|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2025
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARINI TASNIFLASH VA GUVOHNOMALAR BERISH AVIATSIYA QOIDALARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1349-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (O‘ZR AQ-61) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi (IKAO) to‘g‘risida Konvensiya ilovalari talablariga muvofiqlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining me’yoriy bazasini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga (2004-yil 7-may, ro‘yxat raqami 1349) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zgartish va qo‘shimchalarning ko‘paytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi ta’minlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
110-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 360-modda)