Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-son “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining
Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Turizm va sport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-iyuldagi 110, 2018-60, 4-qq-son qarori (roʻyxat raqami 3053, 2018-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 33-son, 686-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha amalga oshiriladi.”.
“5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan imtiyozga ega boʻlish uchun soliq toʻlovchi sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari yoki tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlarining xulosasini (bundan buyon matnda Sanitariya-epidemiologiya xizmatining xulosasi deb yuritiladi) olishi lozim.”;
3.
7-banddagi “Markazning” degan soʻz “Sanitariya-epidemiologiya xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.