Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qarori (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3420/0081-son) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2.
37-banddagi “asosiy hisobvaraqni ochgan” degan soʻzlar “xizmat koʻrsatuvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq
sudgacha sanatsiya qilish, sud sanatsiyasi,
tashqi boshqaruv va
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari qoʻllanilganda mijozning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bankda quyidagi balans hisobvaraqlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ochiladi:
“22660 Mijozning sanatsiya hisobvaragʻidagi mablagʻlari” balans
hisobvaragʻi uchun — sudgacha sanatsiya qilishni joriy etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining
qarori yoki sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi
sud ajrimi asosida;
“22662 Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan mijozning maxsus
hisobvaragʻidagi mablagʻlari” balans hisobvaragʻi uchun – tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi
sud ajrimi asosida;
“22664 Tugatish tartib-taomili joriy etilgan mijozning yagona hisobvaragʻidagi
mablagʻlari” balans hisobvaragʻi uchun — qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi
sud qarori asosida.
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maxsus hisobvaraqlar ochilgan paytdan boshlab quyidagilar amalga oshiriladi:
mijozning asosiy va ikkilamchi (agar mavjud boʻlsa) hisobvaraqlari boʻyicha chiqim amaliyotlari toʻxtatiladi;
mijozning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilgan hamda kelgusida qoʻyiladigan barcha toʻlov hujjatlari (shu jumladan, inkasso topshiriqnomalari), shuningdek band solish (xatlash) toʻgʻrisidagi qarorlar ularni qoʻygan (qaror chiqargan) tomonlarga (shu jumladan, inkasso topshiriqnomasi uni qoʻygan organga) ijrosiz qaytariladi. Bunda bank toʻlov hujjati (band solish (xatlash) toʻgʻrisidagi qarorlar) mijozga nisbatan sudgacha sanatsiya qilish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilganligi munosabati bilan qaytarilayotganligini koʻrsatadi;
asosiy va ikkilamchi (agar mavjud boʻlsa) hisobvaraqlardagi qoldiq pul mablagʻlari hamda kelgusida kelib tushadigan pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirmay mijozning yangi ochilgan maxsus hisobvaragʻiga bank memorial orderiga asosan oʻtkaziladi;
maxsus hisobvaraqlar boʻyicha chiqim amaliyotlari sudgacha sanatsiya qilish va sud sanatsiyasi tartib-taomilida mijozning, shuningdek tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilida sud boshqaruvchisining toʻlov topshiriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart)
talablari ushbu bandga muvofiq yangi ochilgan maxsus hisobvaraqlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.”.