toggle_night_mode
Hujjat 29.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
MARKAZIY BANKNING BANKLARARO TOʻLOV TIZIMI ORQALI ELEKTRON TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-fevralda 1545-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi orqali hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi nizom (2004-yil 22-iyun, roʻyxat raqami 1010-1) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-yanvar,
1/3-son
Markaziy bank Boshqaruvining
2006-yil 17-yanvardagi
1/3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron
toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek tizim ahamiyatidagi toʻlov tizimlarini tuzishning umumqabul qilingan xalqaro tamoyillariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (keyingi oʻrinlarda — MB HKM) — bu Banklararo toʻlov tizimi tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi boʻlib, uning funksiyalariga tijorat banklarining Bosh ofislariga (keyingi oʻrinlarda — banklar) va Markaziy bankka vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat koʻrsatish hamda ular oʻrtasida elektron toʻlovlarning belgilangan vaqt davomida uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash kiradi;
(1-bandning “1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) Markaziy bankning Toʻlov markazi — Markaziy bankning banklararo va filiallararo toʻlovlarini yagona balans tartibida oʻtishini taʼminlovchi axborot tizimi;
(1-bandning “2” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-2, 30.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/1545-2/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (keyingi oʻrinlarda — ABM) — Markaziy bank bilan tuziladigan shartnomaga asosan banklararo toʻlov tizimiga texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini taʼminlaydigan markaz;
(1-bandning “3” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
4) bankning vakillik hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — vakillik hisobvaraq) — bu bankka MB HKMda ochilgan va banklararo elektron toʻlovlar oʻtkazishga moʻljallangan hisobvaraqdir;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5) elektron toʻlov hujjati (keyingi oʻrinlarda — ETH) — toʻlov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega boʻlgan hamda elektron toʻlovni amalga oshirish uchun zarur axborotni oʻz ichiga olgan elektron hujjatdir. ETH toʻlovga doir qogʻoz hujjat asosida yoki elektron toʻlov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. ETH bilan ishlashda uni elektron toʻlovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qogʻozda takrorlash imkoniyati taʼminlanishi kerak;
(1-bandning “5” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) tashabbuskor (initsiator) bank — bu ETHni shakllantirish va benefitsiar bankka joʻnatish yoʻli bilan elektron toʻlovni boshlovchi bankdir;
(1-bandning “6” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7) benefitsiar bank — bu banklararo toʻlov tizimi orqali tashabbuskor bankdan joʻnatilgan ETHni qabul qiluvchi bankdir;
Keyingi tahrirga qarang.
8) elektron toʻlovni boshlash — ETHni shakllantirish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Banklararo toʻlov tizimi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni tezkorlik bilan oʻtkazishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
b) uzatilayotgan ETHlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v) elektron toʻlovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
3. Banklararo toʻlov tizimi quyidagi tamoyillar asosida ishlaydi:
a) ETHni biror belgi boʻyicha qayta ishlash ustuvorliklari yoʻqligi hamda tizimda ishtirok etish uchun adolatli va oshkora ruxsat;
b) foydalanuvchilar nuqtai nazaridan qulayliligi va elektron toʻlovni amalga oshirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi;
v) hisob-kitoblar boʻyicha aniq majburiyatlar tizimini boshqarish samaradorligi;
g) tashabbuskor bank tomonidan elektron toʻlovlarni boshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
d) banklarning MB HKMdagi vakillik hisobvaraqlari hamda banklarda ularga tegishli hisobvaraqlardagi aylanmalar va qoldiqlar mos kelganda elektron toʻlovlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
e) boshlangan elektron toʻlovni bekor qilish imkoniyati yoʻqligi;
j) yuqori darajadagi xavfsizligi, tezkorligi va ishonchliligi;
z) tashabbuskor bankning elektron raqamli imzosi bilan ETH tasdiqlangandan boshlab elektron toʻlovning chaqirib olinmasligi va mablagʻlar benefitsiar bank vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan boshlab elektron toʻlovning yakuniyligi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar vaqtinchalik yetarli boʻlmaganida, boshlangan elektron toʻlovlarni oʻz vaqtida yakunlash va kun davomida tizimning likvidliligini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va bank oʻrtasida tuzilgan alohida shartnoma asosida zarur boʻlgan mablagʻlarni yetkazib berish imkoniyati;
k) ETH almashuvini qabul qilish — nazorat — uzatish texnologik davrlar koʻrinishida tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
l) elektron toʻlovlar summasining miqdori boʻyicha cheklov oʻrnatilmasligi.
(3-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaziy bank bilan ABM oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida Banklararo toʻlov tizimi faoliyat yuritishini texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlari taʼminoti ABM zimmasiga yuklatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. ABM bilan tuziladigan shartnoma asosida MB HKM orqali elektron toʻlovlarni amalga oshiruvchi banklar banklararo toʻlov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari boʻlgan banklar — toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar banklararo toʻlov tizimining foydalanuvchilari hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. ETHning oʻtish sxemasi 1-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ABM bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilanadi.
Banklararo toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida banklar tomonidan MB HKMga uzatilgan ETHlarini qayta ishlash haq evaziga amalga oshiriladi.
Banklararo toʻlovlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan xizmat haqini oʻzgartirish haqida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank oʻzining rasmiy veb-saytida uch ish kunidan kechikmay eʼlon joylashtiradi va bu oʻzgartirish Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganidan oʻn besh kun oʻtgach toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qoʻllaniladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Banklararo toʻlov tizimida uzatish uchun moʻljallangan toʻlov hujjatlarining toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha masʼuliyat bank mijozi zimmasiga yuklatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mablagʻlarni hisobvaraqlarga oʻtkazish, hisobdan chiqarish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi toʻgʻriligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa — benefitsiar bankka yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Banklararo toʻlov tizimi boʻyicha uzatiladigan maʼlumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) toʻgʻrisidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvaragʻidan (oraliqdagi va yakuniy) koʻchirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABMga yuklatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
II. Banklar va ularning filiallarini banklararo toʻlov tizimiga ulash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
12. Banklararo toʻlov tizimiga ulanishning uchta varianti mavjud:
Keyingi tahrirga qarang.
1) bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini ulanishi;
2) filialga ega boʻlmagan banklarni ulanishi (bunda elektron toʻlovlar bankning amaliyot boshqarmasi orqali amalga oshiriladi);
3) bank filialini ulanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini banklararo toʻlov tizimiga ulanishi uchun bank Toʻlov (Hisob-kitob) markazining nomi va manzilini koʻrsatgan holda xat bilan Markaziy bankning Toʻlov tizimlari faoliyatini tartibga soluvchi departamentiga (keyingi oʻrinlarda — MB TTD) murojaat qiladi. Mazkur xatga asosan MB TTD bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini banklararo toʻlov tizimiga ulash hamda uning filiallarining vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
14. Filialga ega boʻlmagan bankni yoki bank filialini banklararo toʻlov tizimiga ulash uchun, ular qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatga olingan, Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi (keyingi oʻrinlarda — BDMAB)da xos raqam (unikal kod)ga hamda banklararo toʻlov tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Filialga ega boʻlmagan banklarni ulanish tartibi quyidagicha:
Oldingi tahrirga qarang.
1) Markaziy bankning banklarga litsenziya berishga masʼul departamenti (keyingi oʻrinlarda — MB LBD) MB TTDga bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasini olganligi toʻgʻrisida, bankning toʻliq nomi va manzili koʻrsatilgan holda xabar beradi;
(15-bandning “1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) MB TTDning yozma xabarnomasiga muvofiq, ABMning BDMAB boʻlimi tijorat bank uchun xos raqam va unga tegishli rekvizitlarni zaxiralaydi hamda bir vaqtning oʻzida bank va MB TTDga bu haqda xabar beradi;
(15-bandning “2” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
3) Bank, xos raqam olgandan keyin, oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan Markaziy bankning Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitini olish uchun, ABMga — MB HKMning serveriga kirish ruxsatini olish maqsadida autentifikatsiya maʼlumotlarini aniqlash uchun murojaat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
4) ABM xodimlari yordamida bir qancha ETHlarining qabul qilish nazorat qilish uzatish texnologik almashuvini oʻtkazish yoʻli bilan bank tayyorligining sinov tekshiruvi oʻtkaziladi.
Sinov quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) bankning maʼlumotlari sinov majmuasidagi tegishli maʼlumotnoma (spravochnik)ga kiritiladi;
b) dastlab bank xodimlari bilan axborotlar almashuvini oʻtkazish boʻyicha tushuntirish (instruktaj) oʻtkaziladi;
v) sinov majmuasidagi bankning vakillik hisobvaragʻiga bankning ishlashi uchun ustav fondi sifatida oldindan kelishilgan summa kiritiladi;
g) bank vakillik hisobvaragʻidagi qoldiqni tasdiqlash uchun axborotni va ETHlarini shakllantiradi hamda ABMga sinov tariqasida joʻnatadi, ABM shakllantirilgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshiradi;
d) ABM bank uchun vakillik hisobvaragʻini tasdiqlash, ish tugashi va ETHlarning qayta ishlanganligi boʻyicha axborotni shakllantiradi, bank esa ular bilan ishlay olishini tasdiqlashi kerak;
e) Sinov bank tayyorligini tekshirishda ijobiy natijalar olinguncha davom ettiriladi.
Sinov tugaganidan keyin ABM bank bilan birgalikda bank holatining banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyor ekanligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) MB LBDning bankka litsenziya berilganligi, bankning banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisidagi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentining xabarnomalari hamda sinovning ijobiy natijasi toʻgʻrisidagi ABMning dalolatnomasiga, shuningdek, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami koʻrsatilgan Davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi asosida, MB TTD barcha banklarga bankning ochilganligi, unga BDMABda xos raqam berilgani va banklararo toʻlov tizimiga ulanganligi toʻgʻrisida rasmiy xabarnoma yuboradi. Oʻz navbatida, Markaziy bankning elektron maʼlumotnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(15-bandning “5” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Bank filiallari MB HKMda hisobvaraqlar ochmasligini inobatga olib, banklararo toʻlov tizimiga filiallarni ulash boʻyicha barcha tayyorgarlik ishlarini (filialning tayyorgarlik sinov tekshiruvi, elektron raqamli imzo kalitini yaratish) banklar oʻzlari olib boradilar.
Filialga xos raqam zaxiralash uchun bank bevosita ABMning BDMAB boʻlimiga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini bankning Roʻyxatga olish markazi yaratadi. Bankning Roʻyxatga olish markazi mavjud boʻlmagan taqdirda, bank filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini yaratish uchun Markaziy bankning Roʻyxatga olish markaziga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Barcha ishlar tugatilgandan soʻng, filialni banklararo toʻlov tizimiga ulash masalasida bank MB TTDga xat taqdim etadi. Unda bank filialining nomi, manzili va bank statistik hisobotlarini berishda filialning hududiy tobeligi koʻrsatiladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu xatga asosan bank filiali uchun BDMABda zaxiralangan xos raqam va tegishli rekvizitlar Markaziy bankning tegishli elektron maʼlumotnomasiga kiritiladi va bank filiali ochilganligi hamda uni banklararo toʻlov tizimiga ulanganligi toʻgʻrisida MB TTD tomonidan barcha banklarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Filialni banklararo toʻlov tizimida toʻgʻri ishlashi boʻyicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi.
III. Banklararo toʻlov tizimi faoliyat yuritishining buxgalteriya modeli
17. MB XKMda vakillik hisobvaraqlari quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda yuritiladi:
1) MB HKMda banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi. ETHning muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi tasdiqlanishi bilan vakillik hisobvaragʻida aks ettiriladi. Uzatiladigan ETHlarida himoya qilish vositalari yordamida xatolar aniqlanganda yoki ETHlarni qayta ishlash imkoniyati boʻlmaganda, ular qaytariladi (faylni qayta ishlashda — fayl butunlicha qaytariladi), va bu haqda elektron kvitansiya beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2) Elektron toʻlovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi, agarda shartnomada boshqa hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa;
(17-bandning “2” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3) Bank banklararo elektron toʻlovlar oʻtkazishga oʻzining MB HKMdagi vakillik hisobvaragʻi va bankdagi tegishli hisobvaragʻidagi aylanma va qoldiq summalarining muvofiqligini tahlil qilgandan keyingina kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Banklararo toʻlov tizimida qoʻllaniladigan ETHlarining tarkibi va tuzilishi:
1) Banklararo toʻlov tizimida 2 — 6-ilovalarda keltirilgan ETHlar qoʻllaniladi;
2) har bir ETH, tashabbuskor bank tomonidan joʻnatish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun moʻljallangan tegishli kod (Toʻlov hujjati kodi) bilan belgilanishi kerak. Toʻlov hujjati kodlari (keyingi oʻrinlarda — THK) 8-ilovada keltirilgan;
Keyingi tahrirga qarang.
3) mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazilishini taʼminlash uchun ETH tayyorlashda toʻlov hujjatlarining barcha rekvizitlarini toʻgʻri kiritilishi kerak;
4) toʻlov topshiriqnomasini (THK 01), toʻlov talabnomasini (THK 02), memorial orderni (THK 06), inkasso topshiriqnomasini (THK 11) va masofadan xizmat koʻrsatish tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov topshiriqnomasi (THK 21) kiritishda quyidagi rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatning raqami;
hujjatning sanasi;
toʻlovchining nomi;
toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlovchi bankning kodi;
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlovchi bankning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatning summasi (raqam bilan);
oluvchining nomi;
oluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
oluvchi bankning kodi;
Keyingi tahrirga qarang.
oluvchi bankning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatning summasi soʻz bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
toʻlovning maqsadi.
Toʻlov maqsadida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan hamda bank va uning mijozi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga mos keluvchi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomasida undirib olish uchun asos boʻlayotgan ijro hujjatining raqami, sanasi va nomi koʻrsatiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq ayrim tashkilotlar tomonidan mablagʻlarni toʻlovchi yoki mablagʻlarni oluvchi boʻlgan toʻlov hujjatlarining “toʻlov maqsadi” grafasida nima maqsadda toʻlov oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilmasligi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
5) akkreditiv uchun ariza (THK 05)ni kiritishda quyidagi rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilishi kerak:
akkreditiv nomeri;
akkreditivni yozish sanasi;
toʻlovchining nomi;
toʻlovchining hisobvaraq raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Keyingi tahrirga qarang.
emitent bankning nomi;
emitent bank (tashabbuskor bank)ning kodi,
akkreditiv summasi raqam bilan;
yetkazib beruvchining nomi;
yetkazib beruvchining hisobvaragʻi raqami;
akkreditivni ijro etuvchi bankning nomi;
akkreditivni ijro etuvchi bank (benefitsiar bank)ning kodi;
akkreditiv summasi soʻz bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
akkreditiv muddati.
Akkreditiv shartlari:
akkreditiv turi;
tovar (mahsulot), xizmatning nomi;
akkreditiv boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatning nomi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. MB HKM tomonidan bankning vakillik hisobvaragʻi debetiga yoki kreditiga mablagʻ xato oʻtkazilganda, MB HKM amaliyot kuni davomida bankka xato oʻtkazilgan toʻlovlar toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatishi kerak. Bank, MB HKMdan xabarnomani olganda, darhol shu amaliyot kunining oʻzidayoq, vakillik hisobvaraqqa xato oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarishni amalga oshirishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tashabbuskor bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u benefitsiar bankka xato oʻtkazilgan toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatgan holda, xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. Bu holda, xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarilmasligidan qatʼi nazar, tashabbuskor bank mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Banklararo toʻlov tizimi orqali maʼlumotlar uzatishning texnologik jarayoni
Oldingi tahrirga qarang.
21. Soat 8-00 dan 17-00 gacha boʻlgan davrda banklar vakillik hisobvaragʻining oldingi kun nihoyasidagi holati toʻgʻrisida maʼlumot uzatadilar. Olingan maʼlumotlar ABMda banklarning vakillik hisobvaraqlari qoldigʻi va aylanmalarining banklardagi tegishli hisobvaraqlari bilan muvofiqligi nazoratidan oʻtadi va bu haqda bankka elektron kvitansiya uzatiladi. Bir xil boʻlgan holda, bank ishlashga tushadi, mos kelmasa — bank ular sababini aniqlaydi va bartaraf etadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 24-sentabrdagi 29/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-1, 26.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 509-modda)
Agar bank fors-major holatlari boʻyicha bir yoki bir necha kun ishlamagan boʻlsa, u ABM bilan ishni boshlashdan oldin, oʻtgan qayta ishlanmagan kunlarda toʻplanib qolgan barcha ETHlarni qabul qilishi va qayta ishlashi, joriy kunning boshiga vakillik hisobvaragʻining holatini aniqlashi va faqat shundan keyingina ishni boshlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar boʻyicha ETHlarni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 24-sentabrdagi 29/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-1, 26.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 509-modda)
1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin.
2) Joʻnatishga moʻljallangan ETH nazoratdan oʻtadi, bankning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmogʻi boʻyicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 24-sentabrdagi 29/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1545-1, 26.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 509-modda)
24. Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar toʻgʻrisida (tashabbuskor bank va benefitsiar bank boʻyicha) xabarnoma joʻnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shundan keyin MB HKMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi:
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
a) banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi;
b) MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Banklarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti bankning ichki toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.
“Kunning yakunlanishi” bosqichi chiqish shakllarini chiqarish, maʼlumotlarni arxivatsiyalash va tizimni navbatdagi kunning boshlanishiga tayyorlash bilan birgalikda boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining oʻtkazish vaqtini toʻlov tizimi masalalarini muvofiqlashtiruvchi rais oʻrinbosarining yozma yoki elektron koʻrsatmasiga asosan uzaytirishi mumkin. ABM tomonidan tizim ishtirokchilari ETHga ishlov berish vaqtining uzaytirilganligi haqida elektron tarzda xabardor qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ayrim banklarda alohida ajratilgan yoki kommutatsiya qilingan kanallarning buzilishi sodir boʻlganda, ETHlar belgilangan axborotlarni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda MB HKMga xizmat koʻrsatuvchi ABMning boʻlimiga bevosita elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim qilinishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 24-sentabrdagi 29/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-1, 26.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 509-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ushbu ish tartibi favqulodda vaziyatlar holati sodir boʻlganda qoʻllanilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilarining ish tartibi Markaziy bankning alohida meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi.
V. Banklarda hisob-kitoblarni tashkil etish
28. Bank filiallari oʻzining mijozlari oʻrtasidagi barcha toʻlovlarni bank xizmatini koʻrsatish uchun tuzgan shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mijoz tomonidan taqdim qilingan toʻlov hujjatlari mazkur Nizomning 18-bandida keltirilgan barcha majburiy rekvizitlarning toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
30. ETHlarida banklar va ularning filiallari vakillik hisobvaraqlari raqamini, shuningdek, MB HKM kodini qoʻyish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Bank filialida debet hujjatlari (emissiya toʻlovlari)ni rasmiylashtirishda quyidagi tartib mavjud:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
1) Emissiya operatsiyalarida memorial order rasmiylashtiriladi:

DEBET ‎

20102, 20106;‎

KREDIT‎

17301;‎

Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning “2” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
3) Banklar bank qonunchilik hujjatlari, oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga rioya qilmagan hollarda, Markaziy bank debet memorial orderlarni shakllantirish yoʻli bilan banklarning vakillik hisobvaraqlaridan jarima undirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kiritilgan toʻlov hujjati asosida bankning filialida dasturiy ravishda ETH shakllantiriladi, u ichki nazoratdan oʻtadi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markaziga uzatiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashabbuskor bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng, banklararo hisob-kitoblar boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) Tashabbuskor bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazida filiallardan olingan ETHlariga asosan:
Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21) boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
DEBET 22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
KREDIT 10301 bankning hisobvaragʻi;
2) Markaziy bankning Toʻlov markazida Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlaridan olingan ETHga asosan:
Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21) boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
DEBET 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvaragʻi;
KREDIT 11005;
Debet operatsiyalari (THK — 06) boʻyicha:
DEBET 11005;
KREDIT 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvaragʻi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Benefitsiar bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng, banklararo toʻlov tizimidan olingan toʻlov hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) Benefitsiar bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazida bankka ETH kelib tushganda:
Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21) boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
DEBET 10301;
KREDIT 22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
2) Markaziy bankning Toʻlov markazida ETH kelib tushganda:
Kredit operatsiyalari (THK — 01, 02, 05, 06, 11, 21) boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
DEBET 11005;
KREDIT 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi hisobvaragʻi;
Debet operatsiyalari (THK — 06) boʻyicha:
DEBET 22204 tegishli Hisob-kitob-kassa markazi;
KREDIT 11005.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
35. Benefitsiar bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazidan kelib tushgan ETHlari filialda ichki nazorat va elektron raqamli imzosi tekshiruvidan oʻtadi. Ijobiy natija olinganda, oʻtkazmalar filial va uning mijozlarining tegishli hisobvaraqlari boʻyicha aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Agar mijozning hisobvaraq raqami notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, bu holda mablagʻlar oluvchi uchun 23206 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvaragʻiga yoki toʻlovchi uchun 17305 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, undan uch ish kuni mobaynida maqsadi boʻyicha hisobdan oʻchirilishi kerak.
VI. Banklarning MB HKM bilan oʻzaro hamkorligi
Keyingi tahrirga qarang.
36. Banklardan ETH kelib tushganidan keyin, MB HKMda ularni avtomatlashtirilgan qayta ishlash tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Qayta ishlash jarayonida kelib tushgan ETHlar ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvidan oʻtadi. Nazoratdagi rekvizitlar yoki elektron raqamli imzoda xatolar aniqlanganda, xato ETHlari qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi. Shuningdek, ETH BDMAB bazasida benefitsiar bank va tashabbuskor bank mijozlarining hisobvaraqlari mavjudligi boʻyicha rekvizitlar nazoratidan oʻtadi. Agar ETHning rekvizitlarida koʻrsatilgan hisobvaraqlar oʻrnatilgan tartibda BDMABda roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa, ushbu ETH tegishli xato kodi koʻrsatilgan holda yaroqsiz deb topiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Har bir ETH batafsil tahlil qilinishidan oldin, quyidagilar boʻyicha tekshiriladi:
a) joriy kunning boshida vakillik hisobvaragʻi holatini tekshirganda ijobiy natija chiqishi;
b) elektron toʻlovni amalga oshirish uchun bankning vakillik hisobvaragʻida yetarli mablagʻlarning mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Tekshirish mobaynida, har bir ETH qayta ishlangandan keyin bankning vakillik hisobvaragʻida qolishi koʻzda tutilgan qoldiq summasi hisoblanadi. Fayl almashuvida dastlab hisobvaraqqa oʻtkaziladigan, keyin esa, hisobdan oʻchiriladigan barcha elektron toʻlovlar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. ETHda bironta xato aniqlansa, shuningdek, elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun bankning vakillik hisobvaragʻida mablagʻlar yetarli boʻlmasa, mazkur ETH qayta ishlashdan chiqariladi va bu haqda bankka xato kodi koʻrsatilgan holda axborot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Agar tekshiruv jarayonida xatolar aniqlanmasa va vakillik hisobvaragʻining qoldigʻi banklararo hisob-kitoblar boʻyicha elektron toʻlovlarni oʻtkazish imkonini bersa, ETH MB HKM amaliyot kunida keyingi qayta ishlashning barcha bosqichlaridan oʻtadi.
42. Har bir ETH qayta ishlash jarayonida MB HKMda toʻlov oʻtkazmalari 11001, 11003, 21302, 21304 va 27416 hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Banklararo toʻlovlarni uzluksiz ravishda amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari
43. Banklararo toʻlovlar Markaziy bankning Tezkor toʻlovlar tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tezkor toʻlovlar tizimi) orqali uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. ABM Markaziy bank bilan shartnoma asosida Tezkor toʻlovlar tizimi uzluksiz faoliyat yuritishi boʻyicha texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini taʼminlaydi.
44. Tezkor toʻlovlar tizimiga ulanish uchun banklar Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimiga ulangan boʻlishi va ABMga murojaat qilishi kerak. Tezkor toʻlovlar tizimi xizmatlaridan foydalanishda banklar axborot xavfsizligi talablariga rioya qilishlari shart. Banklar Tezkor toʻlovlar tizimi orqali amalga oshiriladigan har bir elektron toʻlov hujjatlarini elektron raqamli imzo kalitlari bilan himoyalanganligini taʼminlaydi.
45. Tezkor toʻlovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblar uzluksiz (dam olish kunlarisiz) tunu kun 24/7 rejimida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi qoldigʻidan kelib chiqqan holda limit belgilanadi va hisob-kitoblar mazkur limit qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi. Banklar toʻlovlar uzluksizligini taʼminlash maqsadida vakillik hisobvaraqlari likvidliligini taʼminlashlari shart.
46. Tezkor toʻlovlar tizimida belgilangan tartibda kliring sessiyalari amalga oshiriladi. Kliring sessiyasi boshlanishidan oldin banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi yetarli ijobiy qoldiqqa ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida qayta ishlash uchun Tezkor toʻlovlar tizimiga uzatilgan toʻlov topshiriqnomalari bank mijozlari tomonidan masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali 24/7 rejimida xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilingan boʻlishi va toʻlovchining hisobvaragʻida yetarli mablagʻ boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Har bir kliring sessiyasi oxirida banklarning sof pozitsiyalari aniqlanadi. Sof pozitsiya bankning boshqa banklarga toʻlashi va boshqa banklardan olishi kerak boʻlgan pul mablagʻlari farqini aniqlash orqali hisoblanadi. Aniqlangan sof pozitsiyalar haqidagi maʼlumotlar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markaziga uzatiladi va pul mablagʻlarini banklarning vakillik hisobvaraqlaridan oʻchirish yoki kiritib qoʻyish orqali yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi.
49. Toʻlovni amalga oshirish uchun uzatilgan toʻlov topshiriqnomasi muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi toʻgʻrisida Tezkor toʻlovlar tizimidan tasdiq olinguniga qadar toʻlovchining hisobvaragʻida toʻlov topshiriqnomasidagi summaga teng boʻlgan summa zaxiralanadi va tasdiq kelgach hisobdan chiqariladi. Tezkor toʻlovlar tizimidan tasdiq kelganidan soʻng mablagʻ oluvchilar hisobvaraqlariga kirim qilingan mablagʻlarni sarflash imkoniyatiga ega boʻladilar, bunga qadar mablagʻlarni oluvchi foydasiga oʻtkazilgan mablagʻlar uning hisobvaragʻida zaxiralanadi.
(VII bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Markaziy bankning banklararo toʻlov
tizimi orqali elektron toʻlovlarni
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga 1-ILOVA
Elektron toʻlov hujjatlarining oʻtish sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-2, 30.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/1545-2/0966-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning banklararo
toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

0505411002‎

“ELEKTRON” TOʻLOV TOPSHIRIQNOMASI №‎‎

SANASI‎

Toʻlovchining
‎nomi ‎

‎‎

DEBET
‎toʻlovchining h/v‎

‎‎‎

Toʻlovchining
‎STIRi‎

Toʻlovchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Toʻlovchi bank
‎kodi‎

SUMMA‎

‎‎
Oluvchining
‎nomi‎
‎‎
KREDIT
‎ oluvchining h/v‎
‎‎
Oluvchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Oluvchi bank
‎kodi‎

‎‎Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________
Toʻlov maqsadi‎

Rahbar‎

Bosh buxgalter‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Tekshirilgan‎

Maʼqullangan‎

Bank tomonidan oʻtkazilgan‎

M.Oʻ.‎

BANK‎

imzo‎

imzo‎‎

sana‎

Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning banklararo
toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

0505411001

“ELEKTRON” TOʻLOV TALABNOMASI №‎‎

SANASI‎

Toʻlovchining
‎nomi ‎

‎‎

DEBET
‎toʻlovchining h/v‎

‎‎‎

Toʻlovchining
‎STIRi‎

Toʻlovchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Toʻlovchi bank
‎kodi‎

SUMMA‎

‎‎
Oluvchining
‎nomi‎
‎‎
KREDIT
‎ oluvchining h/v‎
‎‎
Oluvchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Oluvchi bank
‎kodi‎

‎‎Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________
Toʻlov maqsadi‎

Rahbar‎

Bosh buxgalter‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Tekshirilgan‎

Maʼqullangan‎

Bank tomonidan oʻtkazilgan‎

M.Oʻ.‎

BANK‎

imzo‎

imzo‎‎

sana‎

Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning banklararo toʻlov
tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

0505411008‎

“ELEKTRON” MEMORIAL ORDER №

SANASI‎

Toʻlovchining
‎nomi ‎

‎‎

DEBET
‎toʻlovchining h/v‎

‎‎‎

Toʻlovchining
‎STIRi‎

Toʻlovchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Toʻlovchi bank
‎kodi‎

SUMMA‎

‎‎
Oluvchining
‎nomi‎
‎‎
KREDIT
‎ oluvchining h/v‎
‎‎
Oluvchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Oluvchi bank
‎kodi‎

‎‎Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________
Toʻlov maqsadi‎

Rahbar‎

Bosh buxgalter‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Tekshirilgan‎

Maʼqullangan‎

Bank tomonidan oʻtkazilgan‎

M.Oʻ.‎

BANK‎

imzo‎

imzo‎‎

sana‎

Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning banklararo toʻlov
tizimi orqali elektron toʻlovlarni
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

0505411013

“ELEKTRON” INKASSO TOPSHIRIQNOMASI №

SANASI‎

Toʻlovchining
‎nomi ‎

‎‎

DEBET
‎toʻlovchining h/v‎

‎‎‎

Toʻlovchining
‎STIRi‎

Toʻlovchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Toʻlovchi bank
‎kodi‎

SUMMA‎

‎‎
Oluvchining
‎nomi‎
‎‎
KREDIT
‎ oluvchining h/v‎
‎‎
Oluvchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Oluvchi bank
‎kodi‎

‎‎Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________
Toʻlov maqsadi‎

Rahbar‎

Bosh buxgalter‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Tekshirilgan‎

Maʼqullangan‎

Bank tomonidan oʻtkazilgan‎

M.Oʻ.‎

BANK‎

imzo‎

imzo‎‎

sana‎

Keyingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning banklararo toʻlov
tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

0505411009‎

“ELEKTRON” AKKREDITIVGA ARIZA №

SANASI‎

Toʻlovchining
‎nomi ‎

‎‎

DEBET
‎toʻlovchining h/v‎

‎‎‎

Toʻlovchining
‎STIRi‎

Toʻlovchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Toʻlovchi bank
‎kodi‎

SUMMA‎

‎‎
Oluvchining
‎nomi‎
‎‎
KREDIT
‎ oluvchining h/v‎
‎‎
Oluvchi
‎bankning nomi‎
‎‎

Oluvchi bank
‎kodi‎

‎‎Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________
Amal qilish
‎muddati‎ _________
Shartnoma
‎№‎ ____________
Buyurtma
‎№‎_____________
Buyurtma
‎sanasi‎‎‎______________
Tovar, ishlar yoki xizmatlar nomi
‎Hujjat turi
‎Qoʻshimcha
‎shartlar

Rahbar‎

F.I.O.

(imzo)‎

Bosh buxgalter‎ ‎

F.I.O.

(imzo)‎ ‎

Tekshirilgan‎

Maʼqullangan‎

Bank tomonidan oʻtkazilgan‎

M.Oʻ.‎

BANK‎

imzo‎

imzo‎‎

sana‎

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Markaziy bankning banklararo toʻlov
tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga
oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
T/r‎ Toʻlov hujjatlari nomi Toʻlov hujjatlari kodi
1.‎ Toʻlov topshiriqnomasi‎ 01‎
2.‎ Toʻlov talabnomasi‎ 02‎
3.‎ Akkreditiv uchun ariza‎ 05‎
4.‎ Memorial order‎ 06‎
5.‎ Inkasso topshiriqnomasi‎ 11‎
6.‎ Masofadan xizmat koʻrsatish tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov topshiriqnomasi‎ 21
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1545-3, 29.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda; 2016-y., 43-son, 509-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/1545-2/0966-son; 29.09.2020-y., 10/20/1545-3/1351-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.03.2022-y., 10/22/1545-4/0194-son; 16.02.2023-y., 10/23/1545-5/0094-son; 05.02.2024-y., 10/24/1545-6/0093-son; 29.08.2026-y., 10/26/1545-7/0880-son)