Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 10/22/3380/0742-son) bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi tahrirdagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza litsenziyalovchi organ xizmatlar provayderlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi.”.
“a) kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov va toʻlovni qabul qilish vositasi emasligi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), davlat tomonidan taʼminlanmaganligi, kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchiliklar mavjudligi, yaʼni pul mablagʻlari, kripto-aktivlar evaziga almashtirilgan boshqa fuqarolik huquqi obyektlari kripto-aktivlarning narxlari oʻzgaruvchanligi, texnik nosozlik (xato)lar, qonunga xilof harakatlar, shuningdek talon-toroj qilish holatlari natijasida butunlay yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish joylashtirilishi;”.
3.
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning litsenziya talabgori tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
litsenziya talabgorining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi;
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
litsenziya talabgorining mansabdor shaxslari va (yoki) taʼsischilarining mazkur Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi;
litsenziyalovchi organning asoslantirilgan mulohazasi.
Litsenziyani berishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.