toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2026
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3802]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 19-avgustdagi 30-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3929, 19.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-mart,
13-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 27-martdagi 13-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar foydali modelga patent berish uchun talabnomani (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va qisqartmalar qoʻllaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Markaz — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
XPT — Xalqaro patent tasnifi;
BIMT — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti;
PST — Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnoma;
milliy faza — Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro talabnomani koʻrib chiqish.
2. Vakolatli organ tomonidan talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi va ushbu talabnoma Markaz tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
3. Talabnoma berish muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan vakolatli organga beriladi. Talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
4. Foydali modelni roʻyxatga olish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi .
2-bob. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari
5. Qonunning 7-moddasiga muvofiq agar foydali model sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi boʻlsa va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
6. Foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
7. Texnika taraqqiyoti darajasi foydali model ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʻlgan har qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
8. Agar foydali modeldan amalda foydalanish mumkin boʻlsa, uni sanoatda qoʻllash mumkin deb hisoblanadi.
9. Qonunning 7-moddasi oltinchi qismiga muvofiq har qanday sohada mahsulot yoki usulga taalluqli boʻlgan texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi.
10. Foydali model sifatida mahsulotga qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari kiradi.
11. Qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki konstruktiv elementlar majmui boʻlgan hamda funksional-konstruktiv birlikni tashkil qilgan buyumlar, mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
12. Moddalarga:
kimyoviy birikmalar, shuningdek shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari boʻlgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar va boshqalar;
kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar);
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
13. Mikroorganizmlar shtammlari, oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlariga:
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvoʻtlari, mikroskopik zamburugʻlar va boshqalarning shtammlari;
oʻsimlik yoki hayvon hujayralarining turlari, shu jumladan hujayralarning klonlari;
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlarining konsorsiumlari;
mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvonning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralarini oʻz ichiga olgan genetik konstruksiyalar, transgen oʻsimliklar va hayvonlar kiradi.
14. Foydali model sifatida usulga moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoni kiradi.
15. Quyidagilar foydali model sifatida eʼtirof etilmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan, buyumlarning faqat tashqi koʻrinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
oʻsimlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
3-bob. Talabnomaga doir talablar
16. Qonunning 16-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini (foydali model birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga taalluqli boʻlishi kerak.
17. Foydali model formulasida bitta foydali model tavsiflanganda foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi.
18. Foydali model formulasida quyidagi bir guruhdagi foydali modellar tavsiflanganda foydali model birligi talabiga rioya etilgan deb hisoblanadi:
foydali model formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan, tubdan aynan bir xil yoʻl (variantlar) bilan aynan bir xil texnik natijani olishni taʼminlaydigan obyektlarga taalluqli foydali modellar guruhi;
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun moʻljallangan foydali model (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning harakatlaridan birini oshirish uchun qurilma);
biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun moʻljallangan foydali model (masalan, usulda foydalanish uchun moʻljallangan usul va qurilma, usul yoki qurilma va uning bir qismi, qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qoʻllash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli, qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi boʻlgan qurilma yoki kompozitsiya).
19. Talabnoma:
foydali modelning muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs, shuningdek ularning turar joyi yoki joylashgan manzili koʻrsatilgan patent berish haqidagi arizani;
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifini;
foydali modelning mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan formulasini;
agar foydali modelning mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallarni;
foydali model referatini oʻz ichiga olishi lozim.
20. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilganda vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
21. Konvensiya ustuvorligi soʻrab topshirilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi ilova qilinadi.
Bunda ushbu talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.
Birinchi talabnoma nusxasining tarjimasi talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi.
Birinchi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan keyin, lekin ikki oydan kechiktirmay topshirilgan talabnoma boʻyicha konvensiya ustuvorligi soʻralganda tegishli patent boji toʻlanadi.
22. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligini belgilash boʻyicha iltimosnoma vakolatli organga talabnoma topshirish vaqtida (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.
23. Yangi mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralarining turlariga (liniyalari) oid patent berish haqidagi talabnomaga shtammning rasmiy vakolatga ega boʻlgan depozitariyda saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
24. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini oʻz ichiga olgan talabnomaga aynan ushbu roʻyxat yozilgan va BIMTga muvofiq tayyorlangan axborot (.pdf va .docx formatlarida) ilova qilinadi.
25. Foydali modelga patent berish haqidagi ariza mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.
26. Arizaning 21-kodli “Talabnomaning qayd raqami”, 22-kodli “Talabnomaning kelib tushgan sanasi”, 85-kodli “Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi” grafalari ariza vakolatli organga kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.
27. Arizaning “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining nomi (yuridik shaxslar uchun) yoki ismi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochtasidan kamida biri koʻrsatiladi.
28. Arizaning 86-kodli va 87-kodli grafalari RSTga muvofiq topshirilgan xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
86-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi keltiriladi.
87-kodli grafada foydali modelga xalqaro talabnomaning xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi keltiriladi.
29. Arizaning 54-kodli “Foydali modelning nomi” grafasida talabnoma berilgan foydali modelning (foydali modellar guruhining) nomi keltiriladi va ushbu nom foydali modelning tavsifidagi nomga mos boʻlishi kerak.
30. Arizaning 71-kodli “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha) yoki jismoniy shaxsning toʻliq ismi, shuningdek:
rezidentlar uchun STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri yoki turar joyi manzili;
norezidentlar uchun ism va nomlarning transliteratsiyasi hamda BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Patent bir necha shaxs nomiga soʻralayotganda yuqorida keltirilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun alohida keltiriladi.
31. Arizaning ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafasi vakolatli organga talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotganda toʻldiriladi.
Konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda arizaning 33-kodli “BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirilgan mamlakat kodi” grafasida birinchi talabnoma topshirilgan mamlakat kodi koʻrsatiladi.
32. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish uning vakili orqali amalga oshirilganda arizaning 74-kodli “Vakil” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi: vakilning toʻliq nomi yoki ismi, roʻyxat raqami (patent vakili boʻlsa), joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami.
33. Arizaning “Ilova qilingan hujjatlar” grafasida talabnomaga aloqador hujjatlar biriktiriladi.
Foydali model tavsifida “Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati” boʻlimi mavjud boʻlganida tegishli grafalarda sahifalarning umumiy miqdori koʻrsatiladi.
Talabnomada koʻrsatilgan nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati mazkur Qoidalarning 24-bandiga muvofiq taqdim etiladi.
34. Arizaning 72-kodli “Muallif” grafasida quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, shuningdek:
rezidentlar uchun JSHSHIR, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi;
norezidentlar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar kod belgilangan boʻlsa).
35. Foydali model nomi aniq, qisqa boʻlib foydali model mohiyatiga mos kelishi, foydali model tegishli boʻlgan obyektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obyektning vazifasini tavsiflashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini koʻrsatishi) kerak.
36. Foydali model nomi, qoida tariqasida, XPTning maʼlum rubrikasiga mos kelishi kerak. Foydali model mohiyatiga mos rubrikani aniqlash mumkin boʻlmaganda foydali modelning nomi umumqabul qilingan terminologiyaga muvofiq koʻrsatiladi.
37. Foydali model nomida “masalan” va “xususan” kabi iboralar qoʻllanilmaydi.
38. Foydali model nomi atamaga xos yoki tavsiflovchi boʻlishi mumkin.
Atamaga xos nomlash texnikaning shu soha mutaxassisiga maʼlum boʻlgan obyektning muhim belgilari majmuini ular sanab oʻtilganligi yoki sanab oʻtilmaganligidan qatʼiy nazar tavsiflashi kerak.
Tavsiflovchi nom obyektning vazifasi va uning texnikaga oid bir yoki turli xil sohalarda bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur berishi kerak.
39. Foydali model nomi birlikda ifodalanadi, birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid foydali modellarning nomlari bundan mustasno.
40. Individual kimyoviy birikmaga oid foydali model nomiga kimyoda qabul qilingan nomenklatura boʻyicha nomi kiritiladi, shuningdek uning qanday aniq vazifada ishlatilishiga doir koʻrsatmasi, biologik faol birikmalar uchun biologik faollik turi keltiriladi.
Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekulyar birikmalarni olish usullariga oid foydali model nomiga birikmaning nomi va zarur boʻlganda uning vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma kiritiladi.
Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid foydali model nomiga vazifasi toʻgʻrisida koʻrsatma yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini koʻrsatuvchi tushunchalar kiritiladi.
41. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) oid foydali modellar nomiga biologik obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, shtamm turi va vazifasi koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Genetik konstruksiyaga taalluqli foydali modelga uning vazifasi koʻrsatilgan holda nomlanishi kiritiladi.
42. Avvaldan maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishiga oid boʻlgan foydali model nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan maʼlum boʻlgan obyektning yangi vazifasini tavsiflaydi.
43. Biri ikkinchisini olish (tayyorlash), amalga oshirish yoki foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning toʻliq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini oʻz ichiga oladi. Biri boshqasida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlarga oid foydali modellar guruhining nomi guruhga kirgan foydali modellarning toʻliq nomi bilan ataladi. Variantlarga oid foydali modellar guruhining nomi bitta foydali modelning nomidan iborat boʻlib, “variantlar” degan soʻz bilan toʻldiriladi.
44. Foydali model nomi zarur boʻlganda lotin alifbosi simvollarini va arab raqamlarini oʻz ichiga oladi.
Foydali model nomiga atoqli otlar, norasmiy iboralar, abbreviaturalar, reklama, tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, geografik nomlar, “va boshqalar” soʻzlari hamda foydali modelni aniqlash maqsadlariga xizmat qilmaydigan boshqa soʻzlar kiritilmaydi.
45. Tavsif foydali model nomini keltirish bilan boshlanadi. Talabnoma berilayotgan foydali model tegishli boʻlgan XPT amaldagi tahriri rubrikasi belgilanganda ushbu rubrikaning indeksi foydali model nomi oldida keltiriladi.
Tavsif quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
foydali model oid boʻlgan texnika sohasi;
texnika darajasi;
foydali model mohiyati;
chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati (agar ular boʻlsa);
foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati (agar foydali modelni tavsiflash uchun bunday ketma-ketlikdan foydalanilgan boʻlsa).
Tavsif boʻlimi oʻrniga manbalarda (adabiyot, avval topshirilgan talabnomadagi foydali model tavsifi, muhofaza hujjatidagi foydali model tavsifi va boshqalarda) keltirilgan maʼlumotlarga havola qilinishi mumkin emas.
46. Tavsifning “Foydali model oid boʻlgan texnika sohasi” boʻlimida foydali model qoʻllaniladigan soha koʻrsatiladi. Bunday sohalar bir nechta boʻlganda ular orasidan qaysi birida koʻproq qoʻllanilishi koʻrsatiladi.
47. Tavsifning “Texnika darajasi” boʻlimida talabnoma beruvchiga maʼlum boʻlgan foydali model analoglari keltiriladi.
Foydali modelning analogi sifatida foydali modelning ustuvorlik sanasigacha ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidan maʼlum boʻlgan, foydali modelning muhim belgilari majmuiga oʻxshash belgilar bilan tavsiflangan va foydali model bajaradigan vazifani amalga oshiradigan vosita koʻrsatiladi.
48. Analogni taʼriflashda u ochib berilgan axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari, analogning belgilari talabnoma berilayotgan foydali modelning muhim belgilari bilan mos keladiganlari ajratib koʻrsatilgan holda keltiriladi, shuningdek texnik natija olishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar koʻrsatiladi.
49. Foydali model analoglari orasidan foydali modelga muhim belgilar majmui boʻyicha eng yaqin boʻlgan analog ajratib koʻrsatiladi.
50. Foydali model aniq vazifaga yoki biologik faol xususiyatlarga ega boʻlgan, aniqlanmagan tarkibli aralashmani olish usuliga oid boʻlganda analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik faol xususiyatga ega boʻlgan aralashmalar olish usuli koʻrsatiladi.
Foydali model yangi individual kimyoviy, shuningdek yuqori molekulyar birikma olish usuliga yoki gen injeneriyasi obyektiga oid boʻlganda unga oʻxshash analogni olish usuli haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Modda produtsentiga (mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlari (liniyalari)) oid boʻlgan foydali modelning eng yaqin analogini tavsiflashda hosil boʻladigan modda haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Foydali model avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan maʼlum mahsulot yoki usul kiritiladi.
Foydali modellar guruhini tavsiflashda analoglar haqidagi maʼlumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.
51. “Foydali model mohiyati” boʻlimida foydali model texnik natijaga erishish uchun muhim boʻlgan belgilar majmui orqali ifodalanib, uni amalga oshirish yetarli ravishda toʻliq ochib berilishi kerak.
Belgilar erishiladigan texnik natijaga taʼsir koʻrsatadigan (texnik natija bilan sabab-oqibat bogʻlanishiga ega) boʻlganda muhim belgilar hisoblanadi.
“Foydali model mohiyati” boʻlimida foydali model hal qilishi kerak boʻlgan vazifa foydali model amalga oshirilganda erishiladigan texnik natija koʻrsatilgan holda ochib beriladi, shuningdek foydali modelni tavsiflovchi barcha muhim belgilar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi belgilar ajratiladi, bunda soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmi tatbiq qilinadigan barcha holatlarda texnik natijani olishni taʼminlaydigan belgilar yigʻindisi va foydali modelni faqat aniq holatlarda, bajarilishining aniq shakllarida yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflovchi belgilar koʻrsatiladi.
52. Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari “SEQ ID NO …”ning roʻyxatidagi raqami koʻrinishida taqdim etiladi.
53. Belgining tavsifini ushbu belgi ochib berilgan axborot manbaiga havola qilingan holda almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Biron sohadagi umumeʼtirof etilgan bilimlarga asoslangan dalillarni axborot manbaini koʻrsatmasdan keltirish mumkin.
54. Texnik natija oʻzi bilan foydali modelni namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan foydalanishda olinishi mumkin boʻlgan texnik samara, xususiyat, hodisa va boshqalarning tavsifini ifodalaydi.
Foydali model bir nechta texnik natijani olishni taʼminlaganda ularni koʻrsatish tavsiya etiladi.
Texnik natija, jumladan: ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishini oldini olish; vibratsiyani kamaytirish; biror organda qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat taʼsirini toʻplash yoki uning zaharliligini kamaytirish; ishchi organning muhit bilan aloqasini yaxshilash; signal shaklining oʻzgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib oʻtib ketishini kamaytirish; yorilishini oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirish orqali ifodalanishi mumkin.
55. Foydali model yaratilishida maʼlum vazifaga ega boʻlgan texnik vositalar koʻlamini kengaytirish yoki birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotganda texnik natija shu vazifani amalga oshirishdan iborat boʻladi va buni maxsus taʼkidlash talab qilinmaydi.
56. Foydali modellar guruhi uchun mazkur Qoidalarning 51, 52 va 54-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar har bir foydali model uchun alohida keltiriladi.
57. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini tavsiflashda ularning oʻzlari kelib chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi belgilari koʻrsatiladi.
58. Avval maʼlum boʻlgan mahsulot yoki usulni yangi maqsadda qoʻllashga oid foydali modelni tavsiflashda maʼlum obyektning tavsifi keltiriladi va ular koʻrsatilgan adabiyotning bibliografik maʼlumotlari beriladi hamda uning maʼlum boʻlgan va yangi vazifasi koʻrsatiladi.
59. Qurilmani tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
konstruktiv element mavjudligi;
elementlar orasidagi bogʻliqlik mavjudligi;
elementlarning oʻzaro joylashganligi;
elementning yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, xususan, geometrik shakli;
elementning parametrlari va boshqa tavsiflari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik;
element yoki umuman qurilma tayyorlangan material;
element funksiyasini bajaruvchi muhit.
Qurilmani taʼriflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki vazifasini bajarishi uchun taʼsir etmaydigan (soʻzli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish mumkin emas.
60. Usulni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi;
harakatlarni vaqt boʻyicha bajarish tartibi (ketma-ket, bir vaqtda, har xil kombinatsiyalar va boshqalarda);
harakatlarning bajarish shartlari, rejim, moddalar, birlamchi xomashyo, reagentlar, katalizatorlar, qurilmalar, mikroorganizm shtammlari, oʻsimlik va hayvonlar hujayralarining turlari va boshqalar.
61. Kimyoviy birikmalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan quyi molekulyar birikmalar uchun sifat jihatidan tarkibi (maʼlum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning atomlar soni), atomlar orasidagi bogʻlanish va ushbu atomlarning kimyoviy tuzilish formulasi koʻrinishida ifodalangan molekuladagi oʻzaro joylashganligi;
belgilangan tuzilmaga ega boʻlgan yuqori molekulyar birikmalar uchun kimyoviy tarkibi va makromolekulaning bir boʻgʻimining tuzilishi, makromolekulaning umuman tuzilishi, boʻgʻimlarning davriyligi, molekulyar massa, molekulyar massaning taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, uning uchidagi va yonidagi guruhlari;
aniqlanmagan tuzilishga ega boʻlgan individual birikmalar uchun fizik-kimyoviy xususiyatlari, olish usuli va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflari;
gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy xaritasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa fizik-kimyoviy tavsiflari.
62. Kompozitsiyalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
sifat jihatidan tarkibi (ingrediyentlar);
miqdoriy tarkib (ingrediyentlar miqdori);
kompozitsiya tuzilishi;
ingrediyentlar tuzilishi.
Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni tavsiflash uchun ularning fizik-kimyoviy va foydalilik koʻrsatkichlari hamda ularni olish usulining belgilari ishlatilishi mumkin.
63. Yadroviy parchalanish yoʻli bilan olingan moddalarni tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
sifat jihatidan tarkibi (element izotopi), miqdoriy tarkib (proton va neytronlar soni);
asosiy yadroviy tavsiflari, yaʼni yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi va koʻrinishi (radioaktiv izotoplar uchun).
64. Mikroorganizm shtammlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
shtammning oilasi va turining nomi (lotin tilida);
kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, nasli);
genotaksonomik va xemotaksonomik tavsiflari;
morfologik, fiziologik, shu jumladan madaniy yetishtirish jihatlari;
biotexnologik tavsifi (yetishtirish sharoitlari, shtammdan hosil qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati, faollik (mahsuldorlik) darajasi;
tibbiyot va veterinariya sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari;
gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun gibridlash prinsipi.
65. Oʻsimlik yoki hayvonlar hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
passajlar miqdori;
kariologik tavsifi;
oʻsish (kinetik) tavsiflari;
hayvon organizmida oʻstirish tavsifi (gibridlar uchun);
morfogenezga qobiliyati (oʻsimlik hujayralari uchun).
66. Mikroorganizmlar, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari (liniyalari) konsorsiumlarini tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 64 va 65-bandlarida qayd etilgan belgilarga qoʻshimcha ravishda quyidagi belgilar ishlatiladi:
seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari;
taksonomik tarkibi, miqdori va ustun boʻlgan komponentlar;
umuman konsorsiumning tipi va fiziologik xususiyatlari;
ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa belgilar.
67. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda tavsiflash uchun mazkur Qoidalarning 59-bandida nazarda tutilgan belgilardan foydalaniladi, bunda konstruktiv elementlar boʻlib enxanser, promotor, terminator, tashabbuskor kodon, linker, oʻzga gen fragmenti, marker, flankirlovchi qism boʻlishi mumkin.
68. Transformatsiyalangan hujayrani tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
transformatsiyalovchi element;
hujayra tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
hujayra kelib chiqishiga doir maʼlumotlar (prokariotik hujayra uchun urugʻ, oila turkumi va turi);
taksonomiyaga xos belgilar;
tabiiy genom mutatsiyasi;
hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
69. Transgen oʻsimlikni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi;
oʻsimlik tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar;
oʻsimlikning kelib chiqishi;
taksonomiyaga tegishliligi va ushbu oʻsimlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
70. Transgen hayvonni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
hayvon genomiga transformatsiyalangan gen va DNK hamda kodlovchi yoki ekspress maqsadli mahsulot;
hayvon tomonidan oʻzlashtirib olinadigan belgilar (xususiyatlar);
hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot;
hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan farqlash uchun yetarli boʻlgan boshqa tavsiflari.
71. Avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllashni tavsiflash uchun yangi maqsadda qoʻllanayotgan obyektning identifikatsiyalash uchun yetarli boʻlgan qisqa tavsifi va uning yangi vazifasiga doir koʻrsatmasidan foydalaniladi.
72. Tavsifning “Chizmalar va boshqa materiallar roʻyxati” boʻlimida tasvirlangan chizma figuralari va boshqa materiallarning qisqacha taʼrifi keltiriladi.
73. “Foydali modelni amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar” boʻlimida foydali modelni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ifodalanadi.
Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan, funksional umumlashtirish darajasida keltirilgan belgidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi foydali modelni amalga oshirish imkoniyati bevosita talabnoma materiallarida bunday belgini hosil qilish uchun vositalarni yoxud uni olish usullari yoki bunday vosita va usullarning maʼlum ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi.
Tavsifning ushbu boʻlimida foydali modelni amalga oshirganda olinishi mumkin boʻlgan va hal qilinayotgan vazifa tavsiflanayotganda “Foydali model mohiyati” boʻlimida koʻrsatilgan texnik natijaga erishish imkoniyatini tasdiqlovchi maʼlumotlar ham keltiriladi.
Foydali modelni tavsiflash uchun miqdorlar oraligʻi koʻrinishida ifodalangan miqdoriy belgilardan foydalanilganda texnik natijaga shu oraliqda erishish mumkinligi koʻrsatiladi.
74. Qurilmaga oid foydali modelga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak va ularni ketma-ket taʼriflash davomida birdan boshlab oʻsish tartibida keltiriladi.
Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati yoki undan foydalanish usuli konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarda esa boshqa izoh beruvchi materiallarga (epyuralar, vaqt boʻyicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi.
Qurilma funksional darajada tavsiflangan boʻlib, koʻrsatilgan amalga oshirish shakli dasturlangan koʻp funksiyali moslamadan foydalanishni nazarda tutganda unda qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar beriladi. Bunday maʼlumotlar sifatida algoritm, xususan, hisoblash algoritmi keltirilganda uni koʻpincha bloksxema yoki agar mumkin boʻlsa, tegishli matematik ifoda koʻrinishida beriladi.
75. Usulga oid foydali modelni tavsiflash uchun moddiy obyekt ustida bajariladigan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, agar zarur boʻlsa, aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, moddalar, shtammlar koʻrsatiladi. Usul biror ustuvorlik sanasigacha maʼlum boʻlgan vositalar — qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflanganda foydali modelni amalga oshirish mumkin boʻlgan holda ushbu vositalarni izohlash yetarlidir. Nomaʼlum vositalardan foydalanilganda ularning tavsiflari keltiriladi, zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi.
Usulda yangi moddalardan foydalanilganda ularni olish usuli ochib beriladi.
76. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini olish usuliga oid foydali modellar uchun shu usul bilan guruhdagi birikmalarni olish misollari keltiriladi. Guruhning kimyoviy bogʻlanish tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni oʻz ichiga olganda ushbu birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan misollar keltiriladi. Guruhga kirgan birikmalarni olish uchun maʼlum usullar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va fizik-kimyoviy tavsiflari keltiriladi. Tavsifda yangi birikmalarning vazifasi va biologik faol xususiyatlari haqida maʼlumotlar ham keltiriladi.
Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni, tarkibi va tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni olish usuliga oid foydali modellar uchun ushbu birikma yoki aralashmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar keltiriladi. Birikma yoki aralashmalarni olish uchun boshlangʻich reagentlar haqida maʼlumotlar, shuningdek birikma yoki aralashmaning talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan vazifasini amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi maʼlumotlar, xususan, bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi.
77. Inson yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki oldini olish usuliga oid foydali modellar uchun kasallik etiopatogeneziga taʼsir koʻrsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va tashxis koʻrsatkichlari orasidagi bogʻlanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda usulning koʻrsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashxis yoki oldini olishga yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy maʼlumotlar keltiriladi.
78. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid foydali model uchun maʼlum uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi.
79. Gen injeneriyasi mahsulotlariga taalluqli boʻlgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) yoki tabiiy xarita (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir koʻrsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan farqlash uchun zarur boʻlgan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Yangi birikma birinchi marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan maʼlum vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligidan belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ularning ketma-ketliklari roʻyxatidagi raqami “SEQ ID NO …” koʻrinishida erkin matnda taqdim etiladi.
80. Biologik faol birikma uchun faollik va zaharlilik miqdori tavsiflarining koʻrsatkichlari, zarur boʻlganda esa tanlab taʼsir qilish va boshqa koʻrsatkichlari keltiriladi.
81. Foydali model insonlar yoki hayvonlardagi maʼlum holatlar yoki kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish vositasiga oid boʻlganda tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik etiopatogeneziga koʻrsatadigan taʼsirini tushuntiradigan omillar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Bunday maʼlumotlar boʻlmaganda koʻrsatilgan kasalliklarni davolash, tashxis qoʻyish yoki profilaktika qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
82. Foydali model tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli boʻlganda maʼlum boʻlgan uslublar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul tavsiflanadi va foydali modeldan koʻrsatib oʻtilgan vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyati keltiriladi.
83. Yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlaridan (liniyalari) foydalanish orqali olinganda ushbu shtamm va tur (liniya) ishtirokida yangi kimyoviy birikmani olish usuli, shtamm va tur (liniya) haqida maʼlumot, shuningdek shtamm va tur (liniya) saqlash uchun topshirilganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
84. Foydali model oraliq birikmaga oid boʻlganda uni avvaldan maʼlum boʻlgan oxirgi mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga ega boʻlgan yangi mahsulot olish mumkinligi keltiriladi.
85. Foydali model nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli boʻlganda ketma-ketlik roʻyxatidagi ketma-ketlik raqami (nuklein kislotalar uchun — nukleotidlar, oqsillar uchun — aminokislotalar) hamda ushbu mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa tavsiflar keltiriladi. Bunda mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish imkoniyati koʻrsatiladi.
86. Foydali model kompozitsiyaga (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalarga) oid boʻlganda kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning xususiyatlari va miqdoriy nisbatlari koʻrsatilgan misollar keltiriladi. Bunda kompozitsiyani olish usuli tavsiflanadi. Kompozitsiyada biror ingrediyent sifatida yangi modda qoʻllanilganda uni olish usuli ham tavsiflanadi.
Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori foydali model formulasida keltirilgan chegaralarda boʻlgan birliklarda beriladi (foydali model formulasida ingrediyentlar nisbati foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi boʻyicha) koʻrsatilgan barcha ingrediyentlar yigʻindisi 100 foizga teng boʻladi).
87. Shtammga taalluqli boʻlgan foydali model uchun shtammning nomenklatura maʼlumotlari va kelib chiqishi, ozuqa (ekiladigan va fermentatsiyalanadigan) muhitining miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, madaniy yetishtirish sharoitlari (harorat, rN, O2 ning solishtirma massa oʻtkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), fermentatsiya vaqti, biosintez tavsifi, foydali (maqsadli) mahsulot, mahsulot chiqishi, shtammning faollik (mahsuldorlik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi. Maqsadli mahsulotning (yangi maqsadli mahsulot produtsentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib olish va tozalash usuli ochib beriladi.
88. Mikroorganizmlar konsorsiumlari, oʻsimlik va hayvon hujayralari uchun quyidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtiladi:
komponentlar mavjudligini tekshirish usuli;
ajratib olish (seleksiya) usuli va seleksiya olib borilgan belgilar;
uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi;
oʻzga mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi.
89. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turlariga (liniyalari) yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli foydali modelni amalga oshirish imkoniyati shtamm yoki turni (liniya) olish usulini tavsiflash bilan tasdiqlanganda, agar shtammni olish usulining tavsifi yetarli boʻlmasa, shtamm yoki turning (liniya) saqlash uchun topshirilganligi (depozitariy nomi va obyektni roʻyxatdan oʻtkazish raqami) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Bunda saqlash uchun topshirish sanasi foydali model ustuvorligi sanasigacha boʻlishi kerak.
90. Shtamm, oʻsimlik yoki hayvon hujayralari turi (liniya) yoki konsorsium obyekti eng kamida patent amal qilishi muddati ichida hayotiyligini taʼminlashni kafolatlaydigan xalqaro depozitariyga yoki milliy depozitariyga joylashtirilganda patentlash jarayoni uchun saqlash uchun topshirish amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
91. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati toʻrtta va undan koʻp aminokislotalardan iborat yoki oʻnta va undan koʻp nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan boʻlsa, tavsifning “Foydali model mohiyati” boʻlimida ushbu ketma-ketliklar batafsil ochib beriladi. Bunda har bir ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan butun songa oshib borishi kerak.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatidagi har bir ketma-ketlikning raqami foydali model tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda koʻrsatilgan uning raqamiga muvofiq boʻlishi kerak.
92. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech boʻlmaganda quyidagilarning biri yordamida taqdim etilishi kerak:
faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan;
faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan;
nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan.
Mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega boʻlgan aminokislotalarning alohida ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining roʻyxati oʻzi bilan foydali model tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qilganligi bois mazkur ketma-ketliklar tavsifning biron-bir joyida batafsil keltirilmaydi.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzining bayon qismida erkin matn — neytral til leksikasi foydalanilmagan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni oʻz ichiga olganda ushbu erkin matn foydali model tavsifining ketma-ketliklar roʻyxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan oʻsha koʻrinishda oʻz ichiga olgan boshqa boʻlimlarida takrorlanishi kerak.
93. Avvaldan maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtamm va hujayralar turini (liniyasi) yangi vazifada qoʻllanilishiga taalluqli foydali model uchun ushbu vazifani amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar keltiriladi.
94. Foydali modelning formulasi tavsif va chizmalarga toʻliq asoslangan boʻlishi kerak, yaʼni foydali modelni uning tavsifida mavjud boʻlgan va chizmalarda koʻrsatilgan tushunchalar bilan taʼriflanadi.
95. Foydali modelning formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, yaʼni talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli darajada foydali modelning muhim belgilari majmuini oʻz ichiga oladi.
96. Foydali model belgilarining foydali model formulasida ifoda etilishi ularni identifikatsiya qilishi, yaʼni maʼlum boʻlgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning maʼnosi va mazmuni mutaxassislar tomonidan bir xil maʼnoda tushunilishi imkoniyatini taʼminlashi kerak.
97. Foydali model formulasidagi belgi taʼrifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirish mumkin emas. Agar belgini tavsif yoki chizmalarga havola qilmasdan taʼriflashning iloji boʻlmasa, mazkur Qoidalarning 96-bandiga asosan belgi taʼrifi bunday havola qilish bilan almashtirilishi mumkin.
98. Nukleotidlar va aminokislotalarning ketma-ketligidan foydali model formulasidagi belgini tavsiflash uchun foydalanilganda ketma-ketliklar roʻyxatidagi uning raqami “SEQ ID NO...” koʻrinishida keltiriladi.
99. Foydali model formulasi umumiy tushunchadagi belgilar bilan taʼriflanganda ushbu belgilar doirasidagi aniq hollarda koʻrsatilgan texnik natijani berganda foydali modelning belgisi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanishi mumkin.
Koʻrsatilgan muqobilidan tanlab olingan har bir belgi foydali modelning boshqa belgilari bilan birgalikda bir xil texnik natijani olishni taʼminlaganda belgi muqobil tushunchalar koʻrinishida ifoda etilishi mumkin.
100. Foydali modelning formulasi bir zvenoli va koʻp zvenoli boʻlishi hamda tegishlicha bir yoki bir necha bandlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
101. Bir zvenoli formula foydali modelning tayyorlanishi yoki undan foydalanishning aniq hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega boʻlmagan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni tavsiflash uchun qoʻllaniladi.
102. Foydali modelning koʻp zvenoli formulasi foydali modelning tayyorlanishi va undan foydalanishning aniq holatlarida rivojlantirishlar hamda aniqlashtirishlarga ega boʻlgan muhim belgilar majmui bilan bitta foydali modelni yoki foydali modellar guruhini tavsiflash uchun qoʻllaniladi.
Bitta foydali modelni tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bitta mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga bogʻliq bandlarga ega boʻladi.
Foydali modellar guruhini tavsiflovchi koʻp zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega boʻlib, ulardan har biri guruhning foydali modellaridan birini tavsiflaydi. Guruhning har bir foydali modeli tegishli mustaqil bandga boʻysunuvchi bogʻliq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan boʻlishi mumkin.
Koʻp zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi.
103. Foydali modellar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
alohida foydali modellarni tavsiflovchi mustaqil bandlarda formulaning boshqa bandlariga havola qilinmaydi, agar bandga havola qilinsa, havola qilinayotgan bandning mazmuni toʻliq takrorlanmasdan bayon etiladi;
bogʻliq bandlar oʻzlari boʻysungan mustaqil bandlar bilan birga guruhlarga birlashtiriladi, shu jumladan guruhdagi turli foydali modellarni taʼriflash uchun bir xil mazmundagi bogʻliq bandlar kiritiladi.
104. Formulaning bandi, qoida tariqasida, eng yaqin analogning belgilari bilan mos keluvchi, shu jumladan, foydali modelning vazifasini koʻrsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani oʻz ichiga oladigan muhim belgilarga ega boʻlgan cheklovchi qismdan va foydali modelni eng yaqin analogidan farqlaydigan muhim belgilarni oʻz ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat.
Formula bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlib tuzilganida cheklovchi qism bayon etilganidan soʻng “shu bilan farqlanadiki” soʻz birikmasi kiritiladi va bundan keyin bevosita farqlovchi qism bayon etiladi.
105. Quyidagi holatlarda foydali model formulasi bandi cheklovchi va farqlovchi qismlarga boʻlinmasdan tuziladi:
kimyoviy birikma;
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi);
avval maʼlum boʻlgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qoʻllanilishi;
analoglarga ega boʻlmagan foydali model.
106. Formulaning bandi bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi.
107. Foydali model formulasining mustaqil bandi faqat bitta foydali modelga taalluqli boʻladi va bitta jumla koʻrinishida bayon etiladi. Foydali modellar — variantlar faqat muqobil koʻrinishda ifodalangan belgilar bilan farqlanganda formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha foydali modellarni — variantlarni tavsiflashga yoʻl qoʻyiladi.
Formulaning mustaqil bandida muqobil koʻrinishda faqat funksional mustaqil boʻlmagan (yaʼni qurilmaning boʻgʻimi yoki detali, usul operatsiyasi, usulda qoʻllaniladigan modda, material, moslama, kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) belgilar ifodalanganda bunday mustaqil band faqat bitta foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi.
108. Formulaning mustaqil bandi undagi mavjud belgilar majmui turli obyektlarga yoki har biri oʻz vazifasiga ega boʻlgan vositalar majmuiga oid boʻlgan foydali modellarning tavsifini umumiy vazifadagi vositalarning koʻrsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda taʼrifini oʻz ichiga olganda, bir foydali modelga taalluqli deb eʼtirof etilmaydi.
109. Foydali modelning bogʻliq bandi mustaqil bandda keltirilgan foydali modelni faqat uni bajarish yoki foydalanishning aniq holatlarida tavsiflaydigan belgilar bilan foydali model belgilari majmuining rivojlanishi va aniqlanishini oʻz ichiga oladi.
110. Foydali modelning formulasidagi bogʻliq bandning cheklovchi qismi u bogʻliq boʻlgan mustaqil bandning qoʻllanilishini aks ettiruvchi umumlashgan tushunchaga nisbatan qisqartirilgan shakl bilan mustaqil va bogʻliq bandga tegishliligi boʻyicha havola qilinadi.
Bogʻliq band formulaning bir necha bandlariga boʻysunganda ularga havola qilish muqobilidan foydalanilgan holda koʻrsatiladi, soʻng foydali modelning bajarilishi yoki undan foydalanishning aniq holatlarida foydali modelni tavsiflovchi belgilar keltiriladi.
111. Foydali modelni tavsiflash uchun uning bajarilishi yoki foydalanilishining aniq holatlarida bogʻliq bandning belgilari bilan bir qatorda mustaqil bandning belgilari va bu bogʻliq bandning mustaqil bandga boʻysunishidan foydalaniladi.
Foydali modelni tavsiflash uchun formulaning boshqa bir yoki bir necha bogʻliq bandlarining belgilari zarur boʻlganda shu bogʻliq bandning mustaqil bandga tegishli bogʻliq bandlari orqali boʻysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu bogʻliq bandda u bevosita boʻysungan bogʻliq bandgagina havolalar keltiriladi.
112. Foydali model formulasining bogʻliq bandi formulaning oʻzi boʻysungan oʻsha bandining belgilarini almashtiradigan yoki chiqarib tashlaydigan holda bayon etilmasligi kerak.
Foydali model formulasining bogʻliq bandi mustaqil bandning belgilari almashtirilgan yoki chiqarib tashlangan holda shakllantirilganda, ushbu bogʻliq band oʻzi buysungan mustaqil band bilan birga bitta foydali modelni tavsiflaydi deb eʼtirof etilishi mumkin emas.
113. Qurilma belgilari statik holatda tavsiflanadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning harakatlanuvchanligi u tomonidan maʼlum bir funksiya (aylanish imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Talabnoma chizmalarni oʻz ichiga olganda formulada eslatib oʻtilgan va ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan belgilar ularga taalluqli boʻlgan havolaki belgilar bilan birga berilishi mumkin. Havolaki belgilar soʻralayotgan huquqiy muhofaza hajmiga taʼsir etmaydi va faqat formulani toʻliqroq va aniqroq tushunish maqsadlarida keltiriladi.
114. Usul belgisi sifatida harakatni (usul, operatsiya) tavsiflashda feʼllardan foydalanilganda ular aniqlik nisbatida, aniqlik maylida, uchinchi shaxsda bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar).
115. Kelib chiqish tuzilmasi aniq boʻlgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi foydali model formulasiga birikmaning nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen injeneriya mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun foydali model formulasiga ketma-ketliklar roʻyxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti holatida) raqamiga koʻrsatma va tabiiy xaritaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) soʻzli tavsifi, ketma-ketliklar roʻyxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga koʻrsatma hamda fizik-kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar kiritiladi. Tuzilmasi aniqlanmagan birikmalar uchun foydali model formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va ushbu birikmani farqlash uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiflar, masalan uni olish usulining belgilari kiritiladi.
116. Kompozitsiyani tavsiflaydigan foydali model formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va zarur boʻlganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli belgilari kiritiladi.
Kompozitsiyani tavsiflaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini koʻrsatadigan belgilar kiritilganda ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng koʻp va eng kam (quyi va yuqori) miqdorlarda ifodalanadi.
Kompozitsiya elementlari bittasining miqdori bitta qiymat orqali, boshqalari esa uning qiymatiga nisbatan interval koʻrinishida berilishi mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozitsiya asosiy ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 litr eritmaga nisbatan keltiriladi).
Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdori kompozitsiyaning boshqa komponentlari birliklaridan oʻzgacha birliklarda koʻrsatilishi mumkin (masalan, boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda).
117. Kompozitsiyaga oid foydali model qoʻshimcha ingrediyent kiritish bilan tavsiflanganda formulaning farqlovchi belgisi “qoʻshimcha ravishda oʻz ichiga oladi” degan iborani qoʻllagan holda tuziladi.
Vazifasi yangi faol komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar anʼanaviy qoʻllaniladigan neytral qismlar boʻlganda formulada shu faol komponentni va uning miqdorini “samarali miqdor” koʻrinishida keltirish mumkin.
Bunday kompozitsiyalarni tavsiflaydigan yana bir variant undagi faol komponentdan tashqari boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha “maqsadli qoʻshimchalar” koʻrinishida ifodalanadi. Bunda faol komponentlar va maqsadli qoʻshimchalarning miqdoriy nisbatlari koʻrsatiladi.
118. Foydali model belgisi sifatida murakkab tarkibli maʼlum modda koʻrsatilganda shu moddaning funksiyasini va xususiyatini koʻrsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bunda foydali model tavsifida shu modda tavsiflanadigan adabiyot koʻrsatiladi.
119. Mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turlarini (liniyalari) tavsiflaydigan formula depozitariyning bosh harflari, saqlash uchun topshirilgan obyektga berilgan roʻyxat raqami va shtamm vazifasi koʻrsatilgan holda biologik obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini oʻz ichiga oladi.
120. Foydali model avvaldan maʼlum boʻlgan foydali modelni yangi maqsadda qoʻllashga oid boʻlganda quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: “(avval maʼlum boʻlgan foydali model nomi yoki tavsifi keltiriladi) (koʻrsatilgan foydali modelning yangi vazifasi keltiriladi) sifatida ishlatilishi”.
121. Foydali model mohiyatini tushuntiradigan materiallar grafik tasvir (chizma, sxema, grafika, epyura, rasm, ossilogramma kabilar) va jadval koʻrinishida bajarilishi mumkin.
Foydali modelni chizmalar yoki sxemalar bilan ochib berishning iloji boʻlmaganda tasvirlar topshiriladi. Fotosuratlar tasvirlarga qoʻshimcha sifatida topshirilishi mumkin.
122. Referat foydali model tavsifining qisqartirilgan bayoni boʻlib, foydali model haqida maʼlumot olish uchun xizmat qiladi. Unda foydali model nomi, foydalanish sohasi, quyilgan vazifa, foydali model mohiyatining tavsifi keltiriladi.
Referatdagi foydali model mohiyati mustaqil bandning barcha muhim belgilarini saqlab qolgan holda foydali model formulasini erkin tarzda bayon etish orqali taʼriflanadi.
Zarur hollarda foydali model referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritilishi mumkin. Referatga kiritilayotgan chizmalar bilan tavsifga ilova qilinadigan chizmalar bir-biriga mos kelishidan qatʼiy nazar alohida sahifada beriladi.
123. Referatda qoʻshimcha maʼlumotlar, xususan, bogʻliq bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi va soni koʻrsatilishi mumkin.
124. Referat matnining hajmi 1000 ta belgidan oshmasligi kerak.
125. Talabnomaga odob-axloq va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; oʻzga shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga, shuningdek talabnomalari va muhofaza hujjatlariga nisbatan bayon qilingan kamsituvchi fikrlar; foydali modelga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar kiritilmaydi.
“Texnika darajasi” boʻlimida maʼlum mahsulot yoki usulni taʼriflashda uning kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
126. Foydali modelning formulasi, tavsifi, tushuntirib beruvchi materiallari va referatida standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmaganda esa ilmiy-texnikaviy adabiyotda umumqabul qilingan atama va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotda keng qoʻllanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda izohlab beriladi.
Tavsif va formulada atamalarning yagonaligiga rioya qilinadi. Ushbu talab fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga ham taalluqlidir.
Fizikaviy miqdorlar imkon qadar amaldagi Xalqaro birliklar tizimi birliklari bilan ifoda etiladi.
127. Barcha hujjatlar bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
128. Talabnomaning har bir hujjati alohida sahifadan boshlanadi. Hujjatlar qora rangli matnda A4 formatda taqdim etiladi.
129. Talabnomaning har bir hujjati bir-biriga bogʻliq boʻlmagan birdan boshlanadigan raqamga ega boʻladi. Sahifalarning raqamlari ikkinchi sahifadan boshlab arab raqamlari bilan qoʻyiladi.
130. Hujjatda grafik belgi, lotincha nom, lotin va yunoncha harf, matematik va kimyoviy formula hamda simvollar yozilishi mumkin.
131. Kimyoviy birikmaning tuzilish formulasi odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar kabi) raqamlanib, izohli belgilar koʻrsatilgan holda alohida sahifada beriladi.
Kimyoviy tuzilish formulasini yozishda umumiy qoʻllanishdagi belgilar ishlatiladi, elementlar va radikallar oʻrtasidagi bogʻlanish aniq koʻrsatiladi.
Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxatini BIMTning tegishli standartiga muvofiq rasmiylashtirish kerak.
132. Foydali modelning tavsifi, formulasi va referatida matematik formulalar mavjud boʻlganda barcha harfli belgilarga formulada qoʻllanilgan tartib boʻyicha izoh beriladi.
Matematik belgilar matematik formulalarda qoʻllaniladi, matnda esa ular soʻzlar bilan yoziladi.
133. Grafik tasvirlar (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar kabilar) chizmachilik asboblari yordamida yoki maxsus grafik chizmalar chizish dasturlarida aniq chiziqlar va shtrixlar bilan bajariladi, bunda boʻyashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Obyektning mohiyatini qoʻshimcha tushuntirish uchun talabnoma beruvchi raqamli uch oʻlchovli modelni taqdim etish huquqiga ega.
Raqamli uch oʻlchovli model — obyektning sirtini (qurilma, qurilma detallari, strukturaviy kimyoviy formulalar va boshqalar) uch oʻlchovda geometrik tasvirlash uchun maxsus dasturiy taʼminot yordamida tayyorlangan, obyektni umumiy tasavvur qilish uchun ishlatiladigan elektron fayl boʻlib, uning barcha elementlarining joylashuvi va bogʻliqligini koʻrsatadi.
Elektron shaklda taqdim etilgan raqamli uch oʻlchovli model mazmunan qogʻozda topshirilgan talabnomaga mos kelishi kerak. Istisno tariqasida talabnoma faqat elektron shaklda taqdim etiladiganda raqamli uch oʻlchovli model boʻlishi mumkin.
Raqamli uch oʻlchovli model maxsus dasturiy taʼminot yordamida tayyorlanib, 3D PDF formatida qayta saqlangan elektron fayl koʻrinishida topshiriladi.
3D PDF formatidagi faylning maksimal hajmi 50 MB dan oshmasligi kerak.
134. Tasvirlarning masshtabi va aniqligi reproduksiya qilish paytida oʻlchamlar 2/3 gacha chiziqli kichraytirilganda hamma detallarni farqlab, aniqlash mumkin boʻladigan tarzda tanlanadi.
135. Har bir grafik tasvir arab raqamlari va “figura” soʻzi bilan (1-figura, 2-figura va boshqalar), ularning tavsif matnida keltirilishi ketma-ketligiga muvofiq alohida raqamlanadi. Grafik tasvir bitta figura bilan tavsiflanganda u raqamlanmaydi.
136. Ikki va undan ortiq sahifalarda joylashgan figuralar bitta figuraning boʻlaklarini tashkil etganda, har xil sahifalarda tasvirlangan figuralardan birortasi tushirib qoldirilmay birlashtirish mumkin boʻlgan holda joylashtiriladi.
137. Chizmalar mazkur Qoidalarning 134, 135, 140 va 141-bandlari va texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi.
138. Chizmadagi har bir element boshqa elementlarga nisbatan proporsional holda bajariladi, bundan elementni aniq tasvirlash uchun proporsiyalarning bir-biridan farqlanishi zarur boʻlgan hollar mustasno.
139. Chizmalar yozuvlarsiz bajariladi, bundan “suv”, “bugʻ”, “ochiq”, “yopiq”, “A-A” (kesimni koʻrsatish uchun) kabi tushunish uchun oʻta zarur boʻlgan alohida yoki bir nechta soʻzlar mustasno.
140. Chizmalarda oʻlchamlar koʻrsatilmaydi, zarur boʻlgan hollarda ular tavsifda keltiriladi.
141. Chizmalarda tasvirlangan elementlar foydali modelning tavsifiga muvofiq arab raqamlari bilan belgilanadi.
Bir necha figuralarda keltirilgan bir element bir xil raqam bilan belgilanadi. Tavsifda keltirilmagan element chizmaga kiritilmaydi.
142. Grafik tasvir sxema shaklida keltirilganda uni bajarishda standartlashtirilgan shartli grafik belgilar qoʻllaniladi.
143. Sxema toʻgʻri burchaklar koʻrinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim etilganda, bevosita toʻgʻri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi keltiriladi.
144. Chizmalar, sxemalar, tasvirlar foydali model tavsifi va formulasida keltirilmaydi.
145. Axborot manbalarining bibliografiya maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatiladi.
146. Vakil orqali topshirilgan talabnomaga unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay taqdim etiladi.
4-bob. Hujjatlarni topshirish
147. Talabnoma vakolatli organning maxsus axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) orqali topshiriladi.
Talabnoma vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma vakolatli organ tomonidan shu kunning oʻzida axborot tizimiga kiritiladi.
148. Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
149. Arizani axborot tizimi orqali topshirishda ariza shakli toʻldirilganidan soʻng talabnoma beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani tasdiqlaydi.
Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
150. Talabnomani topshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji toʻlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
151. Patent boji toʻlovi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
152. Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek talabnomani topshirish uchun patent bojini toʻlamaslik talabnomani topshirishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
153. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olgandan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning qayd raqami, kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi boʻyicha yuboradi.
5-bob. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish
154. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmaydi.
155. Talablarga javob bermaydigan materiallar topshirilganda Markaz tomonidan tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.
156. Qonunning 20-moddasiga koʻra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan foydali modelning mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar (bundan buyon matnda tuzatishlar deb yuritiladi) kiritish huquqiga ega.
157. Talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar patent boji toʻlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 156-bandida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin, lekin Markaz patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
158. Patent boji toʻlanmaganda tegishli harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan patent boji belgilangan miqdorga mos boʻlmaganda talabnoma beruvchi Markaz tomonidan bojning yetishmagan qismini toʻlash haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kerakli summani toʻlashi kerak.
159. Talabnoma materiallariga mazkur Qoidalarning 164-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan boshqa tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
160. Talabnoma materiallaridagi yaqqol koʻrinib turgan va texnik xatolar foydali model roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar toʻgʻrilanishi mumkin. Taklif qilingan tuzatishdan boshqacha boʻlishi mumkin emasligi soha mutaxassisi uchun umumiy bilimlardan maʼlum boʻlganda tuzatish yaqqol koʻrinib turgan deb hisoblanadi.
161. Tuzatishlar imloviy xatoga, bibliografiya maʼlumotlarini koʻrsatishdagi xatolikka va boshqa shu kabi xatolarga oid boʻlganda tuzatish kiritish zarurligi almashtiriladigan sahifalarni taqdim etmasdan talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.
162. Mazkur Qoidalarning 24-bandiga muvofiq nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi roʻyxati oʻzgartirilganda roʻyxat (.pdf va .docx formatlarda) qaytadan taqdim etiladi.
163. Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi taqdim etilgan talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish lozimligi yoki tegishli sabablarni koʻrsatib talabnoma materiallariga tuzatish kiritish mumkin emasligi haqida ushbu kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.
164. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Arizada huquq oʻzga shaxsga oʻtkazilishi koʻrsatilishida mazkur Qoidalarning 27 va 30-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ushbu ariza bilan birga huquqni topshiruvchi va huquqni qabul qilib oluvchi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinganda talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida qayd kiritilganligi haqida ushbu qayd kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Talabnoma beruvchiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sana huquq yangi talabnoma beruvchiga oʻtgan sana deb hisoblanadi.
Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinmaganda talabnoma beruvchi va huquqni qabul qilib oluvchiga taqdim etilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabarnoma oʻn kun muddat ichida yuboriladi.
165. Patent olish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilishi natijasida talabnoma beruvchini oʻzgartirish yoki talabnoma beruvchining nomini (ismini) oʻzgartirish foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
166. Foydali model birligi talabi buzilganda topshirilgan talabnoma talabnoma beruvchining iltimosiga asosan ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon matnda ajratilgan alohida talabnoma deb yuritiladi).
Ajratilgan alohida talabnomalar boʻyicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi, foydali modelga topshirilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasi yoki birinchi talabnoma boʻyicha oldinroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud boʻlganda ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.
Iltimosnoma erkin shaklda topshiriladi va mazkur Qoidalarning 3-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan materiallar ilova qilinadi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Mazkur band talablariga rioya qilinganda talabnomani ajratish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantiriladi va talabnoma beruvchi bu haqida iltimosnoma qanoatlantirilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.
167. Talabnoma bilan bogʻliq savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish, qoida tariqasida, talabnoma materiallari boʻyicha ekspertiza tomonidan qoʻshimcha tushuntirishlar olish zarurati paydo boʻlgan holatda hamda foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
168. Savollarni talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish tomonlar savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng Markaz taklifiga yoki talabnoma beruvchining erkin shakldagi iltimosnomasiga binoan oʻtkaziladi. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi xabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari esa bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.
Soʻrovnoma yuborilganda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qatʼiy nazar soʻrovnomaga belgilangan muddatda javob berishi shart.
169. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi.
170. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.
Savollar bevosita ekspertiza va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlganda ular oʻrtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralar Markazning tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbari yoki Markaz rahbari tayinlagan masʼul xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Savollarni hal qilish uchun mutaxassislar ishtiroki talab qilinganda ekspert kengashi oʻtkaziladi.
171. Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi maʼlumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida xulosalar keltiriladi.
Savollarni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga topshiriladi.
172. Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir xulosaga kelinmaganda koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma nusxasining talabnoma beruvchiga topshirilishi ish yuritish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomaning (talabnoma chaqirib olinganda) yoki soʻrovnomaning oʻrnini bosishi mumkin (javob berishning belgilangan muddatlari buzilmaganda) va bu holat bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
173. Talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza, talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar topshirilishi mumkin. Ariza inobatga olinganligi haqida xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
174. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma materiallari rasmiy axborotnomada nashr etilmaganda ushbu chaqirib olingan talabnoma texnika darajasiga kiritilmaydi.
6-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
175. Talabnomaga axborot tizimida avtomatik ravishda ikki harfli va toʻqqiz xonali roʻyxat raqami beriladi, bunda harflar (FM) sanoat mulki obyekti — foydali modelni, talabnoma raqamidagi dastlabki toʻrtta son — talabnoma topshirilgan yilni, keyingi beshta son — shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.
176. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish rasmiy ekspertiza hamda foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasini (bundan buyon matnda mohiyati boʻyicha ekspertiza deb yuritiladi) oʻtkazishdan iborat boʻlib, Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
177. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibi, zarur hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
178. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Markazning talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi yoki koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi haqidagi qarori yuboriladi.
179. Rasmiy ekspertiza talabnoma axborot tizimida qabul qilingan sanadan boshlab ikki oy oʻtgandan soʻng bir oy davomida oʻtkaziladi.
180. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra rasmiy ekspertiza belgilangan muddat oʻtmasdan boshlanishi mumkin.
Bunda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan paytdan boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan oʻz tashabbusiga koʻra tuzatishlar kiritish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Talabnoma beruvchining rasmiy ekspertizani belgilangan muddat oʻtmasdan boshlash haqidagi iltimosnomasi chaqirib olinmaydi.
181. Talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan keyin yoki talabnoma beruvchining tashabbusiga koʻra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan soʻng talabnoma materiallariga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritishda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Patent boji toʻlanmaganligi aniqlanganda talabnomani koʻrib chiqishda tuzatish va oʻzgartirishlar eʼtiborga olinmaydi va bu haqida oʻn kun muddat ichida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Talabnoma materiallari boshqa tilda topshirilib, talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma mavjud boʻlganda talabnoma beruvchi talabnoma materiallarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani oʻtkazish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida xabardor qilinadi.
182. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
talabnoma tarkibida mazkur Qoidalarning 19 — 24-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi;
talabnomani rasmiylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi;
Qonunning 14-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, jumladan, vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;
talabnoma foydali model sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid texnik yechimga berilganligi;
oldinroq ustuvorlikni soʻrash asoslanganligi;
foydali modelni XPTning amaldagi tahriri boʻyicha toʻgʻri tasniflanganligi (talabnoma beruvchi tomonidan tasniflanmagan boʻlsa, tasniflanadi);
talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi.
183. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda talabnoma beruvchiga uch oy ichida talabnomani topshirish uchun toʻlangan patent bojini va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.
184. Belgilangan miqdordagi patent boji mazkur Qoidalarning 183-bandida nazarda tutilgan muddatda toʻlanmaganda foydali modellar guruhi uchun talabnoma yuzasidan ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan bandlar boʻyicha yoki tanlangan bandlar haqida koʻrsatilgan muddatda xabar berilmaganda formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlar boʻyicha oʻtkaziladi.
185. Talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazishda talabnoma hujjatlari talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgani aniqlanganda talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilgan va huquqiy asoslar keltirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
186. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻladi:
talabnomada mazkur Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yoki ulardan birining mavjud emasligi;
talabnoma vakil orqali topshirilganda ishonchnomaning mavjud emasligi yoki uni rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi;
arizani toʻldirishda mazkur Qoidalarning 25 — 34-bandlari talablariga rioya etilmaganligi;
patent bojlari toʻgʻri toʻlanganligi bilan bogʻliq savollarni aniqlash zarurati;
boshqa tilda topshirilgan materiallarning tarjimasi mavjud emasligi;
mikroorganizm shtammi, oʻsimlik va hayvon hujayralari turi (liniyasi) saqlash uchun topshirilgani haqidagi hujjat mavjud emasligi;
talabnoma materiallaridan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan va tavsifni nashr etishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar aniqlanligi;
tavsifda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan biron-bir boʻlimning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi kerak boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, soʻrovnoma yuborilmaydi), shuningdek formula yoki tavsifda biron-bir belgi xususiyatini ushbu belgi ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan almashtirilganligi;
talabnomada hamma tanisha olmaydigan axborot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi baʼzi maʼlumotlarni nashr etish mumkin emasligi haqida koʻrsatmalar mavjudligi;
formula bandini bitta jumla koʻrinishida bayon qilish talabi buzilganligi;
formulada huquqiy muhofaza soʻralayotgan foydali model turi koʻrsatilmaganligi;
formulada tegishli obyekt belgilari oʻrniga uning ishlatishdagi koʻrsatkichlari va isteʼmol xususiyatlari, uni amalga oshirish va undan foydalanishda kelib chiqadigan effekt va hodisalar haqida maʼlumotlar keltirilganligi;
talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi;
talabnoma foydali model sifatida eʼtirof etilmaydigan obyektlarga berilganligi;
talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻrash bilan bogʻliq savollar paydo boʻlganligi.
187. Talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmaganda soʻrovnoma takroran yuborilishi mumkin.
188. Rasmiy ekspertiza soʻrovnomasiga toʻliq javob taqdim etilmaganda, javob berish uchun belgilangan muddat buzilganda yoki bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma kelib tushmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. Bunda talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida xabarnoma yuboriladi.
189. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emasligi haqidagi xulosaga kelinganda talabnoma topshirilgan sanani belgilash va talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy ekspertizaning qarori qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
190. Rasmiy ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladi.
191. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari keltiriladi.
192. Talabnoma mohiyati biron-bir texnika sohasiga oidligini aniqlash maqsadida foydali model XPTning amaldagi tahriri boʻyicha tasniflanadi.
Tasniflash rasmiy ekspertiza va talabnoma ekspertizasini oʻtkazish bosqichlarida amalga oshiriladi.
193. Formula tasnif indekslarini tanlash uchun asos boʻladi. Talabnoma XPTning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni ichiga olganda barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bunda birinchi indeks foydali model nomi bilan aniqlanadi. Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnoma ekspertizasini oʻtkazish jarayonida oʻzgartirilishi mumkin.
194. Patent boji formuladagi bandlar uchun belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent boji va formulaning mustaqil bandlari sonini muvofiqlashtirish natijasida dastlab formula tarkibida boʻlgan baʼzi bandlar chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda qarorda talabnoma faqat tuzatilgan formulaga nisbatan koʻrib chiqishga qabul qilinganligi koʻrsatiladi.
195. Davlat ekspertizasi davomida formulaga kiritilgan tuzatishlar boshqa foydali modelga oid alohida bandlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud foydali model mohiyatini oʻzgartirmagan holda kiritilgan bandlar bundan mustasno.
196. Talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda talabnoma ekspertizasi talabnoma topshirilgan sanadan oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng ikki oy davomida oʻtkaziladi.
Patent boji belgilangan miqdorda toʻlanganda talabnoma beruvchi patent boji kelib tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.
Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
197. Patent boji rasmiy ekspertizaning talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanadi. Koʻrsatilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va talabnoma beruvchiga bu toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
198. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlanganda patent bojini formulaning mustaqil va bogʻliq bandlari soniga uch oy ichida muvofiqlashtirish zarurligi haqida xabarnoma yuboriladi. Bunda talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazilishi kerak boʻlgan foydali modellarga tegishli formula bandlarini koʻrsatadi yoki ekspertiza oʻtkazilmaydigan bandlar chiqarib tashlangan formulani taqdim etadi yoxud qoʻshimcha patent boji toʻlovini amalga oshiradi.
199. Talabnoma foydali modellar guruhiga oid boʻlganda talabnoma ekspertizasi talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan bandlar yuzasidan yoki tanlangan bandlar haqida belgilangan muddatda xabar berilmaganda formulaning birinchi boʻlib koʻrsatilgan bandlari yuzasidan oʻtkaziladi.
200. Talabnoma beruvchi foydali model uchun talabnomani ixtiro uchun talabnomaga oʻzgartirganda talabnomaning foydali model uchun talabnoma sifatida koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi.
201. Talabnoma ekspertizasi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
foydali model ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralsa;
foydali model formulasini mazkur Qoidalarning 94 — 120-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;
qoʻshimcha materiallarni mazkur Qoidalarning 268 — 275-bandlariga muvofiq tekshirish;
talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan qoʻshimcha materiallarda keltirilgan formulada taʼriflangan foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.
202. Talabnomaning ustuvorligi talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Talabnomada foydali modelning ustuvorligi Qonunning 18-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlariga koʻra soʻralmaganda ustuvorlik tarkibida ariza, tavsif, formula va chizmalar (agar ular foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa) boʻlgan talabnoma vakolatli organga topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
203. Talabnoma beruvchi tomonidan konvensiya ustuvorligi soʻralayotganda quyidagilar tekshiriladi:
Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusxasi mavjudligi, agar koʻrsatilgan nusxa talabnoma vakolatli organga topshirilgan sanadan keyin topshirilgan boʻlsa, birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi kerak boʻlgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi (birinchi talabnomalar bir nechta boʻlganda koʻrsatilgan shart har bir talabnomaning nusxasi uchun bajariladi);
konvensiya ustuvorligi soʻralayotgan talabnoma birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oylik muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi, agar talabnoma koʻrsatilgan muddatdan kechikib topshirilgan boʻlsa, u tugagan sanadan boshlab ikki oylik muddatga rioya qilinganligi;
konvensiya ustuvorligini belgilash toʻgʻrisidagi ariza talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilganligi;
talabnoma berilgan foydali model birinchi talabnomada ochib berilganligi.
204. Talabnoma beruvchi tomonidan foydali model ustuvorligini oʻzining oldin topshirgan talabnomasiga nisbatan berilgan qoʻshimcha materiallar boʻyicha ustuvorlikni belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
vakolatli organga talabnomada berilgan foydali model mohiyatini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi sababli eʼtiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida kelib tushganligi;
oldin topshirilgan talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda kelib tushgan sanasi boʻyicha ustuvorlik soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarda foydali model mohiyati ochib berilganligi.
205. Foydali model ustuvorligini oldin topshirilgan talabnoma topshirilgan sanadan belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma xuddi oʻsha avvalgi talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganligi;
bunday ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma vakolatli organga oldingi talabnoma topshirilgan sanadan 12 oy mobaynida kelib tushganligi;
foydali model mohiyati oldin topshirilgan talabnomada ochib berilganligi;
oldin topshirilgan talabnoma boʻyicha undan ilgariroq ustuvorlik soʻralmaganligi.
206. Oldin topshirilgan bir nechta talabnomalar boʻyicha ustuvorlik soʻralganda mazkur Qoidalarning 205-bandi talablariga rioya qilinganligi ularning har biriga nisbatan tekshiriladi.
207. Topshirilayotgan talabnomaga oldin topshirilgan talabnomaning ustuvorligi belgilanganda oldin topshirilgan talabnoma chaqirib olinadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
208. Foydali model ustuvorligini ajratilgan talabnoma boʻyicha belgilash soʻralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
ajratilgan talabnoma vakolatli organga foydali modelga yoki ixtiroga birinchi talabnoma ustidan shikoyat berish imkoniyati qolmagan patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar yoxud birinchi talabnoma boʻyicha patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda foydali model yoki ixtironi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha kelib tushganligi;
ajratilgan talabnomadagi foydali model mohiyati oldingi talabnomada, agar talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi boʻyicha soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomada ochib berilganligi.
209. Mazkur Qoidalarning 203 — 208-bandlariga muvofiq foydali model ustuvorligini belgilash shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda ustuvorlik soʻralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik soʻrash uchun asos boʻlgan qoʻshimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmaganligiga eʼtibor qaratiladi.
210. Foydali modelning mohiyatini ochishda oldin topshirilgan talabnoma yoki unga kelib tushgan qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
ushbu materiallarda (oldin topshirilgan talabnomaning tavsifi, formulasi, qoʻshimcha materiallarning matnli qismi) talabnoma berilgan foydali modelning formulasiga kiritilgan barcha belgilar koʻrsatilganligi;
ustuvorlik sanasi soʻralayotgan materiallarda foydali modelning mohiyati uni amalga oshirish uchun yetarli darajada ochib berilganligi.
211. Konvensiya ustuvorligi soʻralganda mazkur Qoidalarning 210-bandidagi shartlar bajarilganligini tekshirishda Parij konvensiyasiga aʼzo davlatda berilgan birinchi talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
212. Mazkur Qoidalarning 203 — 208-bandlarida koʻrsatilgan talablar bajarilganda talabnomaning ustuvorligi belgilanadi.
213. Mazkur Qoidalarning 203 — 208-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmaganda talabnoma ustuvorligi Qonunning 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
214. Ustuvorlik belgilangandan soʻng foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda soʻralayotgan ustuvorlikni belgilashga asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish oʻtkaziladi.
215. Tekshirish foydali model formulasining oxirgi variantiga nisbatan oʻtkaziladi. Bunda foydali model birligi talabiga rioya etilganligi aniqlanadi.
216. Foydali model birligi talabi buzilganligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga soʻrovnomada bitta foydali modelga yoki yagona ijodkorlik fikrini tashkil etgan foydali modellar guruhiga tegishli aniqliklar kiritilgan tavsif va formulani taqdim etish taklif qilinadi.
Tuzatilgan formula tarkibiga yangi bandlar kiritilganda qoʻshimcha patent boji toʻlanadi.
217. Foydali model formulasini tekshirishda talabnomadagi foydali modelning muhim belgilari majmui koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarli ekanligi aniqlanadi.
Biron-bir muhim belgi formulaga kiritilmaganda, lekin tavsifda yoki formulaning bogʻliq bandida keltirilganda va ushbu muhim belgisiz texnik natijaga erishib boʻlmasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bunday belgini formulaning tegishli mustaqil bandiga kiritish taklif etiladi. Bunda texnik natijaga erishish uchun formulaga ushbu belgini kiritish zarurligini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi. Bunday dalillar tavsifda ochib berilgan belgilar va texnik natija orasidagi sabab-oqibat bogʻlanishiga yoki ekspertiza tomonidan oʻtkazilgan ilmiy-nazariy tahlilga asoslanishi mumkin.
218. Foydali model formulasini tekshirish undagi belgilarni mazkur Qoidalarning 113 — 120-bandlariga muvofiq identifikatsiya qilish imkoniyatini aniqlashdan iborat.
Belgini identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlash uchun uning taʼrifini foydali model tavsifiga asosan tuzatish zarur boʻlganda talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
219. Belgini identifikatsiya qilish imkoniyati taʼminlanganda, lekin uni taʼriflash uchun maʼlum bir texnika sohasida qabul qilingan atamalarga mos boʻlmagan yoki eskirgan atamalar qoʻllanilganda talabnoma beruvchiga formulaga tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinadi.
220. Formuladagi belgini tekshirish jarayonida texnik natijaga erishish uchun yetarli boʻlgan belgilar yoki elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni hamda bunday dasturda ishlatiladigan algoritmlarni jalb qilgan holda taʼriflanadigan foydali model formulasining belgilari mazkur Qoidalarning 51 — 58-bandida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Formulada texnik natijaga erishilmaydigan yoki foydali modelni aks ettiradigan vositaga oid boʻlmagan belgilar mavjud boʻlganda bunday belgini formuladan olib tashlash uchun tegishli tuzatishni amalga oshirish taklif etiladi.
221. Tovar belgilari, geografik koʻrsatkichlar va boshqa xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar foydali model formulasiga kiritilmaydi.
222. Formulada umumiy tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda mazkur Qoidalarning 102-bandiga muvofiq undan foydalanish toʻgʻriligi aniqlanadi.
Belgi funksiya va xususiyat bilan taʼriflanganda belgi formulaning mustaqil bandiga kiritilgan boshqa muhim belgilar bilan birgalikda talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish uchun yetarliligi tekshiriladi.
223. Talabnomada koʻrsatilgan texnik natijaga erishish faqatgina eksperimental maʼlumotlar bilan tasdiqlanganida tavsifda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan misollar keltiriladi. Ushbu misollar asosidagi xulosalarga tayangan foydali model belgisini tavsiflashda aniq holatlar va umumlashtirishning oʻrinliligi tekshiriladi.
224. Ekspertiza tomonidan umumiy tushunchalar bilan ifodalangan belgidagi biror aniq holatda talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan texnik natijaga erishilmasligi aniqlanganda tegishli dalillar keltirilib, ularni rad etish yoki tuzatish kiritish taklif etiladi.
225. Formulani mazkur Qoidalarning 113-bandi talabiga muvofiqligini tekshirishda foydali modelni taʼriflaydigan tushuncha uning tavsifida keltirilganligi yoki chizmada ifodalanganligi aniqlanadi.
226. Talabnomada bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula keltirilganda bunday formulada (mazkur Qoidalarning 16 — 18-bandlari talablariga muvofiq) bitta foydali model taʼriflanganligi tekshiriladi.
227. Mazkur Qoidalarning 16 — 18-bandlari talablari buzilganligi aniqlanganda yuboriladigan soʻrovnomada bu haqida maʼlum qilinadi va tegishli patent bojini toʻlab, formulani tuzatish taklif qilinadi. Bunda tuzatilgan formulada foydali model birligi talabi bajarilishi va tuzatilgan formulaga avval mustaqil band sifatida koʻrsatilmagan yangi mustaqil bandlar kiritilganda tegishli patent bojini toʻlash yoki talabnoma beruvchi formulani tuzatishni rad etganda keyingi koʻrib chiqishda eʼtiborga olinadigan foydali modelni koʻrsatish zarurligi keltiriladi.
Belgini taʼriflashda talabnoma beruvchi muqobil tushunchadan nooʻrin foydalanganda yuzaga kelgan xato koʻrsatiladi.
228. Bir nechta mustaqil bandli koʻp zvenoli formula taklif qilinganda ularning har biri mazkur Qoidalarning 102-bandi talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
229. Formulani tekshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
koʻp zvenoli formulaning bogʻliq bandlarida foydali modelning aniq hollarda amalga oshirilishi;
formulada mustaqil bandning belgilarini chiqarib tashlashni yoki almashtirishni nazarda tutadigan bogʻliq bandning mavjudligi.
230. Formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan foydali modellar oʻzaro yagona ijodkorlik fikrni tashkil qilgan holda bogʻliq boʻlganda yagona ijodkorlik fikri sharti bajarilgan hisoblanadi.
231. Mustaqil bandlarda taʼriflangan foydali modellarni variantlarga tegishliligini tekshirishda foydali modellarning koʻrsatilgan vazifasi va texnik natijalar mosligi tekshiriladi.
232. Foydali model formulasini tekshirishda formulaning tuzilishi va bayon qilinishi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda formulani tuzatish taklif qilinadi.
233. Oʻzgartirilgan formulaga nisbatan mazkur Qoidalarning 217 — 231-bandlariga muvofiq tekshirish oʻtkaziladi.
Foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish uchun talabnoma beruvchi tomonidan oʻzgartirilgan formula qabul qilinadi.
234. Bir zvenoli yoki bitta mustaqil bandli koʻp zvenoli formulada bittadan ortiq foydali model borligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan foydali modelni koʻrsatish taklif etiladi va ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan koʻrsatilgan foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirishni davom ettiradi.
235. Formulada muqobil tushuncha bilan ifodalangan belgi mavjud boʻlganda patentga layoqatlilikni tekshirish bunday tushunchani ichiga olgan belgilarning har bir majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
236. Muallif yoki talabnoma beruvchi foydali modelga taalluqli axborotni oshkor etgan sanadan eʼtiboran olti oylik muddatda vakolatli organga ushbu foydali modelga talabnoma topshirganda oshkor etilgan axborot texnika taraqqiyoti darajasiga kiritilmaydi.
237. Texnik yechimning taʼriflanishi boʻyicha uni tushunish mumkin boʻlmaganda talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatib, huquqiy asosga ega dalillar keltirilgan, yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni taqdim etish taklif etilgan soʻrovnoma yuboriladi.
238. Foydali modeldan foydalanish mumkinligini aniqlashda talabnoma materiallarida foydali modelning vazifasi koʻrsatilganligi tekshiriladi.
239. Formula bandlaridagi taʼriflarni amalga oshirish uchun talabnomaning uning ustuvorlik sanasida topshirilgan materiallarida vositalar va usullar bayon qilinganligi tekshiriladi. Talabnoma materiallarida bunday vositalar va usullar boʻlmaganda ular haqidagi maʼlumotlar foydali model ustuvorligi sanasigacha ommaviy tarzda oshkor boʻlgan axborot manbalaridan maʼlum boʻlishi kerak.
240. Formuladagi belgida keltirilgan tushunchalar foydali modelni amalga oshirish va koʻrsatilgan vazifani bajarish uchun faqat eksperimental maʼlumotlar orqali tasdiqlanganda foydali model tavsifida keltirilgan misollar yetarliligi (mazkur Qoidalarning 73-bandi) tekshiriladi.
241. Foydali modelning ustuvorlik sanasida mazkur Qoidalarning 238 — 240-bandlari talablariga rioya qilinganda formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali model sanoatda qoʻllash mumkin deb eʼtirof etiladi.
Koʻrsatilgan talablarning birontasi bajarilmaganda talabnoma beruvchiga ekspertizaning tegishli dalillariga nisbatan oʻz fikrini bildirish va formulani tuzatish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yuboriladi.
242. Sanoatda qoʻllash shartiga muvofiq emasligi aniqlangan foydali modelga nisbatan yangilik shartiga muvofiqlik yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmaydi.
243. Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismiga asosan agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan maʼlum boʻlmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Bunda foydali modelning yangiligini tekshirish foydali model formulasining mustaqil bandidagi barcha belgilar majmuiga nisbatan oʻtkaziladi.
244. Axborot izlash formula, tavsif va chizma asosida oʻtkaziladi.
245. Talabnoma ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlangan sanagacha talabnoma beruvchi foydali model birligi talabi buzilganligi haqidagi xabarnomaga belgilangan muddatda javob bermaganda axborotni izlash formulada birinchi koʻrsatilgan foydali model (yagona ijodkorlik fikrini tashkil qilgan foydali modellar guruhi) boʻyicha oʻtkaziladi.
246. Texnika taraqqiyoti darajasini aniqlashda ommaviy tarzda oshkor etilgan axborot manbaidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Quyidagilar axborot manbaini texnika taraqqiyoti darajasiga kiritishni belgilaydigan sana hisoblanadi:
muhofaza hujjatlariga nashr qilingan tavsiflar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etish sanasi;
milliy va boshqa bosma nashrlar uchun — ularda koʻrsatilgan nashr etishga imzo qoʻyilgan sana;
nashr etishga imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilmagan milliy bosma nashrlar va boshqa bosma nashrlar uchun — ular eʼlon qilingan kun, nashr qilinishi yil va oy bilan belgilanganda — oyning oxirgi kuni, nashr qilinishi yil bilan belgilanganda — 31-dekabr;
saqlash uchun topshirilgan maqola, sharhlar, monografiya va boshqa materiallar uchun — ularni depozitariyga topshirish sanasi;
ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlar va tashkilotlarda boʻlgan konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlardagi axborotlar uchun — ular tegishli tashkilotlarga kelib tushgan sanasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar uchun — ular vakolatli tashkilotda hisobga olingan sana;
qoʻlyozma huquqida chop etilgan dissertatsiya materiallari va dissertatsiya avtoreferatlari uchun — ularning tarqatilgan sanasi;
tanlovga qabul qilingan ishlar uchun — ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov oʻtkazishga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan sana;
internet tarmogʻi maʼlumotlari, vizual axborot manbalari (plakat, model, elektron axborot tashuvchi vosita, mahsulot va shu kabilar) uchun — ularni koʻrish mumkin boʻlgan sana;
koʻrgazmaga qoʻyilgan eksponatlar uchun — ularni koʻrsatish boshlangan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;
ogʻzaki maʼruzalar, soʻzga chiqishlar uchun — maʼruzalar, soʻzga chiqishlar sanasi;
radio, televideniye, kino orqali maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana;
texnika vositasidan foydalanish natijasida maʼlum boʻlgan maʼlumotlar uchun — ommaga oshkor etilgan sana.
247. Foydali modelning yangiligini aniqlash chogʻida birmuncha oldin ustuvorlikka ega boʻlgan holda Oʻzbekiston Respublikasida topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
248. Tekshirishda aniqlangan talabnoma chaqirib olinmaganda yoki chaqirib olish muddati oʻtmaganda talabnoma beruvchiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (talabnoma beruvchini koʻrsatmasdan va mazmunini ochmasdan) va talabnoma ekspertizasi avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma boʻyicha bir qarorga kelingunga qadar toʻxtatib turilishi haqida maʼlum qilinadi.
Talabnoma beruvchi talabnoma ekspertizasi toʻxtatib turilishidan norozi boʻlganda foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb topiladi.
249. Oʻzbekiston Respublikasida muhofazaga olingan barcha foydali model va ixtirolar ustuvorlik sanasidan eʼtiboran texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi.
250. Axborotni izlash jarayonida xuddi shunday vazifani bajaradigan foydali model belgilariga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan taʼriflanadigan vosita topilganda axborotni izlash toʻxtatilmaydi va oxirigacha toʻliq hajmda olib boriladi.
Foydali model boshqa foydali model yoki ixtiro formulalaridagi mustaqil bandlarning mazmunlariga mos tushganda oʻxshash deb eʼtirof etiladi.
251. Texnika taraqqiyoti darajasidan foydali model formulasidagi barcha belgilar bilan aynan bir xil belgilardan iborat mahsulot yoki usul aniqlanganda foydali model yangilik shartiga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi.
252. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali model yangilik shartiga muvofiq boʻlganda bogʻliq bandlarga nisbatan texnika taraqqiyoti darajasi tahlili oʻtkazilmaydi.
253. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan formulaning mustaqil bandida taʼriflangan foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnomani keyingi koʻrib chiqish mazkur Qoidalarning 255-bandi va 258-bandi ikkinchi xatboshisiga amalga oshiriladi.
254. Foydali modelning yangilik shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga ekspertiza dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini hamda zarur hollarda talabnomaning dastlabki materiallari asosida foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
255. Foydali model bogʻliq bandlarga ega koʻp zvenoli formula bilan taʼriflanganda va mustaqil bandning yangilik shartiga javob bermasligi sababli patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirishda foydali modelning tuzatilgan formulasini taqdim etish taklif etiladi.
256. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan mustaqil bandga nisbatan foydali modelning patentga layoqatliligi aniqlanganda ushbu bogʻliq bandlardagi foydali model belgilarining taʼrifi foydali modelni amalga oshirishga yoki vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi tekshiriladi.
257. Bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formula bilan taʼriflangan foydali modelni patentga layoqatlilik shartlariga nisbatan tekshirish natijasi ijobiy boʻlgan holda, u patentga layoqatli deb tan olinadi.
258. Foydali modellar guruhiga oid talabnoma topshirilganda patentga layoqatlilikni tekshirish guruhga kirgan har bir foydali modelga nisbatan oʻtkaziladi. Guruhning patentga layoqatliligi undagi barcha foydali modellar patentga layoqatli boʻlganda tasdiqlanadi.
Foydali modellardan biri patentga layoqatli emasligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga bu haqida maʼlum qilinadi va keltirilgan dalillar haqida oʻz fikrini bildirish hamda zarur holda patentga layoqatli boʻlmagan foydali model bandini formuladan chiqarib tashlash yoki bu bandlarni tuzatilgan holda taqdim etish taklif etiladi.
259. Mazkur Qoidalarning 258-bandiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan foydali modelning oʻzgartirilgan formulasi taqdim etilganda talabnomani koʻrib chiqishni davom ettirish ushbu formulada taʼriflangan foydali modelga nisbatan mazkur Qoidalarning 214 — 234-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Talabnoma beruvchi ekspertiza soʻrovnomasidagi fikrlarni rad etuvchi dalillarni va oʻzgartirilgan formulani keltirmasdan avvalgi formula bilan patent berishni talab qilganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
260. Qonunning 20-moddasiga koʻra qoʻshimcha materiallarni taqdim etish soʻralgan soʻrovnoma bunday materiallarsiz talabnoma ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmaganda yuboriladi.
261. Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
foydali model formulasini mazkur Qoidalarning 214 — 234-bandlariga muvofiq tekshirish natijalari boʻyicha aniqlash zarurati;
foydali modelning patentga layoqatliligini mazkur Qoidalarning 235 — 259-bandlariga muvofiq tekshirish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati;
bir xil ustuvorlik sanasiga ega boʻlgan aynan oʻxshash sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq savollarni hal qilish zarurati.
262. Talabnomani koʻrib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar mazkur Qoidalarning 261-bandidagi asoslarga qoʻshimcha ravishda yuboriladigan soʻrovnomaga kiritiladi.
263. Soʻrovnoma yoki xabarnomada keltiriladigan fikr va mulohazalar ilmiy-texnikaviy yoki huquqiy xarakterdagi dalillar bilan asoslanadi.
264. Talabnoma beruvchi patentga layoqatliligi haqida xulosa olingan foydali model formulasiga identifikatsiya qilinmagan yoki talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan belgini yoxud taʼrifi axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilgan belgini kiritishni yoki talabnoma topshirilgandan keyin talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan va mazkur Qoidalarning 214 — 234-bandlariga muvofiq eʼtiborga olinmagan yangi mustaqil bandni kiritishni talab qilganda talabnoma beruvchiga ushbu belgini (band) oʻz tarkibiga kiritmagan formulani taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
265. Soʻrovnomada axborot manbai keltirilganda ushbu manbani topish uchun zarur boʻlgan barcha bibliografik maʼlumotlar, shuningdek talabnomani koʻrib chiqishda eʼtiborga olingan maʼlumotlar, ushbu manbadan topish uchun kerak boʻladigan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
266. Soʻrovnomani yuborish uchun foydali modelning patentga layoqatliligini tekshirish natijalari boʻyicha formula, tavsif va chizmalarga tuzatishlar kiritish orqali aniqlashtirish zarurati asos boʻlganda ularning tuzatilgan sahifalarini taqdim etish taklif qilinadi. Bunda soʻrovnomada talabnoma materiallarini tuzatishga oid toʻliq tushuntirishlar keltiriladi.
267. Oʻzgartirilgan formula asosida patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun formulani oʻzgartirish tavsifga va chizmaga tuzatishlar kiritishni taqozo etsa (shu jumladan, ekspertiza tomonidan avval koʻrsatilgan lekin tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlganda), materiallarni tuzatish toʻgʻrisidagi taklifni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuboriladi.
268. Qoʻshimcha materiallar bilan birga tuzatilgan formula boʻlganda dastlabki formulada mustaqil band sifatida ajratib koʻrsatilmagan bir yoki bir necha mustaqil bandlarni kiritish bilan tuzatilganligi va patent boji toʻlanganligi tekshiriladi.
269. Qoʻshimcha materiallar tarkibida talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan va formulaga kiritish talab etilgan belgilar mavjud boʻlganda qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
270. Qoʻshimcha materiallarda keltirilgan va formulaga kiritilishi soʻralayotgan belgilar talabnoma vakolatli organga kelib tushgan sanada formulada yoki tavsifda ochib berilmaganda talabnomaning dastlabki materiallarida boʻlmagan deb eʼtirof etiladi.
271. Talabnomaning dastlabki materiallarida belgini bajarishning aniq holatlari ochilmasdan umumiy tushuncha bilan berilganda formulaga kiritilishi kerak boʻlgan belgi deb hisoblangan bunday aniq holatlarning qoʻshimcha materiallarda taqdim etilishi foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi.
272. Quyidagi qoʻshimcha materiallar foydali model mohiyatini oʻzgartirmaydi:
foydali modelni amalga oshirish sharoitlari haqidagi yangi maʼlumotlar;
foydali modelni amalga oshirishdagi misollar;
qoʻshimcha texnik natija olish imkoniyatlari;
aniqliklar kiritilgan grafik materiallar;
formulaga kiritilmaydigan va undagi belgilarga taalluqli boʻlmagan boshqa materiallar.
273. Qoʻshimcha materiallar foydali modelning mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda talabnoma beruvchiga bunday xulosaga kelish uchun qoʻshimcha materiallardagi qaysi maʼlumotlar asos boʻlganligi haqida maʼlum qilinadi. Talabnomani keyingi koʻrib chiqish qoʻshimcha materiallarda berilgan formulaga nisbatan, lekin talabnoma topshirilgan ustuvorlik sanasidagi tavsifda va formulada ochib berilgan belgilar boʻyicha davom ettiriladi.
274. Foydali modelning vazifasini ifodalaydigan dastlabki umumiy tushuncha formulada boshqasi bilan almashtirilganda ular bir xil maʼnoda va bir-biriga bogʻliq boʻlganda, yaʼni ular toʻliq yoki qisman mos kelganda foydali modelga tegishli deb eʼtirof etiladi.
275. Quyidagi hollarda formulani oʻzgartirish talabnomadagi foydali modelga taalluqli deb hisoblanadi:
foydali model obyektining turi (qurilma, usul, modda) oʻzgartirilganda, bunda yangidan koʻrsatilgan obyekt turi dastlabki foydali model formulasida keltirilgan belgilarga nisbatan koʻproq mos kelganda;
birinchi talabnomadagi foydali model obyekti “yangi vazifada qoʻllash” koʻrsatilgan yangi vazifadagi obyekt bilan almashtirilganda, agar obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlmagan hollarda obyektni qoʻllashga doir talabnoma berilsa;
dastlabki koʻrsatilgan foydali model obyektini “yangi vazifada qoʻllash” foydali model obyektiga almashtirilganda, agar ustuvorlik sanasigacha ommaga maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan talabnoma berilgan obyektdan faqat vazifasi bilan farqlanuvchi vosita maʼlumligi aniqlansa.
276. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi patent berish haqidagi qaror qabul qilingunga qadar foydali model haqidagi talabnomani ixtiro haqidagi talabnomaga oʻzgartirishi mumkin.
Foydali modelga boʻlgan talabnoma ixtiroga patent berish haqidagi talabnomaga oʻzgartirilganda uni foydali modelga talabnoma sifatida koʻrib chiqish toʻxtatiladi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.
Bunday oʻzgartirishda foydali model talabnomasining ustuvorligi saqlanib qoladi va keyingi ish yuritish ixtiroga patent berish tartibiga muvofiq olib boriladi.
277. Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlanganda talabnoma beruvchiga taklif qilingan formula bilan foydali modelga patent berilishi mumkinligi haqida soʻrovnoma yuboriladi va ekspertiza xulosalariga nisbatan oʻz fikrini maʼlum qilish taklif etiladi.
Soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida talabnoma beruvchi oʻz fikrini maʼlum qilmaganda yoki ekspertizaning fikriga roziligi kelib tushganda soʻrovnomada bayon qilingan formula bilan patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va nashr etishda birinchi berilgan foydali model tavsifidan foydalaniladi.
278. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga zid emas haqidagi xulosaga kelinganda foydali modelga patent berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi va talabnoma beruvchiga yuboriladi.
279. Ekspertiza tomonidan talabnoma materiallarining Qonun va mazkur Qoidalar qoidalariga zid ekanligining aniqlanishi foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga asos boʻladi.
280. Bitta mustaqil band va bogʻliq bandlarga ega boʻlgan koʻp zvenoli formulada taʼriflangan foydali modelning mustaqil bandi patentga layoqatlilikning bironta shartiga muvofiq emasligi aniqlanganda patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
281. Foydali modellar guruhidan iborat boʻlgan koʻp zvenoli formulaning mustaqil bandlarida taʼriflangan foydali modellarning biri yoki har xil muqobil belgilarni oʻz ichiga olgan belgilar majmuida patentga layoqatlilikning shartlaridan biriga muvofiq emasligi aniqlanib, talabnoma beruvchi formulani tuzatishdan yoki ushbu foydali model belgisini formuladan chiqarib tashlashdan bosh tortganda koʻrsatilgan belgilar majmuiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqariladi va unda patentga layoqatli deb aniqlangan boshqa foydali modellarning patentga layoqatli ekanligi eʼtirof etiladi.
282. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra davlat ekspertizasi Markaz tomonidan tezkor tartibda, yaʼni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkazilishi mumkin.
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim qilinishi kerak.
283. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash talabnoma beruvchi va Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
284. Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda axborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
Davlat ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma rasmiy ekspertiza yakunlangandan soʻng kelib tushganda axborotni izlash iltimosnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida oʻtkaziladi.
285. Axborotni izlash natijalari boʻyicha hisobot tuziladi va hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
talabnoma raqami;
talabnomaning topshirilgan sanasi;
foydali modelning nomi;
axborot izlash sohalarini tasniflovchi XPT rubrikasining indeksi, XPT rubrikasiga bogʻliq holda izlash koʻlamiga kiritilishi zarur boʻlgan mamlakatlar patent hujjatlarining roʻyxati, tegishli mavzu boʻyicha axborot manbalari;
axborot izlash mavzusi boʻyicha hujjatlar va ularning aniq qismlariga bibliografik maʼlumotlar koʻrinishidagi havolalar (talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirish sanasidan oldin lekin talabnoma ustuvorligi sanasidan keyin nashr qilingan maʼlumotlar alohida belgilab qoʻyiladi);
ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan, biroq eʼlon qilinmagan talabnomalar;
axborot izlashning tugatilgan sanasi.
Axborot izlashning hajmiga hamma foydalana oladigan har qanday axborot manbalari kiritilishi mumkin.
286. Axborot izlash yakunlangandan soʻng uning natijalari asosida mazkur Qoidalarning 197 — 281-bandlariga muvofiq foydali modelning patentga layoqatliligi tekshiriladi.
287. Belgilangan patent boji toʻlanganda vakolatli organ foydali modelni mazkur Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakldagi Foydali modellar davlat reyestrida avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bunda foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi elektron shaklda axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga yuboriladi.
Foydali model roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra foydali modelga berilgan patent va uning ilovasi pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
7-bob. Xalqaro talabnomani topshirish va koʻrib chiqish
288. RSTga muvofiq vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora, xalqaro talabnomada koʻrsatilgan va tanlangan idora funksiyasini bajaradi. Vakolatli organ xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritishda RST, RSTning Yoʻriqnomasi, BIMT Xalqaro byurosi tomonidan chop etiladigan tegishli qoʻllanmalar, shuningdek Qonun va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
289. Xalqaro talabnomani koʻrib chiqish boshlanadigan sana sifatida xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oylik muddatdan keyingi sana hisoblanadi.
Xalqaro talabnomaning davlat ekspertizasini koʻrsatilgan muddatdan avval boshlash haqidagi iltimosnoma xalqaro chop etish sanasigacha berilganda talabnomaning tarjimasi bilan birga xalqaro talabnomani qabul qiluvchi idora tomonidan tasdiqlangan va xalqaro topshirish sanasi belgilangan nusxasi taqdim etiladi.
290. Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish uchun talabnoma beruvchi tomonidan xalqaro talabnomaning ustuvorlik sanasidan eʼtiboran oʻttiz bir oylik muddatda boshqa tilda topshirilgan xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi, xalqaro talabnomaning nashr varagʻi, formulaning tarjimasi taqdim etiladi va bunda patent boji toʻlanadi. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasi oʻrniga mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasida foydali modelga patent berish haqidagi ariza topshirilishi mumkin.
291. Xalqaro talabnoma arizasining tarjimasiga talabnoma materiallarining tarjimalari xalqaro talabnomani topshirish sanasida topshirilgan koʻrinishda ilova qilinadi.
Oʻzgartirilgan formulali xalqaro talabnoma milliy fazaga oʻtkazilganda oʻzgartirilgan formulaning tarjimasi kiritilgan oʻzgartirishlarga nisbatan tushuntirishlarning tarjimasi bilan birga beriladi.
292. Xalqaro talabnoma foydali model formulasi, tavsif va chizmalarga RSTning 34(2b)-moddasiga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda milliy fazaga oʻtkazilganda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar hisobga olingan xalqaro talabnomaning tarjimasi taqdim etiladi.
293. Mazkur Qoidalarning 289 — 292-bandlarida koʻrsatilgan materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda xalqaro talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
294. Milliy fazaga oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgandan soʻng oʻn ikki oy ichida taqdim etilgan materiallar belgilangan patent boji toʻlanganda koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
295. Xalqaro talabnomaning rasmiy ekspertizasini oʻtkazishda mazkur Qoidalarning 177 — 195-bandlari talablariga rioya qilinganligi hamda quyidagilar tekshiriladi:
arizada keltirilgan maʼlumotlar xalqaro talabnomaning nashr varagʻida koʻrsatilgan bibliografiya maʼlumotlariga mosligi;
talabnoma beruvchining nomi oʻzgarganligi, mualliflar, soʻralayotgan ustuvorlik haqidagi hujjatlarning mavjudligi;
xalqaro patent izlash hisobotining mavjudligi;
xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasining mavjudligi (agar u oʻtkazilgan boʻlsa).
296. Xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasida foydali model birligi talabi buzilgani haqida xulosa va ularning asoslanishi berilganda hamda talabnoma beruvchi tomonidan RSTning 17(3a) va 34(3a)-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha bojlar toʻlanmagani sababli xalqaro talabnomaning biron-bir qismlari boʻyicha xalqaro patent izlash hisoboti va xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi boʻlmaganda ushbu qismlar boʻyicha patent bojini toʻlash sharti bilan ekspertiza tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
Patent boji toʻlanmaganda xalqaro talabnomaning faqat xalqaro patent izlash hisobotida berilgan va xalqaro dastlabki ekspertiza oʻtkazilgan qismlari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
297. Qonunning 20-moddasiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga soʻrov yuborilib, unda shu soʻrov yoʻllangan sanadan eʼtiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra shu muddat oʻtgan sanadan keyin koʻpi bilan oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilganda belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganda muddat uzaytiriladi va bu haqida oʻn kun muddat ichida xabarnoma yuboriladi.
298. Soʻrovnomaga belgilangan muddatda toʻliq javob berilmaganda yoki javobni topshirish muddatini uzaytirish shartlariga rioya etilmaganda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga oʻn kun muddat ichida xabarnoma yuboriladi.
299. Ekspertizaning soʻrovnomasiga javob xatini taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Iltimosnoma talabnoma chaqirib olingan sanadan boshlab oʻn ikki oy ichida topshiriladi.
Iltimosnoma bilan birgalikda soʻrovnomaga toʻliq javob xati taqdim etiladi va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Mazkur bandning shartlariga rioya etilganda talabnoma ish jarayoniga tiklanadi va bu haqida xabarnoma yuboriladi.
300. Talabnoma beruvchi talabnomaga aloqador ish yuritish bilan axborot tizimi orqali tanishishi mumkin.
301. Soʻrovnoma, xabarnoma, davlat ekspertizasi qarorlari va foydali modelga beriladigan patent QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish bilan tasdiqlanib yuboriladi.
302. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
1-ILOVA
Foydali modelga patent berish haqida
ARIZA

(21) Talabnomaning qayd raqami:

____________________________

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

Yozishmalar uchun manzil:

____________________________

_____________________________

_____________________________

(85) Xalqaro talabnomani milliy fazaga oʻtkazish sanasi:

____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

Telefon:__________________

(86) ______________________________________

(xalqaro talabnomaning qabul qiluvchi idora tomonidan belgilanadigan qayd raqami va xalqaro topshirish sanasi)

(87) ______________________________________

(xalqaro talabnomani xalqaro eʼlon qilish raqami va sanasi)

Foydali modelga patent berish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(54) Foydali modelning nomi:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

(71) Talabnoma beruvchi:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

__________________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun F.I.O. yoki yuridik shaxsning taʼsis hujjati boʻyicha toʻliq nomi)

STIR yoki JSHSHIR (mahalliy talabnoma beruvchilar uchun):

____________________________

____________________________

____________________________

BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

____________________________

____________________________

Foydali model ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:

birinchi talabnoma berilgan sanadan (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunning (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 18-moddasi ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi);

vakolatli organga oldinroq topshirilgan talabnomaning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi);

oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallarning kelib tushish sanasidan (Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi);

ajratilgan alohida talabnomaga birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasidan.

(31) Birinchi (oldin topshirilgan, dastlabki) talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) BIMT ST.3 standarti boʻyicha talabnoma topshirayotgan tomonning mamlakat kodi

(konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ (74) Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining roʻyxat raqami, pochta manzili)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Telefon:____________________

Ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati:

Sahifalar soni

□ tavsif

□ formula (mustaqil bandlar soni, bogʻliq bandlar soni)

□ chizmalar va boshqa materiallar

□ referat

□ ishonchnoma

□ birinchi talabnomaning nusxasi (konvensiya ustuvorligi soʻralganda)

□ talabnomaning tarjimasi

Boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

(72) Muallif

(F.I.O., rezidentlar uchun ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi koʻrsatiladi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

JSHSHIR (rezidentlar uchun)

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

QR-kod

__________________________________________

__________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
ARIZA

Kelib tushgan sanasi

__________________

Qayd raqami

_______________

Talabnomaga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(21) Talabnomaning qayd raqami

(22) Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Mazkur arizani taqdim etgan holda talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishingizni soʻrayman:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritilgan maʼlumotlar:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Arizaga ilovalar:

QR-kod

_________________________________________

_________________________________________

talabnoma beruvchi yoki vakil

Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
3-ILOVA
Foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish
DALOLATNOMASI

Foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga huquqni topshirish

DALOLATNOMASI

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Quyida huquq topshirayotgan shaxs huquqni oluvchi shaxsga foydali modelga patent berish haqidagi talabnomaga boʻlgan huquqni imzolagan holda topshiradi.

Huquqni topshirayotgan shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

________________________________________________________________________________________

Telefon: _______________________

Huquqni oluvchi shaxs:

STIR yoki JSHSHIR (rezidentlar uchun):

_________________________

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa):

_________________________

Nomi (ismi):

________________________________________________________________________________________

Pochta manzili:

________________________________________________________________________________________

Telefon: ________________________

Huquqni topshirayotgan shaxs imzosi*

Huquqni oluvchi shaxs imzosi*

_________________________

_________________________

Imzolangan sana

Imzolangan sana

* Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi va ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Foydali modelga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
4-ILOVA
Foydali modellar davlat reyestri

(11)

Patent raqami

(15)

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana

(18)

Patent amal qilish muddatining tugashi

(19)

Nashr qilayotgan davlatning kodi

(21)

Talabnomaning qayd raqami

(22)

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

(23)

Boshqa sanalar, shu jumladan oldin topshirilgan talabnomaga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana

(31)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning qayd raqami

(32)

Ustuvorlik soʻralgan talabnomaning kelib tushgan sanasi

(33)

Ustuvorligi belgilangan davlat kodi

(45)

Eʼlon qilingan sana va rasmiy axborotnoma raqami

(46)

Muhofaza hujjatini chop etish sanasi

(51)

XPT indekslari

(54)

Foydali model nomi

(62)

Ajratib olingan talabnoma boʻyicha birinchi talabnomaning qayd raqami va sanasi

(63)

Oldin topshirilgan talabnomaning qayd raqami va sanasi

(71)

Talabnoma topshiruvchilarning ismi (nomi), mamlakat kodi

(72)

Muallif ismi, mamlakat kodi

(73)

Huquq egasi

(74)

Vakil

(85)

RST shartnomasining 23(1) yoki 40(1)-moddalariga muvofiq xalqaro talabnoma milliy bosqichga oʻtgan sanasi

(86)

RST shartnomasi orqali topshirilgan talabnomaning maʼlumotlari, shu jumladan xalqaro talabnoma topshirilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda ixtiyoriy ravishda eʼlon qilingan xalqaro talabnoma dastlab qaysi tilda topshirilganligi (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(87)

RST shartnomasi xalqaro talabnomasini nashr etishga oid maʼlumotlar, shu jumladan xalqaro nashr sanasi, xalqaro nashr raqami va ixtiyoriy ravishda xalqaro talabnomaning nashr etilgan tili (xalqaro talabnomalar asosida berilgan Oʻzbekiston Respublikasi patentlari uchun)

(98)

Yozishmalar uchun manzil

Izoh: mazkur reyestrda ishlatilayotgan kodlar Butunjahon intellektual mulk tashkilotining standartlari bilan belgilangan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3802/0293-son)