Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-280-son “Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-son qarori (roʻyxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.”.
“gaz bilan taʼminlovchi tashkilot — gazning pirovard isteʼmolchilarga yetkazib berilishi, uzatilishi va taqsimlanishini taʼminlovchi tashkilot.”.
4.
IV boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.