Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “
Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-iyuldagi 110, 2018-60 va 4-qq-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3053, 2018-yil 13-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2018-y., 10/18/3053/1696-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
198-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-fevraldagi 3-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 11-fevraldagi 2022-05-son hamda Turizm va sport vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 11-MN-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3053-1, 2022-yil 11-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/3053-1/0211-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-son “Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3830, 2026-yil 6-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son)
2-bandi.