Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
“Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-son “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3172-1, 2020-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 24-sentabrdagi 2021-37-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3172-2, 2021-yil 26-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 2024-yil 1-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning
493-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 2023-yil 31-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning
9-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-son qarori (roʻyxat raqami 3614, 2025-yil 24-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning
3-bandi.