toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining
buyrugʻi
Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3575]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 28-noyabrdagi 6-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3723, 11.12.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman.
1. Statistika hisoboti shakllari 1 — 64-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 9 oktabrdagi 39-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3475, 2023-yil 10-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2023-y., 10/23/3475/0851-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
10-mb-son
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida ___ yil uchun hisobot (1-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (2-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (3-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (4-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisidagi hisobot (5-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (6-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (7-ilova)
____ yil paxta xom ashyosi hosilini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot (8-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (9-ilova)
Kanalizatsiya ishi toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (10-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (11-ilova)
Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil boʻlishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida hisobot (12-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (13-ilova)
Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (14-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (15-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (16-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (17-ilova)
Paxta xom ashyosini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot (18-ilova)
Don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot (19-ilova)
Pilla xaridi toʻgʻrisidagi hisobot (20-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (21-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (22-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot (23-ilova)
Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (24-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha ____ yil uchun hisobot (25-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (26-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (27-ilova)
Elektron onlayn-auksionlar asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (28-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (29-ilova)
____ yil uchun mehnat hisoboti (30-ilova)
Mehnat hisoboti (31-ilova)
Kasb va lavozimlar boʻyicha xodimlarning ish haqi toʻgʻrisida____ yil aprel oyi uchun hisobot (32-ilova)
Oilalar toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (33-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (34-ilova)
Ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida____ yil uchun hisobot (35-ilova)
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (36-ilova)
Uy-joy olish uchun turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (37-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida ___ yil uchun hisobot (38-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi toʻgʻrisida hisobot (39-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (40-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (41-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisobot (42-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (43-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisobot (44-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (45-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasasining hisoboti (46-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar hisoboti (47-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga oliy taʼlim tashkilotining hisoboti (48-ilova)
____ yil 1-yanvar holatiga maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining hisoboti (49-ilova)
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar uchun taʼlim muassasasining ____ yil uchun hisoboti (50-ilova)
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (51-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (52-ilova)
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (53-ilova)
____ yil 1-yanvar holatiga pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida hisobot (54-ilova)
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha ____ yil uchun hisobot (55-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironlik sabablari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (56-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (57-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (58-ilova)
Notijorat tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (59-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (60-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (61-ilova)
Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (62-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (63-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (63/1-ilova)
____ yil uchun eksport-import toʻgʻrisida hisobot (63/2-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning ____ yil uchun hisoboti (63/3-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisoboti (63/4-ilova)
Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (63/5-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (63/6-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (63/7-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (63/8-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (63/9-ilova)
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisoboti (63/10-ilova)
Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (64-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot (64/1-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi hisoboti (64/2-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot (64/3-ilova)
Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot (64/4-ilova)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3575/0958-son)