1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3260-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/6-son “Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3260, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3260/1079-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyul,
21/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 22-iyuldagi 21/3-son qaroriga ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
“1. Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizom”;
“Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari hamda faktoring tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi) axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablarni belgilaydi.”;
4) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mijozlarni identifikatsiya qilish va autentifikatsiyadan oʻtkazish jarayonida foydalaniladigan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart.
Mijozga tegishli biometrik boʻlmagan boshqa turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 27¹-moddasi uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.”;
“ish jarayonida xodimlarga maʼlum boʻlgan konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlarni sir saqlash majburiyati hamda javobgarliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish;”;