Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-bobning
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit byurosida dasturiy-texnik vositalar, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlashga qoʻyiladigan talablar”.
“9. Kredit byurosi oʻz faoliyatida axborot tizimlarida qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq boʻlgan, litsenziyalangan va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalarga ega boʻlishi hamda ular quyidagilarni taʼminlashi kerak:”;
“Kredit byurosi axborot tizimlarida qoʻllaniladigan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq boʻlgan, litsenziyalangan va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalar bilan himoyalangan skoring boʻyicha dasturiy taʼminotiga ega boʻlishi lozim.”.
3.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Kredit byurosining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligini taʼminlash Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3679, 2025-yil 23-sentabr) muvofiq tashkil etiladi.”.