Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
I-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan va ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (quyida “fuqarolar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻi toʻlovchilardir.
Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan koʻproq vaqt Oʻzbekiston Respublikasida turgan fuqarolar kiradilar.
2-modda. Soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlar
1.Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida ham pul yoki natura tarzida olgan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan fuqarolarning daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan boʻlsa, bu daromadlarga soliq solinishi lozim.
2. Chet el valyutasi olingan daromadlardan soliq toʻlovchining istagiga muvofiq soʻm tarzida yoki SSSR Davlat banki sotib oladigan chet el valyutasida soliq toʻlanadi. Bunda chet el valyutasi olinadigan daromadlar SSSR Davlat bankining soliq hisoblab chiqariladigan kundagi pulning qadri toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumoti asosida soʻmga aylantirilib hisoblanadi.
3-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar
1. Soliq solinadigan daromadga quyidagilar kiritilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat ijtimoiy taʼminot nafaqalari, vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan toʻlanadigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani parvarishlash nafaqalari)dan tashqari, shuningdek xayriya jamgʻarmalari va ekologiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan fuqarolarga beriladigan nafaqalar va pul hamda natura shaklidagi yordamning boshqa turlari;
(3-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
b) alimentlar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) oliy oʻquv yurtlari hamda oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari, shu jumladan oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlari tomonidan oʻz studentlari va oʻquvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan jamgʻarmalarning mablagʻlaridan taʼsis etiladigan stipendiyalar;
(3-moddaning 1-bandi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 436-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)
g) hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari bajargan ish uchun mazkur bilim yurtlari oʻquvchilarga beradigan toʻlovlar;
d) pensiyalar, shuningdek pensiyaga qoʻshimchalar;
e) fuqarolar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan pul, shuningdek meditsina muassasalarining xodimlari qon yigʻib topshirganliklari uchun oladigan pul;
j) mayib boʻlish yoki boshqa tarzda salomatlikka ziyon yetishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganlik uchun tovon tarzida olinadigan pul;
z) fuqarolarni chet elga ishga yuborish munosabati bilan ularga sovet davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari toʻlaydigan ish haqi va chet el valyutasidagi boshqa pullar;
i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir;
k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjalikda chorva mollar, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni xoh tirik vaznda, xoh soʻygan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur xoʻjalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaxsiy yordamchi xoʻjaligi borligi mahalliy hokimiyat organining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi;
(3-moddaning 1-bandi “i” va “k” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
l) meros qilib qoldirish va sovgʻa qilish natijasida olingan pul; fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflarining merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi tarzidagi pul bundan mustasnodir;
m) SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar boʻyicha yutuqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
n) fuqarolarning sugʻurta yuzasidan oladigan pullari, sugʻurta boʻyicha sugʻurta badallari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir;
(3-moddaning 1-bandi “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o) bank muassasalaridagi omonatlar boʻyicha va SSSR davlat xazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar;
(3-moddaning 1-bandi “o” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
p) ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofot puli;
Oldingi tahrirga qarang.
r) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining uch barobarigacha miqdorda olingan sovgʻalar (buyum tarzidagi mukofotlar) qiymati, shuningdek, xalqaro, Butunittifoq va jumhuriyat konkurslari hamda musobaqalarida buyum tarzida olingan sovrinlar qiymati;
(3-moddaning 1-bandi “r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
s) beriladigan pulning miqdoridan qatʼi nazar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumatlarining qarorlari asosida beriladigan moddiy yordam puli; boshqa hollarda, shu jumladan chakana narxlar islohoti munosabati bilan (ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlaridan tashqari) yiliga soliq solinmaydigan minimum oylik miqdorining olti barobarigacha pul va natura shaklida beriladigan moddiy yordam summalari;
(3-moddaning 1-bandi “s” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
t) davlat korxonalari mol-mulkini sotib olishga, aksiyalar, “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini xarid etishga va shu maqsad uchun berilgan qarzlarni uzishga ishlatiladigan, soliq solinishi kerak boʻlgan fuqarolar ish haqi va boshqa daromadlarining summasi, shuningdek aksiyalar boʻyicha olingan va aksiyali jamiyatning yoki dividend olingan korxonalarning aksiyalarini sotib olishga ishlatiladigan dividendlar. Aytib oʻtilgan mol-mulkni sotish vaqtida ilgari soliqdan ozod qilingan daromadlardan umumiy asoslarda soliq olinadi;
(3-moddaning 1-bandi “t” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
u) qidiruvchilar artellari aʼzolarining oltin qazib olish sohasidagi qidiruvchilik faoliyati bilan bogʻliq ishlar uchun oladigan daromadlari.
Oldingi tahrirga qarang.
f) chakana narxlarning oshirilishi munosabati bilan barcha toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan miqdorda pul va natura shaklida beriladigan kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan normalar doirasida beriladigan boshqa kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash chogʻida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya toʻlovlari bundan mustasno;
(3-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuniga muvofiq “f” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
x) jismoniy shaxs — patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishidan yoki ular litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran:
patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 5 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 3 yil davomida;
patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 3 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 2 yil davomida;
guvohnoma boʻyicha foydali modeldan foydalanilsa — 2 yil davomida.
(3-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuniga muvofiq “x” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
ts) bolalar va boshqa sogʻlomlashtirish lagerlarining bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan yoʻllanmalari qiymatini, ota-onalarning bolalar bilan dam olishiga maxsus moʻljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga yoʻllanmalari qiymatini, shuningdek oʻz xodimlarining ambulatoriy yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini toʻliq yoki qisman kompensatsiya tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz xodimlariga yoki ular uchun toʻlagan summalar.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlar sirasiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarning sogʻlomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga olgan yoʻllanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda oʻz salomatliklarini tiklash uchun qilgan xarajatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash tartibida toʻlagan summalar ham kiradi.
(3-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq “ts” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
2. Soliq solinishi kerak boʻlgan daromad:
Oldingi tahrirga qarang.
a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan oʻzlariga toʻlanishi kerak boʻlgan daromadlardan xayriya jamgʻarmalari va ekologiya jamgʻarmalariga oʻtkazadigan summalar, shuningdek davlat budjetidan qisman yoki toʻliq taʼminlanadigan madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga oʻtkaziladigan summalari;
(3-moddaning 2-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
b) fuqarolarning soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlardan ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlarda bergan badallari summasi tegishli kalendar yil uchun soliq solish paytida hisobga olinadigan daromaddan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi.
4-modda. Soliq yuzasidan imtiyozlar
1. Quyidagilar soliq toʻlashdan butunlay ozod qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan yillik soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar;
(4-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) fan, adabiyot va sanʼat asarlari, intellektual mulk obyektlarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;
(4-moddaning 1-bandi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
v) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, dehqon (fermer) xoʻjaligining barcha turlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlaridan oladigan daromadlari yiliga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;
(4-moddaning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
g) dehqon xoʻjaligining aʼzolari, dehqon xoʻjaligi tashkil etilgan (roʻyxatdan oʻtgan) yildan boshlab ikki yil davomida — mazkur xoʻjalikdan oladigan daromadlari yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 1-bandi “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
e) muddatli haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va oʻquv yoki tekshiruv mashqlariga chaqirilgan harbiy xizmat yoshidagi kishilar — xizmat joyidan yoki oʻquv yoxud tekshiruv mashqlarida boʻlgan vaqt uchun oladigan maosh, sutkalik pul va boshqa mablagʻlar yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
j) bojxona xizmatining oddiylar va boshliqlar tarkibidan boʻlgan shaxslar — oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oladigan barcha toʻlovlar boʻyicha;
(4-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning toʻrt baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliq toʻlashdan ozod qilinadilar:
(4-moddaning 2-bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilar, Ulugʻ Vatan urushining nogironlari yoki SSSRni himoya qilish chogʻida yoxud harbiy xizmatning boshqa xil vazifalarini bajarish chogʻida yarador boʻlish, kontuziya boʻlish yoki shikastlanish natijasida yohud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasalliklar natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya taʼminoti jihatdan harbiy xizmatchilarning mazkur toifalariga tenglashtirilgan boshqa nogironlar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
b) Grajdanlar urushi va Ulugʻ Vatan urushi, SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangavor operatsiyalarning qatnashchilari boʻlgan va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda sobiq partizanlar, Ulugʻ Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari va bolaligida konsentratsion lagerlarning tutqunlari boʻlganlar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
v) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari safidan boʻlgan, xizmat vazifasini bajarish chogʻida yarador boʻlganlik, kontuziya boʻlganlik yoki jarohatlanganlik tufayli nogiron boʻlib qolgan kishilar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
g) bolalikdan nogironlar, shuningdek koʻrish qobiliyatiga koʻra I va II guruh nogironlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
d) qahramon onalar, oʻn va undan ortiq bolalari boʻlgan ayollar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
e) Ulugʻ Vatan urushi yillarida Leningrad shahri qamal qilingan davrda shaharda 1941-yilning 8-sentabridan 1944-yilning 27-yanvarigacha ishlagan fuqarolar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
j) SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini ijro etish chogʻida yarador boʻlganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik natijasida, yohud frontda, boʻlganlik bilan bogʻliq kasalliklar natijasida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
z) Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan sovet qoʻshinlarining cheklangan qismi tarkibida xizmatni oʻtagan harbiy xizmat yoshidagi harbiy xizmatchilar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
i) studentlar qurilish otryadlari shtablarining ishonch qogʻoziga asosan tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlardan olingan daromadlar yuzasidan studentlar mehnat otryadlarining aʼzolari;
k) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishga yuborilgan fuqarolar shu ishlarini bajarganlik uchun olinadigan daromadlar yuzasidan.
l) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan:
Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan ogʻrigan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan bogʻliq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi:
Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qoʻyilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar (yoʻllanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslar;
ichki ishlar idoralarining xizmatni ajratib qoʻyilgan tegrada oʻtagan (oʻtayotgan) rahbar va oddiy xodimlari jumlasidan boʻlgan shaxslar;
harbiy xizmatchilar — ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasining qoʻshinlari va idoralarida, ichki qoʻshinlar va temir yoʻl qoʻshinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, ayol harbiy xizmatchilar, haqiqiy muddatli xizmatni oʻtayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maxsus yigʻinlarga chaqirilgan va ajratib qoʻyilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni oʻtashga majbur shaxslar;
1986-yilda ajratib qoʻyilgan tegradan koʻchirilgan (ixtiyoriy ravishda koʻchib ketgan), shuningdek 1986-yil 26-apreldan eʼtiboran koʻchirib yuborilgan tegrada hamda koʻchirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaxslar;
1986-1987-yillarda ajratib qoʻyilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band boʻlgan shaxslar (shu jumladan yoʻllanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaxslar);
qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qatʼi nazar, ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida sanab oʻtilgan harbiy xizmatchilar hamda maxsus yigʻinlarga chaqirilib, 1986-1987-yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni oʻtashga majbur shaxslar;
ichki ishlar idoralarining 1986-1987-yillarda ajratib qoʻyilgan tegralarda xizmatni oʻtagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan boʻlgan shaxslar;
m) qishloq joylarda yashaydigan, xoʻjaligi qishloq xoʻjalik soligʻi yoki yer soligʻi toʻlashdan ozod etilgan, 60 yoshga toʻlgan erkaklar yoki 55 yoshga toʻlgan ayollar — xoh yakka tartibda, xoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 2-band bilan toʻldirilgan va 1-bandning “j” — “t” kichik bandlari 2-bandning “a” — “m” kichik bandlariga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Soliq miqdori quyidagilarga kamaytiriladi:
(4-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 3-bandga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
a) ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan nogironlardan tashqari I va II guruh nogironlari, ular oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliqning 50 foiziga;
b) muddatidan ortiq xizmatdagi ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy xizmatchi va boshliqlari safidan boʻlgan kishilar, SSSR Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartib va miqdorda beriladigan maoshiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
v) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali yolgʻiz onalar — ular oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;
g) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali hamda boquvchisidan marhum boʻlganligi uchun pensiya olmayotgan ayol va erkak bevalar, ular oladigan daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;
d) bolalikdan nogiron boʻlib qolgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandini tarbiyalovchi ota-onadan biri, u oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga.
(4-moddaning 3-bandi “g”, “d” va “e” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq “v”, “g” va “d” kichik bandlariga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Fuqaro bir necha asosga koʻra soliq boʻyicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻlsa, unga ana shu imtiyozlarning miqdor jihatdan koʻproq yengillik beradiganidan foydalanish huquqi beriladi.
(4-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 4-bandga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ayrim soliq toʻlovchilarning moddiy ahvolini hisobga olib, ularni daromad soligʻidan ozod qilish, shuningdek, ayrim soliq toʻlovchilar uchun soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.
(4-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 5-bandga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qonunning ushbu moddasida sanab oʻtilgan fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, bu hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(4-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 6-bandga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar ham daromad soligʻi toʻlashdan batamom ozod qilinadilar:
(4-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuniga muvofiq 7-bandga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
a) xorijiy davlat diplomatiya vakolatxonalarining diplomatlik va konsullik darajalariga ega boʻlgan boshliqlari va aʼzolari, ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining maʼmuriy-texnikaviy xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan hamda diplomatiya va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan manbalardan chiqarib olinayotgan daromadlardan tashqari barcha daromadlar boʻyicha;
v) mazkur vakolatxonalar xizmatchi xodimlari tarkibiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslar — oʻz xizmatlari yuzasidan olgan barcha daromadlari boʻyicha;
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining u xizmatchilari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar — oʻz xizmatlari yuzasidan olgan daromadlarning barcha turlari boʻyicha;
d) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha.
(4-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
5-modda. Ikki yoqlama soliq solishni bekor qilish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan kishilar chet elda oladigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻini toʻlovchi kishilar chet davlatlar qonunlariga muvofiq xorijda toʻlagan daromad soliqlari Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻini toʻlash paytida hisobga olinadi. Bundan chet elda toʻlanadigan soliqlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan soliq miqdoridan oshmasligi lozim.
6-modda. Xalqaro shartnomalar
SSSRning xalqaro shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida soliq solishga oid qoidalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidasi qoʻllanadi.
II BOB. FUQAROLAR OLADIGAN ISh HAQI, TOʻLOVLAR, MUKOFOTLAR VA BOShQA DAROMADLARGA SOLIQ SOLISh
7-modda. Soliq toʻlovchilar toifalari va soliq solinadigan obyektlar
Qonunning mazkur bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq toʻlashga jalb etiladi:
a) ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar — mulkchilik shakllari va mulk kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oladigan ish haqlari, mukofotlari va boshqa har qanday daromadlari summasidan;
b) fuqarolar — tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bilan oʻz mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) fuqarolar — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik, nashr qildirganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik, shuningdek intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqi summalaridan;
(7-moddaning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
g) fuqarolar — Qonunning ushbu moddasi “a — v” bandlarida sanab oʻtilmagan boshqa barcha daromadlaridan.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
8-modda. Soliq stavkalari
1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:

Soliq solinadigan yillik daromadning miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)

Soliq summasi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha‎ daromad summasining15 foizi‎
eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan (+1 soʻm) 60 barobarigacha‎ eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq+24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi‎
eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan (+1 soʻm) 120 barobarigacha‎ eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq+60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi‎
eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobari (+1 soʻm) va undan ortigʻi‎ eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan olinadigan soliq+120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga oʻta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda 12 foizdan kam boʻlmagan miqdorda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin.
(8-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va sanʼat xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
9-modda. Soliq solinadigan daromad tarkibiga qoʻshilmaydigan pullar
Quyidagilar soliq solinadigan daromad tarkibiga qoʻshilmaydi:
a) amaldagi qonunlarga muvofiq ishdan boʻshash vaqtida toʻlanadigan nafaqalar;
b) SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan normalar doirasidagi kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash vaqtida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya bundan mustasnodir;
v) bepul berib qoʻyiladigan uy-joy binolari va kommunal xizmatlar oʻrniga amaldagi qonunlarga muvofiq toʻlanadigan pul;
g) SSSR Vazirlar Kabinetining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining tegishli qarorlarida koʻzda tutilgan natura holida beriladigan oziq-ovqat qiymati, shuningdek shu oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan pul;
d) ijodiy faoliyat, tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanishdan daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ana shu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar turkumiga moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla qayta tiklashga amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari, fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning mehnatiga toʻlanadigan haq xarajatlari, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar, majburiy mulk sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar, banklarning qisqa muddatli kreditlari uchun foiz toʻlovi (toʻlov muddati uzaytirilgan va kechiktirilgan foizlardan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlarining hamma turdagi remonti uchun qilinadigan xarajatlar qoʻshiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
10-modda. Iqlim sharoitlari ogʻir boʻlgan joylardagi ish uchun toʻlovlariga soliq solish miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Iqlim sharoiti ogʻir boʻlgan joylardagi ish uchun SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan koeffitsiyentlar (rayon koeffitsiyentlari, baland togʻ, choʻl va suvsiz rayonlardagi ish uchun koeffitsiyentlar) ish haqiga qoʻshib yoziladigan va toʻlanadigan puldan hamda mazkur joylardagi ish staji uchun qoʻshimcha haqdan 12 foiz stavka boʻyicha soliq undirib olinadi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi 436-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)
11-modda. Korxona va tashkilotlar tugatilgan paytda soliq solinadigan daromadni belgilash tartibi
Fuqarolarning tugatiladigan korxona va tashkilotlardan oladigan jami daromadlariga, shu jumladan shu korxona va tashkilotlarning mol-mulki sotilishi munosabati bilan fuqarolarga toʻlanadigan daromadlar miqdoriga — shu daromadlar toʻlanadigan yildagi boshqa daromadlar (ish haqi) birga qoʻshilib, yillarga taqsimlamay soliq solinadi.
12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi ish haqi va boshqa daromadlari summasidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Soliq kalendar yil boshidan eʼtiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yigʻindisi summalaridan hisoblab chiqiladi.
Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (toʻliq soʻmlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi.
Yil davomida ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda soliq yangi (xizmat, oʻqish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yigʻindisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan ish haqidan va boshqa toʻlovlardan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim.
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlaridan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi.
Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad toʻlovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi oʻrtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta budjetga toʻlashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim.
Daromadlarni toʻlagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechikmay oʻzlari turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan yili oʻzlari daromad toʻlagan shaxslarning doimiy yashash joyini koʻrsatgan holda ularga toʻlangan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadilar. Aytib oʻtilgan maʼlumotlar daromadlar olgan shaxslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu maʼlumotlarni eʼtiborga oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi toʻlash hamda fan, adabiyot va sanʼat asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanganlik uchun haq toʻlash, intellektual mulk obyektlarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobga olinadi. Agar bu xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji boʻlmasa, u holda bunday xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi.
(13-modda 2-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
3. Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan oʻzga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida toʻlanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qoʻshib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi.
Bunday shartnoma boʻlmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun toʻlanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa toʻlovchining arizasi boʻyicha 3 yilga taqsimlanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
14-modda. Fuqarolar tomonidan yillik jami daromadni deklaratsiyada ifoda etish va yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish tartibi
1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan oʻzlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay taqdim etiladi.
Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq toʻlagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi.
Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib oʻtilgan daromad manbalari paydo boʻlib qolgudek boʻlsa, fuqarolar bunday manbalar paydo boʻlgan kundan bir oy oʻtganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oxirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori koʻrsatiladi.
Daromad manbai joriy yilning oxiriga qadar toʻxtagan taqdirda u toʻxtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi.
Deklaratsiya fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliq summalarini koʻrsatadilar.
Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi.
2. Soliq solinadigan yillik jami daromad boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida oʻtkazilgan soliq summalari oʻrtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan toʻlanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 998-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)
15-modda. Boshqa daromadlardan soliqni hisoblab chiqish va uni toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan tartibda tadbirkorlik, yakka tartibdagi va boshqa faoliyatning barcha turlari bilan shugʻullanadigan fuqarolarga; chet elda yoki chet eldan daromad oladigan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarga (mualliflik mukofotlari hamda ularning oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlar summasi bundan mustasno); fuqarolarning ushbu Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida koʻrsatilmagan barcha boshqa daromadlariga soliq solinadi.
(15-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
2. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad qilish bilan bogʻliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar oʻrtasidagi tafovut soliq undiriladigan daromad hisoblanadi.
3. Soliq tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining hamma turlaridan olinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqariladi.
Soliqni soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralari soladi, agar faoliyat boshqa joyda amalga oshirilsa, faoliyat amalga oshiriladigan joydagi soliq idoralari tomonidan soliq solinadi, lekin daromad va soliq miqdori toʻgʻrisida soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joydagi soliq idorasiga xabar qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadigan roʻyxat boʻyicha yakka tartibdagi faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslarning daromadlaridan daromad soligʻi mahalliy hokimiyat idoralari belgilab qoʻyadigan qatʼiy miqdorlarda undiriladi.
(15-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 522-XII-sonli Qonuniga muvofiq xatboshisi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar toʻlaydigan daromad soligʻi ushbu Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Har gal navbatdagi toʻlov chogʻida soliq qayta hisob-kitob qilinadi, bunda joriy yilda ushbu toʻlov makoni boʻyicha toʻlangan umumiy summaga asoslaniladi.
(15-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
5. Soliq quyidagi tartibda toʻlanadi:
a) soliq toʻlovchi har bir kvartalda oldingi yil daromadlariga qarab hisoblab chiqilgan yillik soliq miqdorining 25 foizini toʻlaydi, soliq toʻlashga birinchi bor jalb etilgan toʻlovchilar esa soliq idoralari ularning joriy yildagi taxminiy daromadlaridan hisoblab chiqargan miqdorning 25 foizini toʻlaydilar.
Yil davomida soliq toʻlovchining daromadlari ancha koʻpaygan yoki kamaygan taqdirda soliq toʻlash muddati kelmagan davr uchun soliq miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi mumkin;
b) yil tugaganidan soʻng soliqning yillik miqdori haqiqatda olingan daromaddan hisoblab chiqariladi va ana shu miqdori bilan yil davomida toʻlangan summa oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchidan kelgusi yilning 15-martidan kechiktirmay undirib olinadi yoki qaytarib beriladi, daromad manbai barham topgan taqdirda esa — 15 kun muddat ichida hisob-kitob qilinadi.
6. Qonunning mazkur moddasida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga quyidagi asoslarda:
a) soliq toʻlovchilarning yil davomida olgan haqiqiy daromadlari toʻgʻrisidagi kelgusi yilning 15-yanvarigacha taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq solinadi.
Yil davomida daromad manbalari paydo boʻlgan taqdirda fuqarolar daromad manbai paydo boʻlgan kundan boshlab bir oy oʻtgach 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiradilar, unda faoliyatining birinchi oyidagi haqiqiy daromad miqdori va yil oxirigacha faraz etilgan daromad miqdori koʻrsatiladi.
Daromad manbai bahram topgan taqdirda daromad manbai bahram topgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiriladi.
b) soliq idoralarining fuqarolar faoliyatini hamda soliq toʻlovchilarning daromadlari toʻgʻrisidagi boshqa mavjud maʼlumotlarni tekshirishiga oid materiallar asosida soliq solinadi.
7. Soliqlar 15-martgacha, 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha boʻlgan muddatlarda toʻlanadi.
8. Oila aʼzolaridan har birining hamda mehnat xoʻjaligini birgalikda olib boruvchi va umumiy ulushbay mulk asosida oʻz mol-mulkiga ega boʻlgan boshqa shaxslarning daromadlari ularning oʻzaro kelishuviga muvofiq aniqlanadi, bu haqda daromad toʻgʻrisida soliq idorasiga taqdim etiladigan deklaratsiyada koʻrsatiladi.
9. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga haq toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlari joylashgan yerdagi soliq idoralariga fuqarolarga toʻlagan summalari haqida har oyda yozma maʼlumot berishlari shart. Bu maʼlumotlarni daromadlarni toʻlagan korxona, muassasa va tashkilot joylashgan yerdagi soliq idoralari soliqni toʻgʻri va toʻla solish maqsadida hisobga olish uchun daromad oluvchilarning doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralariga yuboradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻz mehnatidan foydalanish haqida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad soligʻi ana shu fuqarolarga ish haqi toʻlanayotgan paytda ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi.
(15-moddaning 10-bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
Soliq puli ushbu moddaning 7-bandida koʻrsatilgan navbatdagi toʻlov muddati boshlanishi bilanoq oʻtkaziladi.
151-modda. Daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
16-modda. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hisoblangan soliq miqdorini budjetga oʻtkazish tartibi
1. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bank muassasalaridan fuqarolarga tegishli haq toʻlash uchun mablagʻ olish bilan bir vaqtda hisoblab yozilgan soliq miqdorini budjetga oʻtkazadilar.
Mahsulot sotishdan va xizmat koʻrsatishdan tushgan puldan ish haqi toʻlaydigan tashkilotlar soliqning hisoblab yozilgan miqdorini ish haqi toʻlangan kunning ertasiga bank muassasasiga topshiradilar.
2. Fuqarolarning maoshlaridan olinadigan soliqni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablagʻi hisobidan toʻlash taqiqlanadi.
III-BOB. FUQAROLARNING DEHQON XOʻJALIGINI YuRITIShDAN OLGAN DAROMADLARIDAN SOLIQ UNDIRISh
17-modda. Soliq toʻlovchilarning toifalari va soliq solish obyekti
Dehqon xoʻjaligini yuritayotgan fuqaro yoki birgalikda dehqon xoʻjaligini yuritayotgan fuqarolar, yaʼni qishloq joylarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan band xoʻjalik Qonunning ushbu bobida koʻrsatilgan tartibda va miqdorda soliq toʻlaydi.
Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan harajatlar oʻrtasidagi farq soliq solinadigan daromad hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla tiklash uchun ketadigan amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari, oʻz mehnatlaridan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash uchun ketgan sarf-xarajatlar, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar, mol-mulkni majburiy sugʻurta qilishga toʻlovlar, bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar toʻlovi (toʻlov muddati oʻtib ketgan va kechiktirilgan qarzlar foizidan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlari remontining barcha turlariga doir xarajatlar daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar tarkibiga kiradi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2020-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)
18-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
1. Ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan fuqarolar mustaqil ravishda yil davomida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishdan yoki xizmat koʻrsatishdan tushum olingan oydan keyin keladigan oyning 10-kuniga qadar budjetga oylik daromadning 10 foizi miqdorida soliq toʻlab boradilar. Soliq dehqon xoʻjaligi aʼzolarining topshirigʻiga muvofiq ulardan biri tomonidan tushumning jami miqdori hisobidan toʻlanadi.
Bir yillik soliqning uzil-kesil miqdorini kelgusi yilning 1-martiga qadar taqdim etiladigan yil davomida olingan haqiqiy daromad haqidagi deklaratsiya asosida soliq idorasi belgilaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi har bir aʼzosining soliq solinadigan yillik daromadi miqdori ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq aniqlanib, bu haqda deklaratsiyada uqtirib oʻtiladi.
Soliqning kamini toʻlash, binobarin tegishli hollarda yil davomida ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarib berish kelgusi yilning 1-aprelidan kechiktirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Dehqon xoʻjaligida oʻz mehnatidan foydalanish haqida shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad soligʻi shartnoma tuzgan dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan ana shu fuqarolarga ish haqini toʻlash chogʻida ushlab qolinadi. Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi. Soliqlarni budjetga oʻtkazish oylik tushumdan avans soliq toʻlashning navbatdagi muddati boshlangan paytda amalga oshiriladi.
(18-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
IV-BOB. AJNABIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARGA SOLIQ SOLIShNING XUSUSIYATLARI
19-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
1. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (quyida “ajnabiy jismoniy shaxslar” deb yuritiladi) soliq solinadigan daromadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining soliq solinadigan daromadiga boʻlgani kabi tartibda aniqlanadi. Ajnabiy jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash chogʻida unga:
a) SSSRda yashashi munosabati bilan toʻlanadigan qoʻshimcha haq miqdori;
b) bolalarni maktabda oʻqitish, ovqatlantirish, soliq toʻlovchilar oilasi aʼzolarining otpuska vaqtidagi kira haqlari va shu kabi maqsadlardagi sarf-xarajatlarini qoplash uchun toʻlanadigan pul miqdori ham kiradi.
2. Soliq solinadigan daromad tarkibiga:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ajnabiy jismoniy shaxsni yollovchining Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga oʻtkaziladigan pul miqdori;
(19-moddaning 2-bandi “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
b) xizmat maqsadlari uchun uy-joy binosini ijaraga olish va avtomobil saqlab turish uchun xarajatlarni qoplashga toʻlanadigan pul miqdori;
v) xizmat safari xarajatlari miqdori kiritilmaydi.
20-modda. Soliq solish miqdori
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega ajnabiy jismoniy shaxslar deb qaraladiganlarning daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xuddi shunday daromadlariga nisbatan koʻzda tutilgan miqdorlarda daromad soligʻi solinadi.
Shaxsiy kompaniyalar egalarining daromadlariga ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandida koʻzda tutilgan miqdorlarda soliq solinadi.
21-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
1. Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar ushbu moddada belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.
Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va ushbu Qonunning II-III-boblari bilan tartibga solinadigan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar tegishli boblarda belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.
2. Amalda olingan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar ajnabiy jismoniy shaxs faoliyatini amalga oshiradigan yoki istiqomat qiladigan joydagi soliq idorasiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxs joriy yildagi koʻzda tutilayotgan daromadlari haqidagi deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy davomida taqdim etadi.
Ajnabiy jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yil davomida toʻxtagan va u Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan taqdirda amalda olingan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya u joʻnab ketishidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak.
3. Ajnabiy jismoniy shaxslarning daromadlariga ularning daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida solinadigan daromad soligʻi Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchining faoliyati amalga oshiriladigan yoki yashaydigan joydagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Soliq idorasi toʻlovchiga yuboradigan toʻlov xabarnomasi soliq toʻlash uchun hujjat hisoblanadi.
Koʻzda tutilayotgan daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlovchi uchun u toʻlashi lozim boʻlgan soliqning avans miqdori uning soliq majburiyatlarining 75 foizi miqdorida hisoblab chiqiladi; soliq miqdorini qaytadan hisoblab chiqish haqiqiy daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Joriy yil soligʻi baravar miqdorda uch boʻlib — 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha toʻlanadi. Hisobot yili uchun qayta hisoblab chiqilgan soliqqa qoʻshimcha toʻlov xabarnomasi yozilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlanadi. Soliqning ortiqcha toʻlangan miqdori soliq toʻlovchining xohishiga koʻra unga qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
4. Oʻzaro kelishuv asosida ajnabiy jismoniy shaxslardan daromad soligʻi undirish toʻxtalishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin, qachonki tegishli xorijiy davlatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan shunday tadbir amalga oshirilayotgan boʻlib, bu hol ana shu xorijiy davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
Ushbu bandni qoʻllash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
V-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DOIMIY ISTIQOMAT JOYIGA EGA BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MANBALARDAN OLADIGAN DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISh
22-modda. Soliq solish miqdorlari
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlaridan (ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida koʻrsatilgan daromadlardan tashqari) olinadigan soliq daromadni toʻlash manbaida 20 foiz stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Soliqning mazkur stavkasi ushbu Qonunning 6-moddasi va 21-moddasining 4-bandi qoidalarida boshqa hol koʻzda tutilmagan boʻlsa qoʻllanadi.
Ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida koʻrsatilgan daromadlardan ularda keltirilgan stavkalar boʻyicha soliq ushlab qolinadi.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi 294-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)
VI-BOB. UShBU QONUNGA RIOYa ETILIShINI TAʼMINLASh
23-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari
1. Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan fuqarolar:
a) soliq idoralariga ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan shakllarda daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya, deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etishi, shuningdek soliq solinadigan daromadlarni va ana shu daromadlarni olish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni hisobga olib borishi;
b) soliq imtiyozlari huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi, tegishli hollarda esa bunday hujjatlarni taqdim etishi;
v) soliq idoralari taqdim etgan soliq miqdorini budjetga oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlashi;
g) daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarga soliq idoralarining mansabdor shaxslarini kiritishi shart.
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
a) ishchilar va xizmatchilar ish haqidan olinadigan soliqlar miqdorini hamda toʻlov manbai soliq solinadigan boshqa daromadlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hisoblab berish, ushlab qolish va budjetga oʻtkazishlari;
b) soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlib, oʻzlari fuqarolarga toʻlagan daromadlar haqidagi maʼlumotlarni soliq idoralariga oʻz vaqtida taqdim etishlari shart.
3. Tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish chogʻida daromadni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ajnabiy jismoniy shaxslar oʻrniga soliq toʻlash xarajatlarini qoplash majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
24-modda. Soliqlar ushlab qolish va notoʻgʻri ushlab qolingan soliqlarni qaytarish tartibi
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarning ish haqidan hamda fuqarolarning boshqa daromadlaridan oʻz vaqtida ushlab qolinmagan soliq miqdori koʻpi bilan ikki yili uchun qaytarib berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Daromadlariga deklaratsiyaga muvofiq soliq solinadigan, soliq toʻlashga oʻz vaqtida jalb etilmagan yoki notoʻgʻri soliq solingan fuqarolardan soliqni undirib olish yoxud ularga qaytarib berish soliqni notoʻgʻri ushlash aniqlangunga qadar oʻtgan davrning koʻpi bilan ikki yili uchun amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchining soliqni toʻlashdan boʻyin tovlashi natijasida undirilmay qolgan soliq miqdori butun boʻyin tovlash davri uchun undirib olinadi.
25-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning javobgarligi
1. Soliq solinadigan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga soliq idoralari oldingi hisobot yilida toʻlangan soliqning 150 foizi miqdorida yoki soliq idorasi ega boʻlgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida shartli ravishda hisoblab chiqilgan miqdorda soliq toʻlash toʻgʻrisida toʻlov xabarnomasi yuboriladi. Mazkur hujjatlar taqdim etilgach va ular tekshirib koʻrilgandan keyin soliq miqdori haqiqatdan olingan daromadga qarab toʻlanadigan soliqning 10 foizi ushlab qolinib, qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanish tartibini buzishda aybdor boʻlgan yoki maxsus ravishda taqiqlab qoʻyilgan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar, shuningdek, daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud deklaratsiyaga notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritishda, soliq solish maqsadlari uchun zarur boʻlgan daromadlar va xarajatlarning tegishli hisob-kitobi boʻlmaganligida aybdor boʻlgan fuqarolar soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
2. Soliq solinishi lozim boʻlgan amalda olingan daromadlarni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) uchun daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi miqdorida jarima solinadi, qonunni takroriy buzgan taqdirda esa ikki hissa miqdorida jarima solinadi.
Erkin almashtiriladigan valyutada olingan daromadlarni yashirish daromad miqdorini SSSR Davlat bankining maxsus kursi bilan ikki hissa miqdorida qayta hisoblab chiqishga sabab boʻladi.
Ana shu pul soliq idoralarining mansabdor shaxslari protokol tuzgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida budjetga oʻtkaziladi. Ana shu pulni toʻlashdan bosh tortilgan taqdirda u muddatida toʻlanmagan soliqlarni va soliqdan tashqari toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisidagi Nizomda belgilab qoʻyilgan tartibda undirib olinadi.
3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning daromad soligʻi miqdorini toʻla hajmda oʻz vaqtida ushlab qolmaganlik va budjetga oʻtkazmaganlikda, fuqarolarning daromadlarini yashirishda (kamaytirib koʻrsatishda), buxgalteriya hisobotini olib bormaganlik yoki bunday hisobotni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, soliqni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, umuman taqdim etmaganlik yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslari soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
4. Haq toʻlash manbaida undirilishi lozim boʻlgan, oʻz vaqtida ushlab qolinmagan, toʻla ushlab qolinmagan yoki budjetga oʻtkazilmagan soliq miqdori fuqarolarga daromad toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soliq idoralari tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi.
5. Soliq toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun muddati oʻtgan har kun uchun toʻlanmagan miqdorning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
26-modda. Soliq idoralarining harakatlari ustidan shikoyat qilish
Mansabdor shaxslarning soliqni undirib olish chogʻida yoʻl qoʻygan harakatlari va farmoyishlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita boʻysunadigan idoraga yoki qaysi idoraning farmoyishi bilan soliq undirilayotgan boʻlsa, oʻsha idoraga topshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustidan tushgan shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab 15 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi, fuqarolar ustidan tushgan shikoyatlar esa fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun belgilab qoʻyilgan muddatda koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Shikoyatlarga doir qarorlar ustidan bir oy muddat ichida yuqori turuvchi soliq idorasiga yoki xalq sudiga shikoyat qilish mumkin.
Shikoyat topshirish soliq undirishni toʻxtata olmaydi. Shikoyatni koʻrib chiqayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar tegishli soliq miqdorini undirishni toʻxtatib turishga haqlidir.
Soliq idoralari mansabdor shaxslarning maʼmuriy jazo belgilashlari bilan bogʻliq harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
27-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar
Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
227-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 88-modda; 8-son, 191-modda; 1992-y., 1-son, 50-modda; 4-son, 168-modda; 9-son, 337-modda; 1993-y., 1-son, 20-modda; 1994-y., 1-son, 14-modda; 10-son, 254-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda)