Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilish dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 2-oktabrdagi 462-son
qaroriga muvofiq respublika qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini ishlab chiqishni tugallashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Hukumatiga 1 mln AQSh dollari miqdorida avans qarz berilganligi;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini tarkibiy qayta tuzishning qonunchilik bazasini va erni roʻyxatdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining axborot taʼminotini tashkil etish va rivojlantirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanishi;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasi amalga oshirilishi uchun javobgar tashkilot etib belgilansin.
3. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish boʻyicha
ilovaga muvofiq xodimlar soni va tuzilmasiga ega boʻlgan agentlik (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etilsin. Belgilansinki, Agentlikning shtat jadvali keyinchalik Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda XTTB bilan birgalikda amalga oshiriladigan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
4. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
XTTBning avans va qarz berish shartlariga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralarining, shuningdek loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi sektorida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash.
5. Belgilansinki, Agentlikning barcha xarajatlari, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash, transport, asbob-uskunalar bilan jihozlash va operatsiya xarajatlari loyihani amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga milliy valyutada taʼminlanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish boʻyicha Agentlik rahbarini tayinlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Agentlikni joylashtirish uchun joy ajratsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.