O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 27-oktabrdagi 01/27-26/26-son qarori (roʻyxat raqami 2626, 2014-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 563-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “
Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari” (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2. 1-bandning
beshinchi xatboshisidan “qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Ijrochi buyurtmachining talabiga koʻra unga malaka sertifikatini koʻrsatishi shart.”.