Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108 va 2010-52-son qarori (roʻyxat raqami 2185, 2011-yil 27-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.”.
2.
5-banddagi “nazorat-kassa mashinalari” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
6-banddagi “nazorat-kassa mashinasining” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
11-banddagi “nazorat-kassa mashinalari” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“300 ta va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan bozor hududlarida va bozorga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini fiskal xotirali nazorat-kassa texnikalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalar va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallari bilan jihozlashni taʼminlash, avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi vaqtini qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlarni majburiy tartibda oʻrnatish;”.
“buyumlarni saqlash joylari, aravachalar berilganligi uchun toʻlovlarni fiskal xotirali nazorat-kassa texnikalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalarini yoki virtual kassalarni va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish boʻyicha toʻlov terminallarini majburiy qoʻllagan holda qabul qilish;”.
7. 19-bandning
birinchi xatboshisidagi “nazorat-kassa mashinalari” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.