OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi
nizomda:
2) 6-ilovaning
matnidagi “Propiska joyi (hujjatlarga muvofiq yashash joyi)” va “Yashash joyi (amaldagi yashash joyi)” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yashash joyi” hamda “Turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 11-ilovaning
matnidagi “Amaldagi yashash joyi” va “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Turgan joyi” hamda “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 6-sentabrdagi 20/5-son qarori (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3322/0923-son) bilan tasdiqlangan Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi “b” kichik bandi
oltinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-son qarori (roʻyxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2023-y., 10/23/3423/0129-son) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
2)
2a va
3-ilovalarning matnidagi “Roʻyxatdan oʻtgan joyi (hujjatlarga muvofiq yashash joyi)” va “Yashash joyi (amaldagi yashash joyi)” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yashash joyi” hamda “Turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 8
1-ilovaning
matnidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.