1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI TEKShIRIShNI TAShKIL QILIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 19 NOYABRDAGI PF–2114-SONLI FARMONIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2018-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF–3665-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-sonli Farmonigailovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-noyabr,
PF–3694-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi PF–3694-sonli Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-sonli Farmoniga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-sonli Farmoni 1-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, o‘tkazish, qoida tariqasida, bir yo‘la kompleks tekshirishlar o‘tkazilishini nazarda tutib, faqat O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini muqobil tekshirish jinoiy ishlar bo‘yicha tergov davomida tekshiruvni belgilash to‘g‘risidagi qaror asosida yoki faqat O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bormasdan amalga oshiriladi va faqat ularning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi;
belgilangan norma va qoidalarga o‘z vaqtida va to‘la hajmda rioya etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)