1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-mart,
10/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 30-martdagi 10/9-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “tijorat banklarida” degan soʻzlar “banklarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa jismoniy shaxslar foydasiga ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo tusdagi pul oʻtkazmalari;”.
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va banklar bevosita oʻzlari oʻrtasida, oʻz mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop va derivativ operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) bitimlarni tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida yoki valyuta birjasidagi savdolar boʻyicha birjaning ichki qoidalari asosida amalga oshiradilar.”.
uchinchi va yettinchi xatboshilardagi “nosavdo tusdagi oʻtkazmalar” degan soʻzlar “nosavdo tusdagi pul oʻtkazmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “ichki valyuta bozorida sotish” degan soʻzlar “ichki valyuta operatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Banklarning oʻzaro va oʻz mijozlari bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish, shu jumladan svop va derivativlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bankning “Valyuta operatsiyalari hisobini yuritish” axborot tizimi (FERUz)ga (bundan buyon matnda tizim deb yuritiladi) kiritiladi.”.
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga muvofiq:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nominal qiymati chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash va majburiyatlarni bajarish uchun zarur hajmdagi chet el valyutasini sotib olish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish hujjatining nusxasi asosida;
chet ellik investor tomonidan fond birjasida qimmatli qogʻozlarni sotishdan olingan chet el valyutasidagi mablagʻlarni, shuningdek, dividendlar, foizlar (kuponlar), obligatsiyalarni soʻndirish yoki qimmatli qogʻozlardan olingan boshqa daromadlarni repatriatsiya qilish uchun zarur hajmdagi chet el valyutasini sotib olish chet ellik investorning tegishli murojaati asosida amalga oshiriladi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtma mazkur Qoidalarning 23-bandiga muvofiq rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan taqdirda, mijoz tomonidan buyurtmaga texnik tuzatish kiritilishi mumkin.”;
“33. Banklar jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda tizimdan foydalanadilar.
Tizimdan foydalanish uchun banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarining joylashgan joyi (pochta manzili) koʻrsatilgan holda Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga maʼlumot taqdim etadi.
Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi besh bank ish kuni mobaynida banklar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy boʻlimlari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarini roʻyxatga oladi va tizimga kiritish uchun tegishli maʼlumotni Markaziy bankka taqdim etadi.
Bunda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar besh bank ish kuni mobaynida Markaziy bank tomonidan tizimga kiritiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalari avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari (bankomatlar) orqali amalga oshirilganda tizimdan foydalanish talab etilmaydi.”.
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklarida” degan soʻzlar “Banklarda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan soʻzlar “Banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
17. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Banklar tomonidan mazkur Qoidalarning 37 va 38-bandlarida koʻrsatilgan shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
18. 40-banddagi “tijorat bankining” degan soʻzlar “bankning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Qoidalarning 45-bandi oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda naqd chet el valyutasi norezident jismoniy shaxs tomonidan mablagʻlarning qonuniy yoʻl bilan topilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida ham bank tomonidan qabul qilinishi mumkin.”;
23. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasi mijozlarning hisobvaraqlaridan bank kassalari orqali quyidagi holatlarda berilishi mumkin:
jismoniy shaxslarga — hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida cheklovlarsiz;
yuridik shaxslarga — ularning ustav fondiga (ustav kapitaliga) jismoniy shaxslar tomonidan ilgari kiritilgan valyuta mablagʻlarini qaytarish hamda xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq operatsiyalar uchun;
norezidentlarning vakolatxonalari, filiallari va doimiy muassasalariga — xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq operatsiyalar uchun;
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga — banklarga taqdim etiladigan rasmiy xat asosida aniq koʻrsatilgan boshqa maqsadlar uchun;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chet el fuqarolariga — qoʻshilgan qiymat soligʻini naqd pulda qaytarish uchun.”.
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklarining” va “tijorat banklariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Banklarning” va “banklarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklariga” va “tijorat banklarining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Banklarga” va “banklarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 10/26/3281-5/0408-son)