1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 4-aprelda 1558-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-sonli “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3204, 19.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 256-son qarorining bajarilishini taʼminlash hamda axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlash maqsadida buyuraman:
1. “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.