1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
“OʻZBEKQOGʻOZSANOAT” UYuShMASINI TUGATISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi muassislari umumiy yigʻilishida uyushmani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
Ishchi komissiya “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi majburiyatlari “Oʻzbek qogʻozi” aksiyadorlik jamiyatiga beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi tugatilishi munosabati bilan boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbek qogʻozi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketlarining davlat ulushini professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga tender asosida belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qogʻoz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 20-iyundagi 257-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-fevral,
76-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 76-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
Usmonov M.Z.
—
Bosh vazir oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbari
Umarov M.M.
—
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi
Nabiyev U.N.
—
Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi kotibiyati mudiri
Gadoyev Z.F.
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Ibrohimov Sh.Gʻ.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Abdurahmonov M.S.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Sodiqov X.M.
—
Adliya vazirining oʻrinbosari
Alimuhamedov B.B.
—
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari
Yoʻldoshev A.Sh.
—
Davlat mulki qoʻmitasining xususiylashtirish, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo boshqarmasi boshligʻi
Sharifxoʻjayev K.Sh.
—
“Oʻzbek qogʻozi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 76-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga ilovadagi “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar sportini targʻib qilish va bolalar uchun sport tovarlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 18-iyuldagi 318-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 64-modda) 4-bandidan “Oʻzbekqogʻozsanoat” (Umarov)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 81-modda)