1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDA AGROSANOAT FIRMALARI TASHKIL ETISH VA ULARNING FAOLIYATINI YOʻLGA QOʻYISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
1. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrofirmalar, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlash korxonalari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning tavsiya etiladigan shakllarini ishlab chiqsinlar va joylarga yetkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-mart,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qaroriga ILOVA
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoniga muvofiq meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari (keyingi oʻrinlarda Agrofirma deb yuritiladi) tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilaydi.
2. Agrofirma fermer xoʻjaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
3. Quyidagilar Agrofirmaning muassislari boʻlishi mumkin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari;
barqaror xoʻjalik aloqalariga va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
xorijiy investorlar;
Agrofirmalarda qatnashishi qonunda taqiqlanmagan boshqa shaxslar.
4. Agrofirmani taʼsis etishda uning qatnashchilari oʻz mustaqilligini saqlab qoladi.
5. Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari]
6. Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
7. Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Agrofirmalarni taʼsis etishda muassislar tegishli tashkiliy-huquqiy shakldagi subyektlarni tashkil etish uchun belgilangan qonunchilik talablarini bajarishi kerak.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, ularning marketingini olib borish va boshqalar boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
9. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Agrofirmalarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari
10. Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
Agrofirmalar fermer xoʻjaliklari tomonidan ixtiyoriy asosda tashkil etiladi, bunda muassislar tarkibiga, fermerlar bilan bir qatorda, barqaror xoʻjalik aloqalariga va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan, shuningdek yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari kirishi mumkin;
Agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qoʻshma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
fermer xoʻjaliklarining Agrofirmalar tarkibiga kiruvchi qayta ishlaydigan va boshqa korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu shartnomalarda tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foizi avans bilan taʼminlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qoʻyiladi;
fermer xoʻjaliklari — Agrofirmalar taʼsischilari shartnomadagidan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻz xohishiga koʻra ichki bozorda sotadi va eksport qiladi.
III. Agrofirmalarning maqsadi va asosiy vazifalari
11. Agrofirma asosan qishloq joylarda, uning qatnashchilari saʼy-harakatlarini, ularning moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi.
12. Quyidagilar Agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishning maqbul hajmlarini belgilash;
oqilona texnologiya va kooperatsiya aloqalarini yaratish;
eksport potensialini koʻpaytirish va investitsiyalar jalb etish;
aholini ish bilan taʼminlash.
IV. Agrofirmaning huquq va majburiyatlari
13. Agrofirma quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash;
yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan budjet tashkilotlari bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
mahsulotni sotib olish yuzasidan fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan fyuchers kontraktlari tuzish;
aholidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum xarid qilish;
yetishtirilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishlar (koʻrsatilayotgan xizmatlar)ga mustaqil narx belgilash;
olingan daromad (foyda)ni, shuningdek oʻziga xizmat koʻrsatuvchi banklarning hisob raqamlaridagi pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra belgilangan tartibda tasarruf etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, pul mablagʻlarini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takroriy ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
oʻzining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish.
Agrofirma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
(13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Agrofirma:
oʻz xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
soliqlar va majburiy toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlashga majbur.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Agrofirma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Agrofirmaning mol-mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
15. Agrofirmaning mol-mulki:
muassislar tomonidan uning ustav fondiga ulush shaklida qoʻshilgan mol-mulk;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan mahsulotlar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish)dan, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda);
qimmatli qogʻozlardan olingan daromad;
yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz, xayriya va boshqa ehsonlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi]
belgilangan tartibda sotib olingan texnologiya asbob-uskunalari, binolar, transport vositalari, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, intellektual mulk obyektlari hamda boshqa mol-mulk;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
16. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni sotib olish va qayta ishlash Agrofirma tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb etiladigan resurslar hisobiga amalga oshiriladi.
17. Agrofirma tomonidan koʻrilgan zararlar uning mol-mulki va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulk hisobiga qoplanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
18. Agrofirma xodimlari ishga belgilangan tartibda mehnat shartnomasiga muvofiq qabul qilinadi. Vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun shaxslar Agrofirma tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.
19. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash tartibi va shakli qonunchilikka muvofiq agrofirma tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
20. Agrofirma qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobotini va boshqa hisobotni yuritadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
21. Agrofirmaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat boshqaruvi organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi.
(VIII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
23. Agrofirmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 84-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 15-son, 190-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)