1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
BUYRUGʻI
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3752]
Oʻzbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son «Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
1. Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 9-martdagi 13-son «Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3000, 2018-yil 16-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2018-y., 10/18/3000/1076-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-dekabr,
18-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil o'rinbosari J. URUNOV
2025-yil 21-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 18-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 30-dekabrdagi 18-son buyrugʻiga ILOVA
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar, dori vositalari va tibbiy jihozlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, dori vositalari va tibbiy jihozlarni realizatsiya qiluvchi, ularni qoʻllovchi va saqlovchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoida
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
farmakologik nazorat — dori vositalaridan ularning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga muvofiq foydalanilganda odamda kuzatiladigan, organizm uchun bexosdan va noxush taʼsir koʻrsatadigan nojoʻya reaksiyalarni aniqlashga, baholashga va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyat;
farmakologik nazorat tizimi — davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, dori vositalarini realizatsiya qiluvchi, ularni qoʻllovchi va saqlovchi tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan farmakologik nazoratni amalga oshirish maqsadida dori vositalarining xavfsizligini monitoring qilish, ularning «foyda-xavf» nisbatini baholash, foyda xavfdan ustun boʻlgan hollarda dori vositalarining qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga moʻljallangan tizim;
birlamchi tibbiy hujjatlar — bemorlarning sogʻligʻi, ularga qoʻllangan dori vositalari hamda oʻtkazilgan diagnostika-davolash tadbirlarini toʻliq qayta tiklash va tekshirish imkonini beruvchi, klinik tadqiqot, farmakologik nazorat, tibbiy jihozlarning xavfsizlik monitoringi va boshqa sogʻliqni saqlash jarayonlarida dalil sifatida saqlanadigan va taqdim etiladigan asl hujjatlar, maʼlumotlar va yozuvlar;
nojoʻya reaksiya — dori vositalari yoki tibbiy jihozlarining qoʻllanilishi natijasida insonning oʻlimiga olib keladigan yoki uning hayoti uchun xavf tugʻdiradigan, insonni davolash-profilaktika muassasasiga yotqizishni yoki yotqizish muddatini uzaytirishni talab etadigan, uning mehnat layoqatsizligiga yoki nogironlikka, tugʻma anomaliyalarga yoxud rivojlanish nuqsonlariga olib keladigan nojoʻya taʼsirlar;
xavf belgisi (signal) — bu dori vositalarini qoʻllash jarayonida aniqlangan, avval nomaʼlum boʻlgan yoki yetarlicha oʻrganilmagan nojoʻya reaksiya haqida maʼlumot;
xavf belgisini (signalni) baholash — farmakologik nazorat doirasida aniqlangan xavf belgisining (signalning) haqiqiyligi, ishonchliligi, klinik ahamiyati va sabab-oqibat bogʻliqligini tizimli ravishda tahlil qilish jarayoni;
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, qoʻllanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda, majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringi — bu tibbiy jihozlarning ishlab chiqarilishi, amalda qoʻllanilishi va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf omillarini aniqlash, ularni baholash, hisobga olish va bartaraf etish choralarini koʻrishga qaratilgan tizimli faoliyat;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) — tibbiy jihozlarning nosozligi (funksiyalarini buzilishi) va xususiyatlarini yomonlashishi natijasida insonning hayoti uchun xavf tugʻdiradigan yoki uning sogʻligʻining yomonlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar.
2-bob. Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik toʻgʻrisida xabardor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
2. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, dori vositalarini realizatsiya qiluvchi, ularni qoʻllovchi va saqlovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida vakolatli organni mazkur bobda belgilangan muddatlarda quyidagilar orqali yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart:
a) davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, dori vositalarini realizatsiya qiluvchi, ularni qoʻllovchi va saqlovchi tashkilotlar tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma;
b) davolash-profilaktika muassasalari tomonidan dori vositalarining klinik tadqiqotlari oʻtkazilganda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi Dori vositasining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma;
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan taqdirda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan «Xalqaro standartlashtirilgan format — CIOMS» shaklidagi xabarnoma.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.15.00 Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
3. Davolash-profilaktika muassasasida davolanayotgan (shu jumladan, statsionar yoki ambulator sharoitda davolanayotgan) shaxsga nisbatan dori vositasini qoʻllash chogʻida yoki dori vositasi qoʻllanilgandan keyin unda nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik kuzatilgan holatlarda ushbu holatlarni aniqlagan tibbiyot xodimi bu boʻyicha quyidagi muddatlarda Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi:
nojoʻya reaksiyalar (insonning oʻlimiga olib kelganda yoki uning hayoti uchun xavf tugʻdirganda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 1 kun ichida;
nojoʻya reaksiyalar (insonni davolash-profilaktika muassasasiga yotqizishni yoki yotqizish muddatini uzaytirishni talab etadigan, uning mehnatga layoqatsizligiga yoki nogironlikka, tugʻma anomaliyalarga yoxud rivojlanish nuqsonlariga olib keladigan) aniqlanganda — mazkur holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 3 kun ichida;
nojoʻya reaksiyalar (inson organizmi uchun zararli boʻlgan boshqa holatlarda) yoki samarasizlik aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
4. Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan dori vositalarini klinik tadqiqotdan oʻtkazish jarayonida yoki dori vositalari klinik tadqiqotdan oʻtkazilganidan keyin bemorlarda nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik kuzatilgan holatlarda ushbu holatlarni aniqlagan tibbiyot xodimi bu boʻyicha mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlarda Dori vositasining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
5. Uy sharoitida davolangan bemor oʻzi isteʼmol qilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi yoki samarasizligi yuzasidan davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilganda, bemorni qabul qilgan tibbiyot xodimi unda kuzatilgan nojoʻya reaksiyaning aynan u qoʻllagan dori vositasining qoʻllanilishi oqibatida yuzaga kelganligiga yoki dori vositalarining samarasizligiga ishonch hosil qilsa, ushbu holatlar boʻyicha mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlarda Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
6. Dorixonalar va dori vositalarini saqlovchi, ularni realizatsiya qiluvchi hamda qoʻllovchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida yoki dori vositasi qoʻllanilgandan keyin bemorlarda nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlanganligi haqida maʼlumot olganda, bu haqda ularning masʼul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan muddatlarda Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
7. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositasining qoʻllanilishi chogʻida yoki dori vositasi qoʻllanilgandan keyin unda nojoʻya reaksiyalar yoxud samarasizlik aniqlanganligi haqida maʼlumot olganda, bu haqda ularning masʼul xodimlari tomonidan quyidagi muddatlarda Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi:
nojoʻya reaksiyalar (insonning oʻlimiga olib kelganda yoki uning hayoti uchun xavf tugʻdirganda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 1 kun ichida;
nojoʻya reaksiyalar (insonni davolash-profilaktika muassasasiga yotqizishni yoki yotqizish muddatini uzaytirishni talab etadigan, uning mehnat layoqatsizligiga yoki nogironlikka, tugʻma anomaliyalarga yoxud rivojlanish nuqsonlariga olib keladigan) aniqlanganda — mazkur holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida;
nojoʻya reaksiyalar (inson organizmi uchun zararli boʻlgan boshqa holatlarda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 60 kun ichida;
samarasizlik aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 30 kun ichida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
8. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida yoki ular qoʻllanilgandan keyin nojoʻya reaksiyalar aniqlanganligi haqida maʼlumot olganda, bu haqda ularning masʼul xodimlari tomonidan nojoʻya reaksiyalar aniqlangan vaqtdan boshlab 15 kun ichida «Xalqaro standartlashtirilgan format — CIOMS» shaklidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
9. Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda uning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va yuborilishi uchun xabarnomani imzolagan shaxs masʼul hisoblanadi.
3-bob. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalarini saqlovchi, realizatsiya qiluvchi hamda qoʻllovchi tashkilotlar tomonidan farmakologik nazoratni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
10. Farmakologik nazoratni tashkil etish, ushbu nazoratni samarali yuritilishini taʼminlash maqsadida davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalarini saqlovchi, ularni realizatsiya qiluvchi hamda qoʻllovchi tashkilotlarning rahbarlari tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
farmakologik nazorat talablarini bajarish uchun oliy tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumotli, farmakologik nazorat boʻyicha tegishli malakaga ega boʻlgan (sertifikat) masʼul shaxs tayinlanishi;
farmakologik nazorat boʻyicha standart operatsion protseduralarni (SOP) tasdiqlanishi, joriy etilishi va ularning bajarilishining doimiy nazorat qilinishi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
11. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalarini saqlovchi, ularni realizatsiya qiluvchi hamda qoʻllovchi tashkilotlar tomonidan farmakologik nazoratni amalga oshirishda doimiy ravishda monitoring ishlari olib boriladi.
Monitoring ishlari natijasida quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda ular roʻyxatga olinadi va bu haqida vakolatli organ ular roʻyxatga olingan kundan boshlab 7 kun ichida xabardor qilinadi:
bakteriologik tekshiruvlar natijalariga muvofiq mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligining kamayishi yoki antibiotiklarga rezistentlikning rivojlanishi;
kontratseptiv dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnoma, shuningdek dori vositasining umumiy va (yoki) qisqacha tavsifida koʻrsatilgan talablarga muvofiq qoʻllanilganiga qaramay, uning samarasizligi;
dori vositalarining qoʻllanilishi jarayonida aniqlangan, dori vositalarining avval qayd etilmagan oʻzaro taʼsirlari.
4-bob. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan farmakologik nazoratni tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
12. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan farmakologik nazoratni tashkil etish quyidagilarni taʼminlash orqali amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalariga tegishli dori vositalari boʻyicha nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik holatlari va dori vositasini qoʻllashdagi xatoliklar haqidagi maʼlumotlarni yigʻib borish (umumlashtirish) va ularni «Medical Dictionary for Regulatory Activities» (MedDRA) tizimiga muvofiq kodlash hamda ushbu maʼlumotlarni vakolatli organga har chorakda taqdim etib borish;
dori vositalariga nisbatan boshqa davlatlarda joriy etilgan har qanday taqiqlar yoki cheklovlar, shuningdek dori vositasining «foyda-xavf» nisbatini baholashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar aniqlanganda, ushbu maʼlumotlar aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida vakolatli organni xabardor qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida nojoʻya reaksiya holatlari aniqlangan boʻlsa, ushbu holatlar haqida maʼlumotlar xavfsizlik boʻyicha davriy yangilanadigan hisobotda (bundan buyon matnda XDYaH deb yuritiladi) aks ettirish orqali vakolatli organni «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standarti talablariga muvofiq xabardor qilish;
original, jenerik, biologik, biosimilyar, biotexnologik hamda immunologik dori vositalari uchun xavflarni boshqarish rejasini ishlab chiqish hamda dori vositasi boʻyicha yangi xavflar vujudga kelgan taqdirda vakolatli organga xavflar aniqlangan kundan boshlab xavflarni boshqarish rejasini 30 kun ichida taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida farmakologik nazorat talablarini bajarish uchun farmakologik nazorat boʻyicha tegishli malakaga (sertifikatga) ega boʻlgan, oliy tibbiy yoki farmatsevtika maʼlumotiga ega boʻlgan masʼul shaxsni tayinlash;
masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda u haqidagi maʼlumotlar boʻyicha 30 kun ichida vakolatli organni xabardor qilish;
farmakologik nazorat tizimi master-fayli yangilangan taqdirda uning yangi tahririni vakolatli organga 30 kun ichida taqdim etish;
farmakologik nazorat tizimini «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standarti talablariga muvofiq ikki yilda kamida bir marta auditdan oʻtkazish va audit natijalarini farmakologik nazorat tizimi master-fayliga kiritish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
13. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari har yili birinchi chorak yakuniga qadar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan guvohnomasi muddatsiz berilgan dori vositalari boʻyicha «foyda-xavf» nisbatini baholash yillik hisobotini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq tuzishi va vakolatli organga 2030-yil yakunigacha taqdim etib borishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
14. Davlat roʻyxatidan oʻtgan dori vositalarining qoʻllanilishi bilan bogʻliq qoʻshimcha oʻrganishni talab qiluvchi xavflar aniqlangan hollarda, dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari oʻzlarining tashabbusi yoki vakolatli organ talabi asosida qoʻshimcha tadqiqot ishlarini oʻtkazishni tashkil etishi lozim.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan qoʻshimcha tadqiqot ishlari oʻtkazilishi yakunlanganidan soʻng, qoʻshimcha tadqiqot ishlari natijalari boʻyicha hisobot tayyorlanadi va hisobot tayyorlangan kunning oʻzida vakolatli organga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
15. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan farmakologik nazorat oʻtkazish natijasida oʻzlariga tegishli dori vositalarida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan yoki vakolatli organning rasmiy veb-saytida ushbu dori vositalarida nojoʻya reaksiyalar aniqlanganligi haqida maʼlumotlar eʼlon qilingan taqdirda, dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalariga nojoʻya reaksiyalar aniqlangan kundan boshlab 30 kun ichida zarur oʻzgartirishlar kiritishi lozim.
5-bob. Vakolatli organ tomonidan farmakologik nazoratni tashkil etish
16. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar haqida xabar kelib tushgan kundan boshlab 60 kun ichida (insonning oʻlimiga olib kelgan yoki hayot uchun xavf tugʻdirgan holatlarda 30 kun ichida) oʻrganib chiqiladi.
Bunda, oʻrganib chiqish davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
xabarnomalarni roʻyxatga olish, ulardagi maʼlumotlarni validatsiya va verifikatsiya qilish;
nojoʻya reaksiyalar boʻyicha axborotni maʼlumotlar bazasiga kiritish;
xabarnomalarning takroriy ekanligini oʻrganish;
dori vositalarini klinik tadqiqot oʻtkazish jarayonida unda aniqlangan nojoʻya reaksiyalarni roʻyxatga olish;
davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar taqdim etgan qoʻshimcha maʼlumotlarni (farmakologik, tibbiy, epidemiologik, ilmiy va klinik maʼlumotlar, dori vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlari, tibbiy adabiyotlardagi maqolalar va boshqalar) tahlil qilish;
maʼlumotlar yetarli boʻlmagan hollarda mazkur bandning yettinchi xatboshisidagi tashkilotlarga gumon qilinayotgan dori vositasining namunalari hamda dori vositalariga tegishli maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborish;
zarur hollarda, dori vositasi namunalarining standart talablariga muvofiqligini aniqlash va uning natijalarini baholash;
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Yevropa dori vositalari agentligi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining rasmiy veb-saytlarini, VigiBase maʼlumotlar bazasini hamda xorijiy va mahalliy ilmiy-tibbiy nashrlaridagi maʼlumotlarni kuzatish, oʻrganish va tahlil qilish;
dori vositasi qoʻllanishi bilan nojoʻya reaksiya oʻrtasidagi mumkin boʻlgan sabab-oqibat bogʻliqligini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining WHO-UMC tizimiga muvofiqligi boʻyicha baholash;
insonning oʻlimiga olib kelgan yoki hayot uchun xavf tugʻdirgan hamda boshqa nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlarni baholash;
nojoʻya reaksiyaning klinik koʻrinishlarini, dori vositasining qoʻllanilishi va nojoʻya reaksiya oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻlanishlarini, shuningdek kutilayotgan foydaning dori vositalari qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatini aniqlash.
17. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar oʻrganib chiqilishi tugallangan kunning oʻzida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
agar nojoʻya reaksiyalar dori vositalarining qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomada koʻrsatilgan klinik ahamiyati yengil, qisqa muddatli boʻlsa hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun jiddiy xavf tugʻdirmasa, dori vositalarini farmakologik nazorat doirasida kuzatishda qoldirish;
dori vositalarining qoʻllanilishi va nojoʻya reaksiya oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻliqligi mavjud boʻlgan holda dori vositalarining qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga tavsiya etish;
dori vositalaridan uning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga muvofiq foydalanilganda nojoʻya reaksiyaning oldini olish yoki xavfini kamaytirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda dori vositasida xavflarni kamaytirish boʻyicha qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazishga tavsiya etish;
dori vositalari qoʻllanilganda dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga ularning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda bunday dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
18. Vakolatli organ dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyingi davrda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan taqdim etilgan quyidagi hujjatlarni «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standarti talablariga muvofiqligini ular taqdim etilgan kundan boshlab 60 kun ichida oʻrganib chiqadi:
farmakologik nazorat tizimi master-faylini;
xavflarni boshqarish rejasini;
XDYaHni;
oliy tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumotli, farmakologik nazorat boʻyicha tegishli malakaga ega boʻlgan (sertifikat), farmakologik nazorat talablarini bajarish uchun tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlarni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
19. Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida keltirilgan hujjatlarni «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standarti talablariga muvofiqligini oʻrganish natijasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalariga qoʻshimcha tushuntirishlar yoki qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
20. Vakolatli organ oʻzining rasmiy veb-saytida «Yevropa Ittifoqining rasmiy roʻyxatida xavfsizlik boʻyicha davriy yangilanadigan hisobotlari»dagi maxsus davriylikda taqdim etish talab etiladigan dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi (XPN) yoki ularning guruhlashgan nomlari roʻyxatini eʼlon qilib boradi.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari XDYaHni «Yevropa Ittifoqining rasmiy roʻyxatida xavfsizlik boʻyicha davriy yangilanadigan hisobotlari» boʻyicha vakolatli organga taqdim etishi shart.
Bunda dori vositalari «Yevropa Ittifoqining rasmiy roʻyxatida xavfsizlik boʻyicha davriy yangilanadigan hisobotlari»ga kiritilmagan taqdirda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan XDYaH quyidagi muddatlarda vakolatli organga taqdim etishi lozim:
dori vositasi xalqaro roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida — har 6 oyda bir marta;
keyingi ikki yil davomida — har yili 1 marta;
keyingi yillarda — har uch yilda 1 marta.
21. Vakolatli organ xavf belgisini (signalni) aniqlashda va baholash jarayonida dori vositalarining xavfsizligiga doir aniqlangan barcha maʼlumotlarni (farmakologik, tibbiy, epidemiologik) oʻrganadi va baholaydi.
Xavf belgisiga (signalga) oid maʼlumotlar quyidagi manbalardan olinadi:
mavjud ilmiy, klinik dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar toʻplami;
tibbiy adabiyotlarda eʼlon qilingan maqolalar;
xabarnomalar;
dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar.
Bir nechta manbalardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, ularning ishonchlilik va isbotlanganlik darajasi hisobga olinadi.
22. Vakolatli organ dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan taqdim etiladigan dori vositalarining «foyda-xavf» nisbatiga tegishli hujjatlarni «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standartiga muvofiqligi yuzasidan «foyda-xavf» nisbatiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 60 kun ichida baholaydi va baholash natijasi boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan xavf belgisini (signalni) qoʻshimcha baholash uchun zarur boʻlgan ishlarni amalga oshirish va ularning natijalarini vakolatli organga taqdim etish;
xavf belgisiga (signalga) oid maʼlumotlarni hamda ularni baholash natijalarini XDYaHga kiritish;
xavf belgisi (signal) aniqlangan hollarda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalaridan bu boʻyicha xavfni boshqarish rejasini taqdim etishni talab etish;
dori vositasini xavfsiz va samarali qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida xavfni minimallashtirish choralarini koʻrish, shu jumladan maxsus axborot dasturlarini joriy etish yoki sogʻliqni saqlash xodimlarini bevosita xabardor qilish;
dori vositalarining xavfsizligi bilan bogʻliq holatlarda dori vositasini muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish.
23. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarining «foyda-xavf» nisbatini baholashdagi oʻzgarishlar asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
dori vositalarining umumiy va qisqacha tavsifidagi va tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomadagi oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;
dori vositasining klinik tadqiqotlarini yoki ularning alohida bosqichlarini oʻtkazilishini toʻxtatadi, shuningdek qoʻshimcha klinik oldi va (yoki) klinik sinovlarni zarurat boʻlganida tayinlashga tavsiya beradi.
24. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarining «foyda-xavf» nisbatini baholash yakunlaganidan soʻng, mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi xulosani rasmiylashtiradi va bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalarini, xulosani rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida xabardor qiladi.
25. Xavfsizlik nazoratini xavf darajasiga mutanosib amalga oshirish maqsadida vakolatli organ, dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin xavfsizlik boʻyicha kengaytirilgan maʼlumot yigʻilishini talab etadigan dori vositalari roʻyxatini shakllantiradi hamda ushbu roʻyxatga kiritilgan dori vositalariga qoʻshimcha monitoring tartibi joriy etiladi.
Vakolatli organ qoʻshimcha monitoring joriy etilgan dori vositalarining yagona roʻyxatini tuzadi, yangilaydi va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
26. Xavf belgisini (signalni) baholash boʻyicha tavsiyalar va natijalar vakolatli organ tomonidan internet tarmogʻida eʼlon qilib boriladi.
6-bob. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalarining farmakologik nazorat tizimini vakolatli organ tomonidan oʻrganish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
27. Vakolatli organ tomonidan dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalarining farmakologik nazorat tizimi «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standartiga muvofiqligi 30 kun ichida oʻrganiladi va oʻrganish tadbirlari esa quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalarining arizasiga asoslanib;
dori vositalarida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan taqdirda.
Bunda vakolatli organ tomonidan oʻrganish tadbirlarini oʻtkazish uchun oʻrganish dasturlari ishlab chiqiladi.
28. Vakolatli organ tomonidan ishlab chiqilgan oʻrganish dasturlari asosida quyidagilar baholanadi:
farmakologik nazorat tizimining tashkil etilganligi;
nojoʻya reaksiyalarni yigʻish, qayd etish, baholash va xabardor qilish tartibi ishlab chiqilganligi;
xavflarni boshqarish rejalarining mavjudligi va ularning bajarilishi holati;
farmakologik nazorat boʻyicha masʼul shaxs faoliyati;
jalb etilgan uchinchi shaxslar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi;
farmakologik nazorat tizimining «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standartiga muvofiqlik darajasi.
29. Vakolatli organ tomonidan oʻrganish tadbirlari yakunlanganidan soʻng, 10 kun ichida oʻrganish tadbirlari natijalari boʻyicha xulosa shakllantiriladi.
Xulosa asosida dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalarining farmakologik nazorat tizimi «Zarur farmakonazorat amaliyoti — GVP» milliy standartiga muvofiq deb topiladi yoki aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar keltiriladi.
30. Vakolatli organ tomonidan oʻrganish tadbirlari natijalari boʻyicha berilgan xulosa asosida dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar va dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari oʻzlarining farmakologik nazorat tizimini qayta koʻrib chiqadi va aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud boʻlsa) bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi va buning natijasi yuzasidan hisobot tayyorlaydi hamda xulosa berilgan kundan boshlab 30 kun ichida uni vakolatli organga taqdim etadi.
7-bob. Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
31. Davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar, tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, tibbiy jihozlarni saqlovchi, ularni realizatsiya qiluvchi hamda qoʻllovchi tashkilotlar tibbiy jihozlardan foydalanish chogʻida ularda noxush holatlar (insident) yoki reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida vakolatli organni mazkur bobda belgilangan muddatlarda ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shakldagi Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma orqali yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
32. Davolash-profilaktika muassasasida davolanayotgan (shu jumladan, statsionar yoki ambulator sharoitda davolanayotgan) shaxsga nisbatan tibbiy jihozlarning foydalanish chogʻida ularda noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar kuzatilgan hollarda ushbu holatlarni aniqlagan tibbiyot xodimi mazkur holatlar boʻyicha quyidagi muddatlarda xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi:
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (insonning oʻlimiga olib kelganda yoki uning hayoti uchun xavf tugʻdirganda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 2 kun ichida;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (insonni davolash-profilaktika muassasasiga yotqizishni yoki yotqizish muddatini uzaytirishni talab etadigan, uning mehnat layoqatsizligiga yoki nogironlikka, tugʻma anomaliyalarga yoxud rivojlanish nuqsonlariga olib keladigan) aniqlanganda — mazkur holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 3 kun ichida;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (inson organizmi uchun zararli boʻlgan boshqa holatlarda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
33. Tibbiy jihozlarni klinik tadqiqotdan oʻtkazgan davolash-profilaktika muassasasida shaxsga nisbatan tibbiy jihozlarning foydalanish chogʻida yoki tibbiy jihozlardan foydalanilgandan keyin unda noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar kuzatilgan yoki aniqlangan hollarda ushbu holatlarni aniqlagan tibbiyot xodimi ushbu holatlar boʻyicha mazkur Nizomning 32-bandida keltirilgan muddatlarda Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
34. Uy sharoitida davolangan bemor oʻzi qoʻllagan tibbiy jihozlarning noxush holatlari (insidenti) yoki nojoʻya reaksiyalari yuzasidan davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilganda, bemorni qabul qilgan tibbiyot xodimi unda kuzatilgan yoki aniqlangan noxush holatlari (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aynan u qoʻllagan tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi oqibatida yuzaga kelganligiga ishonch hosil qilsa, ushbu holatlar boʻyicha mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan muddatlarda Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
35. Dorixonalar va tibbiy jihozlarni saqlovchi, ularni realizatsiya qiluvchi hamda foydalanuvchi tashkilotlar tibbiy jihozlarning foydalanilishi chogʻida yoki tibbiy jihozlardan foydalanilgandan keyin bemorlarda noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar kuzatilganligi yoki aniqlanganligi haqida maʼlumot olganda, bu haqda ularning masʼul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan muddatlarda Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma rasmiylashtiriladi va uni vakolatli organga yuborilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
36. Tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tibbiy jihozlarning foydalanilishi chogʻida yoki foydalanilgandan keyin ularda noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlanganligi haqida maʼlumot olganda, bu haqda ularning masʼul xodimlari tomonidan quyidagi muddatlarda Tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma rasmiylashtiriladi va uni vakolatli organga yuborilishi taʼminlanadi:
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (insonning oʻlimiga olib kelganda yoki uning hayoti uchun xavf tugʻdirganda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 2 kun ichida;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (insonni davolash-profilaktika muassasasiga yotqizishni yoki yotqizish muddatini uzaytirishni talab etadigan, uning mehnat layoqatsizligiga yoki nogironlikka, tugʻma anomaliyalarga yoxud rivojlanish nuqsonlariga olib keladigan) aniqlanganda — mazkur holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida aniqlangan noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar (inson organizmi uchun zararli boʻlgan boshqa holatlarda) aniqlanganda — ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab 60 kun ichida.
37. Xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda uning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va yuborilishi uchun xabarnomani imzolagan shaxs masʼul hisoblanadi.
8-bob. Vakolatli organ tomonidan tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringining amalga oshirilishi
38. Vakolatli organ tomonidan tibbiy jihozlardan foydalanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar haqida xabar kelib tushgan kundan boshlab 60 kun ichida (insonning oʻlimiga olib kelgan yoki hayot uchun xavf tugʻdirgan holatlarda 30 kun ichida) oʻrganib chiqiladi. Bunda, oʻrganib chiqish davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
xabarnomalarni roʻyxatga olish, ulardagi maʼlumotlarni validatsiya va verifikatsiya qilish;
xabarnomalarning takroriy ekanligini oʻrganish;
davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda tibbiy jihozlarini ishlab chiqaruvchi, tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari, tibbiy jihozlarni realizatsiya qiluvchi va qoʻllovchi tashkilotlar taqdim etgan qoʻshimcha maʼlumotlarni (texnik, tibbiy, epidemiologik, ilmiy va klinik maʼlumotlar, tibbiy jihozning davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlari, tibbiy adabiyotlardagi maqolalar va boshqalar) tahlil qilish;
qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalaridan birlamchi tibbiy hujjatlarning nusxasini, dorixonalar va tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalaridan qoʻshimcha ravishda birlamchi tibbiy hujjatlar, zarur hollarda gumon qilinayotgan tibbiy jihozning namunalari hamda tibbiy jihozlarga tegishli boshqa maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborish;
tibbiy jihoz namunalarini oʻziga tegishli standart talablariga muvofiqligini aniqlash va uning natijalarini baholash;
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Yevropa tibbiy jihozlari agentligi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining rasmiy veb-saytlarini, xorijiy va mahalliy ilmiy-tibbiy nashrlaridagi maʼlumotlarni kuzatish, oʻrganish va tahlil qilish;
insonning oʻlimiga olib kelgan yoki hayot uchun xavf tugʻdirgan tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar holatini baholash;
noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalarning klinik koʻrinishlarini, tibbiy jihozning qoʻllanilishi va noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻlanishlarini, shuningdek kutilayotgan foydaning tibbiy jihozlar qoʻllanilishining ehtimol tutilgan xavfiga nisbatini aniqlash.
39. Vakolatli organ tomonidan tibbiy jihozlardan foydalanilishi chogʻida noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar oʻrganib chiqilishi tugallangan kunning oʻzida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
agar noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar tibbiy jihozning qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasida koʻrsatilgan klinik ahamiyati yengil, qisqa muddatli boʻlsa hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun jiddiy xavf tugʻdirmasa, doimiy monitoring doirasida kuzatishda qoldirish;
tibbiy jihozlarning qoʻllanilishi va noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻliqligi mavjud boʻlgan holda tibbiy jihozning foydalanish yoki qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga tavsiya etish;
tibbiy jihozlar qoʻllanilganda tibbiy jihozlarning xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda bunday tibbiy jihozni muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish.
9-bob. Tibbiy jihozlarning «foyda-xavf» nisbatini baholash monitoringi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
40. Tibbiy jihozlarni muomalaga kiritish va foydalanish jarayonida kutilayotgan foyda hamda inson hayoti va sogʻligʻiga yetkazilishi mumkin boʻlgan xavflarni aniqlash, baholash va doimiy nazorat qilish maqsadida tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan tibbiy jihozlarning «foyda-xavf» nisbatini baholash monitoringi doimiy ravishda amalga oshirib borilishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
41. Tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan tibbiy jihozlarning «foyda-xavf» nisbatini baholash monitoringi doirasida tibbiy jihozlardan foydalanish bilan bogʻliq noxush holatlar (insident) yoki nojoʻya reaksiyalar, jiddiy asoratlar, nosozliklar, foydalanishdagi xatoliklar, shikoyatlar va boshqa xavfsizlikka taʼsir etuvchi holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi.
Yigʻilgan maʼlumotlar tizimli ravishda tahlil qilinib, tibbiy jihozlarning real sharoitdagi xavfsizligi, samaradorligi hamda «foyda-xavf» nisbatining tibbiy jihozlarning amaldagi standartlar va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar yoki qoʻllanmalarga mosligi baholanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
42. Tibbiy jihozlardagi xavflarni kamaytirish, ularning oldini olish maqsadida xavfni boshqarish rejasi ishlab chiqiladi. Xavfni boshqarish rejasida aniqlangan har bir xavf boʻyicha texnik, tashkiliy choralar belgilanadi hamda ularni amalga oshirish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatiladi.
Xavfni boshqarish rejasi ijrosi monitoring qilinadi, koʻrilgan choralar samaradorligi baholanadi hamda rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
43. Monitoring va xavfni boshqarish jarayonlari natijalari asosida tibbiy jihozlar boʻyicha xavflarni tahlil qilish yuzasidan mazkur Nizomning 7-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi Xavfni boshqarish va tahlil qilish davriy hisoboti tayyorlanadi.
Tayyorlangan xavfni boshqarish va tahlil qilish davriy hisoboti tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan 3 yil davomida har yili vakolatli organga taqdim etib borilishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
44. Vakolatli organ tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari tomonidan amalga oshirilgan «foyda-xavf» nisbatini monitoring oʻtkazish orqali baholaydi.
Baholashda vakolatli organ:
ishlab chiqaruvchilar hamda tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari taqdim etilgan xavfsizlik monitoring hujjatlari toʻplamini ular taqdim etilgan kundan boshlab 60 kun ichida ekspertizadan oʻtkazadi va tahlil qiladi;
tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingi davrda hayot uchun xavf tugʻdirgan noxush holatlar (insident) yoki reaksiyalar, xavfsizligi va samarasizligi aniqlangan vaqtda xavfsizlik monitoring tizimini «Tibbiy buyumlar — Sifat menejmenti tizimlari — Tartibga solish maqsadlari uchun talablar» milliy standartidagi audit talablariga muvofiq oʻrganish oʻtkazadi.
45. Vakolatli organ baholash yakunlangan kundan boshlab 10 kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
tibbiy jihozdan foydalanishni davom ettirish;
tibbiy jihozni foydalanish yoki qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
agar xavf yuqori boʻlsa, tibbiy jihozdan foydalanishni xavfni kamaytirilgunga qadar vaqtincha toʻxtatish yoki cheklash;
tibbiy jihozlar qoʻllanilganda tibbiy jihozlarning xavfsizligi va samaradorligiga doir belgilangan talablarga uning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi dalillar aniqlangan taqdirda bunday tibbiy jihozni muomaladan chiqarish yoki uning qoʻllanilishini toʻxtatib turish.
10-bob. Yakuniy qoida
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Dori vositasi qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi
XABARNOMA
Xabarnomaning turi:
spontan adabiyot maʼlumotlari
Dori vositasining nojoʻya reaksiyalari yoki samarasizligini kuzatgan yoki aniqlagan shaxs:
davolash-profilaktika muassasasiga statsionar tibbiy yordam koʻtsatish uchun yotqizilgan yoki statsionar tibbiy yordamni koʻsatish muddati uzaytirilgan
nogironlik holati vujudga kelgan
tugʻma anomaliyalar paydo boʻlgan
klinik ahamiyatli hodisalarni yuzaga kelgan
dori vositasining taʼsiri yoʻqligi aniqlangan
Nojoʻya reaksiyaning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar:
davolashning imkoni yoʻqligi
dori vositasini qabul qilishning bekor qilinishi
dori vositasining dozasini kamaytirilishi
dori vositasi bilan davolashni davom ettirilishi
dori vositasisiz davolashni davom etilishi, shu jumladan jarrohlik aralashuvi
Nojoʻya reaksiyaning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralarning natijasi:
holati yaxshilangan
holati yomonlashgan
holati oʻzgarishsiz qolgan
asoratlar bilan sogʻaygan
asoratsiz sogʻaygan
tugʻma nuqsonlar vujudga kelgan
davolash-profilaktika muassasasiga statsionar tibbiy yordam koʻtsatish uchun yotqizilgan
nomaʼlum holatlar vujudga kelgan
oʻlim holati bilan yakunlangan
Dori vositasining bekor qilinganidan keyin nojoʻya reaksiyaning yoʻqolishi kuzatilganmi?
ha yoʻq
Dori vositasi takroran qabul qilinganmi?
ha (uning natijasi __________________________________________________________________)
yoʻq
Oxirgi 3 oy davomida qabul qilingan boshqa dori vositalari, shu jumladan bemor tomonidan oʻz xohishiga koʻra mustaqil ravishda qabul qilingan dori vositalari haqida maʼlumot:
T/r
Savdo nomi (xalqaro patentlanmagan nomi)
Ishlab chiqaruvchisi
Seriyasi va yaroqlilik muddati
Dori vositasining qoʻllanilgan dozasi
Davolanish boshlangan sana
Davolanish tugagan sana
Qoʻllash usuli
1.
2.
...
Qoʻshimcha maʼlumotlar (nojoʻya reaksiyalar bilan bogʻliq boʻlgan klinik, laboratoriya, rentgenologik tadqiqotlar va otopsiya maʼlumotlari, shuningdek qonda (toʻqimalarda) dori vositalarining konsentratsiyasini aniqlash (mazkur maʼlumotlar sanasi bilan koʻrsatiladi):
Xabarnoma qabul qilingan sana: «___» ____________ 20_____-yil; Telefon raqami: _______________
Imzosi: ________________________
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Dori vositasining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida nojoʻya reaksiyalar yoki samarasizlik aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisidagi
XABARNOMA
Davolash-profilaktika muassasasining nomi
Klinik tadqiqot bayonnomasining nomi
Klinik tadqiqot bayonnomasining raqami
Klinik tadqiqot oʻtkazishga ruxsat berilgan qarorning raqami
Klinik tadqiqotning identifikatsion raqami
Dori vositasining nomi
Dori vositasining nojoʻya reaksiya yoki samarasizligi haqida maʼlumot:
1. Bemorning F.I.O
2. Bemorning yashash joyi
3. Bemorning tugʻilgan sanasi
4. Bemorning yoshi
5. Bemorning jinsi
6. Nojoʻya reaksiya yoki samarasizlikning boshlanish sanasi
7. Nojoʻya reaksiyaning oqibatlari:
oʻlim holati bilan yakunlangan
hayotga jiddiy xavf solgan
davolash-profilaktika muassasasiga statsionar tibbiy yordam koʻtsatish uchun yotqizilgan yoki statsionar tibbiy yordamni koʻsatish muddati uzaytirilgan
nogironlik holati vujudga kelgan
tugʻma anomaliyalar paydo boʻlgan
klinik ahamiyatli hodisalar yuzaga kelgan
dori vositasining taʼsiri yoʻqligi aniqlangan
8. Nojoʻya reaksiya yoki samarasizlik haqida toʻliq maʼlumot (laborator va instrumental koʻrsatkichlar):
III. Bir vaqtning oʻzida qoʻllanilgan dori vositalari va tarixi / concomitant drug(s) and history
22. Bir vaqtning oʻzida qoʻllanilgan dori vositalari va ularni qoʻllash sanalari (nojoʻya taʼsirni davolash uchun qoʻllanganlarini kiritmang) / Concomitant drug(s) and dates of administration (exclude those used to treat reaction)
23. Boshqa tegishli tarixiy maʼlumotlar (masalan, diagnostika natijalari, allergiyalar, homiladorlik va oxirgi hayz oyining sanasi va boshqalar) / Other relevant history (e.g. diagnostics, allergies, pregnancy with last month of period, etc.)
IV. Ishlab chiqaruvchi haqida maʼlumot / Manufacturer information
24a. Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili / Name and address of manufacturer
24b. Ishlab chiqaruvchi nazorat raqami / Mfr control no.
24c. Ishlab chiqaruvchi tomonidan qabul qilingan sana /Date received by manufacturer
24d. Hisobot manbayi / Report source
□ tadqiqot / study
□ adabiyot / literature
□ tibbiy mutaxassis /health professional
Ushbu hisobot tuzilgan sana / date of this report
25a. Hisobot turi / Report type
□ dastlabki / initial
□ qoʻshimcha (yangilangan) / followup
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Dori vositalarining «foyda-xavf» nisbatini baholash boʻyicha
HISOBOT
1. Dori vositasi haqida umumiy maʼlumotlar
Dori vositasining savdo nomi
Xalqaro patentlanmagan nomi
Farmakoterapevtik guruh (ATX-kodi)
Dori shakli va konsentratsiyalari
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar / dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik gvohnomasining raqami
Qiyosiy dori vositasi (agar mavjud boʻlsa)
Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
2. Farmakologik nazorat tizimi
Farmakologik nazorat tizimi master-faylining formati va mazmuni
Farmakologik nazorat boʻyicha masʼul xodim haqida maʼlumot (F.I.O, lavozimi va maʼlumoti)
Farmakologik nazorat majburiyatlarining bajarilishi
Farmakologik nazorat tizimi holati boʻyicha xulosa
3. Xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlarini tahlil qilish
XDYaH formati va mazmuni
Barcha kelib tushgan nojoʻya reaksiyalar va samaradorlik haqidagi xabarlarni koʻrib chiqish (jiddiy va kutilgan reaksiyalar bilan birga)
Aniqlangan xavf belgilari (signallar) va ularning tahlili
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan qoʻshimcha choralar boʻyicha tavsiyalar
4. Xavflarni boshqarish rejasi
Xavflarni boshqarish rejasining tavsifi
Mavjud va ehtimoliy xavflarni identifikatsiya qilish
Xavflarni minimallashtirish boʻyicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan choralar
Amalga oshirilgan choralarning samaradorligini baholash
Xavflarni boshqarish rejasini oʻzgartirish boʻyicha xulosa va takliflar (agar zarur boʻlsa)
5. Xalqaro manbalardan olingan maʼlumotlarni baholash
Boshqa mamlakatlardan xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish (vakolatli organlar, ilmiy nashrlar, xalqaro maʼlumot bazalari)
Olingan maʼlumotlarning sifati va muvofiqligini tahlil qilish
Mahalliy foydalanish uchun xulosalar
6. Milliy baza maʼlumotlarida xavfsizlik monitoringi
Milliy bazada roʻyxatga olingan nojoʻya reaksiyalar haqidagi xabarlar soni
Hisobga olingan reaksiyalar xususiyati va jiddiyligi
Dori vositasining isteʼmoli (savdo hajmi, ekspozitsiyasi) haqidagi maʼlumotlar
7. Original dori vositalari bilan qiyosiy tahlil
Mahalliy maʼlumotni original dori vositalari bilan taqqoslash natijalari
Xavfsizlik va qoʻllanilish boʻyicha asosiy parametrlarga muvofiqligi
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
8. Xulosalar va tavsiyalar
«Foyda-xavf» nisbati boʻyicha umumiy baho
Xavflarni boshqarish rejasi yoki dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomaga oʻzgarishlar kiritish zarurligi boʻyicha tavsiyalar
Qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarurligi boʻyicha takliflar
Dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid boshqa takliflar
Farmakologik nazorat boʻyicha masʼul xodim
____________________________
__________________
_______________________
(F.I.O)
(imzo)
(sana)
Korxona rahbari
____________________________
__________________
_______________________
(F.I.O)
(imzo)
(sana)
Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Dori vositasining «foyda-xavf» nisbati toʻgʻrisida
XULOSA
1. Asosiy maʼlumotlar
Dori vositalarining savdo nomi
Xalqaro patentlanmagan nomi
Farmakoterapevtik guruh (ATX-kodi)
Dori shakli va konsentratsiyalari
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar yoki dori vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi egalari
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasining raqami
Qiyosiy dori vositasi (agar mavjud boʻlsa)
Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
Aloqada boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa)
Manzil
Indeks
Shahar
Telefon
Faks (mavjud boʻlsa)
Elektron pochta
Mamlakat
5. Tibbiy jihoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Tibbiy jihozni qoʻllashning potensial xavfi sinfi:
Tibbiy jihozlar nomenklaturasiga muvofiq tibbiy jihoz turining kodi:
Tibbiy jihozning nomi:
Tibbiy jihozning (modifikatsiyalash) variantlari:
6. Tibbiy jihoz bilan bogʻliq aniqlangan qoldiq xavflar roʻyxati:
7. Tibbiy jihoz xavfsizligi va samaradorligining roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi monitoringining maqsad va vazifalari:
8. Hisobot davrida olingan klinik maʼlumotlar:
9. Hisobot davrida olingan klinik maʼlumotlarni baholash:
10. Tibbiy jihoz xavfsizligi va samaradorligining davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyingi monitoringi davrida olingan barcha maʼlumotlarni baholash natijalari:
11. Rejaga tuzatishlar kiritish zarurligi (zarur emasligi) toʻgʻrisida xulosa tibbiy jihoz xavfsizligi va samaradorligining roʻyxatdan oʻtgandan keyingi klinik monitoringi
12. Tibbiy jihoz xavfsizligi boʻyicha tuzatish harakatlarini bajarish zarurligi (zarur emasligi) toʻgʻrisida xulosa
13. Tibbiy jihoz xavfsizligi boʻyicha tuzatish harakatlari tavsifi (mavjud boʻlganda)
14. Tibbiy jihozning klinik xavfsizligi va samaradorligi toʻgʻrisidagi xulosa (asos)
15. Tibbiy jihoz xavfsizligi va samaradorligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyingi xavfsizlik monitoringi siklini uzaytirish zarurligi (zarur emasligi) toʻgʻrisida xulosa (yakuniy hisobot uchun)
16. Izohlar
Xavfni boshqarish va tahlil qilish davriy hisobotini toʻldirgan shaxs:
_________________
______________
____________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O)
«____» __________ 20____ y.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026 y., 10/26/3752/0040-son)