Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Geodeziya va kartografiya faoliyatini soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda) bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
2.
23-banddagi “uch kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4.
2-ilovaning “Bajarish muddatlari” ustuni “5-bosqich” pozitsiyasidagi “3 kun davomida” soʻzlari “1 kun davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.