Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3894]
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-iyun,
97-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2026-yil 16-iyun
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 15-iyun
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. U. XUSAINOV
2026-yil 12-iyun
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2026-yil 2-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 16-iyundagi 97-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Mazkur Nizom davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga yoki ularning tarkibiy boʻlinmalariga ishga qabul qilishda ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, davlat muassasalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organi yoki tashkiloti deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur Nizom davlat organlari yoki tashkilotlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
2. Ushbu Nizomning maqsadi davlat organlari yoki tashkilotlarida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimlarning oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilinishi jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki boshqa manfaatlar yoʻlida foydalanish xavfini kamaytirishdan iborat.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilot — davlat organi yoki tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan xizmat vakolatlari doirasida bevosita yoki bilvosita nazorat qilish orqali oʻzining faoliyatiga taʼsir koʻrsatilishi mumkin boʻlgan tashkilot;
bevosita nazorat qilish — xodimning xizmat vakolatlari doirasida nazorat ostida boʻlgan tashkilotni tekshirish, monitoring qilish, litsenziyalash, ruxsat berish, uning faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosa berish, moliyaviy yoki maʼmuriy nazoratni amalga oshirish, shuningdek qaror qabul qilish orqali uning faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatishi;
bilvosita nazorat qilish — xodimning xizmat vakolatlari doirasida nazorat ostida boʻlgan tashkilotga uslubiy yordam koʻrsatish, muvofiqlashtirish, axborot taʼminoti yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv funksiyalari orqali uning faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi.
2-bob. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xulosa berish asoslari va uni olish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
4. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga yoki ularning tarkibiy boʻlinmalariga ishga qabul qilishda bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasi ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasiga xulosa olish uchun murojaat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Bunda kadrlar boʻlinmasi xodimni ishga qabul qilish uchun uning tegishli hujjatlari qabul qilingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilganda, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi tanlovda inobatga olinishi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Bunda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi olinmagan taqdirda xodimni bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotga ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
5. Bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasining murojaati komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xulosa berish uchun asos hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Bunda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotning kadrlar boʻlinmasi, kasaba uyushmasi va yuridik boʻlinmasi bilan (agar mavjud boʻlsa) majburiy tartibda kelishiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
6. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Zarur hujjatlar yoki qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilgan taqdirda ushbu muddat 3 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
7. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xulosa berishda davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotga ishga qabul qilish boʻyicha korrupsiyaviy xavf darajasi “past”, “oʻrta” va “yuqori” toifalar boʻyicha baholanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
8. Quyidagi barcha holatlar mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “past” deb baholanadi:
xodim ilgari mazkur tashkilot faoliyati ustidan bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirmagan boʻlsa;
xodimning yangi egallashi rejalashtirilayotgan lavozimi davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq boʻlmasa;
xodimning faoliyati davomida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanmagan boʻlsa.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
9. Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “oʻrta” deb baholanadi:
xodim ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini ilgari bilvosita nazorat qilgan boʻlsa;
xodimning yangi egallashi rejalashtirilayotgan lavozimi davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq boʻlsa;
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelish ehtimoli mavjud boʻlib, uni tashkiliy-huquqiy choralar orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlsa;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
xodimga nisbatan mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotida korrupsiyaviy omillar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlsa.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
10. Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “yuqori” deb baholanadi:
xodim ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini ilgari bevosita nazorat qilgan boʻlsa;
xodim davlat organi yoki tashkilotidagi faoliyati davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik(lar) sodir etgan boʻlsa;
manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlib, uni tashkiliy-huquqiy choralar orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlmasa.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
11. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri beriladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
ijobiy — ishga qabul qilishga rozilik berish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past” boʻlsa);
cheklovli ijobiy — muayyan cheklovlar belgilagan holda ishga qabul qilishga rozilik berish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “oʻrta” boʻlsa);
salbiy — ishga qabul qilishni rad etish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” boʻlsa).
12. Yangi holatlar aniqlangan yoki xodim tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi maʼlum boʻlgan taqdirda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xulosani qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Davlat organlari yoki tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari berilgan xulosalarni belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
3-bob. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi yuzasidan qabul qilinadigan choralar
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
13. Bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
a) agar komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xulosasi ijobiy boʻlsa, xodimni ishga qabul qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
b) agar komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi cheklovli ijobiy boʻlsa, ishga qabul qilayotgan tashkilot rahbariga, xoʻjalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda tashkilot rahbariga) quyidagi choralardan biri yoki bir nechtasini amalga oshirish uchun taklif kiritadi:
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
xodimga uch oy muddat davomida avvalgi ish joyiga oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etishni taqiqlash;
lavozim vazifalaridan manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan vazifalarni chiqarib tashlash yoki vazifalar taqsimotini oʻzgartirish;
komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xodimning faoliyatini sinov muddati davomida monitoring qilish. Bunda monitoring jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
faoliyati davomida ijro intizomiga rioya etilganligi;
qarorlar qabul qilish jarayoni va ularning asoslantirilganligi.
Sinov muddati qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasi.
d) agar komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xulosasi salbiy boʻlsa, xodimni ishga qabul qilishni rad etadi.
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Bunda ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining ijobiy yoki cheklovli ijobiy xulosasi nomzodning tanlovda ishtirok etishi uchun cheklovlar mavjud emasligini bildiradi hamda tanlov natijalarini baholashda inobatga olinadi.
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining ijobiy yoki cheklovli ijobiy xulosasi nomzodni tanlov gʻolibi deb eʼtirof etish uchun yagona asos hisoblanmaydi.
(13-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
14. Monitoringni amalga oshirish davomida xodim faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanganda monitoring muddati qoʻshimcha 3 oyga uzaytiriladi.
15. Monitoring muddati davomida aniqlangan huquqbuzarliklar, xato va kamchiliklar komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan hujjatlar bilan qayd etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
4-bob. Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi yuzasidan shikoyat berish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
16. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodim komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasidan norozi boʻlsa, qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
17. Shikoyat kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Shikoyatni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
xodimning faoliyati va yangi lavozim vazifalariga taʼsir etuvchi holatlar;
xulosa tayyorlashda qoʻllangan maʼlumot va hujjatlarning toʻgʻriligi;
manfaatlar toʻqnashuvi va xavf darajasining bahosi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
18. Koʻrib chiqish natijasiga koʻra shikoyat asosli deb topilsa, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xulosasi qayta koʻrib chiqiladi va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
Shikoyat rad etilsa, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda (asoslangan dalillar bilan) shikoyat qiluvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
19. Shikoyatni koʻrib chiqish bilan bogʻliq barcha qarorlar va baholash natijalari hujjatlar bilan qayd etilishi va belgilangan tartibda saqlanishi lozim.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining mazkur Nizom talablariga rioya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
KOMPLAYENS VA KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT TUZILMASINING XULOSASI
I. Xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim: _______________________________________________________
Avvalgi ish joyi (soʻnggi 2 yilda): ______________________________________________________________
Tekshirish uchun asos:kadrlar boʻlinmasiningmurojaati _____-son, “___” __________ 20___ y.
II. Xavf darajasi va xulosa turi
Korrupsiyaviy xavf darajasi: past / oʻrta / yuqori
Xulosa turi: ijobiy / cheklovli ijobiy / salbiy
III. Qoʻshimcha izohlar ________________________________________________________________________
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari:
“____” _________ 20__ y _________________________ ________________________
(imzo) (F.I.O.)
Kelishilgan tarkibiy boʻlinmalar (kadrlar boʻlinmasi, kasaba uyushmasi va yuridik boʻlinmasi):
“____” _________ 20__ y _________________________ ________________________
(imzo) (F.I.O.)
“____” _________ 20__ y ________________________ ________________________
(imzo) (F.I.O.)
“____” ________ 20___ y ________________________ _________________________
(imzo) (F.I.O.)
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 26-avgustdagi 102-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3934, 05.09.2026 y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-oktabr)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2026 y., 10/26/3894/0711-son; 07.09.2026 y., 10/26/3934/0898-son)