Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ASOSIY VOSITALARNING BUXGALTERIYA HISOBI TO‘G‘RISIDA”GI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1434-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 315-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 27-noyabrdagi 25/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1434, 2004-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-oktabr,
34/6-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 46-son, 422-modda)