda shuni nazarda tutish lozimki, ularning qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangan, vorislikka chaqirilishga imkon yaratgan qonunga xilof harakatlari, faqat bu harakatlar qasddan sodir etilgandagina merosdan mahrum etish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414347" id="-2414347">Ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxsga nisbatan FK 1119-moddasi <a href="/ru/acts/-180552#-198672">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan qoida qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414348" id="-2414348">Merosxoʻr faqat sudning hal qiluv qaroriga koʻra va faqat merosdan chetlatish oʻzi uchun vorislik bilan bogʻliq mulkiy oqibatlar tugʻdiradigan shaxsning daʼvosi boʻyicha noloyiq deb topilishi va merosdan chetlatilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414349" id="-2414349">7. Vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda, unda merosxoʻr tariqasida koʻrsatilgan, biroq tegishli navbatdagi qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan shaxs umumiy asoslarda qonun boʻyicha vorislik huquqidan mahrum etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414350" id="-2414350">Bunday hollarda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan vasiyatnomaga koʻra merosdan mahrum etilgan qonun boʻyicha merosxoʻr ham umumiy asoslarda vorislik huquqiga ega boʻladi (FK 1130-moddasi <a href="/ru/acts/-180552#-198805">toʻrtinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414351" id="-2414351">8. Sudlarga tushuntirilsinki, vasiyatnoma qonunda belgilangan tartibda tuzilgan va vasiyat qiluvchining vafotidan soʻng muayyan oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutuvchi bir tomonlama bitim hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414352" id="-2414352">Qonunga binoan vasiyat qiluvchi oʻz mulkini toʻliq yoki qisman har qanday shaxs yoxud bir necha shaxsga, shuningdek yuridik shaxslarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoxud davlatga vasiyat qilishi, yoinki bir, bir necha yoki barcha qonun boʻyicha merosxoʻrlarni merosdan mahrum qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414354" id="-2414354">Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topishga oid daʼvolarni koʻrishda, sudlar Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asoslarni nazarda tutuvchi normalariga amal qilishlari lozim (FK <a href="/ru/acts/-111189#-153454">113 — 128-moddalari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414356" id="-2414356">9. Meros qoldiruvchi tomonidan zimmasiga biror bir majburiyat bajarilishi yuklatilgan vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi oʻrtasidagi nizolarni koʻrishda, sudlar FK<a href="/ru/acts/-180552#-198867"> 1132-moddasi </a>talablariga rioya etishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414357" id="-2414357">Bunda shuni nazarda tutish lozimki, merosxoʻrning meros mulkidan foydalanishga boʻlgan ehtiyoji (masalan, turar joyga nisbatan shaxsiy ehtiyoji), shuningdek mulk huquqining merosxoʻrdan boshqa shaxsga oʻtishi, bunday oʻtish asoslaridan (sotish, hadya, ayirboshlash va h.k.) qatʼi nazar, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi huquqlariga taʼsir etmaydi, chunki bunday huquqlar hajmi meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomani tuzish paytida belgilanib, uning merosxoʻrlari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4195537" id="edi-4195537"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=20.07.2011 00#-2414359">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4195537" id="-4195537"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4195538" id="-4195538">10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, vasiyatnoma va uning asosida berilgan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma faqat sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday talablar boʻyicha sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanishiga, u qonunga zid boʻlishi tufayli (FPK 169-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3521753">birinchi qismi</a>) yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4195539" id="-4195539">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4124934">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414360" id="-2414360">11. Fuqarolik kodeksi 1112-moddasi <a href="/ru/acts/-180552#-198606">ikkinchi qismiga </a>muvofiq qonun boʻyicha vorislik faqat vasiyatnoma mavjud boʻlmagan yoki meros taqdirini toʻla belgilamagan, shuningdek Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda kelib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414362" id="-2414362">Qonun boʻyicha merosxoʻrlarga FK <a href="/ru/acts/-180552#-198926">1135 — 1141-moddalarida </a>koʻrsatilgan va navbat tartibida vorislikka chaqiriladigan shaxslar kiradi. Qonunda (FK <a href="/ru/acts/-180552#-198940">1138-moddasi</a>) toʻrtinchi navbatda vorislikka chaqiriluvchi shaxslar doirasi aniq koʻrsatilmaganligi sababli, sudlar toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi darajadagi qarindoshlarga kiruvchi merosxoʻrlarni aniqlashda Oila kodeksi <a href="/ru/acts/-104720#-158954">57-moddasiga </a>rioya etishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414363" id="-2414363">FK <a href="/ru/acts/-180552#-199046">1142-moddasiga </a>muvofiq vasiyat qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz (shu jumladan, farzandlikka olingan) bolalari, uning mehnatga qobiliyatsiz eri(xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) ham qonun boʻyicha merosxoʻr boʻladilar. Bu oʻrinda shuni nazarda tutish lozimki, taqdim qilish huquqi boʻyicha merosxoʻrlar, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, ikkinchi va undan keyingi navbatdagi vorislar majburiy ulush olish huquqiga ega emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414364" id="-2414364">12. Tushuntirilsinki, majburiy ulush miqdori qonunda belgilanganligi sababli vasiyat qiluvchi merosxoʻrlarning bu ulushga nisbatan huquqlarini oʻzgartirishga yoki boshqacha tarzda unga taʼsir etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414365" id="-2414365">Majburiy ulush belgilashda qonun boʻyicha vorislikka chaqirilishi mumkin boʻlgan barcha merosxoʻrlar inobatga olinishi va meros tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkdan kelib chiqilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414366" id="-2414366">Merosxoʻrga majburiy ulush tayinlashda u meros tariqasida biron-bir asosga koʻra olayotgan barcha narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va roʻzgʻor buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxoʻr foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham inobatga olinadi (FK<a href="/ru/acts/-180552#-199046"> 1142-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414367" id="-2414367">13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, quyidagi hollarda ham qonun boʻyicha vorislik mavjud boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414368" id="-2414368">taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik (FK <a href="/ru/acts/-180552#-198953">1140-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414369" id="-2414369">meros transmissiyasi tartibida vorislik (FK<a href="/ru/acts/-180552#-1680033"> 1140<sup>1</sup>-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414370" id="-2414370">meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari tomonidan vorislik (FK <a href="/ru/acts/-180552#-199039">1141-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414371" id="-2414371">14. Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik qonun boʻyicha merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga oʻtishini nazarda tutadi. Bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun boʻyicha merosxoʻr bilan birdek darajada qarindosh boʻlgan avlodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi. Masalan, agar oʻgʻil (qiz) otasi yoki onasidan oldin vafot etgan boʻlsa, uning bolalari bobosi yoki buvisining vafotidan soʻng qolgan merosga nisbatan taqdim qilish huquqi boʻyicha merosxoʻr boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414372" id="-2414372">Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun boʻyicha marhum merosxoʻrning eri(xotini) taqdim qilish huquqi boʻyicha voris boʻla olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414373" id="-2414373">15. Meros transmissiyasi tartibida vorislik vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr (transmittent) meros ochilganidan keyin, lekin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan hollarda amalga oshiriladi. Bunday hollarda unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga (transmissarlariga) oʻtadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414375" id="-2414375">Meros transmissiyasi quyidagi shartlarda vujudga keladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414377" id="-2414377">meros ochilgan paytda vorislik huquqiga ega boʻlgan vasiyat yoki qonun boʻyicha merosxoʻrning borligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414378" id="-2414378">vasiyat yoki qonun boʻyicha merosxoʻr merosni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etganligi sababli uning merosdagi ulushi taqdirini hal qilish zarurati paydo boʻlganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414379" id="-2414379">vafot etgan merosxoʻr uning merosxoʻrlari bilan almashtirilishi mumkinligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414380" id="-2414380">16. Fuqarolik kodeksi 1141-moddasining <a href="/ru/acts/-180552#-199041">birinchi qismida </a>koʻrsatilgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni qonun boʻyicha merosxoʻr deb topish uchun bir vaqtning oʻzida ikki holatning mavjud boʻlishi, yaʼni bunday shaxslarning bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlishi va meros qoldiruvchi bilan uning vafotiga qadar bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida birga yashagan boʻlishi talab etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414381" id="-2414381">Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi navbatdagi qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiruvchi mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga kelganda esa, ular vorislikka chaqirilishi uchun faqat ularning meros qoldiruvchi vafotiga qadar uning qaramogʻida bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida boʻlganligini aniqlashning oʻzi kifoya.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414382" id="-2414382">Meros qoldiruvchining qaramogʻida bir yildan kam muddat ichida boʻlgan va u bilan bir yildan kam muddat ichida birga yashagan yoki u bilan birga yashamagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar FK <a href="/ru/acts/-180552#-198948">1139-moddasiga </a>muvofiq beshinchi navbatda vorislikka chaqiriladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414383" id="-2414383">17. Fuqarolik kodeksining <a href="/ru/acts/-180552#-199039">1141-moddasi </a>qoidalariga koʻra, vorislik amalga oshirilganda, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414384" id="-2414384">meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414385" id="-2414385">meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414386" id="-2414386">meros ochilgan kunga kelib 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar, 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414388" id="-2414388">Mehnatga qobiliyatsiz shaxsni meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb topish uchun bunday shaxs meros qoldiruvchining toʻliq taʼminotida boʻlganligi yoki undan olib turilgan moddiy yordam uning hayot kechirishi uchun asosiy va doimiy manba boʻlganligi fakti aniqlanishi lozim. Meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, ish (xizmat) joyi maʼmuriyati, ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan berilgan hujjatlar, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414389" id="-2414389">18. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma, vorislik vasiyat yoki qonun boʻyicha ekanligidan qatʼi nazar, meros ochilgan kundan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi, FK 1146-moddasi<a href="/ru/acts/-180552#-199085"> uchinchi qismida </a>nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olish merosxoʻrning majburiyati emas, balki huquqi boʻlganligi sababli, qonunda merosxoʻr bunday guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi shart boʻlgan muddat belgilanmagan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4195540" id="edi-4195540"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=20.07.2011 00#-2414391">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4195540" id="-4195540"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4195541" id="-4195541">Notariusning merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishni rad etishi ustidan merosxoʻr tomonidan sudga shikoyat berilishi mumkin boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ish ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-3527353">kodeksida</a> belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4195542" id="-4195542">(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4124936">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414393" id="-2414393">Agar notarius tomonidan rad etilishi boshqa shaxsga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi yoki meros mulki FK <a href="/ru/acts/-180552#-199186">1157-moddasiga </a>asosan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki davlatga oʻtkazilganligi bilan bogʻliq boʻlsa, ariza daʼvo ishi yuritish tartibida koʻriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414394" id="-2414394">19. Vasiyat va qonun boʻyicha vorislikda merosxoʻr meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish yoʻli bilan merosdan voz kechishga haqli. Qonunda meros ochilgandan keyin bunday ariza bilan murojaat qilish mumkin boʻlgan vaqt chegaralanmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414395" id="-2414395">Merosning bir qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar yoki shart bilan voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, FK <a href="/ru/acts/-180552#-199095">1148-moddasida </a>nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414397" id="-2414397">Merosdan voz kechish toʻgʻrisida ariza bergan merosxoʻr keyinchalik uni bekor qilishi yoki qaytarib olishi mumkin emas. Bunday voz kechish faqat sudning hal qiluv qarori bilan va qonunda bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun belgilangan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin (FK <a href="/ru/acts/-111189#-153454">113 — 128-moddalari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414399" id="-2414399">20. Fuqarolik kodeksi <a href="/ru/acts/-180552#-199115">1150-moddasiga </a>muvofiq, merosxoʻrlar oʻrtasida merosni taqsimlash, undan ulush ajratish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan taqdirda, taqsimot ulardan istalgan birining talabi boʻyicha sud tartibida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414400" id="-2414400">Bunday nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar (FK <a href="/ru/acts/-180552#-199144">1153-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414401" id="-2414401">Meros qoldiruvchi bilan umumiy mulk huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar ham meros tarkibidan mol-mulkni asl holida (natura shaklida) olishda imtiyozli huquqdan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414402" id="-2414402">Imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida ishtirok etayotgan boshqa merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi shart. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni tashkil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxoʻrlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli boʻlmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxoʻr ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini toʻlashi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414403" id="-2414403">21. Merosxoʻrlar oʻrtasida vorislik huquqini belgilash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, sud qonun talabidan kelib chiqqan holda har bir merosxoʻrning ulushini belgilashi lozim boʻlganligi sababli, ish boʻyicha hal qiluv qarorida mazkur ulushlar foiz koʻrinishida emas, balki kasr koʻrinishida (masalan, 1/4, 1/3, 1/2 va h.k.) ifodalanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414404" id="-2414404">22. Qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmagan yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmagan yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan hollarda meros mol-mulk sudning hal qiluv qaroriga asosan egasiz deb topiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414405" id="-2414405">Meros mol-mulk meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin, egasiz deb topiladi, uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketgan hollarda ushbu muddat oʻtishidan oldin ham egasiz deb topilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4195543" id="edi-4195543"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=20.07.2011 00#-2414406">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4195543" id="-4195543"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4195544" id="-4195544">Meros mol-mulkni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi talabiga koʻra, <a href="/ru/acts/-3517337#-3524828">FPK 327 — 330-moddalarida</a> nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha alohida ish yuritish tartibida koʻriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4195547" id="-4195547">(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4124937">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414407" id="-2414407">Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkdorligiga, mazkur organ mol-mulkdan voz kechganda esa, davlat mulkdorligiga oʻtadi. Bunday ishlar yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi egasiz mol-mulk tarkibi va u kimning mulkdorligiga oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414408" id="-2414408">Meros mol-mulkni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan marhumning merosxoʻri tomonidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4195551" id="edi-4195551"><a href="/ru/acts/-2414320?ONDATE=20.07.2011 00#-2414409">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4195551" id="-4195551"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4195552" id="-4195552">23. Sudlar vorislikka oid ishlarni koʻrishda merosni rasmiylashtirish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonunchilik buzilishi faktlariga nisbatan xususiy ajrim (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3524135">275-moddasi</a>) chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari kerak. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4195553" id="-4195553">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4124938">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2414410" id="-2414410">24. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 22-dekabrdagi “Meros huquqiga oid qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 33-sonli <a href="/ru/acts/-1450968">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2414411" id="-2414411">Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2414413" id="-2414413">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2414414" id="-2414414">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2414415" id="-2414415">2011-yil 20-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2414416" id="-2414416">05-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
