Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“KREDIT AXBOROTI ALMAShINUVI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” hamda “va garovxonalarni” degan soʻzlar tegishincha “lombardlar va kredit byurolari” hamda “lombardlar va kredit byurolarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “garovxonalar” degan soʻz “lombardlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalar” degan soʻzlar “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) VIII boʻlimning nomidagi “va garovxonalar” degan soʻzlar “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomi va birinchi qismidagi “va garovxonalar” degan soʻzlar “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “banklar” va “garovxonalar” degan soʻzlar tegishincha “banklar, kredit byurolari” va “lombardlar, kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “Banklar” degan soʻzdan keyin “kredit byurolari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, oʻzbekcha matnidagi “garovxonalarga” degan soʻz esa “lombardlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “garovxonalarga” degan soʻz “lombardlar, kredit byurolariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “garovxonalar” degan soʻz “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “va garovxonalarning” degan soʻzlar “lombardlar va kredit byurolarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “garovxonalarning” degan soʻz “lombardlar va kredit byurolarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “banklarning” degan soʻz “banklar va kredit byurolarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “va garovxonalarga” degan soʻzlar “lombardlar va kredit byurolariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisidagi “va mikrokredit tashkilotlari” degan soʻzlar “mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “garovxonalar” degan soʻz “lombardlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi oʻzbekcha matnidagi “garovxonalar” degan soʻz “lombardlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “garovxonalar” degan soʻz “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida taqdim etadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi”;
oʻninchi xatboshisi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda) 6-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi 26-band bilan toʻldirilsin:
“26) soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari toʻgʻrisidagi axborotni kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi”;
26-bandi 27-band deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi”;
2) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-33-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi” degan soʻzlar “kredit tarixini shakllantirish uchun Kredit axboroti davlat reyestriga joylashtiriladi hamda kredit byurolariga taqdim etiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 11-apreldagi 70 (5490)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-aprel,
OʻRQ-321-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 163-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)