1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3490]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 19-avgustdagi 30-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3929, 19.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
1. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 62-bobi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-yanvar,
2-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
qoidalari
Mazkur Qoidalar sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Apellyatsiya kengashi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi Apellyatsiya kengashi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom.
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
talabnoma — sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma;
SNXK — Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasi;
BIMT — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti;
Parij konvensiyasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri;
Konvensiya talabnomasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlgan boshqa mamlakatda topshirilgan talabnoma;
MOʻT — mashinada oʻqish mumkin boʻlgan axborot tashuvchi.
2-bob. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnomani tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
1-§. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
2. Buyumning tashqi koʻrinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan qismlardan iborat boʻlgan buyum, buyumni yigʻish uchun moʻljallangan mustaqil komponentlar tushuniladi.
Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi koʻrinishidagi alohida xususiyatlarni belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan taʼriflanadi.
Buyumning tashqi koʻrinishini materialning shakli, konturlari, chiziqlari, ranglarning oʻzaro birikuvi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan ornamenti tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
3. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar sanoat namunasi sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi va original (oʻziga xos) boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar sanoat namunasining (buyumning, maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim alomatlari va (yoki) ularning kombinatsiyasi (bundan buyon matnda muhim alomatlar deb yuritiladi) majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlsa, original deb eʼtirof etiladi.
4. Sanoat namunalarini taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;
b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;
v) asosiy elementlarning oʻzaro joylashuvi va teng boʻysunishi;
g) asosiy elementlarning plastik taʼrifi;
d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimi xususiyatlari;
e) materiali.
5. Sanoat namunalari hajmli yoki yassi boʻlishi mumkin.
Hajmli sanoat namunalari oʻzida uch oʻlchamli kompozitsiya, hajmli-fazoviy tuzilmani namoyon qiladi (masalan, qishloq xoʻjalik mashinasi, motor, telefon apparati va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlar).
Yassi sanoat namunasi oʻzi bilan ikki oʻlchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi, elementlarning oʻzaro chiziqli-grafik nisbati bilan taʼriflanadi va deyarli hajmga ega boʻlmaydi (masalan, gilam, roʻmol, mato va boshqalarning tashqi koʻrinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlar).
6. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli boʻlishi kerak va ushbu sanoat namunasining variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi).
Sanoat namunasining variantlari deganda buyumning bir xildagi alohida xususiyatlarini belgilaydigan muhim alomatlar majmui boʻyicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komplekt, toʻplam) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Bitta sanoat namunasi deganda yagona buyumning yoki umumiy vazifaga ega boʻlgan buyumlar majmuasining (toʻplam) (masalan, mebel, serviz) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Yagona buyum deganda butun bir buyum (masalan, avtomobil), shuningdek butun bir buyumning biron-bir qismi boʻlgan buyum (masalan, bamfer, fara) tushuniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
7. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq, quyidagilar sanoat namunalari deb eʼtirof etilmaydi:
a) matbaa mahsulotlari;
b) arxitektura obyektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
v) suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga oʻxshash moddalardan iborat oʻzgaruvchan shakldagi obyektlar;
g) buyumning faqat texnik vazifasi bilan bogʻliq boʻlgan yechimlar;
d) jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
8. Qonunning 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, sanoat namunasi haqidagi talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi ariza;
b) buyumning tashqi koʻrinishi haqida toʻla-toʻkis, bor tafsiloti bilan tasavvur qilish imkonini beruvchi buyum aks ettirilgan tasvirlar turkumi, maket yoki rasm;
v) agar sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun zarur boʻlsa, buyum umumiy koʻrinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion xaritasi;
g) sanoat namunasining undagi muhim alomatlar majmuini aks ettirgan tavsifi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. Talabnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi yoki talabnomaga davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan davlat boji toʻlanganligi Vazirlik tomonidan qoʻshimcha hujjat talab qilmasdan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan talabnomaga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
10. Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali berilayotgan talabnomaga, unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
11. Konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) va bu talabnomaning davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinib ular konvensiya talabnomasi kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatdan kechiktirilmay Vazirlikka topshiriladi.
Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma, talabnomani topshirishda (patent berish toʻgʻrisidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.
Birinchi talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran olti oy muddat oʻtgach, biroq ushbu muddat oʻtgandan soʻng ikki oydan kechiktirmay talabnoma beruvchidan kelib tushgan talabnoma boʻyicha Konvensiya ustuvorligi soʻralganda, talabnomaga belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma topshirishga toʻsqinlik qilgan va talabnoma beruvchiga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlar koʻrsatilgan, agar ushbu vaziyatlar Vazirlikka maʼlum deb oʻylashga asos boʻlmasa, ularning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Konvensiya ustuvorligini soʻrash muddatini uzaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
12. Ushbu Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan talabnoma materiallari Vazirlikka davlat tilida topshiriladi. Agar talabnoma materiallari xorijiy tilda tuzilgan boʻlsa, talabnoma Vazirlikka taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddat ichida ularning davlat tilidagi tarjimasi taqdim etiladi. Bunda, talabnoma materiallarining davlat tilidagi tarjimasi talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran taqdim etilgan deb hisoblanadi.
2-§. Talabnoma materiallarining mazmuni
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
13. Patent berish toʻgʻrisidagi ariza davlat tilida, ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq topshiriladi. Agar biron-bir maʼlumotni arizaning tegishli grafalarida toʻliq aks ettirishning imkoni boʻlmasa, ushbu maʼlumot shu shakldagi qoʻshimcha varaqda arizaning tegishli grafasida “davomini qoʻshimcha varaqda koʻring” deb koʻrsatilgan holda keltiriladi.
Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarning nomlari davlat tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi (imkoni boʻlganda) va sanoat namunasining nomi arizada davlat tilida koʻrsatiladi.
14. Arizaning yuqori chap tomonida joylashgan grafalar talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan boʻlib, ular talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
15. “Yozishmalar uchun manzil” grafasida pochta indeksi, xat oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning turar joyi manzili, talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining (ishonchli shaxsning) manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan boʻlsa, patent vakilining (ishonchli shaxsning) joylashgan manzili yozishmalar uchun manzil hisoblanadi.
16. (54)-kod ostidagi “Sanoat namunasining nomi” grafasida talabnoma berilgan sanoat namunasining nomi keltiriladi va u sanoat namunasi tavsifida keltirilgan nomga mos boʻlishi kerak.
17. (71)-kod ostidagi “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, xususan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi) (bunda, familiya ismdan avval koʻrsatiladi), yuridik shaxsning rasmiy nomi, shuningdek turar/joylashgan joyi, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va pochta manzili hamda BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi. Agar talabnoma beruvchilar soni bir nechta boʻlsa, ushbu maʼlumotlar ularning har biri boʻyicha keltiriladi.
Sanoat namunasining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (71)-kod ostidagi “Talabnoma beruvchi” grafasida keltirilmaydi va ular arizaning (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” grafasida bayon etiladi. Ushbu grafaning tegishli katakchasida “X” belgisini qoʻygan holda talabnoma beruvchining jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligi, shuningdek sanoat namunasining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki huquq vorisi ekanligi belgilanadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari uchun Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT kodi) (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi (joylashgan) chet ellik jismoniy shaxslar (yuridik shaxslar) uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
18. Ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa, talabnoma Vazirlikka taqdim etilgan sanadan oldingi ustuvorlik soʻralgan holda toʻldiriladi.
Bunda, tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali ustuvorlik soʻrash uchun asoslar belgilanadi va ilgariroq berilgan talabnomalarning raqamlari, ular asosida yoki ularga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻraladi va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi.
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda (33)-kod ostida BIMTning ST.3 standarti boʻyicha birinchi talabnoma taqdim etilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.
19. (74)-kod ostidagi “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent vakili tayinlangan hollarda toʻldiriladi va unda patent vakilining familiyasi, ismi (otasining ismi) hamda Vazirlikdagi roʻyxat raqami keltiriladi.
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatilgan manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.
20. Arizaning ikkinchi sahifasidagi “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Turi talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinayotgan hujjatlarning (“boshqa hujjat”) aniq maqsadi koʻrsatiladi.
21. (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” va “Toʻliq uy manzili” grafalarida sanoat namunasining muallifi (mualliflari) toʻgʻrisida maʼlumotlar, xususan familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, pochta manzili, shu jumladan mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodi keltiriladi.
22. “Mualliflar” va “Toʻliq uy manzili” grafalari ostida joylashgan grafa, agar muallif (mualliflar) patent berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda uni (ularni) koʻrsatib oʻtmaslikni soʻrasa toʻldiriladi.
23. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qoʻyish kuni sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiy hisoblanadi. Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilganda, ariza patent vakili yoki ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi. Imzolar imzo qoʻyuvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflarda koʻrsatilgan holda qoʻyiladi. Qoʻshimcha varaqda imzo qoʻyishni talab etadigan maʼlumotlar keltirilgan hollarda, qoʻshimcha varaq ham shunday tartibda imzolanadi.
Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonchli shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda qoʻyilishi majburiy hisoblanadi.
24. Buyum tashqi koʻrinishining tasviri talabnoma berilgan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi barcha axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Tasvirlar buyumning tashqi koʻrinishi toʻgʻrisida toʻliq tasavvur berishi, uning barcha elementlarini, shu jumladan muhim alomatlari roʻyxatida keltirilgan elementlarni ham oʻz ichiga olishi lozim.
Qonunning 5-moddasiga muvofiq, sanoat namunasining patenti taʼminlaydigan huquqiy muhofaza hajmi buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi.
25. Talabnoma hajmli sanoat namunasi uchun buyumning old tomondan 3/4 rakursdagi umumiy koʻrinishi tasvirini oʻz ichiga olishi, shuningdek buyum tasvirlarining koʻrinishi (masalan, oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan, yuqoridan, pastdan) buyum tashqi koʻrinishi haqida toʻliq tasavvur berishi lozim.
Tikuvchilik sanoati buyumlari (yassi sanoat namunasi) uchun tasvirning olddan va orqadan koʻrinishi (zarur boʻlganda manekenda) yetarli boʻladi.
Buyumlar jamlanmasi (toʻplami) umumiy koʻrinishdagi tasvirlarda toʻlaligicha, yaʼni jamlanmaga (toʻplamga) kiradigan barcha buyumlar bilan birga boʻlgan holatda taqdim etilishi, shuningdek jamlanmaga (toʻplamga) kiradigan har bir buyum qoʻshimcha ravishda alohida tasvirda keltirilishi lozim. Buyumlar jamlanmasi (toʻplami) toʻliq tarkibda umumiy koʻrinishdagi bitta tasvirda taqdim etilishi mumkin boʻlmagan alohida hollarda, jamlanma (toʻplam) fragmentlarini alohida tasvirlarda taqdim etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yopilishi, yigʻilishi, transformatsiyalanishi mumkin boʻlgan buyumlar ushbu buyumlarning ochiq koʻrinishidagi (masalan, muzlatgich, kir yuvish mashinasi) yoki yigʻilgan koʻrinishidagi (masalan, oshxona kombaynlari, chang yutgichlar) tasvirlarda taqdim etilishi lozim.
26. Rang-grafik (badiiy-koloristika) yechimi sanoat namunasining muhim alomatlaridan biri boʻlgan hollarda, ushbu Qoidalarning 25-bandida koʻzda tutilgan barcha tasvirlar rangli holda taqdim etilishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa]
27. Sanoat namunasining tasvirlari aniq koʻrinadigan va yorqin boʻlishi lozim. Sanoat namunasining tasvirlaridagi alohida detallar, nafaqat yoritilgan tomonlarda, balki soya tomonlarda ham aniq koʻrinishi lozim. Buyum bir tekis yoritilgan holda, begona predmetlarsiz neytral fonda tasvirlanishi lozim.
28. Sanoat namunasining tasvirlari A4 formatdan katta boʻlmagan oʻlchamda boʻlishi kerak. Tashqi oʻlchamlari boʻyicha uncha katta boʻlmagan buyumlar (masalan, qoʻl (choʻntak) soatlari, mikrokalkulyatorlar, choʻntak oʻt oldirgichlari) uchun 9 x 12 sm dan kichik boʻlmagan oʻlchamdagi kichik formatli tasvirlar taqdim etilishi mumkin.
29. Tasvirlar umumiy koʻrinish, boshqa koʻrinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analogning tasviri tartibida raqamlanadi. Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.
30. Tasvirlarni oʻz ichiga olgan varaqlarning old tomonida (fotosurat uchun orqa tomon) tasvir raqami, sanoat namunasining nomi koʻrsatiladi, shuningdek “umumiy koʻrinishi”, “yonidan koʻrinishi”, “oldidan koʻrinishi”, “orqadan koʻrinishi”, “yuqoridan koʻrinishi” hamda variantlar uchun esa “1-variant”, “2-variant” izohlari ketma-ket keltiriladi.
Eng yaqin analog sifatida tanlab olingan buyum tasviri uchun tasvir raqami va buyum nomidan tashqari, “eng yaqin analog” degan izoh berilishi kerak.
31. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini soʻzlar bilan ochib berishi lozim.
32. Sanoat namunasining tavsifi sanoat namunasining nomini koʻrsatishdan boshlanib, talabnoma berilgan sanoat namunasi mansub boʻlgan SNXKning amaldagi tahriri rubrikasi aniqlangan holda bu rubrikaning indeksi keltiriladi va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
a) sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi;
b) sanoat namunasining analoglari;
v) sanoat namunasi ifodalangan tasvirlar va taqdim etilgan boshqa materiallar roʻyxati (masalan, chizma, ergonomik sxema, konfeksion karta);
g) sanoat namunasining mohiyati;
d) sanoat namunasining muhim alomatlari majmui.
33. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa va konkret boʻlishi, sanoat namunasining muhofaza hajmiga, SNXK va sohaga oid umumeʼtirof etilgan terminologiyaga mos boʻlishi lozim. Sanoat namunasining nomi buyumning vazifasini va bajaradigan funksiyasini (masalan, “Antenna”, “Zichlik oʻlchagich”, “Traktor”) ifodalashi lozim.
Sanoat namunasi nomi buyumning foydalanish sohasini koʻrsatishi, oʻz turiga doir tushunchani ifodalashi lozim (masalan, “qishloq xoʻjaligi paxta terish mashinasi”).
Sanoat namunasi nomida buyum vazifasining oʻziga xos xususiyatlari ifodalangan soʻz yoki soʻzlar birikmasi boʻlsa (masalan, “makkajoʻxorini oʻrib olish uchun”), u turkum va/yoki tur tushunchalaridan (masalan, “qoʻl oʻroq mashinasi”) oldin koʻrsatiladi. Bunda, sanoat namunasining toʻliq nomi “makkajoʻxorini oʻrib olish uchun qoʻl oʻroq mashinasi” boʻladi.
Sanoat namunasining nomiga reklamaga qaratilgan soʻzlar, shaxsiy ismlar, axloqqa zid nomlar, abbreviaturalar, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarining soʻzli belgilari, firma nomlari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, “va h.k.” soʻzlari va sanoat namunasini identifikatsiya qilishga xizmat qilmaydigan shunga oʻxshash soʻzlar hamda mahalliy va jargon atamalar kiritilmaydi.
Sanoat namunasining nomi birlik sonda keltiriladi. Birlik sonda ishlatilmaydigan nomlar (masalan, “suvenir shaxmat donalari”), juft buyumlarning nomlari haqida soʻz yuritilayotgan hollarda sifatlovchi soʻzlar (masalan, “bolalar uy poyafzali”) koʻplikda ishlatiladi.
Agar talabnoma sanoat namunasining variantlariga berilayotgan boʻlsa, u holda uning nomi birlikda keltiriladi, qavslarda esa variantlarning soni koʻrsatiladi (masalan, “dur (2 variantda)”.
Agar talabnoma oʻzi bilan buyumlarning jamlanmasini (toʻplamini) ifoda qiladigan obyektning badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotgan boʻlsa, sanoat namunasining nomida “toʻplam”, “jamlanma” soʻzlari boʻlishi kerak (masalan, “manzarali gʻishtlar toʻplami”, “yotqizish uchun plitka-modullar toʻplami”).
34. Sanoat namunasi tavsifining “Sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi” boʻlimida talabnoma berilgan sanoat namunasining vazifasi va qoʻllanish sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi va uning ustunroq qoʻllanish sohasi koʻrsatiladi.
35. Sanoat namunasi tavsifining “Sanoat namunasining analoglari” boʻlimida aniqlangan analoglarning taʼrifi keltiriladi va ulardan qaysi biri talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin ekanligi koʻrsatiladi.
Sanoat namunasining analoglari bu sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana oladigan maʼlumotlardan maʼlum boʻlgan, unga oʻzining muhim alomatlari bilan oʻxshash boʻlgan, talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan bir xil vazifani bajaradigan buyumning tashqi koʻrinishiga mansub boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlaridir.
Eng yaqin analog bu oʻzining muhim alomatlar majmui boʻyicha talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin oʻxshash analogdir.
Sanoat namunasi tavsifining “Sanoat namunasining analoglari” boʻlimida analoglar hamda eng yaqin analogning tasvirini oʻz ichiga olgan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari koʻrsatiladi.
Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, bu holda odatda barcha variantlar uchun eng yaqin boʻlgan bitta analog keltiriladi.
Agar analoglardan hech biri bir vaqtning oʻzida barcha variantlar uchun eng yaqin analog boʻlmasa, ulardan har biri uchun eng yaqin analog koʻrsatilishi mumkin.
36. “Sanoat namunasi tasvirlarining va sanoat namunasini koʻrsatib beruvchi taqdim etilgan boshqa materiallarning roʻyxati” boʻlimida tasvirlar, shuningdek agar taqdim etilgan boʻlsa, chizmalar, sxemalar, konfeksion kartalar ularning raqamlanishiga muvofiq sanab oʻtiladi va har birida nima tasvirlanganligi haqida qisqacha izohlar keltiriladi.
37. Sanoat namunasining mohiyati buyum tasvirlarida aks ettirilgan va buyumning tashqi koʻrinishini uning xususiyatlari bilan ifodalab, jamuljam keltiradigan muhim alomat hisoblanadi.
Agar alomatlar buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlarini, xususan shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar birikmasini nazarda tutsa, ular muhim alomatlar hisoblanadi.
Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlari majmuining soʻz bilan ifodalangan taʼrifi tasvirlarga (shuningdek, mavjud boʻlsa, buyumning umumiy koʻrinishi chizmasiga, ergonomik sxemasiga va konfeksion kartasiga) havola qilingan holda keltiriladi.
Bunda, talabnoma berilgan sanoat namunasining eng yaqin analogidan farqlanadigan muhim alomatlari ajratib koʻrsatiladi.
38. Sanoat namunasi tavsifining “Sanoat namunasining mohiyati” boʻlimida talabnoma berilgan sanoat namunasining estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlari qayd etiladi hamda muhim alomatlarning buyum tashqi koʻrinishini shakllantirishga boʻlgan taʼsiri oʻz-oʻzidan tushunarli boʻlmasa, unda muhim alomatlar izohlanadi.
39. Asboblar, dastgohlar va boshqa shunga oʻxshash hajmli sanoat namunalarining tashqi koʻrinishini tavsiflashda ularning ergonomik xususiyatlarini koʻrsatish uchun sanoat namunasi boʻlgan buyumning ishlashi va/yoki ishlatilishi, inson va buyumning oʻzaro aloqalari xususiyatlarini ochib berish uchun buyum tashqi koʻrinishining eng muhim kompozitsion va funksional elementlari, boʻgʻimlari va detallarining oʻzaro taʼsirini taʼriflab berish lozim.
40. Jamlanmani (toʻplamni) taʼriflashda uning tarkibiga kiradigan va umumiy vazifasini amalga oshiruvchi funksiyalarni bajaradigan barcha buyumlar koʻrsatiladi. Buyumlar jamlanmasiga (toʻplamiga) kiradigan barcha elementlarning badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning yagona obrazli, masalan, plastik va/yoki stilistik holatidan foydalangan holda bajarilishi lozim hamda tasvirda va muhim alomatlar majmuida oʻz aksini topishi kerak.
41. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud boʻlsa, muhim alomatlar majmui ularning barcha variantlari uchun umumiy boʻlgan va ustun turadigan (masalan, asosiy kompozitsion elementlar va ularning joylashuvi, shakli, plastik ishlanganligini taʼriflaydigan, yagona ijodiy fikrni tasdiqlaydigan) alomatlari koʻrsatilgan holda toʻliq bayon qilinadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar ajratib koʻrsatiladi. Variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar, odatda, asosiy alomatlarga qoʻshimcha boʻlib hisoblanadi va asosiy kompozitsion elementlarning ishlanganligini, koloristik yechimini, qoʻshimcha qismlar va elementlarni hamda ularning ishlanganligini taʼriflaydi.
42. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda alomatning turli shakllarini taʼriflovchi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifodalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar alomatning turli shakllari boshqa alomatlar bilan birgalikda bir xil estetik va ergonomik xususiyatlarga ega boʻlgan buyumning tashqi koʻrinishini ifodalasa, bunda sanoat namunasi boʻyicha har bir alomatning xos boʻlgan tavsiflovchi varianti keltiriladi (masalan, shaklni “doirasimon yoki kvadrat” yoki “doirasimon, kvadrat” deb taʼriflash notoʻgʻri boʻlib, bitta variantda “doirasimon”, ikkinchi variantda esa “kvadrat” deb keltirish lozim.
43. Sanoat namunasini taʼriflashda semantik maʼnolar buyum tashqi koʻrinishining oʻziga xos xususiyatlariga taʼsir qilmasligi sababli, umumiy buyumda yoki uning elementida mavjud boʻlgan soʻzli belgilarning semantik maʼnolarini ifodalaydigan alomatlardan foydalanilmaydi.
44. Alomat taʼrifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga havola qilgan holda koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
45. Asosida rivojlangan hajmiy-fazoviy tuzilma (masalan, dastgoh, qishloq xoʻjaligi mashinasi, mototsikl) boʻlgan murakkab kompozitsiyaga ega buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimlarini taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion elementlarning mavjudligi;
b) elementlarning oʻzaro joylashganligi;
v) kompozitsion elementlarning shakli.
46. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (masalan, televizor, radio, shchit asbobi, quticha) badiiy-konstruktorlik yechimlarini, shuningdek elementar geometrik hajmlarning (masalan, seksiyali mebel bloki) oʻzaro nisbatlariga qurilgan yechimlarni taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi;
b) buyumning frontal yuzasida joylashgan elementlarning plastik, grafik, rang va faktura yechimi.
47. Tekis kompozitsiyaga ega boʻlgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (masalan, roʻmol, mato, gilam) taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) kompozitsion tuzilishi;
b) ornament elementlari, mavzularining ritmik tashkil qilinganligi, chiziqli-grafik nisbatlari;
v) ornament mavzularining ishlanganligi;
g) koloristik yechimi;
d) fakturasi (mato iplarining toʻqilishi).
48. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) modelning uni hajmiy jihatdan taʼriflaydigan shakli;
b) qismlarning oʻzaro nisbatini belgilaydigan proporsiyalar;
v) modelning tekislik xarakteristikasi boʻlgan silueti;
d) detallar, kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qoʻyiladigan elementlar, ularning shakli;
e) bezagi, buyumning utilitar qoʻllanishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega boʻlmagan, model yechimida dekorativ oʻrin tutgan, uning ishlatilishi bir vaqtning oʻzida texnologik usul boʻlishi mumkin boʻlgan (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, detallarni birlashtiruvchi chokni mustahkamlash) element;
j) furnitura (tugmalar, ilgaklar), buyum strukturasiga uning alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun kiradigan hamda dekorativ element vazifasini oʻtaydigan element;
z) material.
49. Poyabzalning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) model shaklining, shu jumladan kolodka shaklining hajm jihatdan taʼrifi;
b) poyabzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi;
v) konstruksiya elementlarining (boshi, gulchini, qoʻnji, tagcharmi) tarkibi, shakli va oʻzaro joylashganligi;
g) material (dekorativ alohida xususiyatlari bilan birga);
d) bezak detallari;
e) furniturasi;
j) koloristik yechimi.
50. Buyumlar jamlanmasining (toʻplam) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun, tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflash uchun ishlatiladigan alomatlardan tashqari quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:
a) qismlarning oʻzaro aloqalarining xarakteri;
b) elementlarning oʻzaro teng tobeligi;
v) dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanib yaratilgan buyumlarning va umuman barcha jamlamaning (toʻplam) ham proporsional tuzilishi.
51. Bosma mahsulotlarning (masalan, muqovalar, etiketkalar, yorliqlar, nakleykalar) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda quyidagilardan foydalaniladi:
a) kompozitsion tuzilishi;
b) grafik elementlar, tasviriy mavzular, ornamentning ishlanganligi;
v) shrift grafikasining joylashuvi va bajarilganligi (yozuvlarning maʼno va (yoki) fonetik mazmunisiz);
g) koloristik yechimi.
52. Tashqi koʻrinishi ikki holat bilan — yopiq (yigʻilgan) va ochiq deb belgilanadigan buyumlarning (masalan, shkaflar, muzlatgichlar, yopiq korpusdagi asboblar, telefon budkalari) badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda buyum tashqi koʻrinishi va ichki hajmi ishlanishining elementlari buyum alomatlari boʻlishi mumkin.
53. Badiiy-konstruktorlik yechimini taʼriflashda alomat, shuningdek buyum yoki uning elementining tashqi koʻrinishi boshqa vazifani bajaradigan buyumning tashqi koʻrinishi bilan mos kelishini koʻrsatish yoʻli orqali ham ifodalanishi mumkin.
54. Talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechimida talabnoma topshirilgan yoki muhofaza hujjatlari olingan sanoat namunasining boshqa obyektlari mavjud boʻlib, bu talabnoma beruvchiga maʼlum boʻlsa, talabnomada bu toʻgʻrisidagi axborot manbalarini aniqlash uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
55. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui tasvirlarda aks ettirilgan hamda patent bilan huquqiy muhofaza hajmi belgilanishi soʻralayotgan alomatlarni oʻzaro mos talqin etish uchun moʻljallanadi.
56. Muhim alomatlar majmuiga muhim hisoblangan va odatda, sanoat namunasining mohiyatini ochib beruvchi taʼrifga qaraganda qisqaroq taʼriflangan barcha alomatlar kiritiladi.
57. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar sanoat namunasining mohiyatini ushbu mohiyatni ochib berishda foydalanilgan tushunchalar bilan ifodalashi lozim.
58. Buyumning tamgʻali, xizmat va isteʼmol ahamiyatiga ega boʻlgan grafik tasvirlarini (usti, dumalatilmasin, shtrix-kod), agar ular standart usulda bajarilgan boʻlsa, sanoat namunasining tavsiflar roʻyxatiga kiritish tavsiya etilmaydi.
59. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar buyumning tashqi koʻrinishini uning statik holatida taʼriflash imkonini beradigan holda bayon qilinadi. Buyumning tashqi koʻrinishini taʼriflashda uning oʻzgarishga moyilligini, shakl elementlari holatining oʻzgarish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
60. Muhim alomatlar majmuida sanoat namunasining alomatlarini taʼriflashda qoʻllangan tushunchalarning mazmuni buyum (maket, rasm) tasvirlaridagi elementlarni identifikatsiya qilishda ularni bir maʼnoda tushunish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
61. Muhim alomatlar majmuidagi alomatning taʼrifini buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan alomatni ushbu Qoidalarning 60-bandi talablarini buzmagan holda havolasiz taʼriflashning imkoniyati boʻlmagan hollar mustasno.
62. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui, qoida tariqasida, sanoat namunasining eng yaqin analog alomatlariga mos keladigan muhim alomatlarni, shu jumladan sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan cheklovchi qismdan hamda sanoat namunasini uning eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim alomatlarni oʻz ichiga olgan farqlovchi qismdan iborat boʻladi. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmuining cheklovchi qismi bayon qilingandan soʻng “farqlovchi tomonlari” soʻzi keltiriladi va mohiyat jihatidan farqlovchi alomatlari “mavjud”, “bajarilgan” soʻzlari bilan boshlangan holda bayon qilinadi.
Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui keltirilgan tavsif, agar unda analoglari boʻlmagan sanoat namunasi taʼriflanayotgan boʻlsa, cheklovchi va farqlovchi boʻlimlarga ajratilmay tuziladi.
63. Sanoat namunasining variantlari keltirilgan talabnomada muhim alomatlar majmui barcha variantlar uchun umumiy boʻlgan muhim alomatlarni (eng yaqin analogga mos keladigan va farqlanadigan), shu jumladan sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum tushunchasini oʻz ichiga olgan qismda bayon qilinadi, soʻngra “1- (2-) variantlarning mavjudligi (bajarilganligi) bilan taʼriflanadi” soʻzlari bilan aniq bir variantga xos muhim alomatlar keltiriladi.
64. Sanoat namunasining muhim alomatlari majmui Vazirlikka alohida varaqda taqdim etiladi.
65. Umumiy koʻrinishdagi chizma Vazirlikka sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi oʻlchamlari, proporsional nisbatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda taqdim etiladi.
66. Ergonomik ishlovni koʻzda tutadigan buyumga mansub sanoat namunasiga talabnoma topshirilganda, Vazirlikka talabnoma bilan birga ushbu buyumning ergonomik sxemasi ham taqdim etiladi.
67. Talabnoma materiallaridagi chizmalar va sxemalar sanoat namunasi tavsifining matniga qatʼiyan mos boʻlishi kerak.
68. Talabnoma materiallarida koʻrsatilgan chizma yoki sxemada buyum elementlarining predmetli-fazoviyligini tavsiflovchi va asosiy elementlarning joylashuvi, buyumni tasarruf etish qulayligi toʻgʻrisida fikr yuritishga imkon beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi oʻlchamlari (masalan, aks ettirish vositalari, joylashtirish balandligi, kengligi, chuqurligi, yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) koʻrsatilishi lozim.
69. Talabnoma materiallarida koʻrsatilgan chizmalar va sxemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar sanoat namunasining tavsifidagidek arab raqamlari bilan belgilanadi. Chizma yoki sxemaning bir nechta figuralaridagi aynan bitta detal yoki boʻgʻim bitta raqam bilan belgilanadi.
70. Chizmalar va sxemalardagi chetga chiqariladigan chiziqlar aniq boʻlishi kerak. Raqamli va harfli belgilarni qavslar, aylanalar yoki qoʻshtirnoqlar ichida koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Raqamlar va harflarning balandligi 3,2 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
71. Chizmalar va sxemalar tarkibida shakl yoki holatni tavsiflovchi “ochiq”, “yopiq” kabi zarur soʻzlardan tashqari hech qanday yozuvlar boʻlmasligi lozim.
72. Chizmadagi tasvir Vazirlikka, odatda, toʻgʻri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli koʻrinishlarda, qirqimlarda, kesimlarda) taqdim etilishi lozim. Koʻrgazmali boʻlishi uchun uni aksonometrik proyeksiyada taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi. Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga nisbatan proporsional holda boʻladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarni farqlash zarur boʻlgan hollar mustasno.
73. Chizmalar, sxemalar va izoh beruvchi rasmlar Vazirlikka alohida varaqlarda taqdim etiladi va har bir varaqning yuqori oʻng burchagida sanoat namunasining nomi keltirilishi mumkin. Chizmaning bitta varagʻida bir nechta figura joylashtirilganda, ular bir-biridan aniq ajratilgan boʻlishi lozim. Agar ikki va undan koʻproq varaqlarda joylashgan figuralar yagona figurani tashkil qilsa, u holda ular toʻliq figuraning turli varaqlarda tasvirlangan biron-bir qismi qoldirilmay komponovka qilinishi mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal darajada toʻldirilgan, chizma esa varaqning uzun tomonidan vertikal holatda oʻqish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
74. Har bir chizma (sxema) figura sifatida (masalan, “1-figura”, “2-figura”) tasvirning turidan qatʼi nazar, yagona raqamlash tartibida sanoat namunasining tavsifi matnida navbat bilan raqamlanadi. Agar sanoat namunasining tavsifi bitta figura bilan izohlansa, u raqamlanmaydi.
75. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganda, talabnomaga konfeksion karta (buyumni tayyorlash uchun tavsiya etilgan toʻqimachilik, trikotaj materiallar, teri, furnitura yoki bezaklarning namunalari) ilova qilinadi.
Dekorativ materiallar, gilamlar va matolarning namunalari Vazirlikka rasm rapporti oʻlchamida taqdim etiladi.
3-§. Talabnomada yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar
76. Talabnomada:
a) odob-axloq qoidalariga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, tasvirlar;
b) axloqsiz va jargon soʻzlar yoki shunday maʼnoga ega boʻlgan iboralar;
v) sanoat namunasiga taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar boʻlmasligi lozim.
77. Sanoat namunasi tavsifining “Sanoat namunasining analoglari” boʻlimida maʼlum bir sanoat namunasining kamchiligini koʻrsatib berish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
4-§. Atamalar va belgilar
78. Sanoat namunasining tavsifi va uning izohlovchi materiallarida umumeʼtirof etilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda umumqabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda keng qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning maʼnosiga matnda birinchi marta qoʻllangan oʻrinda tushuncha beriladi. Ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda noilmiy deb eʼtirof etilgan tushunchalarni taʼriflovchi atamalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Hamma shartli belgilar ochib beriladi. Fizikaviy kattaliklar odatda amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifoda etiladi.
Sanoat namunasining tavsifida yagona terminologiyaga rioya qilinib, aynan bir xil belgilar matnda bir xil qoʻllaniladi.
Sanoat namunasining nomi lotin alifbosi belgilari va arab raqamlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Sanoat namunasining nomida boshqa alifbo belgilari va maxsus belgilarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish
79. Talabnoma materiallaridagi barcha hujjatlar ulardan cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyatini beradigan holda rasmiylashtiriladi.
80. Talabnoma materiallari boʻyicha axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatilishi lozim.
6-§. Talabnomani topshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
81. Sanoat namunasining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquq vorislari (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi) talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.
82. Talabnoma bevosita Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali topshiriladi.
83. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakili yoxud ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Talabnoma beruvchi, uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma materiallari koʻrib chiqilmaydi va ushbu materiallarni taqdim etgan shaxsga bu haqda bildirishnoma yuboriladi.
84. Qonunning 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar sanoat mulki obyektlarini patentlash boʻyicha ishlarni va ular bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni Vazirlikda roʻyxatga olingan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
3-bob. Patent olish boʻyicha ishlarni olib borish
1-§. Ishonchli shaxsni tayinlash
85. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.
Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borishda Vazirlik oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.
Ishonchnoma Vazirlikka talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Agar ishonchnoma Vazirlikka xorijiy tilda berilgan boʻlsa, unga davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinadi.
Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakili nomiga yoki bir nechta ishonchli shaxslar nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha ishlar ularning istalgani tomonidan olib boriladi.
2-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
86. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ushbu ishga vakolat berilgan ishonchli shaxs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.
87. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxsning imzosi boʻlishi kerak.
88. Vazirlikka mazkur Qoidalarning talablari buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi va unda soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatda Vazirlikka tuzatilgan va yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif etiladi.
3-§. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar kiritish
89. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Bunda, talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish uchun talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasiga ushbu Qoidalarning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shaklda arizalar berilishi kerak.
90. Patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimchalar Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, biroq Davlat muassasasi tomonidan patent berish haqida qaror qabul qilingunga qadar ham Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlangan holda kiritilishi mumkin.
Bunda, patent boji toʻlanmagan taqdirda Davlat muassasasi tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Shuningdek, toʻlangan patent bojining summasi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqida Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuboriladi hamda talabnoma beruvchi unga Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlash huquqiga ega hisoblanadi.
91. Talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritishda Davlat muassasasiga almashtiriladigan varaq yoki tasvirlar talabnomadagi tegishli hujjatning har biri uchun taqdim etiladi. Bunda, almashtiriladigan varaqlar davlat tilida boʻlishi kerak.
Talabnoma beruvchi talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari haqida Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
92. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganda talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza taqdim etiladi.
93. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda, talabnoma beruvchini oʻzgartirish sanoat namunalarini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish kunigacha amalga oshirilishi mumkin.
Bunda, talabnoma beruvchi talabnomaga boʻlgan huquqini boshqa shaxsga oʻtkazgan taqdirda, u Vazirlikka talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisida ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beradi. Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilishi haqida qayd va bu shaxs haqida ushbu Qoidalarning 15 va 18-bandlarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar keltirilishi lozim.
Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilishi haqidagi ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, arizaga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
94. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga Davlat muassasasi tomonidan yozuv kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda bildirishnoma yuboriladi. Bunda, keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilinmagan taqdirda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritish zarurligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida sabablar koʻrsatilgan holda xabardor qilinadi.
95. Talabnoma raqami va kiritilishi lozim boʻlgan tuzatishlar koʻrsatilgan, talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizani talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolangan holda Davlat muassasasiga ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Talabnoma materiallaridagi yaqqol ayon boʻlib turgan va texnik tusdagi xatolarni tuzatish sanoat namunasi tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanaga qadar amalga oshiriladi. Agar mutaxassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqasining amalga oshirilishi mumkin emasligi umumeʼtirof etilgan bilimlardan ayon boʻlsa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.
Agar tuzatishlar matnni yoritishdagi xatolik va boshqa shu kabi xatoliklarga oid boʻlsa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi va avvalgisining oʻrnini bosadigan materiallar taqdim etilmasligi mumkin.
96. Sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Davlat muassasasi tomonidan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratiladi.
97. Ajratilgan alohida talabnomalar birinchi talabnoma topshirilgan sanani, sanoat namunasining ustuvorligini, birinchi talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik belgilash huquqi mavjud boʻlgan taqdirda esa, ushbu ustuvorlik sanasini saqlab qoladi.
98. Talabnoma beruvchi Davlat muassasasiga sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnomani ajratish haqidagi iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 13 — 80-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlarni topshiradi va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlaydi yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etadi.
4-§. Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish
99. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborilib, soʻrovnomada u yoʻllangan sanadan eʼtiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallar taqdim etish taklif qilinadi.
Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga asosan uzaytirilishi mumkin. Bunda, iltimosnoma asosida muddatni uzaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
100. Talabnoma beruvchi tomonidan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma unga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etilishi kerak.
Bunda, Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat tugagan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
101. Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun ichida xabar beriladi.
102. Talabnoma beruvchi muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilmagan taqdirda, uning iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqda Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
5-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash
103. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma beruvchi tomonidan davlat ekspertizasi soʻrovi boʻyicha materiallarni taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari, muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji toʻlangan taqdirda Davlat muassasasi tomonidan tiklanishi mumkin.
104. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma, taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat oʻtkazib yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan kechiktirmay muddat oʻtkazib yuborilishiga olib kelgan uzrli sabablar koʻrsatilgan holda Davlat muassasasiga taqdim etiladi. Bunda, Davlat muassasasi koʻrsatilgan uzrli sabablar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.
105. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanmagan taqdirda, Davlat muassasasi tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda oʻn kun ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
106. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda, bu haqda Davlat muassasasi tomonidan muddat tiklangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
6-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
107. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsining) ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Davlat muassasasining tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish haqidagi soʻrovnomasidagi eʼtirozlar uchrashish maqsadga muvofiqligi maʼlum qilingan xabarnomada, talabnoma beruvchining eʼtirozlari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi lozim.
108. Davlat muassasasining tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish haqidagi soʻrovnomasiga talabnoma beruvchining javobi, uning talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish istagi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda Davlat muassasasiga taqdim etiladi.
Talabnomani talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti Davlat muassasasining xabarnomasi orqali oldindan kelishib olinadi. Bunda, vaziyat oʻzgargan taqdirda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni yozma ravishda xabardor qiladi hamda keyingi koʻrib chiqish sanasi va vaqti haqida Davlat muassasasining xabarnomasi orqali kelishib olinadi.
109. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganda, ular nomidan bitta talabnoma beruvchi ishonchnoma orqali talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
110. Agar soʻrovnomadagi kamchiliklarni bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilish imkoniyati mavjud boʻlsa, ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi hamda agar soʻrovnomadagi kamchiliklarni hal qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, soʻrovnomadagi kamchiliklar ekspertlar ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Muzokaralar va ekspertlar muhokamasi natijalari boʻyicha ikki nusxada ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlar, tomonlar keltirgan dalillar va takliflar hamda keyingi ish yuritish haqidagi xulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma tuziladi.
Bayonnomada ekspertiza davomida keltirilgan dalillar bilan birga talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) sanoat namunasi muhim alomatlari majmui boʻyicha taklif etgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi arizasi, ekspertiza davomida yozma tushuntirishlar talab qilingan savollar keltirilishi mumkin.
Bayonnoma muhokama jarayonida qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanib, uning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi va ikkinchi nusxasi talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) beriladi.
Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan hollarda, bayonnomada muhokama jarayonida qatnashganlarning alohida fikrlari qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) topshiriladigan va xulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusxasi ekspertizadagi masalalar keltiriladigan soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin, bunda bu haqda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
111. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobi oʻrnida (agar, javob berish uchun belgilangan uch oylik muddat buzilmagan boʻlsa) qabul qilinadi. Bunda, bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
7-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish
112. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Bunda, talabnoma beruvchining chaqirib olish toʻgʻrisidagi arizasi Davlat muassasasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda uning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatiladi va ushbu sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
113. Chaqirib olingan talabnoma huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda u boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlar olib borilmaydi (talabnoma boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmaydi, unga asosan patent berilmaydi) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari amalga oshirilishi uchun ushbu talabnoma asos boʻlib hisoblanmaydi (xususan, navbatdagi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnomaning kelib tushgan sanasi boʻyicha yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik belgilanmaydi).
Chaqirib olingan talabnoma sanoat namunasi boʻyicha kelib tushgan boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazish jarayonida hisobga olinmaydi.
114. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi arizasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi, agar u talabnomaning chaqirib olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga yuborilganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, qanoatlantirilmaydi.
4-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
1-§. Vazirlikka kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
115. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda sanoat namunasiga talabnoma sifatida roʻyxatga olinadi, bunda ushbu materiallar tarkibida kamida patent berish toʻgʻrisida davlat tilidagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji toʻlangan yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat boʻlishi kerak.
116. Talabnomaga Vazirlik tomonidan roʻyxat raqami beriladi.
Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida roʻyxat raqami va kelib tushgan sanasi maʼlum qilingan holda Vazirlik tomonidan yozma ravishda xabardor qilinadi.
117. Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
118. Talabnoma maʼlumotlari talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran, u haqidagi maʼlumotlar rasman eʼlon qilingunga qadar maxfiy hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz oshkor qilinmaydi.
2-§. Rasmiy ekspertiza
119. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, Davlat muassasasi patent berish haqidagi talabnoma boʻyicha rasmiy ekspertiza va sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat boʻlgan davlat ekspertizasini oʻtkazadi.
120. Qonunning 21-moddasiga muvofiq, rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan keyin oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza ushbu muddat oʻtmasdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda, talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan eʼtiboran talabnoma materiallariga qoʻshimcha patent bojini toʻlamasdan, oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqidan mahrum boʻladi.
121. Talabnoma materiallarining rasmiy ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
b) sanoat namunasining mohiyatini tahlil qilmay turib, taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan ushbu Qoidalarda qoʻyilgan talablarga rioya qilinganligi;
v) Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga rioya qilinganligi, shu jumladan patent vakili yoki ishonchli shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi;
g) talabnoma berilgan taklifning sanoat namunasi sifatida huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga mansubligi;
d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlik soʻralishining asosliligi;
e) sanoat namunasini SNXKning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflash talabnoma beruvchi tomonidan toʻgʻri amalga oshirilganligi.
122. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda boj toʻlanmagan yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda boj toʻlashi lozimligi yoki tegishli hujjatni uch oy mobaynida taqdim etishi zarurligi haqida Davlat muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
123. Talabnoma beruvchi bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordagi patent boji uch oy muddatda toʻlanmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmasligi, tarkibida sanoat namunasining variantlari boʻlgan talabnoma boʻyicha esa ekspertiza patent boji toʻlangan variantlar boʻyicha oʻtkazilishi haqida Davlat muassasasi tomonidan xabardor qilinadi. Bunda, ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan variantlar boʻyicha yoki agar u Davlat muassasasiga oʻz tanlovi haqida uch oy muddatda maʼlum qilmagan boʻlsa, tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Agar talabnoma materiallari tarkibida rasmiy ekspertizani patent boji toʻlanmasdan turib, muddatdan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlsa, talabnoma beruvchi patent boji toʻlanmagunga qadar, ushbu iltimosnomani qanoatlantirish mumkin emasligi haqida Davlat muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
Patent bojini toʻlash toʻgʻrisidagi soʻrovnoma Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga talabnoma materiallarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.
124. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etish zarurligi koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Quyidagilar talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:
a) talabnoma materiallarida ushbu Qoidalarning 8-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan hech boʻlmaganda bittasining mavjud emasligi;
b) talabnoma materiallarida hujjatlar xorijiy tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning davlat tilidagi tarjimasining mavjud emasligi;
v) patent berish uchun arizada imzolar yoki ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa rekvizitlarning mavjud emasligi;
g) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanmagan yoki belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa;
d) talabnoma materiallarida hujjatlarni rasmiylashtirishda ulardan bevosita nusxa koʻchirish, ularni eʼlon qilish va saqlashga toʻsqinlik qiladigan va/yoki manfaatdor shaxslarga ular bilan tanishish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formati, hoshiyalarning oʻlchamlari, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan tasvirlar, chizmalar sifatlari) aniqlanganligi;
e) sanoat namunasining tavsifida ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan tuzilmaviy boʻlimlarning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek sanoat namunasining tavsifida yoki muhim alomatlar roʻyxatidagi biron-bir alomat taʼrifi ushbu alomat ochib berilgan adabiyot manbaiga havola bilan almashtirilganligi;
j) talabnomada ommabop boʻlmagan adabiyot manbaiga havolalar yoki talabnomadagi baʼzi maʼlumotlarni eʼlon qilish mumkin emasligi (patent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda muallifligi koʻrsatilishini istamagan mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bundan mustasno) haqida koʻrsatmalarning mavjudligi;
z) sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatida huquqiy muhofaza soʻralayotgan buyumning koʻrsatilmaganligi;
i) muhim alomatlar roʻyxatida tasvirlarda taqdim etilgan alomatlarning soʻz bilan ifodalangan tavsifi oʻrniga faqat buyumning tashqi koʻrinishi xususiyatlari keltirilganligi;
k) talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan sanoat namunasining nomi sanoat namunasining tavsifida keltirilgan nomga mos emasligi, muhim alomatlar majmuida koʻrsatilgan alomatlar sanoat namunasining tavsifida mavjud emasligi, muhim alomatlar majmuiga sanoat namunasining tavsifida keltirilgan alomatlar kiritilmaganligi, tasvirlar va chizmalar sanoat namunasi tavsifiga mos emasligi);
l) talabnomada avvalroq ustuvorlik soʻralayotganligi bilan bogʻliq masalalarni aniqlashtirish zaruriyati;
m) talabnoma materiallarida ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq kelmaydigan va talabnoma berilgan sanoat namunasi (sanoat namunasining variantlari) mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan boshqa buzilishlarning mavjudligi.
125. Talabnomani topshirish uchun toʻlanadigan patent boji muhim alomatlar majmuida taʼriflangan variantlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanganidan kam miqdorda toʻlangan taqdirda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unda muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish (sanoat namunasining birligi talabiga mos keladigan va patent boji toʻlangan variantlar alomatlarini belgilash) yoxud muhim alomatlar majmuida tuzatishlar qilmasdan turib, koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan yechimlarni tanlash (ularni koʻrsatgan holda) taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi tomonidan tuzatishlar qilish va variantlar tanlovini amalga oshirish rad etilganda, unga ushbu soʻrovnomaning oʻzida faqat patent boji toʻlangan va tavsifda birinchi boʻlib koʻrsatilgan variantlar (shu jumladan sanoat namunasining birligi talabiga muvofiqligi nuqtai nazaridan) koʻrib chiqilishi Davlat muassasasi tomonidan xabar qilinadi.
126. Agar talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 99 — 102-bandlariga muvofiq taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi va talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
127. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan taqdirda, talabnoma boʻyicha ish yuritish davom ettiriladi.
128. Talabnoma predmetining qoʻllanish sohasini aniqlash maqsadida Davlat muassasasi talabnoma berilgan sanoat namunalarini SNXQga muvofiq tasniflaydi. Tasniflash “SNXKdan foydalanishga doir tavsiyalar”ga muvofiq oʻtkaziladi.
Bunda, tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda;
talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazishda.
Agar talabnoma SNXKning turli rubrikalariga tegishli bir nechta obyektlarni qamrab olgan boʻlsa, barcha tegishli tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks sanoat namunasining nomiga koʻra belgilanadi.
Rasmiy ekspertiza bosqichida belgilangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyat boʻyicha ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
129. Talabnomaning rasmiy ekspertizasi natijasida uning patentga layoqatli obyektlarga tegishli boʻlmagan taklifga berilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborilib, unda patent berishni rad etish uchun asos boʻladigan dalillar keltiriladi hamda ularni rad etish taklif etilib, talabnoma beruvchi, shuningdek soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida koʻrsatilgan mazmundagi javobni taqdim etmasa, bu holda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor etiladi.
Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan taqdirda, talabnoma boʻyicha ish yuritish ushbu Qoidalarning 103 — 106-bandlariga muvofiq davom ettiriladi.
Agar talabnoma beruvchi oʻzining javobida rasmiy ekspertizaning dalillarini rad etmagan boʻlsa, Davlat muassasasi tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
130. Talabnoma berilgan taklif (sanoat namunasi), agar u tasvirlarda aks etgan va (yoki) muhim alomatlar majmuida taʼriflangan koʻrinishda ushbu Qoidalarning 7-bandida keltirilgan buyumlar roʻyxatiga mos boʻlsa, patentga layoqatli sanoat namunasi deb eʼtirof etilmaydi.
131. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatining tahlilisiz talabnomani koʻrib chiqish natijasida talabnoma ushbu Qoidalarning 6-bandiga muvofiq sanoat namunasining birligi talabi buzilgan holda topshirilganligi aniqlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bu haqda Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuboriladi va ushbu sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida sanoat namunalarining qaysi biri koʻrib chiqilishi kerakligini maʼlum qilish va talabnoma materiallariga aniqliklar kiritish (zarur boʻlganda) taklif qilinadi. Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganligi dastlab taqdim etilgan muhim alomatlar majmuiga nisbatan tekshiriladi. Agar muhim alomatlar majmui oʻzgartirilgan boʻlsa, tekshirish talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda soʻnggi taqdim etilgan tahrirdagi muhim alomatlar majmuiga nisbatan amalga oshiriladi.
132. Agar talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 125-bandida koʻzda tutilgan holat bilan bogʻliq soʻrovnoma joʻnatilgan boʻlsa, bu holda sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinganligini tekshirish faqat talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan va davlat boji toʻlangan variantlarga nisbatan amalga oshiriladi, tanlab olinmaganda esa, sanoat namunasi tavsifida birinchi boʻlib tilga olinganlarga nisbatan amalga oshiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan xabar qilinadi.
133. Agar sanoat namunasining birligi talabi buzilishi aniqlanganligi koʻrsatilgan soʻrovnoma yuborilgandan soʻng, talabnoma beruvchi uch oy muddatda sanoat namunalarining (uning variantlarining (davlat boji toʻlangan holda) koʻrib chiqilish ketma-ketligini Davlat muassasasiga maʼlum qilmasa hamda talabnomaga aniqlik kirituvchi hujjatlarni taqdim etmasa, u holda ekspertiza faqat sanoat namunasining tavsifida birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasiga nisbatan (yoki sanoat namunasining tavsifida birinchi koʻrsatilgan sanoat namunasining variantlariga nisbatan) davom ettiriladi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan xabar qilinadi.
134. Agar qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini umuman yoki qisman oʻzgartirsa va/yoki ushbu Qoidalarning 184 — 188-bandlarida koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan boʻlsa, u holda qoʻshimcha materiallar ekspertiza oʻtkazishda umuman yoki tegishli qismda eʼtiborga olinmasligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
135. Agar talabnoma sanoat namunasi birligi talabiga muvofiqligi aniqlangan bir nechta yechimlarni oʻz ichiga olsa (ular sanoat namunasining variantlari boʻlsa), u holda ekspertiza ularning har biri uchun oʻtkaziladi.
136. Talabnomaning biron-bir yechimi patentga layoqatli obyektlarga tegishli emasligi aniqlangan hollarda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz obyektning alomatlarini chiqarib tashlagan holda unga tuzatish kiritish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
137. Agar talabnomada ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan va talabnoma berilgan taklif huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga tegishli boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasining talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori joʻnatiladi.
3-§. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi
138. Vazirlik patent boji toʻlangan taqdirda talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazadi.
Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan, biroq patent boji Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, Davlat muassasasi soʻrovnoma orqali talabnoma beruvchini soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida patent boji miqdori va sanoat namunasining variantlari sonini muvofiqlashtirish kerakligi haqida xabardor qiladi. Bunda, talabnoma beruvchi Davlat muassasasiga talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazilishi lozim boʻlgan sanoat namunasining variantlarini yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan sanoat namunasining variantlari chiqarib tashlangan muhim alomatlar roʻyxatini qayta taqdim etishi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlashi lozim.
139. Soʻrovnomada koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordagi patent boji uch oylik muddatda toʻlanmagan boʻlsa, bitta sanoat namunasiga topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi, sanoat namunasining variantlari berilgan talabnoma boʻyicha esa, mohiyat boʻyicha ilmiy-texnika ekspertiza talabnomada birinchi boʻlib koʻrsatilgan yoki talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan ketma-ketlikdagi sanoat namunasi variantlariga nisbatan, agar ular boʻyicha patent boji toʻlangan holdagina oʻtkaziladi.
140. Talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) sanoat namunasining ustuvorligi belgilanadi, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga muvofiq soʻralayotgan boʻlsa;
b) talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmui ushbu Qoidalarning 52 — 61-bandlari talablarga muvofiqligi tekshiriladi;
v) qoʻshimcha materiallar, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim etilgan boʻlsa, ushbu Qoidalarning 184 — 188-bandlariga muvofiq tekshiriladi;
g) talabnoma materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda Davlat muassasasiga taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan buyumning tasvirida keltirilgan talabnoma beruvchi tomonidan taklif qilingan muhim alomatlar majmuida taʼriflangan sanoat namunasining Qonunda belgilangan patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
4-§. Sanoat namunasining ustuvorligini belgilash
141. Sanoat namunasining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan belgilanadi.
142. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi mavjudligi. Agar ushbu nusxa talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddatga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim;
b) konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi lozim boʻlgan va birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadigan olti oylik muddatga rioya qilinganligi. Agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechiktirib, lekin ushbu muddat tugagan sanadan ikki oy oʻtmasdan kelib tushgan boʻlsa, bu holda talabnomani koʻrsatilgan olti oylik muddatda topshirish uchun toʻsqin boʻlgan, talabnoma beruvchiga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlar talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilganligi va bunday vaziyatlar hujjat bilan tasdiqlanganligi (zarurat boʻlsa) tekshiriladi;
v) konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi arizaning talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;
g) talabnoma berilgan sanoat namunasining birinchi talabnomada ochib berilganligi.
143. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining ustuvorligini xuddi oʻsha talabnoma beruvchining ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha belgilash soʻralayotganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirishi tufayli eʼtiborga olinmasligi haqidagi soʻrovnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida Vazirlikka kelib tushishi lozim. Agar qoʻshimcha materiallar sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganligi haqidagi xulosa talabnomani ekspertlar koʻrib chiqishi natijasida olingan va bayonnomada qayd etilgan boʻlsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) bayonnoma nusxasini olgan yoki ushbu nusxa uning (ularning) qoʻl(lar)iga bevosita topshirilgan sanadan hisoblanadi;
b) talabnoma berilgan sanoat namunasining Vazirlikka kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda (ushbu materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) ochib berilishi lozim.
144. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining ustuvorligini Vazirlikka uning oʻzi tomonidan ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
a) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma sanoat namunasiga avvalgi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab olti oy mobaynida Vazirlikka kelib tushganligi;
b) bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha sanoat namunasiga avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchining oʻzi tomonidan topshirilganligi;
v) talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib berilgan boʻlishi;
g) ilgari topshirilgan talabnoma boʻyicha undan avvalroq ustuvorlik soʻralmaganligi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustuvorlik soʻralganda avvalroq topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb hisoblansa, talabnoma beruvchiga bu haqda Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabar beriladi.
145. Ajratilgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasiga ustuvorlik soʻralganda, bu holda talabnoma beruvchining quyidagi talablarga rioya qilganligi tekshiriladi:
a) ajratilgan talabnoma sanoat namunasiga berilgan dastlabki talabnoma boʻyicha patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar (talabnoma boʻyicha ish yuritishni davom ettirish imkoniyati mavjud boʻlgan davrda) yoki dastlabki talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, sanoat namunasini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha Vazirlikka kelib tushishi lozim;
b) ajratilgan talabnomada berilgan sanoat namunasi dastlabki talabnomada ochib berilishi lozim. Agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilgan boʻlishi lozim.
146. Ushbu Qoidalarning 142 — 145-bandlariga muvofiq sanoat namunasi ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligi yoki chaqirib olingan deb hisoblanmasligi oʻrganilishi lozim.
147. Avval topshirilgan va ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan talabnoma materiallarida talabnoma berilgan sanoat namunasini ochib berish bilan bogʻliq talabga talabnoma beruvchining rioya qilganligini belgilashda, avval topshirilgan materiallardagi tasvirlarda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuiga kiritilgan va koʻrib chiqilayotgan talabnomada dastlab taqdim etilgan tasvirlarda aks etgan barcha alomatlarning mavjudligi tekshiriladi.
148. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan masalalar talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini tugallash uchun toʻsqinlik qilmaydi deb hisoblansa, ushbu masalalar talabnoma bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi.
149. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 142 — 145-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilingan boʻlsa, talabnoma berilgan sanoat namunasiga nisbatan soʻralgan ustuvorlik belgilanadi.
150. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 142 — 145-bandlarida koʻrsatilgan talablarning hech boʻlmaganda bittasiga rioya qilinmagan boʻlsa, sanoat namunasining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha (bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan xabar berilgan holda) belgilanadi.
151. Ustuvorlik belgilangandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui taqdim etilgan boʻlsa, bu holda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
5-§. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish
152. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish rasmiy ekspertiza tugallangan vaqtda talabnoma tarkibida boʻlgan alomatlar boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan oʻtkaziladi, agar talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga ushbu vaqtdan keyin oʻzgartirish kiritilgan boʻlsa, bu holda, ushbu Qoidalarning 184 — 188-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganligi sharti bilan, oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui tekshiriladi.
153. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda sanoat namunasining birligi talabi buzilganligi aniqlangan boʻlsa va talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini oʻtkazishni boshlash oldidan talabnoma beruvchi qaysi sanoat namunasi (yoki variantlari) topshirilgan talabnoma doirasida koʻrib chiqilishi kerakligini Davlat muassasasining soʻrovnomasi yuborilgan sanadan boshlab uch oy muddatda xabar qilsa, tekshirish ushbu sanoat namunasi boʻyicha oʻtkaziladi.
Talabnoma beruvchidan soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, tekshirish sanoat namunasi tavsifida birinchi boʻlib koʻrsatilgan sanoat namunasiga (variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi.
154. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirishda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari mavjudligi tekshiriladi, bunda ularning muhim alomatlar majmui talabnoma beruvchi tomonidan alohida xususiyatlari koʻrsatilgan buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi koʻrinishini shakllantirish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Agar tasvirlarda aks ettirilgan biron-bir alomat talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga kiritilmagan, lekin ekspertiza natijasida ushbu alomat buyumning tashqi koʻrinishini shakllantirishga taʼsir koʻrsatadi deb hisoblansa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga bunday alomatni muhim alomatlar majmuiga kiritish taklif etiladi. Talabnoma beruvchi bunday tuzatish kiritishni rad etgan hollarda keyinchalik sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda buyumning tashqi koʻrinishiga tegishli alohida xususiyatning mavjudligi Davlat muassasasi tomonidan hisobga olinmaydi.
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuida, sanoat namunasining tavsifida ularga nisbatan buyum tashqi koʻrinishining oʻziga xos xususiyatlariga taʼsiri borligi koʻrsatilmagan alomatlar mavjudligi aniqlangan boʻlsa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan bunday alomatlarni muhim alomatlar majmuida saqlash maqsadga muvofiq ekanligi toʻgʻrisida talabnoma beruvchining fikri soʻralishi mumkin.
155. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish undagi alomatlarni ushbu Qoidalarning 61-bandiga muvofiq vizual identifitsikatsiyalash mumkinligini aniqlashdan iborat.
Alomatlarni vizual identifikatsiyalash mumkinligiga shubha tugʻilgan taqdirda, Davlat muassasasi talabnoma beruvchidan identifikatsiyalash imkoni mavjudligini tasdiqlaydigan tushuntirishlar soʻrab olishga haqlidir.
Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin boʻlishi uchun uning taʼrifini sanoat namunasining tasvirlari va tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlsa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unda bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
Alomatni identifikatsiyalash mumkin boʻlib, lekin uni taʼriflash uchun eskirgan yoki muayyan faoliyat yoki dizayn sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan atamalar qoʻllangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tegishli tuzatishlar kiritish tavsiya qilinishi mumkin.
Agar alomatni identifikatsiyalash mumkin emasligi aniqlangan boʻlsa va talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuini tuzatishni rad etsa, u holda Davlat muassasasi tomonidan talabnomani koʻrib chiqish davomida bunday alomat eʼtiborga olinmaydi.
156. Agar talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasiga taqdim etilgan muhim alomatlar majmuini tekshirishda uning tuzilishi yoki bayon qilinishi ushbu Qoidalarning 57 — 59, 64 va 62-bandlarida qoʻyilgan talablarga mos emasligi aniqlansa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan soʻrovnomada muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Davlat muassasasi tomonidan sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatini tekshirishda unda buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlari koʻrinishida amalga oshiriladigan badiiy-konstruktorlik yechimiga taalluqli boʻlmagan alomatlar aniqlanadi.
Faqat axborot-isteʼmol, axborot-reklama yoki boshqa maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan va grafik, shrift yoki koloristik xususiyatlarga ega boʻlmay, tasvirlash elementlarida oʻz aksini topgan va sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatidagi ushbu elementlarga tegishli alomatlar bilan taʼriflanadigan alomatlar, xususan biron-bir maʼnoga, shu jumladan axborot mazmuniga ega elementlarga, masalan harflar, soʻzlar, gaplar, sonlar, shu jumladan mahsulotda maxsus belgilar vazifasini bajaradigan elementlarda (masalan, standart, tayyorlangan joyi, ishlab chiqarilgan yili, dizayn muallifi, maxsus farqlanish belgilarida) oʻz ifodasini topgan alomatlar buyumning badiiy-konstruktorlik yechimiga kirmaydi. Sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatida bunday alomatlar mavjud boʻlsa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga ushbu roʻyxatga tuzatish kiritish va undan mazkur alomatlarni chiqarib tashlash taklif qilinadi.
Agar sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatidagi alomat ushbu Qoidalarning mazkur bandida keltirilgan shartlar buzilgan holda taʼriflanganligi aniqlansa, biroq talabnoma beruvchi sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga tuzatish kiritishdan voz kechsa, u holda Davlat muassasasi tomonidan talabnomani keyinchalik koʻrib chiqishda bunday alomat yoki sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga kiritilgan va uni taʼriflash uchun ishlatilgan tushunchalar eʼtiborga olinmaydi.
157. Agar talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 124-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan talabnomaga qoʻyiladigan talablarning buzilganligi aniqlansa, u holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma joʻnatiladi hamda shundan soʻng talabnomani, shu jumladan sanoat namunasining birligi talablariga rioya qilinganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 125-bandida mazkur vaziyatga qoʻllanilishi koʻrsatilgan yechimlarga nisbatan oʻtkaziladi hamda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 131-bandiga muvofiq soʻrovnoma joʻnatiladi.
158. Agar talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini boshlashdan oldin muhim alomatlar majmui sanoat namunasining birligiga qoʻyiladigan talabning buzilganligi yoki patent boji Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam toʻlanganligi munosabati bilan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini oʻz ichiga olsa, shuningdek muhim alomatlar majmuiga sanoat namunasining boj toʻlangan variantlari alomatlarigina kirgan boʻlib, muhim alomatlar majmuining tuzilmasi ushbu Qoidalarning 63-bandi talablariga mos kelmasa, bunday hollarda Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, muhim alomatlar majmuiga undan koʻrilmayotgan variantlarning alomatlarini chiqarib tashlash va/yoki uni ushbu Qoidalarning 63-bandida koʻrsatilgan shaklda taqdim etish boʻyicha tuzatishlar kiritish taklif qilinadi.
Talabnoma beruvchi muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritishga rozi boʻlmagan taqdirda, patentga layoqatlilikni tekshirish faqat koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga (uning variantlariga) nisbatan oʻtkaziladi va bunda uning (ularning) muhim alomatlar majmui qatoridagi tahlil maqsadlarida ekspertiza tomonidan ajratib olingan muhim alomatlari hisobga olinadi.
159. Roʻyxat bandlarida taʼriflangan sanoat namunalarini variantlarga toʻgʻri kiritilganini Davlat muassasasi tomonidan tekshirishda, talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan sanoat namunalarining vazifalari va asosiy kompozitsion elementlari bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur.
Agar variantlardan har biri (yoki ulardan biri) uchun bir nechta asosiy kompozitsion elementlar koʻrsatilgan boʻlib, biroq koʻrsatib oʻtilgan asosiy kompozitsion elementlar qatorida faqat ayrimlarining mos kelgani aniqlangan boʻlsa, asosiy kompozitsion elementlarning mos kelishi sharti buzilmagan hisoblanadi. Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinmaganlik aniqlanganda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 131 — 133-bandlarida keltirilgan tartibda xabardor qilinadi.
6-§. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish
160. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatini tekshirishda uning ushbu Qoidalarning talablari buzilgan holda tuzilganligi aniqlanib, biroq bu buzilishlar talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishga taʼsir etmaydi deb hisoblanganda, u holda sanoat namunasining muhim alomatlar roʻyxatiga tuzatish kiritish bilan bogʻliq barcha masalalar bunday roʻyxat bilan taʼriflangan sanoat namunasining patentga layoqatliligi toʻgʻrisida dastlabki xulosa olinganidan soʻng Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchi bilan soʻrovnoma berish orqali aniqlashtiriladi.
161. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu Qoidalarning 154 — 160-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkazilgan muhim alomatlar roʻyxati belgilanadi.
162. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda qoʻshimcha ravishda talabnoma berilgan yechim patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar roʻyxatiga mansub yoki mansub emasligi tekshiriladi va sanoat namunasining yangilik va originallilik shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan obyekt muhofaza qilinmaydigan takliflar roʻyxatiga oid deb taxmin qilinganda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga tegishli dalillar bayon qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
163. Talabnoma berilgan obyekt, agar unga nisbatan ushbu Qoidalarning 7-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan obyektlarga oid deb xulosa chiqarilmagan boʻlsa, uning yangilik va originallilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.
164. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda ushbu sanoat namunasiga tegishli boʻlgan hamda muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan sanoat namunasining mohiyati ommaviy tarzda oshkor qilingan holda ochib berilgan axborotga ega manbalar, agar sanoat namunasiga talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oʻtmay turib Vazirlikka topshirilmagan boʻlsa, eʼtiborga olinmaydi.
Ushbu Qoidalarning 165 — 168-bandlariga muvofiq patentga layoqatlilikni tekshirish natijalari boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan patent berish yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
165. Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, agar sanoat namunasining muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan maʼlumotlardan ayon boʻlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
166. Har bir shaxs oʻzi tanishishi mumkin boʻlgan yoki mazmuni qonuniy yoʻl bilan maʼlum qilinishi mumkin boʻlgan axborot manbaidagi maʼlumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar deb hisoblanadi.
Quyidagilar axborot manbaidagi maʼlumotlarni ommaviy tarzda oshkor etilgan maʼlumotlar sarasiga kiritish mumkinligini belgilaydigan sana deb hisoblanadi:
muhofaza hujjatlariga eʼlon qilingan tavsiflar uchun — ularda koʻrsatilgan eʼlon qilish sanasi;
bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;
nashr etishga ruxsat beruvchi imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun — ular nashr qilingan sana, ushbu sanani aniqlash imkoniyati boʻlmaganda esa, — agar nashr qilingan vaqti faqat yil va oy bilan belgilangan boʻlsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda koʻrsatilgan yilning 31-dekabr sanasi;
maqolalar, sharhlar, monografiyalar va boshqa materiallarning depozitga qoʻyilgan qoʻlyozmalari uchun — ular depozitga qoʻyilgan sana;
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar uchun, tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy-texnika axboroti organlarida saqlanadigan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlariga tushuntirish xatlari uchun — ular ushbu organlarga kelib tushgan sana;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda roʻyxatga olingan sana;
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ular kutubxonaga kelib tushgan sana;
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
vizual idrok etiladigan axborot manbalari (plakatlar, modellar, mahsulotlar) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni namoyish qilish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
tele-namoyish, kino orqali xabarlar uchun — bunday xabar berilgan sana, agar u koʻrsatilgan sanada qayd etilgan boʻlsa;
buyum haqida undan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun — ushbu maʼlumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.
167. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnomalar quyidagilarga asosan hisobga olinadi:
talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan boʻlsa;
talabnoma boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa;
talabnoma chaqirib olinmagan, shuningdek chaqirib olingan deb hisoblanmagan boʻlsa.
Talabnoma ariza, tasvirlar va muhim alomatlar majmui bilan birgalikdagi sanoat namunasining tavsifi Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran ushbu talabnoma tarkibida boʻlgan tasvirlar va sanoat namunasining tavsifiga nisbatan eʼtiborga olinadi. Agar bu sana koʻrilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan kechroq boʻlsa, avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma mazmunining ustuvorlikni belgilash uchun asos boʻlgan materiallari (birinchi talabnoma, avvalroq topshirilgan talabnoma, ushbu talabnomaga qoʻshimcha materiallar) mazmuni bilan mos tushgan qismi axborot manbalari qatoriga kiritiladi.
168. Sanoat namunasining yangiligini belgilash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida patent olgan (shu jumladan, talabnoma topshirilgan) sanoat namunalari ham ularning ustuvorlik sanasidan boshlab hisobga olinadi.
169. Agar ushbu Qoidalarning 165 — 168-bandlarida koʻrsatilgan axborot manbalarida talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida taʼrifi va tasviri keltirilgan alomatlarga aynan oʻxshash badiiy-konstruktorlik yechim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa, sanoat namunasi yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
170. Davlat muassasasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot manbai avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻlsa, bu holda ushbu talabnoma chaqirib olinmaganligi va chaqirib olingan deb hisoblanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar talabnoma chaqirib olinmagan boʻlsa, shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini koʻrsatmagan va mazmunini ochmagan holda) talabnoma beruvchiga (avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha aniq qarorga kelingunga qadar) uning talabnomasini koʻrish toʻxtatib turilishi haqida Davlat muassasasi tomonidan maʼlum qilinadi.
Bunda, talabnoma beruvchi talabnomani koʻrish toʻxtatib turilishiga norozilik bildirsa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma berilgan sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.
171. Sanoat namunasining yangilik emasligi aniqlanganda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillari bayon qilingan va ushbu dalillarga nisbatan oʻz fikrini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma joʻnatiladi.
172. Yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlangan sanoat namunasining orginallilikka tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
173. Qonunning 8-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bogʻliq boʻlsa, original deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunasining muhim alomatlariga buyum tashqi koʻrinishining alohida xususiyatlarini belgilovchi alomatlar, shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar uygʻunligi kiradi.
Davlat muassasasi tomonidan originallilikni tekshirish talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuida taʼriflangan sanoat namunasiga nisbatan oʻtkaziladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ushbu Qoidalarning 35-bandiga muvofiq eng yaqin analogni aniqlash;
b) tasvirlarda taqdim etilgan va talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar roʻyxatida taʼriflangan sanoat namunasini eng yaqin analogidan (muhim farqlovchi alomatlardan) farqlaydigan muhim alomatlarni aniqlash;
v) koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasining muhim farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlarga ega boʻlgan yechimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar orasidan aniqlash (axborot manbaida mavjud hamma foydalana olishi mumkin deb hisoblangan maʼlumotlarning sanasini aniqlashda ushbu Qoidalarning 166-bandi talablaridan foydalaniladi);
g) sanoat namunasini uning muhim farqlovchi alomatlaridan kelib chiqqan xususiyatlarini hamda koʻrib chiqilayotgan yechimlarning farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlardan aniqlangan yechimlarning alohida xususiyatlarini taqqoslash.
174. Sanoat namunasi, agar uning muhim farqlovchi alomatlaridan aqalli bittasi yangi boʻlsa, originallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi. Sanoat namunasi, shuningdek uning barcha muhim farqlovchi alomatlari yangi boʻlmay, biroq ushbu alomatlarning birikuvi koʻrib chiqilayotgan sanoat namunasiga yangi badiiy-konstruktorlik yechim bersa, bu holda ham originallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.
175. Oʻzining eng yaqin analogidan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomati (alomatlari) bilan farqlanadigan va ushbu alomatning (alomatlarning) talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan alohida xususiyatlariga taʼsiri tasdiqlanmagan buyumda oʻz ifodasini topgan sanoat namunasi originallilik shartiga muvofiq deb hisoblanmaydi.
Talabnoma berilgan sanoat namunasi originallilik shartiga muvofiq emas deb hisoblangan hollarda, buyumning alohida xususiyatlariga muhokama qilinayotgan alomatlarning taʼsirini tasdiqlash uchun ekspertiza tomonidan talabnoma beruvchi keltirgan dalillar nima uchun asossiz deb hisoblanishi toʻgʻrisida asoslangan dalillarni quyidagi hollarda keltirishi mumkin:
a) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning maʼlum yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon bermaydigan alohida xususiyatlarga ega boʻlsa (sanoat namunasi buyumning avvaldan maʼlum boʻlgan yechimi bilan adashtirib yuborish darajasida oʻxshashlikka ega boʻlsa);
b) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning maʼlum boʻlgan yechimidan koʻz bilan koʻrib farqlashga imkon beradigan alohida xususiyatlarga ega boʻlib, biroq ushbu xususiyatlar quyidagilar hisobiga yaratilgan boʻlsa, ularga ijodiylik xos boʻlmaydi:
bir butun buyumning faqat oʻlchamlarini (buyumning masshtabini) oʻzgartirish hisobiga, (bunda, buyumning qolgan barcha alomatlari (buyum tarkibiy qismlarining shakllari va (yoki) elementlarining shakllari, proporsiyalari, koloristik yechimi) saqlanib qoladi);
buyumning faqat rangini oʻzgartirish hisobiga;
buyumni faqat oddiy geometrik figura yoki jism (masalan, aylana, halqa, koʻpburchak, shar, konus, piramida, prizma, parallelepiped, tor) koʻrinishida ushbu geometrik figura yoki jismga biron-bir oʻzgartirish kiritilmagan holda hal qilinganligi hisobiga;
buyum yechimida faqat bir turdagi elementlarning miqdorini (ammo, ularning tuzilishi yoki joylashuv tizimini oʻzgartirmagan holda) oʻzgartirish hisobiga (bunda, ushbu oʻzgartirish talabnoma beruvchi koʻrsatib oʻtgan buyum yechimlarining xususiyatlariga taʼsir qilmasligi kerak);
real hajmning kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya qilingan holda) nusxasi boʻlgan buyumni (masalan, oʻyinchoq, suvenir) yaratish hisobiga;
muayyan vazifani bajaradigan buyumlarga xos boʻlgan, ammo boshqa texnik asosda bajarilgan shakllarni faqat takrorlash hisobiga (masalan, anʼanaviy ravishda yogʻochdan tayyorlanadigan buyumga oʻxshatib polimer materialdan tayyorlangan buyum), bunda ushbu oʻzgarish talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan buyum yechimining alohida xususiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi;
taklif qilingan buyum oʻz tashqi koʻrinishini bir qarashda oʻziga oʻxshash boshqa maʼlum obyektlarning tashqi koʻrinishidan oʻzlashtirgani hisobiga, agar bunda ham buyumning vazifasi bilan, ham oʻzaro har xil vazifani bajaruvchi ikkita shunday obyekt maʼlum boʻlsa;
maʼlum buyumlardan, ularning tashqi koʻrinishini oʻzgartirmagan holda, toʻplam (komplekt) tuzish hisobiga.
176. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasida originallilik yoʻqligi aniqlangan boʻlsa, u holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan tegishli dalillar bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida sanoat namunasining tuzatilgan muhim alomatlari roʻyxatini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
7-§. Qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish
177. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, Davlat muassasasi tomonidan qoʻshimcha materiallar, shu jumladan oʻzgartirilgan muhim alomatlar majmui soʻralgan soʻrovnoma talabnoma beruvchiga bunday materiallarsiz talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan hollarda yuboriladi.
Bunda, soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanmagan yoki belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa;
b) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ushbu Qoidalarning 152 — 161-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zaruriyati boʻlsa;
v) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 162-bandiga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zaruriyati boʻlsa;
g) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar majmuiga aniqliklar kiritish zaruriyati boʻlsa;
d) bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish zaruriyati boʻlsa.
Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi masalalar (masalan, ustuvorlikni belgilash, sanoat namunasining muhim alomati taʼrifini aniqlashtirish), shuningdek taklif va mulohazalar ham mazkur bandda keltirilgan asoslarga koʻra Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga yuboriladigan soʻrovnomaga kiritilishi mumkin.
Soʻrovnoma yuborish uchun mazkur bandda keltirilgan asoslar mavjud boʻlmaganda, talabnoma beruvchi yuzaga kelgan taklif va mulohazalar haqida Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
178. Ushbu Qoidalarning 158-bandiga muvofiq vaziyatlarda sanoat namunasining (uning variantlarining) patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlsa, bu haqda Davlat muassasasi tomonidan yuborilgan soʻrovnomada talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi va talabnomaning mohiyati boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasi oʻtkazilmagan yechimlar alomatlarini muhim alomatlar majmuidan chiqarib tashlash yana bir bor taklif etiladi. Bunda, talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb hisoblanadi.
179. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnoma topshirilgandan soʻng talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan, dastlabki materiallarda mavjud boʻlmagan va ushbu Qoidalarning 195-bandiga muvofiq eʼtiborga olinmagan alomatni patentga layoqatlilik toʻgʻrisida xulosa olingan muhim alomatlar roʻyxatiga kiritishni talab qilgan hollarda, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga koʻrsatib oʻtilgan alomatni ichiga olmagan roʻyxatni taqdim etish taklifi bilan soʻrovnoma yuboriladi.
180. Talabnoma beruvchi identifikatsiya qilinmaydigan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan hamda talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilganidan keyin taklif qilingan va ushbu Qoidalarning 187-bandiga muvofiq eʼtiborga olinmagan alomatni muhim alomatlar roʻyxatiga, unga nisbatan patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan holda, kiritishni talab qilsa, Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga tarkibida koʻrsatib oʻtilgan alomat boʻlmagan roʻyxatni taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi. Bunda, talabnoma beruvchiga soʻralayotgan materiallar taqdim etilmaganda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi toʻgʻrisida ham xabar qilinadi.
181. Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga joʻnatiladigan, mazkur Qoidalarning 177-bandida koʻrsatilgan soʻrovnomada mohiyat boʻyicha ilmiy-texnika ekspertizasini oʻtkazish (yoki nihoyasiga yetkazish) uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlarni bayon qilish bilan birga, talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga kelgan barcha savollar, mulohazalar va takliflar keltiriladi.
Talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga, masalan muhim alomat taʼrifini aniqlashtirish, talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuidan muhim boʻlmagan alomatni chiqarib tashlash kabi tuzatishlar kiritish bilan bogʻliq takliflarni joʻnatishda bunday tuzatishni kiritish va undan voz kechish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Davlat muassasasi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilishi kerak.
182. Soʻrovnomada axborot manbaiga havola qilinganda, ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan uning hamma bibliografik maʼlumotlari, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlarni ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar (sahifa, xatboshi, grafik tasvirlar figuralarining raqami) koʻrsatilishi lozim.
Soʻrovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha muhim alomatlar roʻyxatini aniqlashtirish zaruriyati asos boʻlgan boʻlsa va roʻyxatga kiritiladigan aniqliklar tavsifda va (yoki) chizmalarda va (yoki) ergonomik sxemada keltirilgan maʼlumotlarga tegishli izohlardan iborat boʻlsa, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif va (yoki) chizmalarni va (yoki) ergonomik sxemani (oʻrnini bosuvchi varaqlarni) ham taqdim etish taklif qilinishi mumkin.
183. Davlat muassasasi tomonidan soʻralgan materiallar uch oy muddatda kelib tushmagan yoki muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
8-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish
184. Talabnoma beruvchining tashabbusi bilan talabnomaning rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng yoki bunday iltimosnoma berilmagan boʻlsa, talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, tuzatishlar yoki aniqliklar kirishni nazarda tutadigan qoʻshimcha materiallar Davlat muassasasiga kelib tushgan taqdirda, ular talabnoma beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlagan taqdirda Davlat muassasasi tomonidan koʻrib chiqiladi yoki patent boji toʻlanmagan holda bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabar beriladi.
185. Talabnoma materiallaridagi oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlar ekanligini belgilashda Davlat muassasasi tomonidan quyidagilar eʼtiborga olinishi kerak:
a) ekspertizaning yozma ravishda berilgan soʻrovnomasini olgandan keyin yoki soʻrovnomani olmasdan turib ham talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻzgartirishlar (agar bunday oʻzgartirishlar talabnoma materialini tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi);
b) agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma materiallariga kiritilgan oʻzgartirishlar ekspertizaning yozma ravishda berilgan soʻrovnomasi bilan bogʻliq boʻlib, uni olgandan soʻng taqdim etilgan boʻlsa, oʻzgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra kiritilgan deb hisoblanmaydi.
186. Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.
Agar talabnoma beruvchi qoʻshimcha materiallarni uch oy muddatga rioya qilmagan holda taqdim etganligi aniqlansa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
187. Talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasi soʻrovnomasiga koʻra taqdim etilgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Agar qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan, biroq ular qatoriga kiritish talab etiladigan alomatlar boʻlsa, u holda ular talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan alomatlar aniqlik kiritilgan muhim alomatlar majmui tarkibida boʻlgan hollardagina emas, balki talabnoma beruvchi aniqlik kiritilgan muhim alomatlar majmui tarkibiga kiritishni koʻrsatib oʻtgan holda ham, sanoat namunasining muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim deb hisoblanadi.
Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlar, agar ular patent berish uchun ariza, tasvirlar komplekti va sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan tavsif Vazirlikka kelib tushgan sanada talabnoma tarkibidagi tasvirlarda aks ettirilmagan boʻlsa, talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
Talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud boʻlmagan hamda muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim boʻlgan alomatlarga taalluqli boʻlmagan qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday maʼlumotlarga sanoat namunasini amalga oshirish shartlari toʻgʻrisidagi yangi (qoʻshimcha) maʼlumotlar, misollar, aniqlashtirilgan grafik materiallar kiritilishi mumkin.
188. Qoʻshimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilgan hollarda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan maʼlumotlarning qaysilari asos boʻlganligi haqida maʼlum qilinadi. Bunda, talabnomaning keyingi koʻrib chiqilishi ushbu qoʻshimcha materiallarda taqdim etilgan muhim alomatlar roʻyxatiga nisbatan, ammo yuqorida koʻrsatilgan alomatlarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.
9-§. Patent berish yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror
189. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmuida taʼrifi keltirilgan sanoat namunasi (agar sanoat namunasining birligi talabi bajarilgan holda sanoat namunasi variantlariga talabnoma berilgan boʻlsa, uning har bir varianti) patentga layoqatlilikning ushbu Qoidalardagi hamma shartlariga muvofiqligi aniqlangan holda Davlat muassasasi tomonidan sanoat namunasiga patent berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Agar talabnoma materiallarida kamchiliklar boʻlib, avval talabnoma beruvchi ularni bartaraf etish haqida ogohlantirilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborilib, unda talabnoma beruvchi ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida aniqliklar kiritilgan materiallarni Davlat muassasasiga taqdim etishi lozimligi haqida xabardor qilinadi.
190. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan va tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmui bilan taʼriflangan sanoat namunasi ushbu Qoidalarda belgilangan patentga layoqatlilik shartlarining hech boʻlmaganda bittasiga mos emasligi aniqlansa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga patent berilishi mumkin emasligi dalillar keltirilgan holda bildirilgan soʻrovnoma yuboriladi va unga ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini maʼlum qilishi taklif etiladi.
191. Talabnoma beruvchi ekspertizaning fikriga nisbatan rozilik bildirgan taqdirda, unga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda patent berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Talabnoma beruvchi patent berishni rad etish uchun sabab boʻlgan holatlar bilan tanishtirilgandan soʻng, uning tomonidan talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligiga dalillar taqdim etilgan boʻlsa, ammo ular ekspertiza xulosasini oʻzgartirmagan boʻlsa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va unda talabnoma beruvchi ekspertizaning xulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda, qaror joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida Vazirlikning Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya topshirish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Agar Davlat muassasasining qarorida axborot manbaiga havola keltirilgan boʻlsa, uning bibliografik maʼlumotlarini koʻrsatishda ushbu Qoidalarning 182-bandida koʻrsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.
192. Sanoat namunasining variantlarini oʻz ichiga olgan talabnoma boʻyicha ham patentga layoqatli, ham patentga layoqatsiz yechimlarning mavjudligi aniqlansa va talabnoma beruvchi unga joʻnatilgan soʻrovnomaga berilgan javobda muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz variantlarni taʼriflaydigan alomatlarni chiqarib tashlashdan bosh tortsa, bu holda ham Davlat muassasasi tomonidan patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bunda, qarorda bir vaqtning oʻzida patentga layoqatli deb xulosa chiqarilgan variantlarning patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.
193. Agar koʻrilayotgan talabnoma boʻyicha sanoat namunasining patentga layoqatliligi aniqlangan boʻlib, lekin unga aynan oʻxshash, avvalroq ustuvorlik sanasiga, sanasi mos kelganida esa avvalroq qayd etish raqamiga ega boʻlgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb hisoblanmagan sanoat namunasiga boshqa talabnoma mavjud boʻlsa, koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga bu haqda xabar beriladi, shuningdek uning talabnomasi boʻyicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida maʼlum qilinadi.
Koʻrilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan oʻxshash sanoat namunasini oʻz ichiga olgan boshqa talabnomaning bibliografik maʼlumotlarini maʼlum qilish va sanoat namunasiga patent berish haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilingunga qadar uning mazmunini ochishga faqat boshqa talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.
194. Sanoat namunasi, agar ularning tasvirlarda aks etgan muhim alomatlari majmui toʻliq mos tushsa, aynan oʻxshash deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunalarining aynan oʻxshashligi ularning tahriridagi muhim alomatlar majmualari asosida aniqlanadi.
Agar aynan oʻxshash sanoat namunalariga talabnomalar aynan bitta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan boʻlsa, u holda Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborish orqali talabnoma beruvchiga uning tomonidan koʻrsatiladigan faqat bitta talabnoma boʻyicha patent berilishi mumkinligi xabar qilinadi.
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga 1-ILOVA
(21) TALABNOMA RAQAMI
(22) Talabnoma materiallarini TOPSHIRISH SANASI
YOZISHMALAR UCHUN MANZIL (Xat oluvchining toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi va nomi)
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)
Telefon:
Faks:
E-mail:
Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish toʻgʻrisida ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel: __________
E-mail: ___________
(54) SANOAT NAMUNASI NOMI
(71) TALABNOMA BERUVCHI
KTUT boʻyicha tashkilot kodi
□ jismoniy shaxs
□ yuridik shaxs
(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjati boʻyicha toʻliq nomi, mamlakatning nomi va toʻliq pochta manzilini ham oʻz ichiga olgan holda yashash joyi yoki joylashgan yeri koʻrsatiladi. Muallif-talabnoma beruvchilarning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Muallif” grafasida keltiriladi)
Ushbu shaxs quyidagi boʻlib hisoblanadi:
□ muallif □ ish beruvchi
□ muallifning huquqiy vorisi □ ish beruvchining huquqiy vorisi
BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
USTUVORLIKNI BELGILASH UCHUN ARIZA
(Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq ustuvorlik soʻralganda toʻldiriladi)
Sanoat namunasi ustuvorligini quyidagi sana boʻyicha belgilashingizni soʻrayman:
□ Parij konvensiyasi ishtirokchisi boʻlgan mamlakatda birinchi talabnomani topshirish sanasi boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi 2-qismining birinchi xatboshisi) □ Patent idorasiga avvalroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 18-moddasi 2-qismining ikkinchi xatboshisi) □ avvalroq topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasi boʻyicha (Qonunning 18-moddasi 2-qismining uchinchi xatboshisi)
Birinchi (avvalroq topshirilgan, dastlabki) talabn?ma raqami
Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi
(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi (konvension ustuvorlik soʻralganda)
Talabnoma beruvchining vakili etib tayinlangan
□ (74) PATENT VAKILI (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, toʻliq pochta manzili)
Telefon:
Faks:
e-mail:
ILOVA QILINAYOTGAN HUJJATLAR ROʻYXATI
varaqlar soni
□ sanoat namunasining tavsifi (variantlar soni _____________)
□ buyum (maket, rasm)ning fotosuratlari majmui □ umumiy koʻrinishi □ qoʻshimcha koʻrinishlar □ eng yaqin analog tasviri
□ buyum umumiy koʻrinishi chizmasi (lari)
□ ergonomik sxemasi
□ konfeksion kartasi
□ patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun)
□ patent bojini toʻlashdan ozod etish □ patent boji miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat
□ birinchi talabnomaning nusxasi (konvension ustuvorlik soʻralganida)
□ talabnomaning davlat tilidagi tarjimasi
□ ishonchnoma
□ boshqa hujjat (koʻrsatilsin)
(72) Muallif(lar) (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi koʻrsatiladi)
Toʻliq uy manzili, mamlakatning rasmiy nomini va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga oladi
Muallif (lar) imzosi(lari), sana
Men (Biz), ________________________________________________________________________
(toʻliq ismi)
muhofaza hujjatini berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilinganda meni (bizni) muallif (mualliflar) sifatida koʻrsatmasligingizni soʻrayman.
Muallif (lar) imzosi (imzolari):
Imzo(lar): Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi va imzolash sanasi
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga 2-ILOVA
Kelib tushgan sana
Kirish raqami
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)
Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi(pochta aloqasi),
Tel: __________
E-mail: ___________
(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi)
Telefon:
Faks:
E-mail:
(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, quyidagi talabnoma materiallariga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman: 󠄀󠄀 talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga 󠄀󠄀 yozishmalar uchun manzilga 󠄀󠄀 talabnoma materiallariga
Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
󠄀󠄀 oʻzgartirilgan maʼlumotlar: davomi alohida varaqda
󠄀󠄀 arizaga ilova(lar): 󠄀󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun) 󠄀󠄀󠄀󠄀 davom etish uchun varaqlar 󠄀󠄀 boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin) ____________________________
Varaqlar soni
Imzo(lar) Talabnoma beruvchi(talabnoma beruvchilar) yoki patent vakili yoxud talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo qoʻyilgan sana
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga 3-ILOVA
Hujjatlar kelib tushgan sana
Kirish raqami
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)
Talabnoma beruvchini (talabnoma beruvchilar) oʻzgartirish haqida yozuv kiritish toʻgʻrisidagi ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
Tel: __________ E-mail: ___________
(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi)
Telefon:
Faks:
E-mail:
(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
Telefon:
Faks:
E-mail:
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi(talabnoma beruvchilar) oʻzgargani toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman.
Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar: 󠄀󠄀 talabnoma beruvchi bitim, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgardi; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi: 󠄀󠄀 bitim, shartnomaning tasdiqlangan nusxasi 󠄀󠄀 bitim, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma 󠄀󠄀 huquq oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat 󠄀󠄀 talabnoma beruvchining oʻzgarganligi qayta tashkil etilganlik natijasidir; 󠄀󠄀 qayta tashkil etilganlikni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi 󠄀󠄀 talabnoma beruvchi bitim, shartnomaning imzolanganligi yoki qayta tashkil etilganligi natijasida oʻzgarmagan; 󠄀󠄀 bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, asl hujjatga mosligi tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi
Yangi talabnoma beruvchi
Talabnoma beruvchining pochta manzili
Telefon:
Faks:
E-mail:
Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi)
Telefon:
Faks:
E-mail:
Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
Telefon:
Faks:
E-mail:
󠄀󠄀 arizaga ilova(ilovalar):
varaqlar soni
󠄀󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun) 󠄀󠄀 davom ettirish uchun varaqlar 󠄀󠄀 boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)
Imzo:
Avvalgi talabnoma beruvchi:
Imzo qoʻyilgan sana
Yangi talabnoma beruvchi:
Imzo qoʻyilgan sana
Patent vakili:
Imzo qoʻyilgan sana
Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga 4-ILOVA
Kelib tushgan sana
Kirish raqami
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)
Tuzatish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi ARIZA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi)
Tel: __________ E-mail: ___________
(21) Talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomlanishi)
Telefon:
Faks:
E-mail:
(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olingan raqami)
Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
Telefon:
Faks:
E-mail:
Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi bayon qilinganlarga muvofiq tuzatishlar kiritishingizni soʻrayman:
Toʻgʻrilash lozim boʻlgan maʼlumotlar: 󠄀󠄀 davomini alohida varaqda qarang
Toʻgʻrilangan holdagi maʼlumotlar: 󠄀󠄀 davomini alohida varaqda qarang
󠄀 arizaga ilova(lar):
varaqlar soni
󠄀󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun) 󠄀󠄀󠄀󠄀 davom ettirish uchun varaqlar 󠄀󠄀 boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)
Imzo(lar) Talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) yoki patent vakili yoxud talabnoma beruvchi boshqa vakilining imzosi, imzo(imzolar) qoʻyilgan sana
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son “Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1361, 2004-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 243-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 20-yanvardagi 11-son “Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1361-1, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 95-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 33-son “Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1361-2, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 427-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 10/24/3490/0032-son)