1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA QOGʻOZ SANOATINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 76-sonli “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika iqtisodiyoti va aholisining sellyuloza-qogʻoz mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, qogʻoz sanoati korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning faoliyat koʻrsatishi iqtisodiy samaradorligini oshirish, qogʻoz ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining, sellyuloza va qogʻoz mahsulotlari, oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqaruvchi hamda makulatura tayyorlovchi korxonalar va tashkilotlarning “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
2. Quyidagilar “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ichki va tashqi bozorlarda sellyuloza-qogʻoz mahsulotlariga boʻlgan talabning marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, mana shu asosda tayyor oq qogʻoz ishlab chiqarishni kengaytirish va ularni eksport qilishni koʻpaytirishni taʼminlash;
respublikaning qogʻozga hamda sellyuloza-qogʻoz va oʻrash-joylash mahsulotlarining boshqa turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan qogʻoz sanoatini rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh sellyuloza-qogʻoz buyumlari ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishda respublika qogʻoz sanoati korxonalari va tashkilotlariga koʻmaklashish;
tarmoqning yangi korxonalarini qurishga, ishlab turgan korxonalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash va kengaytirishga qaratilgan yagona ilmiy-texnika siyosatini olib borish;
makulatura va karton tayyorlash va ularni qayta ishlash boʻyicha shoxobchalarni kengaytirish, oʻrash-joylash materiallari va karton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan soni 23 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi besh kishidan, shu jumladan rais va uning ikki nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi, ulardan biri birinchi oʻrinbosar hisoblanadi. Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda uyushma boshqaruvining yuqori organlari tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra uyushma boshqaruvining raisi vazirning birinchi oʻrinbosariga, uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvining ijro etuvchi apparatiga sarflanadigan xarajatlar uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
6. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni muvofiqlashtirish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
* 4-ilova berilmadi.
Ishchi komissiya ikki oy muddatda “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, uning ustav fondi miqdorini belgilasin, taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini, belgilangan tartibda uyushma ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
7. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
aholidan, respublika korxonalari va tashkilotlaridan makulatura tayyorlash ishlari puxta tashkil etilishini taʼminlasin, buning uchun shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida tayyorlov punktlarining zarur shoxobchalarini barpo etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda qogʻoz makulaturasi topshiruvchilarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Ishchi komissiya (M.Z. Usmonov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 18v-uyda joylashgan binoni tasarruf etish huquqisiz “Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasi balansidan “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi balansiga bersin.
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini telefon aloqasining zarur tizimi bilan taʼminlasin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida qogʻoz, karton, oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1995-yil 20-yanvardagi 13-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 20-iyun,
257-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi 257-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi 257-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
roʻyxati
T/r
Korxonalar nomi
Korxonalar va tashkilotlar ixtisosi
Joylashgan joyi
1.
“Oʻzbek qogʻozi” aksiyadorlik jamiyati va Yangiyoʻl shahrida qurilayotgan sellyuloza-qogʻoz fabrikasi
Sellyuloza, qogʻoz va qogʻoz tovarlari ishlab chiqarish
Toshkent shahri
2.
“Namangan qogʻoz fabrikasi” qoʻshma korxonasi
Qogʻoz ishlab chiqarish
Namangan shahri
3.
“Sanoatkartonsavdo” aksiyadorlik jamiyati
Karton va karton oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarish
Angren shahri
4.
“Poligrafkarton” masʼuliyati cheklangan jamiyat
Idora buyumlari ishlab chiqarish va matbaa xizmatl�ri