Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.10.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta tolasini ishlab chiqarish va sotishda bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy qilish, respublika paxta tolasi bozorida raqobat muhitini yaratish, paxta tolasi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilishning jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan shakllarini joriy etish maqsadida:
1. Belgilansinki, har yilgi tasdiqlanadigan balans koʻrsatkichlariga muvofiq paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.
Respublikaning alohida ijtimoiy ahamiyatga ega tarmoqlari korxonalariga paxta tolasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori boʻyicha “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB) bilan toʻgʻridan toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida sotilishi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq:
paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika korxonalariga berish faqat ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan amalga oshiriladi;
paxta tolasini xorijiy isteʼmolchilar va respublika korxonalari tomonidan sifati va massasi boʻyicha uzil-kesil qabul qilib olish ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida amalga oshiriladi;
respublika korxonalari tomonidan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.
(2-bandning ikkinchi – toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
3. Quyidagilar:
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek Paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB)ning valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida respublika korxonalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek Hisob-kitoblar sxemasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda yuqorida koʻrsatilgan nizomlarda belgilangan tamoyillar, mexanizm va talablarga qatʼiy rioya etsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan mazkur qarorning soʻzsiz bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilishda belgilangan tartibni buzgan aybdor mansabdor shaxslarni qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortsin.
5. Paxta tolasini sotuvchi tashqi savdo kompaniyalari uchun komissionerlar sifatida soliq toʻlash hamda Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2007-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda terminallarda bir yoʻla saqlanadigan paxta tolasi hajmlarini 5-ilovaga muvofiq 400 ming tonnagacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi terminallar rahbarlari lavozimlariga kadrlarning samarali tanlanishini, ularning har yili attestatsiyadan oʻtkazilishini va maqbul ravishda almashtirib turilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK paxta tozalash sanoati korxonalarida, mintaqaviy paxta terminallarida, shuningdek paxta tolasini temir yoʻl orqali tashishda yongʻin xavfsizligi holati ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
8. 6-ilovaga muvofiq ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-avgust,
PQ-456-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
1-ILOVA
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat”
hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi oʻrinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
2. Etkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.
II. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh bitimlar va shartnomalar tuzish
3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan paxta xomashyosi hosilidan paxta tolasi xarid qilish yuzasidan bosh bitimlar tuziladi.
4. Bosh bitimda:
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda gʻoʻza navlarining joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari) sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmlari;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmi boʻyicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
5. Bosh bitimga muvofiq:
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish natijalari va kutilayotgan hosil boʻyicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
hosilni yigʻishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi boʻyicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va respublika korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
6. Bosh bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.
III. Paxta tolasi uchun narxlar belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sotib oluvchilar tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga va respublika korxonalariga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
8. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan sotiladigan paxta tolasiga shartnomaviy narxlar joʻnatishning CIP-paxta terminali shartlari boʻyicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqi oldindan toʻlangan sanada) “Birinchi” navi, “Oʻrta” klass, 5 tip, 35-kod paxta tolasining 1 tonnasi uchun “Kotton Outluk”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkalarining oʻrtacha qiymati (bazis narx) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta tolasining boshqa navlari va klasslarining narxlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Bunda respublika korxonalari uchun paxta tolasini sotishda, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, paxta tolasiga tasdiqlangan preyskurant narxlaridan past boʻlgan jahon narxlari amal qilgan davrlarda paxta tozalash zavodlari qoʻshilgan qiymat soligʻini: chegirmani hisobga olgan holda jahon narxi x 20/120 formulasi boʻyicha 15 foiz miqdordagi chegirmani hisobga olib, xomashyo yetkazib berilgan kuni amalda tarkib topgan jahon narxlariga asoslanib hisoblab chiqarishadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Shartnomaviy narx yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narx va quyida koʻrsatilgan paxta tolasini sotish boʻyicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan cheklangan xarajatlari oʻrtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:
paxta tolasini terminallarda saqlash va sugʻurta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi boʻylab harbiylashtirilgan qoʻriqlash uchun toʻlovni qoʻshgan holda) CIF — Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF — Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun moʻljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash xarajatlari;
paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar boʻyicha sertifikatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;
bank xarajatlari (bankning mablagʻlarni oʻtkazish, akkreditiv ochish, yuklab joʻnatish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa xarajatlari);
“Oʻztashqitrans” DAKning ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;
tashqi savdo kompaniyalarining asosiy faoliyat boʻyicha xarajatlariga daromadlari, yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Paxta tolasi sotish boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasining shartnomaviy narxlari yuklab joʻnatish sanasidagi “Kotton Outluk”da chop etiladigan “A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalariga muvofiq hosil boʻladigan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, 15 foiz miqdoridagi chegirish va shartnomaviy narxning 1,0 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi bilan aniqlanadi. Bunda Oʻzbekiston “Sifat” markazining (sertifikatlashtirish va tarozida tortish boʻyicha) xarajatlari, banklar, paxta terminallari xizmatlari, shu jumladan paxta tolasini terminallarda sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlarga tashqi savdo kompaniyalari ixtiyorida qoladigan mablagʻlar hisobiga haq toʻlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
11. Shartnomaviy narxlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi uchun belgilanadi.
12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paxta tolasining shartnomaviy narxi netto massaga qayta hisoblaganda (ulgurji narxlar preyskurantida keltirilgan formula boʻyicha) preyskurant ulgurji narxdan va paxta tolasini yetkazib berish, tushirish va terminallarda saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam boʻlmasligi kerak.
13. “Mikroneyer” koʻrsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past boʻlganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida koʻrsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirishlar qoʻllanadi.
Paxta tolasini eksport qilish boʻyicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
14. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.
IV. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab joʻnatish
va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.
16. Shartnoma shartlariga muvofiq sotib oluvchilar oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, boʻlinmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi oʻn kunligida yetkazib beriladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan ushbu bandda koʻrsatilgan akkreditiv ochish muddatlari buzilgan taqdirda tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida koʻrsatilgan yuklab joʻnatish muddatlari bajarilmaganligi uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari javob bermaydi.
17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi shartnomada qayd etiladi.
Etkazib beruvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
emitent bankning nomi;
yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani toʻgʻrisida xabardor qilish usuli;
akkreditiv boʻyicha mablagʻ olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga koʻra, hujjatlar taqdim etilgan toʻlov summasini akkreditivlar shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga oʻtkazadi.
20. Mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan emitent bankka qoʻyiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablagʻlarni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
21. Akkreditivdan toʻlash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paxta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.
22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablagʻlarni yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi.
23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman toʻlangan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:
akkreditiv muddati tamom boʻlgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi toʻgʻrisida emitent bankni xabardor qiladi;
akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
sotib oluvchining akkreditivni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq boʻlmagan summaga xabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.
25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻzaro kelishuvga koʻra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan toʻlangan haq summasiga toʻlov oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narxni qayd qilish huquqiga egadirlar.
Sotib oluvchilar tomonidan oldindan toʻlangan haq oʻtkazilgan sana uchun paxta tolasi hajmiga shartnomaviy narx qayd etilmagan taqdirda paxta tolasining shartnomaviy narxi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq toʻlashda haqning qolgan qismi akkreditiv boʻyicha toʻlanadi.
26. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida paxta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib oluvchilar bilan xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini yuklab joʻnatishni tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.
(26-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
27. Paxta zavodlari tomonidan terminallarga tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarisiz yoki tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlmagan yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi turkumi terminal tomonidan masʼuliyatli saqlash toʻgʻrisidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan holda masʼuliyatli saqlash uchun qabul qilinadi.
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan yangi bildirishnomalar yozilgan taqdirda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasini ushbu bildirishnomalar hisobiga paxta zavodlaridan yetkazib berilayotgan yoki terminallarda masʼuliyatli saqlanayotgan paxta tolasi hajmidan yetkazib berishi mumkin. Yozilgan bildirishnomalarga muvofiq muayyan turkum masʼuliyatli saqlashdan tashqi savdo kompaniyalari balansiga oʻtkazilgan taqdirda qabul qilish dalolatnomasi yoziladi. Dalolatnomada qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana turkumni masʼuliyatli saqlashdan sotib oluvchining mulkiga oʻtkazish sanasi hisoblanadi.
Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash uchun paxta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta tozalash zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va Oʻzbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikatlari va Inspeksiya dalolatnomalari bilan birgalikda toʻlov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” boʻlinmalariga) yoki haqi oldindan toʻlangan taqdirda ushbu hujjatlar boʻyicha toʻlovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.
Paxta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.
Paxta tolasi sifati va vazni Oʻzbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston “Sifat” markazi hisob raqamiga tegishli boʻladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda koʻrib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.
28. Har oyda har oyning 5-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab joʻnatish va oldingi oyning toʻlov summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bogʻliq nizoli masalalar boʻyicha tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari boʻyicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
29. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida oʻzaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
Hosil boʻyicha uzil-kesil hisob-kitoblar oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.
30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar boʻyicha tushgan mablagʻlar va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradilar.
31. Sotib oluvchilar paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qoʻllangan holda, jahon narxlarining eng qulay konyunkturasi davrlarida sotadilar.
Paxta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tartibi
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
33. Respublika korxonasi har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda, paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha taqdim etadi.
Tashqi savdo kompaniyalari respublika korxonalarining buyurtmanomalarini toʻliq hajmda “Paxtasanoat” HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paxta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paxta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda respublika korxonalari bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
35. Respublika korxonalari sotib olinadigan paxta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan toʻlaydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paxta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paxta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi. Hisob-kitob qilishning xuddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida ham belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Istisno tariqasida, 2008-yil 1-dekabrdan 2009-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik korxonalari uzil-kesil hisob-kitoblarni paxta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 120 kun mobaynida amalga oshiradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Bunda tashqi savdo kompaniyalariga respublika korxonalariga yetkazib berilayotgan paxta tolasi qiymatining 85 foizini kafolatli taʼminlash sifatida, oldindan toʻlanadigan haqni yoki mazkur korxonalarning mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan akkreditivlarni qabul qilishga ruxsat beriladi.
Respublika korxonalari mahsulotlarini eksport qilishdan tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamiga tushgan tushum korxonalar tomonidan yetkazib berilgan paxta tolasi qiymati chiqarib tashlangan holda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 50 foizli valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin ushbu korxonalarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paxta tolasi uchun respublika korxonalari bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holatidan qatʼi nazar, shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
37. Paxta tolasini terminallardan yuklab joʻnatish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalari boʻyicha tashqi savdo kompaniyasi bilan respublika korxonalari oʻrtasida imzolangan kontraktlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Bunda:
paxta tolasi uchun hisob-kitob mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq yetkazib berish kunida shakllangan jahon narxlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
(37-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Agar respublika korxonasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi turkumi uchun toʻlovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, oʻz vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korxonaga kelgusida paxta tolasi joʻnatish toʻxtatiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Respublika korxonalari tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
VI. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
tomonidan sotishdan olingan mablagʻlardan foydalanish
40. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablagʻlardan:
paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida oʻz xarajatlarini qoplashda;
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) oʻrtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paxta tolasi eksport qilinmaydigan boʻlganda) normativdan ortiqcha saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
41. Paxta tolasi qiymatini taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha:
xomashyo (paxta xomashyosi)ning ekvivalent qiymati mablagʻlariga taqsimlanadi, ularni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta xomashyosi qiymatini xoʻjaliklarga toʻlash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazadi;
qayta ishlash korxonalarining xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlarga taqsimlanadi, ular paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
VII. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
42. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta tolasining navlar va klasslar boʻyicha
narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
(baza — “Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)

I nav
‎(Birinchi)‎


‎Oliy‎


‎1,050

II-nav
‎ (Ikkinchi)‎


‎‎Oliy‎‎

‎1,020

Yaxshi‎

1,040‎ Yaxshi‎ ‎ 0,990‎
Oʻrta‎ 1,000‎ Oʻrta‎‎ 0,955‎
Oddiy‎ 0,965‎ Oddiy‎‎ ‎0,920
Iflos‎ 0,925‎ ‎Iflos‎ 0,880‎
‎‎III nav ‎
‎ (Uchinchi)

‎Yaxshi‎

‎0,965‎
IV nav
‎(Toʻrtinchi)

‎Yaxshi‎ ‎

‎0,850‎‎
Oʻrta‎ 0,930‎ Oʻrta‎‎ 0,800‎
Oddiy‎ 0,885‎ Oddiy‎‎ 0,750‎
Iflos‎ 0,840‎ Iflos‎‎ 0,700‎
��

V nav
‎(Beshinchi) ‎


‎Oʻrta‎‎


‎0,550‎

Oddiy‎

0,500‎

Iflos‎‎

0,450‎
Tiplar va kodlar boʻyicha paxta tolasi narxlarini qayta hisoblab chiqish koeffitsiyenti har yili 1-sentabrdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan paxta tolasi xalqaro bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎200__ yil ____________ da yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar boʻyicha

oy‎

‎‎__________________________________________________________ dagi holatiga koʻra oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi

‎‎(keyingi oyning 1-kuni)
Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi Netto ogʻirligi boʻyicha yuklab joʻnatilgan paxta tolasining miqdori (tonna) Yuklab joʻnatish kunidagi shartnomaviy narx‎ Tolaning shartnomaviy narx boʻyicha qiymati, (ming soʻm) Akkreditiv boʻyicha toʻlangan,
‎(ming soʻm)
Yuklab joʻnatilgan paxta tolasining qiymati bilan toʻlangan summa oʻrtasidagi farq‎‎‎
“A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkasi boʻyicha jahon narxi (bir tonna uchun AQSh dollari) Eksport boʻyicha xarajatlar (bir tonna uchun AQSh dollari) Almashuv kursi (soʻm/ AQSh doll.) ‎ Valyuta xarajatlari chegirilgan holdagi jahon narxi Eksport boʻyicha xarajatlar (bir tonna uchun soʻm)‏
Shartnomaviy narx (bir tonna uchun soʻm) ‏
qoʻshimcha toʻlanadi,

‎(ming soʻm) ‎‏
qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi),

‎(ming soʻm) ‎‏
bir tonna uchun AQSh dollari
‎ (3-4)
bir tonna uchun soʻm (5*6)
‎1 ‎2 3‎ ‎4 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎

‎‎
‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil __________ oyi uchun ________ ning __________dan qarzi ____________ soʻmni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga kura ilgari yuklab joʻnatilgan paxta tolasi boʻyicha nizoli masalalar ________ soʻm miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________dan yakuniy qarzi ________ soʻm miqdorida belgilandi.

‎Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi:

‎(kichik bandlardan biri oʻchirilishi lozim)

‎- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish
‎- 200 yil _______ oyida yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi
.


‎_________________
viloyati “Paxtasanoat” XAB‎‎

‎‎‎Rais
‎Bosh buxgalter

‎‎ M.Oʻ.
‎‎200 yil “____” __________

____________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi

‎‎Rais
‎Bosh buxgalter


‎‎‎
M.Oʻ.
‎‎‎200 yil “____” __________
Paxta tolasini sotish va tashqi savdo
kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy
aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob
qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎ 200__ yil hosilidan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan hisoblar boʻyicha taqqoslash ‎
‎dalolatnomasi

Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi‎‏‎ ‎‏‎‏Amalda yuklab joʻnatilgan (aniqlashlar va eʼtirozlar hisobga olingan holda) (tonna) Paxta tolasining qiymati,
‎ (ming soʻm) ‎‎
taqdim etilgan hisoblar boʻyicha‎‏
tashqi savdo kompaniyasi tomonidan toʻlangan‎‏
Farq‎‎‎
qoʻshimcha toʻlanadi ‎ qaytariladi (yoki ushlab qolinadi) ‎

‎‎‎Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi.

‎Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ________________hisob raqamiga _________ miqdorida toʻlov talabnomasi qoʻyilishi uchun asos hisoblanadi.
‎‎
‎___________viloyati “Paxtasanoat” XAB

‎Rais

Bosh buxgalter‎

‎M.Oʻ.

‎200 yil “____” __________
‎‎‎‎
_______________ davlat-aksiyadorlik ‎
‎tashqi savdo kompaniyasi
‎Rais

‎Bosh buxgalter

‎M.Oʻ.

‎200 yil “____” __________
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi
PQ–456-son qaroriga
1a-ILOVA
Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik
birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
1. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan, hajmlarni, tiplarni, navlarni va yuklab joʻnatish muddatlarini koʻrsatgan holda shartnoma tuzadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashqi savdo kompaniyasi xorijiy xaridor yoki respublika korxonalari bilan paxta tolasini sotib olish yuzasidan kontrakt tuzadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
3. Tashqi savdo kompaniyasi unga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bank) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan boʻlinadigan akkreditiv ochish uchun ariza beradi.
4. Kelgusi oyning oʻn kunida xarid qilish moʻljallanayotgan paxta tolasi hajmi doirasidagi mablagʻlar summasi tashqi savdo kompaniyasi tomonidan akkreditiv hisob raqamiga oʻtkaziladi.
5. Tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bankni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (sotuvchi banki) oʻz mijozi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi uchun akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochadi.
7. Sotuvchi banki “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini akkreditiv uchun alohida depozit hisob raqami ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
8. Tashqi savdo kompaniyasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga tuzilgan shartnomaga muvofiq paxta tolasini yuklab joʻnatish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tozalash zavodlaridan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga paxta tolasini yuklab joʻnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashqi savdo kompaniyasi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan kontrakt shartlariga muvofiq paxta tolasini xorijiy xaridorga yoki respublika korxonasiga yuklab joʻnatadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
11. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyingi kunda xizmat koʻrsatuvchi bankka paxta tolasi yuklab joʻnatilganligini va akkreditivni ochish uchun barcha shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, akkreditiv hisobiga toʻlangan mablagʻlar hajmini koʻrsatgan holda, taqdim etadi.
12. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi tasdiqlangan taqdirda tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank)ka mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan talabnoma yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan talabnomaga muvofiq emitent bank mablagʻlarni oʻtkazadi.
13. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank alohida depozit hisob raqamidan mablagʻlarni yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga akkreditivlar boʻyicha oʻtkazadi.
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmlariga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamiga oʻtkazadi.
15. Tashqi savdo kompaniyasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi qiymatini va akkreditivlardan toʻlangan summalarni har oyda oʻzaro solishtirib chiqadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga, shuningdek eksportga sotish mexanizmini belgilaydi.
2. Paxta tolasini sotish Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan oʻtkaziladigan ochiq birja savdolariga paxta tolasini qayta ishlash va undan qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan respublikaning ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek eksportga sotishda xorijiy xaridorlar teng shartlarda qoʻyiladilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika korxonalariga va xorijiy xaridorlarga paxta tolasi erkin almashtiriladigan valyutada sotiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
4. Qayta ishlaydigan korxonalar tomonidan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilishi mumkin emas.
II. Atamalar va ularning taʼriflari
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
mahsulot — paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning tasdiqlangan koʻrsatkichlariga muvofiq ochiq birja savdolarida sotiladigan paxta tolasi;
birja savdolarining elektron tizimi — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining real vaqt rejimida umumrespublika birja savdolari oʻtkazilishini taʼminlaydigan dasturiy-texnik kompleksi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb ataladi) — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining birja bitishuvlari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlaydigan tarkibiy boʻlinmasi;
sotuvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (“Paxtasanoat” HAB) va mahsulotni ishlab chiqaradigan hamda birja savdolarida sotadigan boshqa yuridik shaxslar;
xaridor — Oʻzbekiston Respublikasining paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan va paxta tolasidan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradigan yuridik shaxslari, shuningdek xorijiy kompaniyalar va firmalar;
zakalat — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sodir etiladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan HKKPga qoʻyiladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan mahsulotga oʻrtacha narx;
terminallar — paxta mahsulotini qabul qilish, saqlash va yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan paxta terminallari.
III. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, ochiq birja
savdolariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi
6. Sotuvchilar, yilning tegishli davriga tasdiqlangan paxta tolasi ishlab chiqarish va undan foydalanish balansidan kelib chiqib, har oyda, keyingi har bir oy boshlanishidan 10 kun oldin Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini birja savdolarida xaridorlarga sotish uchun moʻljallangan mahsulot hajmi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Bildirishnomalarda paxta tolasining Oʻzbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) bilan tasdiqlangan lotlari, tiplari, navlari va klassi koʻrsatiladi.
7. Sotuvchilar Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga birja savdolariga qoʻyish uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq mahsulotning xaridorlarga yetkazib berilishini uzluksiz taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mahsulot mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadilar.
8. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyish xaridorlar bilan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida mustaqil qatnashish istagini bildirgan sotuvchilarga brokerlik oʻrinlari beradi.
10. Brokerlik xizmati koʻrsatish:
mahsulotni sotishga sotuvchi va broker;
mahsulotni xarid qilishga xaridor va broker oʻrtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Xaridor va sotuvchi brokerni tanlashda erkindir.
11. Oldin olingan paxta tolasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzi boʻlgan xaridorlar birja savdolariga qoʻyilmaydi.
12. Ochiq birja savdolari oʻtkazish, birja sessiyalarining qancha davom etishi, mahsulot qoʻyish hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan xaridorlarga ommaviy axborot vositalari, brokerlar, shuningdek boshqa axborot kanallari, shu jumladan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining web-sayti orqali majburiy tartibda yetkaziladi.
Axborotga mahsulot, sotuvchining joyi, shuningdek boshlangʻich narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak.
13. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, elektron savdolarda savdolar qatnashchilarining hududiy joylashishidan qatʼi nazar, ularning barchasining bir vaqtda ishtirok etishi imkoniyatini taʼminlashga majburdir.
14. Savdolarni oʻtkazish, qoʻyilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha qatnashchilarni qoʻyish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
15. Bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kunida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi yoki uning mintaqaviy savdo maydonchasi brokerga bitishuv bayonnomasini va rasmiylashtirish uchun oldi-sotdining birja shartnomasini beradi.
16. Oldi-sotdi shartnomasi shartnomada nazarda tutilgan shartlarda shartnoma olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
17. Savdolarda sotilmagan mahsulot hajmi sotuvchi bilan kelishuv boʻyicha keyingi savdolarga koʻchiriladi.
18. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq toʻlash:
respublika ichida sotishda xaridorga va sotuvchiga har bir tomondan bitishuv summasining 0,05 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
eksportga xaridorga sotishda bitishuv summasining 0,1 foizi miqdorida, sotuvchiga bitishuv summasining 0,05 foizi miqdorida belgilanadi.
19. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi mahsulotni savdoga takroran qoʻyish huquqiga egadir.
20. Mahsulotni bitishuv bayonnomalari asosida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha sotish sotuvchining HKKPdagi shaxsiy hisob raqamiga 100 foiz oldindan haqini toʻlash shartlarida amalga oshiriladi.
IV. Mahsulotning boshlangʻich narxini belgilash hamda birja savdolari qatnashchilari
oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi va paxta tolasini yuklab joʻnatish
21. Sotuvchi tomonidan qoʻyilgan paxta tolasining boshlangʻich narxi birja savdolarining har bir sessiyasida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda “Kotton Outluk”da chop etiladigan “A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkasining oʻrtacha qiymatidan kelib chiqib respublika korxonalari uchun 15 foiz miqdoridagi chegirma, eksportga sotishda esa — respublika tashqarisida oʻrtacha transport (temir yoʻl va suv transporti) xarajatlari bir tonnasi uchun 155 AQSh dollari miqdorida chiqarib tashlangan holda belgilanadi.
Mahsulotning boshlangʻich narxi erkin muomaladagi valyutada (AQSh dollarida) belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
22. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatlarini taʼminlash maqsadida birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP orqali amalga oshiriladi.
Sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlari HKKP hisob raqami doirasida alohida shaxsiy hisob raqamlarida hisobga olinadi.
23. HKKP birja savdolari qatnashchilarini ularga xizmat koʻrsatish shartlari, mijozlarning shaxsiy hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldigʻi toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlum qilishi shart.
Mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori uchun HKKP shaxsiy hisob raqamlari ochadi.
Shaxsiy hisob raqamlarining holati, shaxsiy hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning HKKP tomonidan oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
24. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi qatnashchilarni birja kliringining natijalari, ular mablagʻlarining holati va joriy kunda belgilangan savdo limitlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
25. Sotuvchi va xaridor tomonlarning majburiyatlarni bajarishi kafolati sifatida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPdagi oʻz shaxsiy hisob raqamlariga tegishli ravishda savdoga qoʻyiladigan va xarid qilish moʻljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdoridagi zakalatni majburiy tartibda deponentga qoʻyadi.
26. Xaridorlar Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPga deponentga qoʻyilgan zakalat hisobga olingan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
27. Mijozlarning HKKPdagi mablagʻlaridan:
a) HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlarining egalari boʻlgan sotuvchilar va xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha:
birja bitishuvlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishi va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan bogʻliq ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
agar bitishuv boʻlmasa yoki bekor qilingan taqdirda HKKPdagi shaxsiy hisob raqamining egasi — mijozning vakolatli bankdagi hisob raqamiga qaytarish uchun;
b) deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobiga Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
28. Birja bitishuvi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn bank kuni mobaynida xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun HKKPdagi oʻz shaxsiy hisob raqamiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazishi shart.
29. HKKP mablagʻ xaridordan tushgan paytdan boshlab bir bank kuni mobaynida sotuvchiga xaridor oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarganligi toʻgʻrisidagi haqi toʻlangan bitishuvlar reyestrini berishi shart.
Agar xaridor oʻn bank kuni mobaynida birja shartnomasiga muvofiq mablagʻlar toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlamasa, HKKP, koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin sotuvchiga va Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining tegishli boʻlinmasiga bitishuv bekor qilinishi toʻgʻrisida darhol maʼlum qiladi va Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda xaridor tomonidan qoʻyilgan zakalat miqdorida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sifatida mablagʻlarni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazadi.
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan yana savdoga qoʻyiladi.
30. HKKP tomonidan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga mablagʻ tushganligi toʻgʻrisidagi haqi toʻlangan bitishuvlar reyestri sotuvchiga berilishi sotuvchi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda terminalda mahsulotni xaridorga berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Xaridor tomonidan oʻz majburiyatlarining bajarilishi holati HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan sotuvchi tomonidan mahsulotni qabul qilish-topshirish amalga oshirilgan taqdirda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi roʻyxatdan oʻtkazilgan birja shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
31. Sotuvchi mahsulot summasi toʻlangandan keyin FCA-paxta terminali shartlarida mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.
Terminalda mahsulot berilgandan keyin sotuvchi va xaridor Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan birja shartnomasi boʻyicha Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi.
Xaridor tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan Mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasining bir asl nusxasi sotuvchi tomonidan taqdim etilishi HKKPning mablagʻlarni xaridorning shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazish va bitishuvning yopilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
HKKP tomonidan mablagʻlarni oʻtkazish koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma olingan paytdan boshlab ikki bank kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
32. Mahsulotni qabul qilish-xaridorga topshirish (yuklab joʻnatish) birja shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlarga va muddatlarga muvofiq terminallardan sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi. Paxta tolasini yuklab joʻnatishga naryad Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP tomonidan mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq shaxsiy hisob raqamidan koʻchirma taqdim etilgandan keyin beriladi.
Mahsulot sertifikatsiyasi, terminalning saqlash, yuklab joʻnatish, Qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangunga qadar bajarilgan xizmatlari bilan bogʻliq boshqa xarajatlar sotuvchi tomonidan toʻlanadi.
Terminalning saqlash, transport agentiga yuklashda koʻmaklashish, yuklab joʻnatish va Qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan keyin bajariladigan boshqa xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarga xaridor tomonidan haq toʻlanadi
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni sotuvchining bankida sotuvchi, xaridorning bankida xaridor toʻlaydi.
Sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganda, toʻliq yetkazib berilmaganda yoki yetkazib berish muddatlari buzilganda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining vositachilik haqini chegirib tashlagan holda, sotuvchi tomonidan qoʻyilgan zakalat miqdorida jarima sifatida mablagʻlarni sotuvchining shaxsiy hisob raqamidan vakolatli bankdagi xaridorning hisob raqamiga oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
34. Ochiq birja savdolarida mahsulotni sotishdan tushgan tushum, shuningdek sotuvchi ixtiyoriga tushgan AQSh dollaridagi jarima summasi belgilangan muddatlarda 100 foiz Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak, tushum mablagʻlarining soʻmdagi ekvivalentidan esa belgilangan tartibda foydalaniladi.
35. Xaridor va sotuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
36. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi aʼzolari, birja savdolari qatnashchilari va ularning mijozlari oʻrtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha paydo boʻladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
V. Axborot bilan taʼminlash va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish
37. Oʻtkazilgan ochiq birja savdolari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining kotirovka qilish komissiyasi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida sotilgan mahsulot narxlarining birja kotirovkalarini belgilaydi. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi har haftada ularni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻidagi sahifalarda eʼlon qiladi.
38. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, sotuvchilar va terminallar hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi — ochiq birja savdolariga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot hajmi toʻgʻrisidagi;
sotuvchilar — qabul qilish-topshirish dalolatnomalari boʻyicha ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulotning xaridorga berilgan haqiqiy hajmlari toʻgʻrisidagi;
terminallar — ochiq birja savdolarida sotib olingan mahsulot xaridorlarga yuklab joʻnatilishining haqiqiy hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son qaroriga
2a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq savdo birjalarida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan paxta tolasi uchun respublika korxonalari, xorijiy xaridorlar va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida hisob-kitob qilish sxemasi
(2a-ilova nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilovaning sxemasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Sxemaga tushuntirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan paxta tolasini respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga birja savdolari oʻtkazish vositasida sotish boʻyicha birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari har bir savdodan oldin “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga birja savdolariga qoʻyish uchun tegishli tiplar, navlar, klasslar (Oʻzbekiston “Sifat” markazining Muvofiqlik sertifikati bilan yoki Inspeksiya dalolatnomasi bilan tasdiqlangan) hamda paxta tolasi hajmi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadi.
3. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi birja savdolarini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali axborot eʼlon qiladi.
4. Birja savdolarida qatnashgan sotuvchi va xaridor Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasidagi (HKKP) oʻz shaxsiy hisob raqamiga kafolat sifatida tegishli ravishda savdoga qoʻyiladigan va xarid qilish moʻljallanayotgan mahsulot summasining 2 foizi miqdorida zakalatni majburiy tartibda deponentga qoʻyadi.
5. Xaridorning brokeri va sotuvchining brokeri tuzilgan birja bitishuvlari asosida birja savdolari yakunlari boʻyicha bayonnomaga muvofiq paxta tolasining oldi-sotdi shartnomasini tuzadilar.
6. Xaridor mablagʻlarni oldi-sotdi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKPdagi oʻz shaxsiy hisob raqamiga oʻtkazadi.
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP toʻlangan bitishuvlar reyestrini sotuvchiga yuboradi, bu paxta tolasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Qabul qilish-topshirish (yuklab joʻnatish) dalolatnomasi imzolangandan keyin Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining HKKP mablagʻlarni sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazadi.
7. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmiga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazadi.
8. Paxta tozalash zavodlari paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga (omborlariga) yuklab joʻnatadi. Paxta tolasining kontraktdagi hajmi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining naryadlari boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ramiylashtirilgan holda ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) paxta tolasining respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga beriladi (yuklab joʻnatiladi).
Masʼuliyatli saqlashdagi paxta tolasi hajmining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining yozma roziligisiz qayta rasmiylashtirilishiga va terminallar tomonidan yuklab joʻnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
4-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom paxta tolasini eksportga va paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari) yetkazib berishda buyurtmachilar buyurtmanomalari boʻyicha “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini paxta toyi boʻyicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash zavodlarida paxta toyi massasini tarozida tortish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
2. Paxta tolasi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga asosan majburiy sertifikatlanadi. Paxta toyi boʻyicha sinagan holda sertifikatlash va paxta toyi massasini tarozida tortish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-iyuldagi 420-f-son farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
buyurtmachi — eksportga va respublika korxonalariga yetkazib berishda — tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari;
xaridor — paxta tolasini xarid qiluvchi xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari;
(3-bandning ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 58-modda)
yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari — Oʻzbekiston Respublikasi paxta tozalash zavodlari;
ijro etuvchi — “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.
4. Oʼz DSt 604:2001 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” standarti talablariga muvofiqligini sertifikatlash boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning koʻrsatilgan akkreditatsiya sohasiga muvofiq ijro etuvchi amalga oshiradi.
5. Ijro etuvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
— paxta tozalash zavodlaridagi har bir paxta toyidan uning pressdan chiqishida namuna olish;
— olingan namunalarni identifikatsiyalash;
— namunalarni sinab koʻrish uchun hududiy laboratoriyaga yetkazib berish;
— namunalarni sinab koʻrish;
— terminalga (omborga) yetkazib beriladigan sifati (tipi, navi) boʻyicha bir turdagi paxta tolasi turkumiga Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, uni yetkazib beruvchiga berish;
— yetkazib beruvchi bilan birgalikda turkumidan paxta toyini tarozida tortish, Paxta toyi boʻyicha tortish dalolatnomasini rasmiylashtirish;
— paxta terminalidagi (omboridagi) paxta tolasining sifati va paxta toyi massasi boʻyicha xaridor va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etadi.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va paxta toyini tarozida tortish boʻyicha xizmatlar haqi ijro etuvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) va Paxta toyi boʻyicha tortish dalolatnomasini berish fakti boʻyicha ijro etuvchi tomonidan qoʻyilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi hamda hisob-kitob asosida terminalga sifati va miqdori boʻyicha qabul qilish dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga muvofiq, buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.
Paxta tolasini sertifikatlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasi toyini tarozida tortish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Toydagi paxta tolasidan namuna olish, ularni identifikatsiyalash
hamda mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tozalash zavodida paxta tolasini presslash jarayonida toylarning qavariq tomonida press plitasida oʻrnatilgan maxsus pichoq bilan kesib qoʻyiladi.
8. Ijro etuvchi vakili toyning kesilgan qismidan namunalar oladi.
9. Namunalar Oʼz DSt 614:1994 “Paxta tolasi. Namunalar olish usullari” standartiga muvofiq olinadi. Har bir namunaga mintaqa kodi, paxta tozalash zavodi kodi, paxta tozalash zavodidagi ketma-ket qoʻyilgan tartib raqamidan iborat boʻlgan toylar tartib raqami shtrix kodli yorligʻining yirtma kuponi solinadi.
Olingan namunalarni ijro etuvchi polietilen qopchaga joylashtiradi, yoxud qogʻozga yoki plyonkaga oʻraydi, soʻngra ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga joʻnatish uchun oʻralgan namunalarni qopga ehtiyotkorlik bilan zich qilib joylashtiradi.
Tashish jarayonida namunalar bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun qop zich qilib oʻralishi lozim.
Qopga paxta tolasi namunasi olingan zavod tartib raqami, paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi turkumi tartib raqami, paxta xomashyosining sanoat va seleksiya navi hamda klassi, paxta tolasi turkumi, toy tartib raqamlari, namuna olingan sana, imzolagan ijro etuvchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan yorliq solinadi.
Ijro etuvchiga paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi turkumi tartib raqami, paxta xomashyosining sanoat va seleksiya navi hamda klassi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ijro etuvchi vakili tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan namunalar olish dalolatnomasini ijro etuvchining vakillari imzolaydilar.
10. Shtrix kodli yorliqni ijro etuvchi tayyorlaydi. Yorliqlar namuna olingan joyga qoʻyiladi.
11. Ijro etuvchi olingan namunalarni mintaqaviy laboratoriyaga sinab koʻrish uchun yetkazib beradi. Mintaqaviy laboratoriyaga namunalar joylashtirilgan qoplarni joʻnatgunga qadar ular paxta tozalash zavodida muhrlangan xonada saqlanishi lozim.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin ijro etuvchining laboratoriyalarida xaridor tomonidan soʻnggi turkumlar qabul qilingan va uni yuklab joʻnatgan vaqtga qadar, biroq Muvofiqlik sertifikati amal qilgan vaqtgacha saqlanadi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashi bilan namunalar qaytadan olinadi.
III. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyi massasini tortish
13. Paxta tolasining har bir toyini tortishni paxta tozalash zavodining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozisida ijro etuvchi va yetkazib beruvchi vakillari amalga oshiradi.
Toy boʻyicha tortish natijalariga koʻra, ijro etuvchi va yetkazib beruvchining asl muhri bilan tasdiqlanadigan ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Toy boʻyicha tortish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bitta nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi. Etkazib beruvchi Toy boʻyicha tortish dalolatnomasiga asosan hisob sertifikatini rasmiylashtiradi. Toy boʻyicha tortish dalolatnomasining amal qilish muddati Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin tugaydi.
14. Oʼz DSt 841 standartiga asosan yetkazib beruvchining presslash sexida foydalanadigan tarozisining yoʻl qoʻyilgan tortish xatosi (sanoq shkalasining boʻlinish bahosi kamida 0,2 kg) kamida + 0,5 kg boʻlishi lozim. Tortish natijasi aniq qilib, verguldan keyin birinchi belgigacha yozilishi lozim.
15. Agar terminalda turkumni nazorat tartibida tortib koʻrishda toyning oʻrtacha massasi Toy boʻyicha tortish dalolatnomasida koʻrsatilgan toyning dastlabki massasidan koʻpi bilan + 1,0 kilogrammdan ortiq boʻlmasa, Toy boʻyicha tortish dalolatnomasi maʼlumotlari toʻgʻri deb hisoblanadi. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy boʻyicha tortish natijalari bunda oʻzgartirilmaydi.
16. Ijro etuvchi va yetkazib beruvchining Toy boʻyicha tortish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlari bilan toyga nisbatan terminalda toyning oʻrtacha massasi boʻyicha + 1,0 kilogrammdan ortiq tafovut aniqlanganda, buyurtmachi ularni xabardor qiladi, soʻngra ijro etuvchi vakili 3 ish kunida xaridor yoki buyurtmachi vakillari bilan birgalikda qayta tortib koʻrish uchun kelishi lozim. Bunda yetkazib beruvchi vakili qayta tortib koʻrishda ishtirok etishi zarur. Qayta tortib koʻrish dalolatnomasi asosida yetkazib beruvchi Hisob-kitob-sertifikatiga oʻzgartirishlar kiritadi.
Massasi boʻyicha tafovut tasdiqlangan taqdirda, ijro etuvchi oʻz hisobidan qayta tortib koʻrishni amalga oshiradi. Etkazib beruvchi va buyurtmachi paxta tolasining 100 foizli nizoli hajmini qayta tortish asosida tuzilgan ijro etuvchi dalolatnomalari asosida haqiqiy massasini hisobga olgan holda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massasi boʻyicha tafovut tasdiqlanmagan taqdirda, Kip boʻyicha oʻlchash dalolatnomasi maʼlumotlari oʻzgarmasdan qoldiriladi, qoʻshimcha xarajatlar esa buyurtmachining hisobiga qoʻshiladi.
17. Agar ijro etuvchining vakili 100 foizli qayta tortib koʻrishni amalga oshirish uchun 3 kun muddatda kelmasa, ijro etuvchi mazkur Nizomning VI boʻlimiga muvofiq javobgar boʻladi, xaridor tomonidan jalb qilingan xolis nazorat tashkilotining paxta tolasi toyi massasi boʻyicha maʼlumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun yakuniy maʼlumotlar hisoblanadi.
18. Ijro etuvchi paxta tozalash zavodida va terminalda tayyor mahsulotning toy massasini tanlab tekshirish hamda talabga javob bermaydigan natijalar boʻlganda ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan dastlabki Toy boʻyicha tortish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
IV. Paxta tolasini sinab koʻrish
19. Paxta tolasining har bir toyini sinab koʻrishni Oʼz DSt 604 standartiga asosan ijro etuvchi mutaxassislari amalga oshiradi. Sinab koʻrish natijalarida paxta tolasining uzunligi (tipi), navi va klassi, “Mikroneyr” koʻrsatkichi aniqlanadi, shuningdek paxta tolasining namunalarida sifat kamchiliklari va begona aralashmalar (urugʻ, lint, yogʻ, hid va boshqalar) mavjudligini aniqlaydi.
Laboratoriyada paxta tolasi navi hamda klassini klasser baholashda yetkazib beruvchining vakili qatnashishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toy boʻyicha sinab koʻrish natijalari ushbu Nizomga 3-ilova shakli boʻyicha Sinab koʻrish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinab koʻrish dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining Oʼz DSt 604 standarti talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi koʻrsatiladi. Nomuvofiq boʻlgan taqdirda Sinab koʻrish dalolatnomasida mazkur Nizomga 4-ilova boʻyicha paxta tolasi sifatining kamchiliklar kodlari koʻrsatiladi.
Sinab koʻrish dalolatnomasini liniya supervayzeri, klassifikator imzolaydi hamda mintaqaviy laboratoriya boshligʻi tasdiqlaydi.
Sinab koʻrish dalolatnomasining bitta nusxasini ijro etuvchi yetkazib beruvchi vakiliga beradi.
V. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinab koʻrish dalolatnomasida keltirilgan toy boʻyicha sinab koʻrish natijalari asosida yetkazib beruvchi paxta tolasi turkumining ruxsat berilgan uchta klassigacha ishtiroki bilan uning tipi, sanoat va seleksiya navi boʻyicha bir turini butlaydi, butlangan turkumning brutto massasini, netto massasini hamda konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya butlangan turkum uchun ushbu Nizomga 5-ilova shakli boʻyicha Sinab koʻrish protokolini rasmiylashtiradi. Sinab koʻrish protokolini ijro etuvchining vakillari imzolaydi.
Mintaqaviy laboratoriyadagi ijro etuvchining vakolatli vakili Sinab koʻrish protokoli asosida paxta tolasining sinab koʻrilgan turkumiga uning ikkita nusxa-dublikati bilan Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, uni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda mintaqaviy laboratoriya (xizmat koʻrsatish belgisi) muhri bilan tasdiqlaydi. Asl nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Nusxa-dublikatning bittasi buyurtmachiga yuboriladi, ikkinchisi esa mintaqaviy laboratoriyada qoldiriladi.
Muvofiqlik sertifikati oʻzbek, rus yoxud ingliz tillarida toʻldiriladi. Muvofiqlik sertifikatini toʻldirish namunasi ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan.
Sertifikat roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Oʼz DSt 841:1997 standarti boʻyicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda 6 oyga belgilanadi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir turkumiga alohida-alohida beriladi, bunda paxta tolasi turkumning sifati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga asosan Muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuvga koʻra Muvofiqlik sertifikati bir nechta turkumlari uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasini terminalga yuklab joʻnatish vaqtida yetkazib beruvchi yuklab joʻnatish hujjatlariga Muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini hamda unga ilovani solib qoʻyishi shart.
24. Paxta tolasining bir nechta (biroq uchtadan koʻp boʻlmagan) klasslari mavjud boʻlgan turkumiga Muvofiqlik sertifikatlari (nusxasi) har bir klassga alohida-alohida beriladi.
25. Quyidagi hollarda Muvofiqlik sertifikati berilmaydi:
— paxta tolasi namunalarida urugʻ, lint, paxtani dastlabki qayta ishlash chiqindilari, chiriganlik hidi yoki tola navi va klassini klasser baholash amalga oshiriladigan paxta tolasining rasmiy namunalarida boʻlishi mumkin boʻlmagan boshqa aralashmalar mavjud boʻlganda;
— paxta tolasi sanoat naviga tegishli boʻlgan “Iflos” klassi chegarasidan ortiqcha ifloslanganda;
— tola rangi yoki uning tashqi koʻrinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq boʻlmaganda;
— oʻrta va uzun tolali paxta tolasi aralash boʻlganda;
— turli sanoat navlari toylari mavjud turkumga;
— toylar zarur darajada tamgʻalanmaganda, ularni oʻrash buzilganda, iflos boʻlganda, toyning sirti suv taʼsirida zararlanganda, shuningdek paxta tolasi turkumiga hujjatlar mavjud boʻlmaganda.
26. Oʼz DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan, ushbu hujjatning 25-bandida sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha Muvofiqlik sertifikati berib boʻlmaydigan paxta tolasi aniqlangan taqdirda ijro etuvchi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada Nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi bildirishnomani rasmiylashtiradi. Bildirishnomani ijro etuvchi vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (Xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash zavodi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Mintaqaviy laboratoriya Oʼz DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi boʻyicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda maʼlumotlarni Toshkent shahridagi “Sifat” markazining Sertifikatlash boshqarmasiga va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga beradi.
27. Oʼz DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasi har bir turkumini sinash natijalari mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha Paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uni ijro etuvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya boshligʻi tasdiqlaydi va unga ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasining haqiqiy muhri (Xizmat koʻrsatish belgisi) qoʻyiladi.
Inspeksiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati oʻrniga paxta tolasining sifati toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
Oʼz DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan paxta tolasiga berilgan Inspeksiya dalolatnomalari ijro etuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
28. Oʻtkazilgan inspeksiya natijalariga koʻra xaridor tomonidan terminalda Sifat va miqdor boʻyicha qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan Sifat va miqdor boʻyicha qabul qilish dalolatnomalar nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni ijro etuvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Etkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash natijalariga rozi boʻlmagan taqdirda ularning apellatsiyalari “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda RD Uz51-026-94 “NSS Uz. Apellatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi”ga muvofiq koʻrib chiqiladi.
VI. Ijro etuvchining javobgarligi
30. Ijro etuvchi oʻzi sinab koʻrgan paxta tolasi turkumi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda shartnoma majburiyatlarining zarur darajada bajarilishi uchun quyidagi moddalar:
— paxta tolasini saqlash, yetkazib berish va terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish xarajatlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq respublika xoʻjalik sudlarida reklamatsiyalar va daʼvolarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha mulkiy javob beradi.
31. Xaridorning terminalda toy massasining amaldagi farqi +1,0 kilogrammdan ortiqligi toʻgʻrisidagi daʼvosi tasdiqlangan taqdirda ijro etuvchi buyurtmachiga uning toylarni qayta tortib koʻrish va normativdan ortiq saqlash xizmatlariga haq toʻlash (toylar massasidagi farq qiymatidan tashqari) xarajatlarini toʻlaydi, shuningdek aybdor shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar koʻradi.
Ijro etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi terminallarida qayta tortib koʻrishda:
xato koʻrsatishi yoʻl qoʻyiladigan normadan +0,5 kilogrammdan ortiq boʻlgan tarozilardan foydalanganligini yoki massa verguldan keyingi birinchi oʻnlik raqam hisobga olinmasdan butun raqamgacha yaxlitlangan holda yozilganligini;
tarozilar vakolatli organlar tomonidan tekshirilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega emasligini;
Oʼz DSt 841 standarti talablari buzilgan holda tashilgan va saqlangan toylar tortilganligini isbotlasa toylarning massasi boʻyicha daʼvolar qondirilmaydi.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib koʻrish natijalariga nisbatan daʼvolari tasdiqlanmagan taqdirda daʼvolarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni buyurtmachi toʻlaydi.
33. Xarajatlarni qoplash boʻyicha buyurtmachi va ijro etuvchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
VII. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi), Toylar boʻyicha tortish dalolatnomasi hamda Terminalda sifat va miqdor boʻyicha qabul qilish dalolatnomasi mavjud boʻlmaganda terminallardan paxta tolasini yuklab joʻnatishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan tuziladigan kontraktlarda paxta tolasini faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda sifat va miqdor boʻyicha qabul qilishni nazarda tutadi, bunda xaridor vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan paxta tolasi turkumlari sifati va massasi (toy ichidagi brak bundan mustasno) boʻyicha daʼvo qilishga haqli emasligi sharti koʻrsatiladi.
36. Respublika hududidan tashqarida paxta tolasining toylar ichidagi braki boʻyicha nizoli masalalarni koʻrib chiqish zaruriyati paydo boʻlgan hollarda buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda koʻmaklashishi zarur.
37. Buyurtmachi ijro etuvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi shart. Paxta tolasini eksport qilish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va tezda hal qilish maqsadida buyurtmachi ijro etuvchining terminallardagi vakillariga terminallarga kelib tushayotgan, xaridorlar tomonidan qabul qilinayotgan va yuklab joʻnatilayotgan paxta tolasi turkumlari toʻgʻrisida axborot berishi zarur.
38. Buyurtmachi ijro etuvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tortilgan toylar massasini qayta tekshirish uchun jalb qilinayotgan inspeksiya kompaniyalaridan ular qoʻllayotgan tarozilarning xato koʻrsatishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va vakolatli organ tomonidan tarozilar tekshirilganligi haqidagi guvohnomani talab qilishga haqli.
VIII. Etkazib beruvchining javobgarligi
39. Etkazib beruvchi:
— presslash sexida paxta tolasi toylarini tortish uchun Oʼz DSt 841:1997 standarti talablariga muvofiq boʻlgan tarozilarni oʻrnatishi;
— terminallar (omborlar)ga ifloslanmagan, hidi va namligi yuqori boʻlmagan, vagon normasidagi tipi va navi boʻyicha bir turdagi turkumlar yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan barcha chora-tadbirlarni koʻrishi;
— namuna olish joylarida pichoq bilan kesilgan toylarni oʻrash vositalarining tiklanishini taʼminlashi;
— paxta tozalash zavodlari presslarida pichoqlarning normal holatini va ularning oʻz vaqtida almashtirilishini taʼminlashi;
— ijro etuvchini paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bino bilan taʼminlashi;
— paxta tolasi toylarining Oʼz DSt 841 standartiga muvofiq oʻrab-joylanishini, markirovka qilinishini va tashilishini taʼminlashi zarur.
40. Etkazib beruvchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) va Toylar boʻyicha tortish dalolatnomasi mavjud boʻlmaganda paxta tolasini terminalga yuklab joʻnatishga haqli emas.
41. Toylar ichida brak aniqlangan hollarda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar boʻyicha mulkiy javob beradi.
42. Xaridorning turkumdagi har bir toyning oʻrtacha massasidagi farq +1,0 kilogrammdan ortiqligi toʻgʻrisidagi daʼvosi tasdiqlangan hollarda yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar paxta tolasi turkumning haqiqiy massasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Namunalar olish dalolatnomasi shakli

‎‎“Sifat” markazining _________________ mintaqaviy laboratoriyasi


‎‎‎____-son Namunalar olish dalolatnomasi

Namuna olish joyi ___________________________________________ ‎ 200__ y. “___” ________________ ‎

Tayyorlovchining nomi _________________________________________ ‎

Paxta tolasi turkumi № ________‎

paxta tozalash zavodi kodi‎

Paxta xomashyosi turkumi № _____________________ ‎ Paxta xomashyosi navi ___________ ‎
Paxta xomashyosi klassi __________‎_______________
S�leksiya navi kodi ____________________________ ‎
Paxta xomashyosi turkumidaga toylar soni __________‎
Shtrix-kod tartib raqami: Toyning tartib raqami: ‎
________dan ________gacha ‎________dan ________gacha
________dan ________gacha‎ ‎________dan ________gacha
________dan ________gacha ‎________dan ________gacha
Olingan namunalar soni ___________ ‎Olingan namunalar massasi, ______ kg
‎‎Oʻrash, belgi qoʻyish va buzilgan holatlar bilan tayyorlangan toylarning tartib raqami _____________________________
___________________________________________________________________________________________________

‎F.I.O. __________________________ ‎

‎Imzo__________________‎

Paxta tozalash zavodidagi
‎“Sifat” markazi guruh
‎boshligʻi‎

F.I.O. __________________________ ‎ Imzo __________________‎

“Sifat” markazining
‎tanlovchi-taroziboni

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎“Sifat” markazining ______________ mintaqaviy laboratoriyasi

‎_____-son Toy boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi

Tayyorlovchining nomi ________
‎paxta tozalash zavodi kodi
‎Paxta tolasi turkumi № ____ ‎‎‎

200__ yil “___” _________________

‎Paxta tolasi turkumidagi toylar soni _____ ‎‎

‎‎Shtrix-kodi tartib raqami ________dan ___________gacha
Toylar
‎ t/r‎
Toylar
‎ massasi,
‎ kg‎
Toylar t/r‎ Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
Toylar
‎t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎kg‎‎
Toylar
‎ t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎kg‎‎
Toylar
‎t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
Toylar
‎ t/r‎‎
Toylar
‎massasi,
‎ kg‎‎
1‎ 41‎ 81‎ 121‎ 161‎ 201‎
2‎ 42‎ 82‎ 122‎ 162‎ 202‎
3‎ 43‎ 83‎ 123‎ 163‎ 203‎
4‎ 44‎ 84‎ 124‎ 164‎ 204‎
5‎ 45‎ 85‎ 125‎ 165‎ 205‎
6‎ 46‎ 86‎ 126‎ 166‎ 206‎
7‎ 47‎ 87‎ 127‎ 167‎ 207‎
8‎ 48‎ 88‎ 128‎ 168‎ 208‎
9‎ 49‎ 89‎ 129‎ 169‎ 209‎
10‎ 50‎ 90‎ 130‎ 170‎ 210‎
11‎ 51‎ 91‎ 131‎ 171‎ 211‎
12‎ 52‎ 92‎ 132‎ 172‎ 212‎
13‎ 53‎ 93‎ 133‎ 173‎ 213‎
14‎ 54‎ 94‎ 134‎ 174‎ 214‎
15‎ 55‎ 95‎ 135‎ 175‎ 215‎
16‎ 56‎ 96‎ 136‎ 176‎ 216‎
17‎ 57‎ 97‎ 137‎ 177‎ 217‎
18‎ 58‎ 98‎ 138‎ 178‎ 218‎
19‎ 59‎ 99‎ 139‎ 179‎ 219‎
20‎ 60‎ 100‎ 140‎ 180‎ 220‎
21‎ 61‎ 101‎ 141‎ 181‎ 221‎
22‎ 62‎ 102‎ 142‎ 182‎ 222‎
23‎ 63‎ 103‎ 143‎ 183‎ 223‎
24‎ 64‎ 104‎ 144‎ 184‎ 224‎
25‎ 65‎ 105‎ 145‎ 185‎ 225‎
26‎ 66‎ 106‎ 146‎ 186‎ 226‎
27‎ 67‎ 107‎ 147‎ 187‎ 227‎
28‎ 68‎ 108‎ 148‎ 188‎ 228‎
29‎ 69‎ 109‎ 149‎ 189‎ 229‎
30‎ 70‎ 110‎ 150‎ 190‎ 230‎
31‎ 71‎ 111‎ 151‎ 191‎ 231‎
32‎ 72‎ 112‎ 152 192‎ 232‎
33‎ 73‎ 113‎ 153 193‎ 233‎
34‎ 74‎ 114‎ 154 194‎ 234‎
35‎ 75‎ 115‎ 155 195‎ 235‎
36‎ 76‎ 116‎ 156 196‎ 236‎
37‎ 77‎ 117‎ 157 197‎ 237‎
38‎ 78‎ 118‎ 158 198‎ 238‎
39‎ 79‎ 119‎ 159 199‎ 239‎
40‎ 80‎ 120‎ 160‎ 200‎ 240‎
‎‎Brutto massasi ____ kg, Idishlar massasi_____ kg, Netto massasi ____kg‎
Paxta tozalash zavodidagi “Sifat” markazi guruh boshligʻi‎

_________________‎
‎Imzo ‎‎

‎‎____________________________
‎F.I.O.

‎‎‎“Sifat” markazining tanlovchi-taroziboni

‎_________________‎
‎ ‎Imzo‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎ ‎____________________________ ‎
‎F.I.O.

‎‎‎Paxta tozalash zavodi vakili

‎_________________‎
‎‎Imzo ‎‎ ‎ ‎‎

‎‎‎‎ ‎__________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
‎‎

______ -son HVI tizimida SINAB KOʻRISh DALOLATNOMASI

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎“Sifat” markazi laboratoriyasi boshligʻi ______________________

‎‎Sinab koʻrish dalolatnomasini rasmiylashtirish namunasi‎

Office name Andijon
‎(Laboratoriya) ‎‎

Gin number 133
(zavod t/r)

Lot number 16
‎ (turkum t/r) ‎‎‎

HVI number 8‎‎
‎(HVI t/r)

Classer Ibragimov (Klassifikator) ‎‎

T/r‎‏
‎‏Bale number (toylar t/r)
Classer Klassifikator‎‎‎ HVI tizimi‎‎‎
Sort
(Navi) ‎
Class
(Klassi) ‎
Type (Tipi) ‎ Staple
(Uzunlik kodi) ‎
Length (Uzunligi), dyuym ‎ Mic
(Mikroneyr)
Strength (Solishtirma uzilish yuki),
‎gs/teks ‎
Rd
(qaytarish koeffitsiyenti)
‎ % ‎
+b
‎(Sariqlik darajasi) ‎
Trash Sode (Ifloslanganlik kodi) ‎ SFI
(Kalta tola indeksi),
‎% ‎
Uniformity (Uzunligi boʻyicha bir tekisdalik indeksi),
‎%. ‎
Elongation (Uzilishda choʻzilishi),
‎% ‎
Remarks (Izoh) ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 11‎
‎1 1 4‎ ‎4 ‎37 1,15‎ 4,6‎ 34,6‎ 78,7‎ 8,1‎ 5‎ 8,7‎ 85,1‎ ‎6,7
2‎ 1‎ 4‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,3‎ 34,6‎ 78,1‎ 8,6‎ 3‎ 8,1‎ 84,6‎ 5,5‎ 11‎
3‎ 1‎ 3‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,7‎ 32,7‎ 77,8‎ 7,8‎ 5‎ 10,0‎ 83,9‎ 5,8‎
4‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,19‎ 4,2‎ 34,0‎ 80,3‎ 8,1‎ 3‎ 5,8‎ 84,1‎ 6,1‎ 41, 77‎
5‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,21‎ 4,3‎ 36,7‎ 78,3‎ 8,5‎ 4‎ 9,4‎ 83,8‎ 5,9‎
6‎ 1‎ 4‎ 4‎ 37‎ 1,16‎ 4,4‎ 34,6‎ 77,8‎ 8,8‎ 5‎ 6,1‎ 83,7‎ 5,5‎
7‎ 1‎ 4‎ 4‎ 36‎ 1,12‎ 4,6‎ 32,7‎ 78,4‎ 8,1‎ 5‎ 6,7‎ 84,4‎ 5,9‎ 91‎
8‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,16‎ 4,4‎ 34,8‎ 78,2‎ 8,0‎ 4‎ 12,5‎ 83,7‎ 5,6‎
9‎ 1‎ 4‎ 4‎ 36‎ 1,13‎ 4,5‎ 33,2‎ 78,1‎ 7,9‎ 4‎ 6,4‎ 84,8‎ 6,2‎
10‎ 1‎ 4‎ 3‎ 38‎ 1,19‎ 5,0‎ 33,6‎ 78,7‎ 8,2‎ 4‎ 5,8‎ 82,0‎ 5,7‎
‎‎MIN 1‎ 3‎ 3‎ 36 1,12‎ 4,2‎ 32,7‎ 77,8‎ 7,9‎ 3‎ 5,8‎ 82,0‎ 5,5‎
‎‎MAX 1‎ 4‎ 4‎ 38‎ 1,21‎ 5,0‎ 36,7‎ 80,3‎ 8,8‎ 5‎ 12,5‎ 85,1‎ 6,7‎
AVERAGE (Oʻrtacha) 37,2 1,16‎ 4,5‎ 34,15‎ 78,44‎ 8,21‎ 4,2‎ 7,95‎ 84,01‎ 5,89‎
STD. DEV. (Oʻrtacha kvadrat ogʻish) 0,79‎ 0,03‎ 0,24‎ 1,20‎ 0,72‎ 0,32‎ 0,79‎ 2,22‎ 0,86‎ 0,37‎
CV % (Oʻzgarish koeffitsiyenti) 2,12‎ 2,37‎ 5,24‎ 3,51‎ 0,92‎ 3,91‎ 18,78‎ 27,88‎ 1,02‎ 6,27‎
Classer (Klassifikator)__________________________ ‎ Liniya supervayzeri ________________________‎‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
EXTMATTER (begona aralashmalar kodi) ustunida
klassifikator tomonidan koʻrsatiladigan paxta tolasi
sifatining nuqsonlari kodlari

Nuqson nomi‎

Darajasi ‎

Kodi‎
1. Tola namunalari tuzilmasining tashqi koʻrinish namunalariga nomuvofiqligi (PREPARATION)‎ Zaif
‎Kuchli
01
‎02‎
2. Tola namunalari tuzilmasining tashqi koʻrinish namunalariga nomuvofiqligi‎ Rang
‎Qora shira
‎ Chiqindilar
‎ Ulyuk
‎Momiq
03
‎04
‎05
‎06
‎07‎
2. Gʻoʻza poyasi poʻstlogʻi va choʻpi mavjudligi (BARK/STALK)‎ Past
‎Yuqori
11
‎12‎
3. Oʻtlar mavjudligi (GRASS)‎ Past
‎Yuqori ‎
21
‎22‎
4. Urugʻlar boʻlaklari mavjudligi (SEED-COATER fragments)‎ Past
‎Yuqori
‎Urugʻ uyasi ‎
31
‎32
‎33‎
5. Moylangan tola mavjudligi (OIL)‎ Zaif
‎ Kuchli ‎
41
‎42‎
6. Tolada qivchinlar mavjudligi (SPINDLE TWIST)‎ Past
‎ Yuqori ‎
51
‎52‎
7. Boshqa aralashmalar mavjudligi (OTHER) Past
‎Yuqori
‎ Xid
‎Tamgʻalash
‎ Oʻrash ‎
61
‎62
‎63
‎64
‎65‎
8. Bitta toydagi tolaning har xil navi (TWO SIDED BALE)‎ 75‎
9. Chigitdan paxtani qayta ajratish (REGINNID)‎ 76‎
10. Tolani qayta presslash (REPACKED)‎ 77‎
11. Birinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades)‎ 81‎
12. Ikkinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Light Spotted)‎ 82‎
13. Uchinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Spotted) 83‎
14. Toʻrtinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Tinged) 84‎
15. Beshinchi nav tolaning Iflos klassidan ortiqcha ifloslanishi (Below Grades Yellow Stained)‎ 85‎
16. Chigitdan paxtani valikli ajratishda olingan oʻrta tolali paxta (UPLAND – PIMA GIN)‎ 91‎
17. Chigitdan paxtani arrali ajratishda olingan uzun tolali paxta (PIMA- UPLAND GIN)‎ 92‎
18. Oʻrta tolali paxtada uzun tolali Podmeska (PIMA- UPLAND) ‎ 93‎
19. Uzun tolali chirik paxta (FIRE DAMAGED – PIMA)‎ 94‎
20. Suv bilan zararlangan uzun to�ali paxta (WATER DAMAGED – PIMA) ‎ 95‎
21. Uzun tolali paxtada oʻrta tolalining aralashuvi (UPLAND – PIMA) ‎ 96‎
22. Oʻrta tolali chirik paxta (FIRE DAMAGED – UPLAND)‎ 97‎
23. Suv bilan zararlangan oʻrta tolali paxta (WATER DAMAGED – UPLAND) ‎ 98‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Paxta tolasini Sinab koʻrish dalolatnomasi protokoli shakli
(Toʻldirish namunasi)

‎‎“ TASDIQLAYMAN”
_________________________________
‎Sifat markazi laboratoriyasi boshligʻi
‎ № UZ.AMT.07.MAI.475 (___________)

‎‎‎(laboratoriya kodi)

‎‎_________________________________
(manzil)

‎‎________________ M.Oʻ.
‎imzo

_________
‎F.I.O.‎‎

‎‎______-son Sinab koʻrish protokoli

‎‎_______________ sh.

200__ y. “___” ________________


‎‎‎Tayyorlovchining nomi ________________________
‎paxta tozalash zavodi kodi


‎‎‎200 ___ yil hosili


‎‎‎‎Sinab koʻrish natijalari:

Turkum t/r‎ Toyar soni (ta)‎ Netto massasi (kg) ‎ Seleksiya kodi ‎ Tipi‎ Navi/klassi‎ Shtapel uzunligi, kodlarda‎ Mikroneyr‎ Izoh
26‎ 222‎ 49988‎ 52‎ 5‎ 1/oʻrta‎ 35‎ 4,4‎


‎Liniya supervayzeri‎‎


‎‎‎_________‎
‎imzo


‎‎M.Oʻ.


‎‎______________________________
‎F.I.O.

‎‎Klassifikator

‎‎‎ __________
‎‎‎imzo

‎‎_____________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatini toʻldirish namunasi
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatiga ilova shakli

‎‎_____-son Muvofiqlik sertifikatiga
‎ ILOVA

Davlat reyestri tartib raqami __________________

‎‎____________ sh.

‎‎200__ y. “____” ___________


‎‎‎Mahsulot nomi: Paxta tolasi

Zavod/ turkum t/r ‎‏ Toylar soni, dona‎‏ Turkumning netto massasi (kg) ‎‏ Sifat nazorati natijalari Izoh
‎‎ Tipi‎‎ ‎‎ Shtapel uzunligi, kodlarda‎ Mikroneyr ‎ ‎‏ Navi/ Klassi ‎‎




‎‎‎“Sifat” markazi Sertifikatlash
‎ organining ________________ mintaqaviy
‎laboratoriyasi vakolatli vakili

__________
‎imzo‎

M.Oʻ.‎

‎‎________________________________
‎F.I.O.

Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Paxta tolasining Oʼz DSt 604 talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi
‎ xabarnoma shakli
‎________________________________________________________________________________________
‎“Sifat” markazi laboratoriyasining nomi

‎Paxta tolasining Oʼz DSt 604 standarti talablariga
‎nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi
‎– son BILDIRIShNOMA


‎‎200___ yil “____” _________________ ‎‎

‎‎
Biz, quyida imzo chekuvchilar — “Sifat” markazi vakillari, Sizga xabar qilamizki, -______ son turkum boʻyicha ______________

‎‎__________________________________________________________________________________________
paxta tozalash zavodining nomi va kodi‎

paxta tozalash zavodida olingan paxta tolasi namunalarini koʻrib chiqishda ularning Oʼz DSt 604 talablariga quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha nomuvofiq deb hisobladik:

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________


‎‎‎Mintaqaviy laboratoriya ‎boshligʻi



‎________________ M.Oʻ.
‎imzo‎


‎‎‎‎
________________________________________
‎F.I.O
‎‎

Klassifikator ‎

____________________
‎imzo‎

________________________________________
‎F.I.O.‎
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi shakli

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎________________________________
‎“Sifat” markazi laboratoriyasi boshligʻi
‎ № UZ.AMT.07.MAI.475 (___________)

(laboratoriya kodi) ‎

‎‎___________________________________
‎(manzil)

_____________ M.Oʻ.

__________________‎

‎imzo‎‎

‎F.I.O.‎

‎‎200 __ y. “____” ___________

______________ sh.

‎‎PAXTA TOLASINING INSPEKSIYA DALOLATNOMASI
‎ ______- SON

‎‎
‎Buyurtmachi _______________________________________________________________________________

‎‎Ushbu dalolatnoma tasdiqlaydiki, paxta tolasi

‎‎____________________________________________________ paxta tozalash zavodi 200 ___ yil hosili
‎(nomi va kodi)


‎‎‎Turkum t/r __________ Toylar soni __________ Netto massasi ___________
‎navi _____________ Klassi ___________ Shtapel uzunligi ________
Mikroneyr ____________‎
‎‎Tolaning (Oʼz DSt 604 standarti talablariga javob bermaydigan) tavsifi‎

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________



‎Liniya supervayzeri‎



‎_______________ M.Oʻ.
‎imzo



‎____________________
F.I.O.

Klassifikator‎

_______________
imzo

___________________
‎F.I.O.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
5-ILOVA
Paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarida bir yoʻla saqlash
HAJMI
T/r‎ Terminal nomi ‎ Mintaqalar ‎ 2006-yil 1
‎ avgustdagi holatiga koʻra
‎terminallarda
‎ bir yoʻla saqlash hajmi ‎
Bir yoʻla saqlashga
‎ qoʻshimcha
‎ topshiriladigan
‎hajmlar ‎
1.‎ “Paruaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi ‎‏
7,0‎
2.‎ “Qoraqalpoq tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat ‎ 5,0‎
3.‎ “Andijon tola” mintaqaviy paxta terminali ‎ Andijon
‎ viloyati‎
30,7‎ 10,0‎
4.‎ “Buxara Trans Terminal” Ishlab chiqarish-transport kompaniyasi masʼuliyati cheklangan jamiyat ‎ Buxoro
‎ viloyati ‎
30,0‎ 5,0‎
5.‎ “Paxtakor tola bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Jizzax
‎ viloyati ‎‏
10,5‎
6.‎ “Olgʻa” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ 10,0‎
7.‎ “Nishon tolasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Qashqadaryo ‎
‎ viloyati‎‎‏
‎‏
12,0‎
8.‎ “Qamashi tola” mintaqaviy paxta terminalining shuʼba korxonasi ‎ 12,6‎
9.‎ “Qarshi-Tola” mintaqaviy paxta terminalining shuʼba korxonasi ‎ 22,0‎
10.‎ “Navoiy tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Navoiy
‎viloyati ‎
7,0‎
11.‎ “Inter tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Namangan
‎viloyati ‎
35,0‎
12.‎ “Samarqand tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Samarqand
‎ viloyati ‎‏
10,‎
13.‎ “Ulugʻb�k-tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ 12,0‎
14.‎ “Muzrabod tola bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Surxondaryo
‎ viloyati ‎‏
12,0‎
15.‎ “Jarqoʻrgʻon tola bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ 20,0‎
16.‎ “Sirdaryo-Oqoltin Tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ ‎‏Sirdaryo
‎ viloyati
10,0‎
17.‎ “Oqoltin paxta mahsulotlari bazasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi ‎ 45,0‎
18.‎ “Toshkent tola yopiq paxta terminali” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Toshkent
‎ viloyati ‎
35,0‎ 10,0‎
19.‎ “Fargʻona tola bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Fargʻona
‎viloyati ‎‏
10,0‎
20.‎ “Qoʻqon tola bazasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ 15,0‎ 3,0‎
21.‎ “Xorazm tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Xorazm
‎ viloyati ‎‏
12,5‎
22.‎ “Urganch-tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ 10,0‎
Respublika boʻyicha jami: 372,8‎ 28,0‎
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotish mexanizmi toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 447-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y, 10-son, 98-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 90-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 37 va 66-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori)” 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 67-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son qarorining 7-bandi, 11-bandining birinchi xatboshi hamda qarorga 5 va 6-ilovalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda; 2008-y., 10-11-son, 58-modda, 52-son, 515-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)