Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA PAXTA TOLASINI SOTISh MEXANIZMI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq va respublika hududida joylashgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotilgan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi tuzilgan shartnomalar asosida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan faqat mintaqaviy ixtisoslashtirilgan paxta terminallaridan erkin muomaladagi valyutaga sotilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilansin:
paxta tolasi respublika hududida joylashgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ularning buyurtmanomalariga muvofiq cheklanmagan hajmlarda sotiladi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tegishli tashqi savdo kompaniyalariga hajmi, navi, tiplari va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda paxta tolasini joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida xarid qilish uchun 1-iyulgacha va paxta tolasini keyingi yilning yanvar—avgust oylarida xarid qilish uchun 1-dekabrgacha paxta tolasini xarid qilish yuzasidan har yili buyurtmanoma taqdim etadi;
tashqi savdo kompaniyalari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan tuziladigan bosh bitimda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar buyurtmanomalarini toʻliq hajmda hisobga oladilar;
tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr—dekabr va yanvar—avgust oylari davri uchun alohida-alohida shartnoma tuzadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tolasi tashqi savdo kompaniyasi bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona oʻrtasida imzolangan shartnomalarga qatʼiy muvofiq, yuklab joʻnatish sanasida “Kotton Outlok”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkaga koʻra shakllanadigan jahon narxlari boʻyicha 15 foiz miqdoridagi chegirma bilan yetkazib beriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-dekabrdagi 283-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
3. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan paxta tolasi erkin muomaladagi valyutaga sotiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Paxta tolasini sotishning koʻrsatib oʻtilgan tartibi yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha korxonalarga tatbiq etilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Belgilansinki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan chegirma bilan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-oktabr,
447-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-oktabrdagi
447-son qaroriga
ILOVA
Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan paxta tolasi erkin muomaladagi valyutaga sotiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
ROʻYXATI
"Oʻzbekyengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari
1. “Qabul-Oʻzbek Ko” qoʻshma korxonasi
2. “Qabul-Fargʻona Ko” qoʻshma korxonasi
3. “Chinoz toʻqimachi” qoʻshma korxonasi
4. “Oq saroy toʻqimachi” qoʻshma korxonasi
5. “Olotteks” qoʻshma korxonasi
6. “Asnamtekstil” qoʻshma korxonasi
7. “Papfen” qoʻshma korxonasi
8. “Karakulteks” qoʻshma korxonasi
9. “Midateks” qoʻshma korxonasi
10. “Unixo” qoʻshma korxonasi
11. “Baliqchi” AJ bazasidagi qoʻshma korxona
12. “Iskovut” qoʻshma korxonasi
13. “Xonteks” qoʻshma korxonasi
14. “Barakat-Alfa” qoʻshma korxonasi
15. “Beshteks” qoʻshma korxonasi
Paxtani qayta ishlaydigan boshqa korxonalar
1. “DEU Tekstaylz Ko” xorijiy korxonasi
2. “Oyimtekstil” qoʻshma korxonasi
3. “Le-Uat-De-Buxoro” qoʻshma korxonasi
4. “Sarbonteks” qoʻshma korxonasi
5. “Samjinteks” qoʻshma korxonasi
6. “Shonali Tekstil LTD” qoʻshma korxonasi
7. “Xorazm-Nurton” qoʻshma korxonasi
8. “Oʻzmedkotton” qoʻshma korxonasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 188-modda; 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 52-son, 390-modda)