Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qarorning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1991-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiritilsin.
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 1991-yil 1-aprelgacha bajarilgan ishlar va amalga oshirilgan boshqa faoliyat uchun Qonun kuchga kiritilganidan keyin toʻlaydigan ish haqi va boshqa toʻlovlarga Qonun qabul qilinishidan oldin amal qilgan tartibda va miqdorlarda daromad soligʻi solinadi.
Fuqarolarning boshqa daromadlariga daromad olingan vaqtidan qatʼi nazar Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorlarda soliq solinishi kerak.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti:
— 1991-yil 1-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni kiritsin;
— 1993-yil 1-yanvarigacha fuqarolardan olinadigan daromad soligʻini isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish haqidagi takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritsin, bu takliflarda fuqarolar shaxsiy daromadlariga jami yillik daromad summasini, bolalarni, qaramoqdagi shaxslarni boqishga qilinadigan xarajatlarni va boshqa ijtimoiy jihatdan asosli xarajatlarni toʻla hisobga olgan holda soliq solishning yagona prinsiplariga oʻtishni nazarda tutsin;
— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi M. IBROHIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
228-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 89-modda)