Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 297-son “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 24-mh-son “Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3486, 2023-yil 25-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 10/23/3486/0973-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-son “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3490, 2024-yil 11-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 10/24/3490/0032-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 27-martdagi 12-mh-son “Ixtiroga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3801, 2026-yil 27-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3801/0292-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 27-martdagi 13-mh-son “Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3802, 2026-yil 27-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3802/0293-son).