Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 2-son qarori (roʻyxat raqami 2482, 2013-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 30-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
52-banddagi “Metrologik xizmat koʻrsatish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
135-banddagi “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
140-banddagi “sanitariya-epidemiologiya xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.