|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
1-ILOVA
|
T/r |
Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar nomi |
Ilgari ruxsatnoma bergan organ |
Saqlanib qolayotgan tartibga solish mexanizmi |
Masʼul organ |
| 1. |
Maʼnaviy eskirgan yoki likvidli boʻlmagan olmos asboblarini rekupiratsiyalash va qayta attestatsiyadan oʻtkazishga yoʻnalishni kelishish |
Korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (1995-yil 20-iyulda 160-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi | Tadbirkorlik subyektining ichki buyrugʻi | — |
| 2. |
Bank nomini oʻzgartirishni kelishish |
Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Markaziy bank | Bank ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish | Markaziy bank |
| 3. |
Bank (bank filiali)ning joylashgan joyi (pochta manzili)ni oʻzgartirishga dastlabki kelishish |
Bank ustav kapitali miqdorini, aksiyadorlar tarkibini, bank nomi va manzilini oʻzgartirish, ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1998-yil 19-dekabrda 573-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Markaziy bank | Bank ustaviga (bank filialining nizomiga) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish | Markaziy bank |
| 4. |
Aksiz markalari berishga kvitansiya |
Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (1999-yil 7-yanvarda 589-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi | Hisobga olishning xabar berish tartibi | “Agrobank” ATB |
| 5. |
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari yoki ularning tayyorlash kooperativlari bilan meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir tuzilgan barter kontraktlariga ruxsat berish |
Vakolatli banklarda eksport va barter kontraktlarini hisobga qoʻyish hamda ular ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2000-yil 9-avgustda 954-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Tuman (shahar) hokimligi | Eksport-import kontraktlarini hisobga qoʻyish | Vakolatli banklar |
| 6. |
Harakatlanadigan sostavga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha texnik koʻrsatmalar va namunaviy texnologik jarayonlarni kelishish |
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (2001-yil 27-avgustdagi 20-15-205/11-sonli xulosa) |
“Oʻzdavtemiryoʻl-nazorat” inspeksiyasi | Standartlashning belgilangan tartibi | Standartlash va sertifikatsiyalash organlari |
| 7. |
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektning faoliyat sohasini amal qilayotgan oʻzaro majburiyatlar va shartlar toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan va muddati tugamagan muayyan davr mobaynida korxona faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish boʻyicha majburiyat mavjud boʻlgan hollarda oʻzgartirishga ruxsat berish |
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi xususiylashtirilgan obyektlarning faoliyat sohasini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2003-yil 22-yanvarda 1207-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
Tuman (shahar) hokimligi | Oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi shartnoma | Davlat mulki qoʻmitasi |
| 8. |
Yuqori chastotali qurilmalarni sotishga ruxsat berish |
Yuqori chastotali qurilmalarning ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish, qurilmalarni roʻyxatga olish va ularning texnik parametrlarini oʻlchashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (2007-yil 26-dekabrda 1751-son bilan roʻyxatga olingan) |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markazi | Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (boshqaga oʻtkazish), loyihalash va qurish (oʻrnatish) | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi Elektromagnit moslashuvi markazi |
| 9. |
Sugʻurtalovchilarning qoʻshimcha sugʻurta zaxiralarini shakllantirishni kelishish |
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom (2008-yil 15-dekabrda 1882-son bilan roʻyxatga olingan) |
Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi | Sugʻurtalovchilarning ichki buyrugʻi | — |
| 10. |
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi nazoratchisi lavozimiga nomzodni kelishish |
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizom (2009-yil 6-fevralda 1899-son bilan roʻyxatga olingan) |
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi | Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki buyrugʻi | — |
| 11. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank filialini ochishga dastlabki kelishish |
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2009-yil 8-oktabrda 2014-son bilan roʻyxatga olingan) |
Markaziy bank | Bank filialini roʻyxatdan oʻtkazish | Markaziy bank |
| 12. |
Bugʻ va issiq suv quvurlarini tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish |
Bugʻ va issiq suv quvurlarini joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari (2010-yil 2-avgustdagi 6-24/23-6554/6-sonli xulosa) |
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi | Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish | “Oʻzstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari |
2-ILOVA
|
T/r |
Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar nomi |
Ilgari ruxsatnoma bergan organ |
Saqlanib qolayotgan tartibga solish mexanizmi |
Masʼul organ |
| 1. | Yuk koʻtaruvchi kranlarni tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish | 1994-yil 31-yanvardagi Yuk koʻtaruvchi kranlarni joylashtirish va ulardan foydalanish qoidalari | “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi | Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish | “Oʻzstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari |
| 2. | Liftlar tayyorlash, ularni rekonstruksiya qilishga ruxsat berish | 1996-yil 15-dekabrdagi Liftlarni joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari | “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi | Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish | “Oʻzstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari |
| 3. | Bugʻ va suv isitish qozonlarini tayyorlash va loyihalashga ruxsat berish | 1996-yil 15-dekabrdagi Bugʻ va suv isitish qozonlarini joylashtirish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari | “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi | Majburiy sertifikatsiyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish | “Oʻzstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari |