Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“a” kichik band “xizmat koʻrsatuvchi korxonalar” degan soʻzlardan keyin “bundan alkogol va pivo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“b) tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari, tovar-xomashyo, fond va valyuta birjalari;”;
“v) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda ularning taʼsischiligidagi tashkilotlar;”;
“d) mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 735 ming baravaridan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan hamda xodimlar soni oʻrtacha yillik 10 nafardan kam boʻlmagan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari), bundan paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar mustasno;”
3.
6-band “yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi” degan soʻzlardan keyin “bundan mazkur mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holatlar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
birinchi xatboshidagi “bir” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “uch” va “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.