1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3618-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 8-apreldagi 7/3-son qarori (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 10/25/3618/0378-son) bilan tasdiqlangan Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va o'zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-dekabr,
31/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 5-dekabrdagi 31/9-son qaroriga ILOVA
Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi — qarz oluvchining isteʼmol kreditlari va(yoki) mikroqarzlari boʻyicha jami asosiy qarz (limit) miqdorining mazkur qarz oluvchi oʻrtacha oylik daromadi miqdoriga nisbati;”;
“eng koʻpi bilan 15 foizigacha bank tomonidan qarz oluvchilarga (bundan mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan qarz oluvchilar mustasno) kreditlar (mikroqarzlar)berishda ularning qarz yuki koʻrsatkichi 100 foizgacha boʻlishi mumkin;”.
“bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan kelib tushganiga uch ish kunidan oshmagan kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaat boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun berilgan subsidiyalar hisobidan amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar summasi mazkur ipoteka krediti boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar summasidan chegirilishi mumkin.”.
“13. Qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdorini hisoblash maqsadida bank qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi kamida 6 oy uchun uzluksiz,biroq 12 oydan oshmagan muddat uchun oylik daromadlarining oʻrtacha arifmetik qiymatini aniqlaydi (bundan mazkur Nizomning 17-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlar mustasno).”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar “qarz yuki” degan soʻzlardan keyin “(qarzning daromadga nisbati)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 18-banddagi “hamda” degan soʻz “va (yoki)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari;”.
“20. Mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmasa, bank mazkur qarz oluvchi bankka murojaat qilgan sanadan oldingi 18 oylik davr ichida asosiy qarzi toʻliq toʻlangan kredit (mikroqarz) boʻyicha mazkur davr ichidagi toʻlovlarning kamida 6 oy, biroq 12 oydan oshmagan uzluksiz muddat davomida toʻlovlari (bundan qayta tiklanadigan kredit liniya boʻyicha toʻlovlar mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.
Bunda, qarz yuki (qarzning daromadga nisbati) koʻrsatkichi hisob-kitobida qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadi sifatida qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari oʻrtacha arifmetik qiymati miqdorining 50 foizi olinadi.”.
11. 21-band “mavjud boʻlmasa” degan soʻzlardan keyin “yoki daromadlar yetarli boʻlmasa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 21-bob bilan toʻldirilsin:
isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz berishga yoki limitini oshirishga;
mazkur bank tomonidan avval berilgan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirishga (bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oshishi munosabati bilan toʻlovlar miqdorining oshirilishi holatlari mustasno);
isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz muddatini uzaytirishga;
boshqa qarz beruvchining isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarzga doir huquqlarini(talablarini) sotib olish yoki kreditni qayta moliyalashtirishga doir qaror qabul qilinganda hisoblanishi lozim. Bunda qarz oluvchining huquqlari (talablari) sotib olinayotgan yoki kredit qayta moliyalashtirilayotgan amaldagi isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari takroran hisobga olinmaydi.
bank va boshqa qarz beruvchilar tomonidan kelib tushganiga uch ish kunidan oshmagan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz berish toʻgʻrisida koʻrib chiqilayotgan murojaat boʻyicha asosiy qarz (limit) summasi;
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchining barcha qarz beruvchilar bilan tuzilgan isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomalari boʻyicha asosiy qarz (limit) qoldiq summalari;
qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida qarz oluvchi isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomalari boʻyicha birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda, har bir shartnoma boʻyicha asosiy qarz (limit) qoldiq summalari;
qarz oluvchi kafillik shartnomasiga muvofiq kafil sifatida ishtirok etgan har bir isteʼmol krediti va (yoki) mikroqarz shartnomasi boʻyicha toʻlovlar, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash sanasida ular boʻyicha 30 kundan ortiq muddati oʻtgan toʻlovlari mavjud boʻlsa.
243. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi hisob-kitobida oʻrtacha oylik daromad miqdori mazkur Nizomning 2-bobi 3-paragrafiga muvofiq aniqlanadi.
244. 2026-yil 1-martdan boshlab mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan hujjat va maʼlumotlar bilan tasdiqlangan daromadlardan foydalangan holda qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati:
mavjud boʻlsa, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 8 barobardan;
mavjud boʻlmasa, qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 5 barobardan oshmasligi lozim, bundan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlgan qarz oluvchilar mustasno.
245. 2026-yil 1-martdan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlgan qarz oluvchilar uchun qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi 8 barobardan oshmasligi lozim.
Bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha kreditlar(mikroqarzlar) sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganiga bankka murojaat qilgan sanadan oldingi olti oydan oshmagan qarz oluvchilarga daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyati uchun kreditlar(mikroqarzlar) berishda ularning qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichi inobatga olinmasligi va (yoki) hisoblanmasligi mumkin.
246. Qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichiga doir talablar quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar;
“ipoteka kreditini berishda mazkur bank tomonidan qarz oluvchilarga berilgan, biroq soʻndirilmagan barcha ipoteka kreditlari sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan meʼyorlardan ortishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda beriladigan ipoteka kreditlari mustasno.”.