toggle_night_mode
Hujjat 10.10.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Direktor A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-iyun,
97-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2026-yil 16-iyun
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 15-iyun
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. U. XUSAINOV
2026-yil 12-iyun
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M. ABDULLAYEV
2026-yil 2-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 16-iyundagi 97-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga yoki ularning tarkibiy boʻlinmalariga ishga qabul qilishda ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, davlat muassasalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organi yoki tashkiloti deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur Nizom davlat organlari yoki tashkilotlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadi davlat organlari yoki tashkilotlarida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimlarning oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilinishi jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki boshqa manfaatlar yoʻlida foydalanish xavfini kamaytirishdan iborat.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilot — davlat organi yoki tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan xizmat vakolatlari doirasida bevosita yoki bilvosita nazorat qilish orqali oʻzining faoliyatiga taʼsir koʻrsatilishi mumkin boʻlgan tashkilot;
bevosita nazorat qilish — xodimning xizmat vakolatlari doirasida nazorat ostida boʻlgan tashkilotni tekshirish, monitoring qilish, litsenziyalash, ruxsat berish, uning faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosa berish, moliyaviy yoki maʼmuriy nazoratni amalga oshirish, shuningdek qaror qabul qilish orqali uning faoliyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatishi;
bilvosita nazorat qilish — xodimning xizmat vakolatlari doirasida nazorat ostida boʻlgan tashkilotga uslubiy yordam koʻrsatish, muvofiqlashtirish, axborot taʼminoti yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv funksiyalari orqali uning faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan xulosa berish asoslari va uni olish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga yoki ularning tarkibiy boʻlinmalariga ishga qabul qilishda bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasi ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasiga xulosa olish uchun murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda kadrlar boʻlinmasi xodimni ishga qabul qilish uchun uning tegishli hujjatlari qabul qilingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilganda, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi tanlovda inobatga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi olinmagan taqdirda xodimni bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotga ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasining murojaati korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan xulosa berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotning kadrlar boʻlinmasi, kasaba uyushmasi va yuridik boʻlinmasi bilan (agar mavjud boʻlsa) majburiy tartibda kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasiga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarur hujjatlar yoki qoʻshimcha maʼlumotlar talab etilgan taqdirda ushbu muddat 3 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
7. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan xulosa berishda davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni ikki yil ichida oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotga ishga qabul qilish boʻyicha korrupsiyaviy xavf darajasi “past”, “oʻrta” va “yuqori” toifalar boʻyicha baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi barcha holatlar mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “past” deb baholanadi:
xodim ilgari mazkur tashkilot faoliyati ustidan bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirmagan boʻlsa;
xodimning yangi egallashi rejalashtirilayotgan lavozimi davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq boʻlmasa;
xodimning faoliyati davomida manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanmagan boʻlsa.
9. Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “oʻrta” deb baholanadi:
xodim ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini ilgari bilvosita nazorat qilgan boʻlsa;
xodimning yangi egallashi rejalashtirilayotgan lavozimi davlat xaridlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, litsenziyalash yoki ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq boʻlsa;
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelish ehtimoli mavjud boʻlib, uni tashkiliy-huquqiy choralar orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlsa;
xodimga nisbatan mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan davlat organi yoki tashkilotida korrupsiyaviy omillar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlsa.
10. Quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda korrupsiyaviy xavf darajasi “yuqori” deb baholanadi:
xodim ishga qabul qilinayotgan tashkilot faoliyatini ilgari bevosita nazorat qilgan boʻlsa;
xodim davlat organi yoki tashkilotidagi faoliyati davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik(lar) sodir etgan boʻlsa;
manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlib, uni tashkiliy-huquqiy choralar orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlmasa.
11. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi xulosalardan biri beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
ijobiy — ishga qabul qilishga rozilik berish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past” boʻlsa);
cheklovli ijobiy — muayyan cheklovlar belgilagan holda ishga qabul qilishga rozilik berish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “oʻrta” boʻlsa);
salbiy — ishga qabul qilishni rad etish (korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” boʻlsa).
12. Yangi holatlar aniqlangan yoki xodim tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi maʼlum boʻlgan taqdirda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi xulosani qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari yoki tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari berilgan xulosalarni belgilangan tartibda hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi yuzasidan qabul qilinadigan choralar
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bevosita yoki bilvosita nazorat ostida boʻlgan tashkilotning kadrlar boʻlinmasi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) agar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi xulosasi ijobiy boʻlsa, xodimni ishga qabul qilish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) agar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi cheklovli ijobiy boʻlsa, ishga qabul qilayotgan tashkilot rahbariga, xoʻjalik jamiyatlarida esa kuzatuv kengashiga (kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda tashkilot rahbariga) quyidagi choralardan biri yoki bir nechtasini amalga oshirish uchun taklif kiritadi:
Keyingi tahrirga qarang.
xodimga uch oy muddat davomida avvalgi ish joyiga oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etishni taqiqlash;
lavozim vazifalaridan manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan vazifalarni chiqarib tashlash yoki vazifalar taqsimotini oʻzgartirish;
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan xodimning faoliyatini sinov muddati davomida monitoring qilish. Bunda monitoring jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyati davomida ijro intizomiga rioya etilganligi;
qarorlar qabul qilish jarayoni va ularning asoslantirilganligi.
Sinov muddati qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasi.
d) agar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi xulosasi salbiy boʻlsa, xodimni ishga qabul qilishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining ijobiy yoki cheklovli ijobiy xulosasi nomzodning tanlovda ishtirok etishi uchun cheklovlar mavjud emasligini bildiradi hamda tanlov natijalarini baholashda inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining ijobiy yoki cheklovli ijobiy xulosasi nomzodni tanlov gʻolibi deb eʼtirof etish uchun yagona asos hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Monitoringni amalga oshirish davomida xodim faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari aniqlanganda monitoring muddati qoʻshimcha 3 oyga uzaytiriladi.
15. Monitoring muddati davomida aniqlangan huquqbuzarliklar, xato va kamchiliklar korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi tomonidan hujjatlar bilan qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi yuzasidan shikoyat berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodim korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasidan norozi boʻlsa, qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Shikoyat kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Shikoyatni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
xodimning faoliyati va yangi lavozim vazifalariga taʼsir etuvchi holatlar;
xulosa tayyorlashda qoʻllangan maʼlumot va hujjatlarning toʻgʻriligi;
manfaatlar toʻqnashuvi va xavf darajasining bahosi.
18. Koʻrib chiqish natijasiga koʻra shikoyat asosli deb topilsa, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining xulosasi qayta koʻrib chiqiladi va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shikoyat rad etilsa, rad etish sabablari koʻrsatilgan holda (asoslangan dalillar bilan) shikoyat qiluvchiga yozma yoki elektron shaklda xabar beriladi.
19. Shikoyatni koʻrib chiqish bilan bogʻliq barcha qarorlar va baholash natijalari hujjatlar bilan qayd etilishi va belgilangan tartibda saqlanishi lozim.
5-bob. Yakuniy qoidalar
20. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining mazkur Nizom talablariga rioya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan boʻshatilgan xodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan xulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT BOʻLINMASINING
XULOSASI

_____-son, “___” ________ 20__ y.
 

_______________________________________________________________________________________________

Nomzodning F.I.O.
 

I. Xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim: _______________________________________________________

Avvalgi ish joyi (soʻnggi 2 yilda): ______________________________________________________________

Tekshirish uchun asos: kadrlar boʻlinmasining murojaati _____-son,  “___” __________ 20___ y.

II. Xavf darajasi va xulosa turi

Korrupsiyaviy xavf darajasi: past / oʻrta / yuqori

Xulosa turi: ijobiy / cheklovli ijobiy / salbiy

III. Qoʻshimcha izohlar ________________________________________________________________________


 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi rahbari:

“____” _________ 20__ y   _________________________                    ________________________

                                                               (imzo)                                                           (F.I.O.)


Kelishilgan tarkibiy boʻlinmalar (kadrlar boʻlinmasi, kasaba uyushmasi va yuridik boʻlinmasi):

“____” _________ 20__ y   _________________________                   ________________________

                                                             (imzo)                                                            (F.I.O.)

“____” _________ 20__ y   ________________________                    ________________________

                                                                 (imzo)                                                           (F.I.O.)

“____” ________ 20___ y   ________________________                   _________________________

                                                                (imzo)                                                          (F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.