Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 16-iyuldagi 70-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2501, 2013-yil 14-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.”.
2.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.”.
3.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan shaklda tashkil etish uchun kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha
yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr) muvofiq Moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi hisobvaraqlar rejasi tuziladi.”.
“Asosiy vositalar, shuningdek moliyaviy ijara shartnomasi asosida olingan vositalar boʻyicha eskirish Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “
Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) muvofiq hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya tanlangan usulga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “
Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3547, 2024-yil 9-avgust) asosan hisoblanadi.”.