1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING
QARORI
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2263-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son “Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2263, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 384-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-noyabr,
301-son
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-oktabr,
01/09-2-14/48-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 301-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 30-oktabrdagi 01/09-2-14/48-son qaroriga ILOVA
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
“1. Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Mazkur Nizom davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
“1. Mazkur Nizom davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgan hollar bundan mustasno) aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga (bundan buyon matnda xoʻjalik jamiyatlari deb yuritiladi) tatbiq etiladi.”;
“davlat ulushi — xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, davlat muassasalariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan aksiyalar yoki ulushlar;”;
5) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II. Ishonchli boshqaruvchining xizmat haqi toʻlovini shakllantirish manbalari”;
“3. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun mablagʻlar manbai, agar davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasida oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobot yilidagi davlat ulushi boʻyicha davlat budjetiga tushgan dividendlar hisobidan shakllanadi. Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi uchun xizmat haqi hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida davlat budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, hisobot yilida davlat budjetiga dividendlar tushumidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun moʻljallangan, hisobot yilida davlat budjetiga tushgan davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmaganda yoki ular tushmagan (hisoblanmagan) taqdirda, xizmat haqini toʻlash uchun Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlaridan foydalaniladi.”;
7) 4-band va 4-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Davlat aktivlari agentligi deb yuritiladi) tomonidan har yili davlat ulushlarini boshqarish xarajatlari smetasining loyihasi shartnomalar, davlat ulushlarini ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish grafigi hamda ishonchli boshqaruvchilarning choraklik hisobotlari asosida choraklarga boʻlgan holda ishlab chiqiladi.”;
“6. Davlat aktivlari agentligi ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi toʻlovlari smetasi boʻyicha hisob-kitoblarni 1-iyuldan kechiktirmay kelgusi yil davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.”;
“7. Ishonchli boshqaruvchilar davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilangan shakl va muddatlarda davlat ulushlarini boshqarish faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Davlat aktivlari agentligiga topshiradi.”;
“8. Topshirilgan hisobotlar tahlili asosida Davlat aktivlari agentligi ishonchli boshqaruvchilar xizmat haqi toʻlovlari boʻyicha smetani toʻlash manbalarini koʻrsatgan holda tayyorlaydi va hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 20-sanasigacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.”;
ikkinchi xatboshidagi “Markazga” va “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat aktivlari agentligiga” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining” degan soʻzlar “ishonchli boshqaruvchilarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining” hamda “Markaz va Moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “ishonchli boshqaruvchilarning” va “Davlat aktivlari agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Davlat aktivlari agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“9. Taqdim etilgan smeta asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10 ish kuni ichida ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqlarini toʻlash uchun smetaga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlaridan davlat ulushi boʻyicha tushgan dividendlar hisobidan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga mablagʻlarni oʻtkazadi.”;
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat ulushlari boʻyicha budjetga toʻlangan dividendlarning qismi hisobidan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan eʼtiboran 10 bank ish kuni ichida;
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi umumiy mablagʻlari hisobidan 10 bank ish kuni ichida, agar:”;
oʻninchi xatboshidan “hamda qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“10. Xizmat haqi toʻlovlari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgandan keyin Davlat aktivlari agentligi bu haqda, shuningdek, shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish haqida (toʻlov birinchi marta amalga oshirilayotgan boʻlsa) ishonchli boshqaruvchilarni davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilangan shakl va muddatlarda xabardor qiladi.
Ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini toʻlash Davlat aktivlari agentligi tomonidan ularning bankdagi shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.”;
“11. Xizmat haqini toʻlash uchun nazarda tutilgan va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilinmagan hamda Davlat aktivlari agentligiga tegishli hujjatlarni taqdim etmagani sababli ularning shaxsiy hisobvaraqlari yoki hisob-kitob varaqlariga oʻtkazilmagan pul mablagʻlari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasida qoldiriladi.
Bunda, xizmat haqi toʻlovlarini toʻlash uchun davlat budjetidan yuborilgan mablagʻlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasida 90 kundan ortiq turib qolgan taqdirda, ushbu mablagʻlar toʻlaligicha davlat budjetiga qaytarilishi lozim.”;
16) 1-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA”;
17) 2-ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025 y., 10/25/2263-3/1081-son)