|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-5]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 163-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 41-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 179-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Q. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 21-may,
113-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 4-band to‘rtinchi xatboshisining oxirgi jumlasi quyidagi mazmundagi jumlalar bilan almashtirilsin:
“Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) kredit byurosiga uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart”.
2. 6-band:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etish”;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 40-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin”.
4. 53-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi”.
5. 57 va 58-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yo‘riqnomaning 53-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
58. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 375-modda) bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim”.
6. Quyidagi mazmundagi 581 va 582-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“581. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
582. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim”.
7. 80-bandda:
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf bo‘lib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi”;
o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
8. Quyidagi mazmundagi 801 — 803-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“801. Toshkent shahrida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
802. Toshkent viloyatida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblansa amalga oshiriladi. Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qo‘yilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Ro‘yxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida qo‘yilgan doimiy propiska shtampi mavjud bo‘lsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qo‘yilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan bo‘lishi lozim.
803. Ro‘yxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini talab qiladi. Bunda, ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yo‘llari orqali kelib tushgan bo‘lishi lozim”.
9. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”.
10. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish bo‘yicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yo‘riqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi”.
11. 136-bandda:
birinchi xatboshidagi “ko‘chmas mulkni” degan so‘zlar “ko‘chmas mulk” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 239-modda)