Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga koʻmaklashish tarmoq loyihalarini tayyorlash va ularni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirish uchun rejalashtirilayotgan loyihalar roʻyxati ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Toshkent shahar hokimi:
ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni tashkil etsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ishlab chiqiladigan loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar ishchi guruhlar tomonidan majburiy tartibda kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga taqdim etiladi;
yangi loyihalarni moliyaviy taʼminlash uchun buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishib olingandan soʻng Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga yuboriladi.
4. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qoʻshma loyihalar tayyorlash va ularni amalga oshirishning borishini jadallashtirish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosari Makroiqtisodiyot va statistika vaziri B.S. Hamidov Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ilovada koʻrsatilgan qarz mablagʻlari hisobiga avans olish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidagi buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.