

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;22.09.2024
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-906218" id="onLBC-906218">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6988"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-906218" id="onLS-906218">[<b>TSZ:</b><div id="LS3743"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-908731" id="-908731">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI BOSHLIGʻINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-908736" id="-908736">BUYRUGʻI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-908739" id="-908739">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-908745" id="-908745">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-iyulda 1382-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-908746" id="-908746"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6984734" id="-6984734"><em>Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-6976459?ONDATE=22.09.2024 00#-6977445">buyrugʻiga </a><em>(roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22  sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-908748" id="-908748">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻisida”gi <a href="/mact/-110897" unselectable="on">qaroriga </a>asosan, bozor iqtisodiyoti sharoitida yuk tashishlar bilan shugʻullanuvchi, tashuvchilarning mulkchilikning huquqiy shakli va mansubligidan qatʼi nazar, ularga amaliy yordam berish maqsadida buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-908750" id="-908750">1. Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomasi </a>tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-908755" id="-908755">2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻn kun muddatdan keyin kuchga kiradi. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-908759" id="-908759">Avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-908760" id="-908760">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-908762" id="-908762">2004-yil 3-iyun, </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-908763" id="-908763">83-son </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3794603" id="-3794603"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3794647" id="-3794647">Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2004-yil 3-iyundagi 83-son <a href="/mact/-906218">buyrugʻi</a> bilan <br />TASDIQLANGAN</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3794654" id="-3794654">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3797917" id="-3797917"><strong>yoʻriqnoma</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3794648" id="-3794648"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794655" id="-3794655">Mazkur Yoʻriqnoma “Avtomobil transporti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-22964">Qonuniga</a>, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son <a href="/mact/-110897">qaroriga</a> muvofiq ishlab chiqilgan hamda avtomobil transportida yuk tashish uchun tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash tartibini belgilab beradi hamda yuklarni transportda tashishda qoʻllash uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794681" id="-3794681">Mazkur Yoʻriqnoma idoraviy mansubliligidan qatʼi nazar avtomobil transportida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3794702" id="-3794702">1-bob. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794703" id="-3794703">1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794704" id="-3794704">umumtransport ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobillar – ular yordamida xalq xoʻjaligi tarmoqlari va aholining yuklarini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan avtotransport vositalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794705" id="-3794705"><strong>haydovchi-ekspeditor</strong> — tashuvchining buyurtmachi bilan kelishgan holda yuklarni qabul qilish, kuzatib borish va topshirish boʻyicha transport-ekspeditorlik operatsiyalarini amalga oshiruvchi vakili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794709" id="-3794709"><strong>yuk</strong> — tashish jarayonidagi tovar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794711" id="-3794711"><strong>tovar xususiyatiga ega boʻlmagan yuk</strong> — u boʻyicha yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi)ning manzilida tovar-moddiy boyliklar (axlat, qor, agʻdarilgan tuproq qatlami va boshqalar) sifatida omborxona hisobi yuritilmaydigan yuk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794712" id="-3794712"><strong>yuk oʻrni</strong> — avtotransport vositasiga yuk ortish yoki tushirishda yukni tashish yoki yuk oluvchiga topshirish uchun qoʻllash maqsadida yukning shartli birligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794714" id="-3794714"><strong>yukni joʻnatuvchi</strong> — yuk egasining nomidan ish koʻruvchi yoki tashish shartnomasi boʻyicha yukning egasi hisoblanuvchi va tashish hujjatlarida yukni joʻnatuvchi sifatida koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794717" id="-3794717"><strong>yukni oluvchi</strong> — yukni va yukka ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilganlarni olishga vakil qilingan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794722" id="-3794722"><strong>yuk manzili</strong> — yuklar toʻplanadigan joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794725" id="-3794725"><strong>yukni tashish toʻgʻrisidagi shartnoma</strong> — tashuvchi, yukni joʻnatuvchi yoki oluvchi oʻrtasidagi ikkitomonlama shartnoma, yuridik hujjat hisoblanadi, unda yuk tashish hajmi, muddati va shartlari, ularga rioya qilish yuzasidan tomonlarning huquqlari, majburiyati va javobgarligi tartibga solinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794751" id="-3794751"><strong>yuklarni tashishga buyurtma</strong> — yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tuzilgan shartnomaga muvofiq yukning kelishilgan turkumini (partiyasini) kelishilgan muddatlarda yetkazib berish uchun tashuvchiga beradigan hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794753" id="-3794753"><strong>buyurtmachi</strong> — transport xizmatlarini bajarish haqidagi talabnoma bilan murojaat qilgan yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794764" id="-3794764"><strong>inkoterms</strong> — xalqaro savdo palatasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlarni ortish, transportda tashish, tushirish va sugʻurta qilish bilan bogʻliq boʻlgan xalqaro savdo shartlarini bildiruvchi savdo terminlarining xalqaro qoidalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794812" id="-3794812"><strong>yoʻnalish</strong> — avtomobil transportining yuk tashiladigan manzillar oʻrtasidagi oldindan ishlab chiqilgan, eng maqbul yoʻli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794816" id="-3794816"><strong>tashish hajmi</strong> — yukni joʻnatuvchi tomonidan bayon qilingan va oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchi tomonidan qabul qilingan yuk miqdori (tonnada);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794827" id="-3794827"><strong>yukni qabul qilib olish</strong> — joʻnatish uchun tayyorlangan yukning va tovar-transport hujjatlarining yukni joʻnatuvchi tomonidan tashuvchiga berilishi, yukning avtotransport vositasiga joylanishi va yukning joʻnatish uchun tashuvchi tomonidan qabul qilib olinganligi haqidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794829" id="-3794829"><strong>tirkama</strong> — yuk tashish uchun xizmat qiladigan, avtomobilga tirkaladigan va oʻz energiya manbaiga ega boʻlmagan transport vositasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794884" id="-3794884"><strong>yarimtirkama</strong> — tirkamaning bir turi, toʻliq massasining bir qismi maxsus qurilma orqali shatakchiga beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794892" id="-3794892"><strong>yoʻl varaqasi</strong> — avtomobil transport vositasini joʻnatish va uning ishini hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat. Yoʻl varaqasi avtomobil va haydovchi joylashish joyidan chiqqan paytdan boshlab qaytishigacha ularning ishini har tomonlama tavsiflab beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794895" id="-3794895"><strong>yukni topshirish</strong> — keyinchalik yuk tushirilgan va u yukni oluvchiga berilganligi haqidagi hujjatlar rasmiylashtirilgan holda tovar-transport hujjatiga muvofiq yukning tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga berilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794991" id="-3794991"><strong>shatakchi</strong> — yarimtirkamani shatakka olishga moʻljallangan avtomobil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3794997" id="-3794997"><strong>tovar-transport hujjatlari</strong> — yuridik hujjatlar turkumi, ular asosida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795009" id="-3795009">1) yukni qabul qilish, berish, tashish va topshirish,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795054" id="-3795054">2) bajarilgan avtotransport ishlari va xizmatlari boʻyicha xoʻjalik operatsiyalari rasmiylashtiriladi va ular hisobi yuritiladi, shuningdek avtotransport ishlari va xizmatlari uchun hisob-kitob qilishda tasdiqlovchi birlamchi hisobga olish hujjati boʻlib xizmat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795055" id="-3795055"><strong>tovar-transport yukxati</strong> — transport jarayonining barcha qatnashchilari uchun yagona boʻlgan birlamchi hujjat shakli, u tovar-transport boyliklarning yoʻlda umumtransport ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobillarga qayta joylashtirilishida uning harakatini hisobga olish uchun moʻljallangan hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795065" id="-3795065"><strong>transport xizmatlari</strong> — yuklarni tashish va yuklarni avtomobil transportida yetkazib berish bilan bogʻliq kompleks yordamchi operatsiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795067" id="-3795067"><strong>franko</strong> — tijorat operatsiyalarida mahsulotni yetkazib berish shartlari, unga muvofiq isteʼmolchi yukni yetkazib berish xarajatlari (ortish, transportda tashish, tushirish) tovarning narxiga kiritilishi munosabati bilan ushbu xarajatlardan ozod etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795069" id="-3795069">II bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795072" id="-3795072">2. Tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi va yuk tashiydigan avtotransport vositalarining ishini tavsiflaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795076" id="-3795076">3. Blankalar tashuvchilarning ularga boʻlgan ehtiyojni qondiradigan miqdordagi buyurtamalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosmaxonalarida tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795077" id="-3795077">Tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari blankalari hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795082" id="-3795082">4. Tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari blankalari tashuvchining omborlarida boshqa qatʼiy hisobot beriladigan blankalar bilan birgalikda saqlanadi va zaruriyatga koʻra buxgalteriya tomonidan avtotransport vositasidan foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsga (garaj mudiri, foydalanish boʻlimi boshligʻi, dispetcherga) tilxat ostida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795084" id="-3795084">5. Tashuvchilar tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari blankalaridan foydalanilishi ustidan nazorat qilishlari va qatʼiy hisobot beriladigan blankalardan foydalanishni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi amaldagi yoʻriqnomalarga muvofiq ularning hisobini yuritishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795088" id="-3795088">6. Shahar va shahar atrofida tashish bilan shugʻullanadigan tashuvchilar hamda oʻz ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun yuk tashiydigan tashuvchilar tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalarini <a href="/mact/-906218#-3797507">1-ilovaga</a> muvofiq № 1-t namunaviy shaklga binoan rasmiylashtiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795091" id="-3795091">Yuklarni shaharlararo tashish <a href="/mact/-906218#-3797525">2-ilovaga </a>muvofiq № 2-tm namunaviy shaklga muvofiq, xalqaro tashishda — <a href="/mact/-906218#-3797549">3-ilovaga </a>muvofiq CMR namunaviy shakliga binoan rasmiylashtirilgan tovar-transport yukxatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795093" id="-3795093">7. Yukni avtomobil transportida tashishga tovar-transport yukxati yukni joʻnatuvchi tomonidan belgilangan tartibda har bir safarga alohida har bir yukni oluvchining nomiga toʻrt nusxada tuziladi, ulardan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795095" id="-3795095">birinchi nusxasi yukni joʻnatuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga moʻljallanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795100" id="-3795100">ikkinchi nusxasi tovar-moddiy boyliklarning yukni oluvchida kirim qilinishiga moʻljallangan va haydovchi tomonidan yukni oluvchiga topshiriladi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4271753" id="-4271753"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4271754" id="-4271754">yukni oluvchining imzolari va shtamplari bilan tasdiqlangan uchinchi va toʻrtinchi nusxalari tashuvchiga topshirildi. Uchinchi nusxasi toʻlovchi-avtotransport buyurtmachisi bilan hisob-kitob qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi va tashish uchun hisobotga ilova qilinadi. Toʻrtinchi nusxasi transport ishini hisobga olish, haydovchiga ish haqi yozish uchun asos boʻlib hisoblanadi va yoʻl varaqasiga ilova qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4271766" id="-4271766">(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260816">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795106" id="-3795106">8. Tovar-material boyliklarning omborxona hisobi yuritilmaydigan, biroq oʻlchash va tarozida tortish yoʻli bilan hisobga olish tashkil etiladigan tovar xususiyatiga ega boʻlmagan yuklar boʻyicha tovar-transport yukxati uch nusxada yoziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795107" id="-3795107">birinchi nusxasi hisobotga ilovaga qilinadi va tashuvchining yukni joʻnatuvchi bilan hisob-kitob qilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795108" id="-3795108">ikkinchi nusxasi transport ishlarini hisobga olish uchun asos boʻlib hisoblanadi va yoʻl varaqasiga ilova qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795110" id="-3795110">uchinchi nusxasi yukni joʻnatuvchida qoladi va bajariladigan tashish hajmlarini hisobga olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795111" id="-3795111">9. Yukning saqlanishi taʼminlanishi sharti bilan bir xildagi yuklarning bir yukni joʻnatuvchidan ayni bir xil masofadagi bir yukni yukni oluvchi manziliga tashilishi avtomobil tomonidan bir smena mobaynida bajariladigan butun ishga yigʻma holda bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795113" id="-3795113">10. Avtomobil transportida yuklarni naqd hisob-kitob qilish evaziga tashish yoʻl varaqasi boʻyicha amalga oshiriladi, unga transport xizmatlariga haq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya (kirim orderi) ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795114" id="-3795114">11. Yuk avtotransporti tomonidan bajariladigan yuk tashishlarning barcha turlarida uning ishi uchun haq toʻlash shartlaridan qatʼi nazar tovar-transport yukxati raymiylashtirilmagan yuklarni yukni joʻnatuvining taqdim etishi, tashuvchilarning esa uni tashish uchun qabul qilib olishi taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795118" id="-3795118">12. Yuklarni avtomobil transportida tashishga tovar-transport yukxati avtotransport ishi uchun hisob-kitob qilishning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun zarur boʻlgan barcha rekvizitlar toʻldirilgan holda avtomobilning har bir qatnashiga yuk joʻnatuvchi tomonidan har bir yukni oluvchi uchun alohida tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795144" id="-3795144">13. № 1-t va № 2-tm shakllaridagi tovar-transport yukxatining “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida qatorlar yetarli boʻlmagan taqdirda berilayotgan tovar-moddiy boyliklarning katta miqdordagi nomlari va tavsiflarini toʻldirish uchun tovar-transport yukxatiga ilova qilinadigan birlamchi hisobga olish hujjatlari (hisob-faktura, tovar yukxati yoki boshqa shakllar) ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795147" id="-3795147">Ushbu hollarda tovar-transport yukxatining ushbu boʻlimida ilova qilinadigan hujjatlarning nomi, tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi, ularsiz tovar-transport yukxati haqiqiy hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795150" id="-3795150">14. Tomonlarning kelishuviga koʻra avtomobillar guruhi tomonidan tashiladigan yuk hajmini aniqlashda buyurtmachi bajarilgan ishning butun hajmiga tovar-transport yukxati rasmiylashtiradi va tashuvchiga beradi. Ushbu holda har bir avtomobilning ishini alohida hisobga olish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795153" id="-3795153">15. Yoʻl varaqalari toʻrt turga boʻlinadi, ulardan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795160" id="-3795160">a) 4-s namunaviy shakl (ishbay) <a href="/mact/-906218#-3797560">4-ilovaga </a>muvofiq yuklarni avtomobil transportida tashishda shartnomaviy tariflarning ishbay narxlari boʻyicha haydovchi ishiga haq toʻlash shartlarida yuklarni tashishda qoʻllaniladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795165" id="-3795165">b) 4-p namunaviy shakl (soatbay) <a href="/mact/-906218#-3797579">5-ilovaga </a>muvofiq soatbay shartnomaviy tariflar boʻyicha avtomobil ishiga haq toʻlash shartlarida yuklarni avtomobilda tashish ishlarni bajarishda qoʻllaniladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795168" id="-3795168">v) 4-m shakl (shaharlararo) <a href="/mact/-906218#-3797591">6-ilovaga </a>muvofiq yuklarni avtomobilda shaharlararo tashishni tashkil etish toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq yuklarni shaharlararo tashish boʻyicha ishlarni yuk avtomobilida bajarishda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795228" id="-3795228">Ushbu shakldagi yoʻl varaqasining old tomonida qizil rangda bosmaxona usulida “shaharlararo tashishlar” yozuvi qayd etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795222" id="-3795222">g) 1-shakl (xalqaro) <a href="/mact/-906218#-3797614">7-ilovaga </a>muvofiq xalqaro qatnovda yuklarni tashish boʻyicha ishlarni yuk avtomobilida bajarishda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795235" id="-3795235">16. Yoʻl varaqalari ularni berish vakolatiga ega shaxs tomonidan haydovchi imzosi asosida faqat, oʻtgan ish kunining yoʻl varaqasini haydovchi tomonidan topshirilishi sharti bilan beriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4271771" id="-4271771"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4271773" id="-4271773">Yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlarda 4-m va 1-shakllardagi yoʻl varaqalari bundan uzoqroq muddatga haydovchi tashishni bir sutkadan ortiq muddat davomida bajargan taqdirda beriladi. Beriladigan yoʻl varaqasida avtomobil tegishli boʻlgan tashkilotning shtampi boʻlishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4271775" id="-4271775">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795243" id="-3795243">Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar tashuvchilarga yuk avtomobillarini tasdiqlangan shakldagi yoʻl varaqasisiz yoʻnalishga chiqarish qatʼiyan taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795247" id="-3795247">17. Tovar-transport yukxati va yoʻl varaqalari rasmiylashtirilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar va blankalar sarfi toʻgʻrisidagi oylik hisobotni buxgalteriyaga topshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795252" id="-3795252">18. Tovar-transport yukxati va yoʻl varaqalarida tuzatishlar qilinishi va oʻchirib-yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5775024" id="-5775024"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5775028" id="-5775028">19. Maʼlumotlar buzilishi natijasida korxonaga zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5775041" id="-5775041">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/mact/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761514">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795265" id="-3795265">20. Tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari rekvizitlarini toʻldirish mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq izchil ravishda amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795283" id="-3795283">III. Yuklarni avtomobil transportida tashishga tovar-transport yukxatlarini toʻldirish va ularni qayta ishlash</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795287" id="-3795287">1-§. Tovar-transport yukxatlarini yukni joʻnatuvchida toʻldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795301" id="-3795301">21. 1-t shakldagi tovar-transport yukxatini yukni joʻnatuvchida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795303" id="-3795303">yukni berish uchun masʼul boʻlgan shaxs (sotish boʻlimining xodimi, taʼminot boʻlimining xodimi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795342" id="-3795342">tovarlarni berayotgan moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri, omborchi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795380" id="-3795380">tovar-transport yukxatining tovar boʻlimi narxlar va boshqa moliyaviy maʼlumotlari toʻgʻriligi uchun javob beradigan xodim tomonidan toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795381" id="-3795381">Yukni joʻnatuvchilarda tovarlar yuklab joʻnatilishi jarayonining xususiyatlariga qarab yuklash uchun javobgar, boyliklar berilganligi uchun moddiy javobgar va ortish ishlari bajarilishi uchun masʼul boʻlganning funksiyalari ayni bir shaxsning zimmasiga yuklanishi mumkin. U tovar-transport yukxatining tegishli ustunlarida tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini oʻz imzosi va shtampi(muxri) bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795382" id="-3795382">22. Tovar-transport yukxati blankalarida yukni joʻnatuvchi quyidagi rekvizitlarni toʻldirishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795383" id="-3795383">a) yukxatining sarlavha qismida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795384" id="-3795384">tovar-transport yukxati yozilgan sana koʻrsatilsin (yil, kun, oy);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795385" id="-3795385">“Avtomobil” qatorida yuk ortib kelingan avtomobilning rusumi va davlat raqami yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795386" id="-3795386">“___-son yoʻl varaqasiga” qatoriga yoʻl varaqasi raqami yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795387" id="-3795387">“Tashuvchi” qatoriga – haydovchi tomonidan taqdim etilgan yoʻl varaqasi asosida harakatlanuvchi tarkibda yuki tashiladigan tashuvchining nomi yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795388" id="-3795388">“Haydovchi” qatorida haydovchining familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795389" id="-3795389">“Buyurtmachi (toʻlovchi)” qatoriga mazkur tovar-transport yukxati boʻyicha transport ishiga haq toʻlovchi tashkilotning nomi yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795391" id="-3795391">“Yukni joʻnatuvchi” va “Yukni oluvchi” qatorlariga tegishli yuklab joʻnatishni amalga oshiruvchi (hisobdan chiqarish) va hujjatda sanab oʻtilgan tovar-moddiy boyliklarni oluvchi (kirim qilish) yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795393" id="-3795393">“Yuklash manzili” va “Tushirish manzili” qatorlarida tegishli ravishda ortish va tushirish manzillarini yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795394" id="-3795394">“Tirkamalar” qatorida kelgan yuk ortilgan tirkamalarning davlat raqamlari yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795398" id="-3795398">b) “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795402" id="-3795402">1-6-ustunlarda yukni oluvchiga yuklab joʻnatiladigan tovar-moddiy boyliklarning har bir turining nomi va miqdori, shuningdek ularning qiymati alohida yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795406" id="-3795406">Yuk konteynerlarda tashilganda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795407" id="-3795407">2-ustunda “Konteynerlar”, ularning raqamlari va soni koʻrsatilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795408" id="-3795408">mazkur Yoʻriqnomaning <a href="/mact/-906218#-3795144">13-bandiga </a>muvofiq tovar-transport yukxatiga ilova qilinadigan ilova hujjatlari rasmiylashtirilsin, ular boʻyicha ombor, tezkor, buxgalteriya hisoblari yuritiladi hamda tovar-material boyliklar kirim va chiqim qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795409" id="-3795409">Ushbu hollarda tovar-transport yukxatining “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimining 1, 3, 4, 5 va 6-ustunlari toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795423" id="-3795423">Koʻrsatib oʻtilgan ustunlarning yigʻma qatorlarida ilova hujjatlarining nomi, tartib raqami va ular toʻldirilgan sana yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795424" id="-3795424">“Hammasi boʻlib soʻmlik berildi” qatoriga yuklab joʻnatilgan tovarlarning qiymati soʻzlar bilan yozilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795426" id="-3795426">“Berishga ruxsat etildi” qatorida tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatilishi uchun javobgar boʻlgan shaxsning lavozimi koʻrsatilsin, u oʻz imzosi bilan qayd etilgan yozuvlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va yukning yukni oluvchiga joʻnatilishiga ruxsat beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795429" id="-3795429">7-“Yukka berilgan hujjatlar” ustuniga tovar-transport yukxatiga ilova qilinadigan hujjatlarning (temir yoʻl yukxatlari, sertifikatlar, guvohnomalar) tartib raqami va nomi yozilishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni haydovchi-ekspeditor qabul qilib olishi va yuk bilan birgalikda yukni oluvchiga topshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795430" id="-3795430">8-“Oʻrash turi” ustuniga yuk tashiladigan idishning turi qisqartirib yozilishi kerak (masalan, “yashik.”, “savat.”, “boch.”, “paket.”). Oʻrab-joylanmagan yuk tashish uchun taqdim etilgan taqdirda qisqartirilgan holda “oʻ/magan” deb yozilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795431" id="-3795431">9-“Oʻrinlar soni” ustuniga 1-ustunda qayd etilgan yuk nomlarining har biri va oʻrashning har bir turi boʻyicha oʻrinlar soni alohida yozilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795432" id="-3795432">Yuk konteynerda tashilganda ushbu ustunga konteynerlar soni koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795433" id="-3795433">Yuk paketlari poddonlarda (tagtogʻoralarda) tashilganda paketlar soni koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795434" id="-3795434">Yuk uyilgan, toʻkilgan yoki quyilgan holda tashilganda tegishli yozuv qayd etiladi va oʻrinlar soni koʻrsatilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795435" id="-3795435">Notovar xususiyatiga ega boʻlgan yuk tashilganda № 1-t shaklli tovar-transport yukxatining 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9-ustunlari toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795438" id="-3795438">Yukni tashish va tovar-transport yukxatida qayd etilgan barcha yozuvlar “Tashishga topshirdim” qatorida yukni joʻnatuvchining bitta imzosi bilan va “Qabul qildim haydovchi-ekspeditor” qatorida haydovchining imzosi bilan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795441" id="-3795441">“Ogʻirlikni aniqlash usuli” ustunida yukning ogʻirligi qaysi usulda aniqlanganligi yozilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795447" id="-3795447">Yuk tortilganda tosh-torozining turi koʻrsatilishi kerak (“platformali tosh-torozi”, “avtotorozi”). Agar yukning ogʻirligi standart, oʻlchab koʻrish yoki hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa, ustunda tegishli yozuv qayd etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795448" id="-3795448">13-“Brutto ogʻirligi, tonna” ustuniga tovar-transport yukxatining tovar boʻlimidagi “brutto ogʻirlik” qatorida koʻrsatilganga oʻxshash yuk ogʻirligi koʻrsatiladi. Ogʻirlik tashilayotgan yuklarning nomlari turlari va yukning umumiy vazni boʻyicha 0,01 tonnagacha aniqlikda tonnalarda yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795449" id="-3795449">yuk talonlar boʻyicha tashilganda va yuk bilan bir necha qatnashlar bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilganda “Qatnashlar soni” qatorida bajarilgan qatnovlarning umumiy soni yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795450" id="-3795450">23. Tovar-transport yukxatining transport boʻlimida yukning haydovchi-ekspeditor va tovarlarni berayotgan moddiy javobgar shaxs oʻrtasida qabul qilib olinishi-topshirilishini aks ettiruvchi qatorlarda yukni tamgʻalash amalga oshirilgan tamgʻaning izi namunasi (yoki tartib raqami), (yuk konteynerlarda, sisternalarda va hokazolarda tamgʻa ostida tashilganda), yuk oʻrinlarining umumiy soni yoki konteynerlar soni (yozuv bilan), bitta tovar-transport yukxati boʻyicha tashish uchun topshirilgan umumiy ogʻirlik tonnalarda 0,01 tonnagacha aniqlikda (yozuv bilan) koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795451" id="-3795451">a) “Topshirdim” qatorida yukni tashish uchun bergan yukni topshiruvchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi. Shu vakilning imzosi bilan ana shu qatorning oʻzida yukni joʻnatuvchi korxonaning muhri bilan tovar-transport yukxatiga yozilgan barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlanadi. Tovar-transport yukxati toʻldirishning mazkur tartibiga muvofiq yukni joʻnatuvchi tomonidan rasmiylashtirilishi, shuningdek tashish uchun yukning berilishi rasmiylashtirilishi kerak. Yozuvlar qayd etilmagan ustunlar ustidan chiziq tortiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795452" id="-3795452">b) “Qabul qildim haydovchi-ekspeditor” qatorida yukni tashish uchun qabul qilib olgan haydovchining familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. U mana shu qatorning oʻzida tamgʻa izi yozuvini, oʻrinlar sonini, tashish uchun qabul qilib olingan yukning massasini yoki tashish uchun qabul qilib olingan konteynerlarning tartib raqamini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795456" id="-3795456">Yukning yukni joʻnatuvchidan tashish uchun qabul qilib olinishi tovar-transport yukxatining barcha nusxalarida haydovchi-ekspeditorning imzosi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795458" id="-3795458">24. Tovar-moddiy boyliklar tashish uchun yukni oluvchining ishonchnomasi bilan qabul qilib olingan sharoitda, yukni qabul qilib oluvchi vakil uning olish uchun “Yukni qabul qildim” qatoriga imzo chekishi kerak. Bunda yukni joʻnatuvchi ishonchnoma kim tomonidan berilganligini, uning tartib raqamini va berilgan sanasini koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795459" id="-3795459">25. Yukni joʻnatuvchi yukni ortish ishlarini bajarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ortish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan quyidagi izchillikda toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795460" id="-3795460">“Ortish-tushirish operatsiyalari” boʻlimida “Ortish” qatoriga quyidagi maʼlumotlar toʻldiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795461" id="-3795461">15-“Usul” ustunida ortish usuli koʻrsatiladi (qoʻl bilan ortish, mexanizatsiya yordamida, quyish, bunkerdan, ekskavator kovshining sigʻimi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795462" id="-3795462">“Kelish sanasi va vaqti” va “Ketish sanasi va vaqti” 17 va 18-ustunlarida yuk ortish uchun avtomobilning kelishi va soʻngra ketishi yili, kuni, oyi, soati va minutlari yoziladi yoki shtamp-soatda bosiladi. Haydovchi tomonidan kirish darvozasida yoki nazorat-oʻtkazish punktida, yoxud yukni joʻnatuvchi tashkilotning tovar yuklanishi uchun masʼul shaxsiga yoʻl varaqasi koʻrsatilgan vaqt yuk ortish uchun kelingan vaqt deb hisoblanadi. Tovar-transport yukxati imzolangan va tovar ortib joʻnatilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan haydovchiga berilgan vaqt avtomobilning yuk ortish joyidan joʻnagan vaqti hisoblanadi. Agar bir qatnashda yuk bir necha tovar-transport yukxati boʻyicha yuklansa, yuk ortish uchun kelingan vaqt ularning birinchisiga, yuk ortib boʻlingandan keyin joʻnab ketilgan vaqt ularning oxirgisiga yoziladi, qolgan tovar-transport yukxatilariga tegishi ustunlarga chiziq tortib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795463" id="-3795463">26. Bitta tovar-transport yukxati bilan bir necha qatnovlarni rasmiylashtirishda “Yuk ortish uchun kelish vaqti” 17-ustunida avtomobilning mazkur tovar-transport yukxati boʻyicha yukni ortish uchun birinchi qatnovga yuk ortish uchun kelgan vaqti, 18-ustunga esa — oxirgi qatnovga ketish vaqti yoziladi. Ayni bir vaqtda 19-ustunda yuk ortish uchun avtomobilning turib qolgan jami vaqti koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795464" id="-3795464">“Transport xizmatlari” qatorida yukni ortishda haydovchi tomonidan koʻrsatilgan transport xizmatlari (oʻrab-joylash, yukni bogʻlash, brezent bilan yopish, axborot xizmatlari) sanaladi va ularning soni koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795465" id="-3795465">Yukni joʻnatuvchining yuk ortish ishlari uchun masʼul boʻlgan shaxsi koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlar toʻldirilishining toʻgʻriligi uchun 20-“Masʼul shaxs imzosi” ustunida imzo chekadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795467" id="-3795467">2-§. Manzil tomon borilayotgan yoʻlda tovar-transport yukxatini toʻldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795469" id="-3795469">27. Agar manzil tomon borilayotgan yoʻlda yukni qayta yoʻllash yoxud ushbu tashishga tegishli dalolatnomalarni tuzish zarur boʻlib qolsa, bu haqdagi yozuv haydovchidagi mavjud uchala tovar-transport yukxati nusxalaridagi “Qayta yoʻllash” yoki “Tuzilgan dalolatnomalar toʻgʻrisidagi qaydlar” qatoriga yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795471" id="-3795471">Yuk qayta yoʻllanganda “Yukni oluvchi” va “Yukni tushirish manzili” qatorlaridagi rekvizitlarning usti chiziladi (ularni oʻqish mumkin boʻladigan etib) va “Qayta yoʻllash” ustuniga yangi yukni oluvchining rekvizitlari qoʻyiladi hamda joylashgan manziliga havola qilingan holda yuk kim tomonidan qayta yoʻllanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Ushbu yozuvlarning barchasi haydovchining imzosi yoxud tashuvchining vakili imzosi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795473" id="-3795473">28. Mazkur joʻnatishga tegishli dalolatnomalarni tuzishda “Tuzilgan dalolatnomalar toʻgʻrisida qaydlar” ustunida dalolatnomaning tartib raqami va u tuzilgan sana va u nima haqda tuzilganligi yoziladi (masalan: “Oʻrinlar yetishmasligi toʻgʻrisida”, “Tamgʻa buzilganligi toʻgʻrisida” va hokazo).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795474" id="-3795474">29. Manzilga borish yoʻlida yuk boshqa avtomobilga qayta ortilganda “Haydovchi”, “Tashuvchi” va “Avtomobil” qatorlarida oldingi rekvizitlar ustidan chiziladi (ularni oʻqish mumkin boʻladigan etib) va avtomobil va haydovchi toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar hamda tashuvchining rekvizitlari qoʻyiladi. Ushbu tuzatishlar tashishga rahbarlik qilgan xodimning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga yukning bir haydovchi-ekspeditordan boshqa haydovchi-ekspeditorga berilishi holati belgilangan shakldagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Bu haqda “Tuzilgan dalolatnomalar toʻgʻrisida qaydlar” qatorida tegishli belgi qoʻyiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795475" id="-3795475">3-§. Tovar-transport yukxatini yukni oluvchida toʻldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795476" id="-3795476">30. Yuk yukni oluvchiga yetkazib berilgandan keyin haydovchi-ekspeditor uch nusxadagi tovar-transport yukxatini yuk qabul qilib olinishi uchun masʼul boʻlgan yukni oluvchi tashkilotning vakiliga topshiradi, u nusxa koʻpaytiradigan qogʻoz qoʻygan holda tovar-transport yukxati transport boʻlimining tegishli rekvizitlarini toʻrtinchi, uchinchi, ikkinchi nusxalar izchilligida toʻldirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795497" id="-3795497">31. “Ortish-tushirish ishlari” boʻlimida “Tushirish” qatorida quyidagi rekvizitlar toʻldiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795512" id="-3795512">15-“Usul” ustunida tushirish usuli (qoʻlda, mexanizatsiyalashtirilgan, toʻkkan holda, oʻziagʻdargich bilan va hokazo) yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795517" id="-3795517">17 va 18-ustunlarga avtomobilning yuk ortish uchun kelishi va soʻngra joʻnab ketishi kuni, oyi, soati va minutlari yoziladi yoki shtamp-soat bilan bosiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795518" id="-3795518">19-ustunga avtomobilning yuk tushirish uchun turib qolgan vaqti yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795520" id="-3795520">Haydovchiga oʻrnatilgan tarzda toʻldirilgan tovar-transport yukxati topshirilgandan keyin tushirish tamom boʻlgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795535" id="-3795535">32. 20-“Masʼul shaxs imzosi” ustunida tushirish ishlari uchun javob beradigan yukni oluvchining vakili tegishli qatorlar toʻgʻri toʻldirilganligini hamda har bir xizmat boʻyicha soni koʻrsatilgan holda tushirish paytida haydovchi tomonidan yukni oluvchiga koʻrsatilgan transport xizmatlari sanaladigan “Transport xizmatlari” qatoridagi yozuvlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795537" id="-3795537">33. Tovar-transport yukxatining yukning haydovchi-ekspeditor bilan tovarlarni qabul qiluvchi (kirim) moddiy javobgar shaxs oʻrtasida qabul qilish-topshirilishini aks ettiruvchi qatorlarida yetkazib berilgan yuk tamgʻalangan tamgʻaning izi namunasi (yoki tartib raqami) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795538" id="-3795538">Yuk yukni oluvchiga konteynerlarda, furgonlarda, sisternalarda tamgʻa ostida yetkazib berilgan hollarda yuk oʻrinlarining yoki konteynerlarning umumiy soni (yozuv bilan), mazkur tovar-transport yukxati boʻyicha yetkazib berilgan yukning umumiy ogʻirligi 0,01 tonna aniqlikkacha tonnalarda (yozuv bilan) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795539" id="-3795539">“Topshirdim haydovchi-ekspeditor” qatorida haydovchi oʻz imzosi bilan yukning yukni oluvchiga topshirilganligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795540" id="-3795540">“Qabul qildim” qatorida yukni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi, uning imzosi va oʻsha qatorning oʻzida yukni oluvchi korxonaning shtampi bilan yukning qabul qilib olinganligi tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795541" id="-3795541">4-§. Tovar-transport yukxatining tashuvchi tomonidan toʻldirilishi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4271776" id="-4271776"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4271777" id="-4271777">34. Tovar-transport yukxatining yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchining imzolari bilan tasdiqlangan uchinchi va toʻrtinchi nusxalari yoʻl varaqasi bilan birgalikda tashuvchining nozimiga topshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4271778" id="-4271778">(34-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795544" id="-3795544">35. Tovar-transport yukxatining sarlavha qismida tashuvchi tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795545" id="-3795545">“Tashish turi” qatorida tashish turining nomi yoziladi, bunda ushbu tashishlarning turlari hisobga olinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795546" id="-3795546">“Buyurtmachi (toʻlovchi) kodi” qatori toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795557" id="-3795557">36. “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimida 11 va 12-ustunlarda tashilayotgan yukning kodi va klassi yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795558" id="-3795558">37. “Boshqa maʼlumotlar” boʻlimida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795559" id="-3795559">yoʻl guruhlari boʻyicha 21, 22, 23, 24 va 25-ustunlarda yukni tashish masofasi yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795560" id="-3795560">26-ustunga yuk ekspeditsiyasi kodi yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795561" id="-3795561">27 va 28-ustunlarga koʻrsatilgan transport xizmatlari uchun transport buyurtmachisidan haydovchiga berilishi kerak boʻlgan summa yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795562" id="-3795562">38. “Qiymat hisob-kitobi” va “Taksirovka” boʻlimlarida tashuvchining taksirovka qiluvchisi tomonidan mazkur tovar-transport yukxati maʼlumotlariga muvofiq avtotransport xizmatlari qiymati va haydovchining ish haqi hisob-kitob qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795563" id="-3795563">5-§. Yuklar avtomobil transporti bilan shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashilganda tovar-transport yukxatlarini toʻldirish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795564" id="-3795564">39. Yuklar shaharlararo tashilganda yukni joʻnatuvchi 2-tm shakldagi tovar-transport yukxatini besh nusxada toʻldiradi, bunda buyurtma yoki yukni tashishga bir martalik talabnoma asosida rekvizitlarning sarlavha qismi va 4-m shakldagi yoʻl varaqasi toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795565" id="-3795565">Tovar-transport yukxatini bundan keyin toʻldirish 1-t shakldagi tovar-transport yukxatini toʻldirish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795566" id="-3795566">40. Yuklar xalqaro yoʻnalishda tashilganda CMR shaklidagi xalqaro tovar-transport yukxati tuzilishi bilan tasdiqlanadigan Yuklarni yoʻllarda xalqaro tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya shartlariga muvofiq joʻnatuvchi (yukning egasi) bilan tashuvchi oʻrtasida tashish shartnomasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795567" id="-3795567">CMR yukxati tomonlar oʻrtasida shartnoma mavjudligini tasdiqlaydigan yuridik hujjat hisoblanadi va quyidagi tarzda toʻldiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795572" id="-3795572">1-“Otpravitel” (“Joʻnatuvchi”) va 2-“Poluchatel” (“Oluvchi”) ustunlarida tegishli ravishda yukni joʻnatuvchi va oluvchining nomlarii va manzillari yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795573" id="-3795573">3-“Mesto razguzki gruza” ustunda yuk tushiriladigan joy (mamlakat va shahar) koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795574" id="-3795574">4-“Mesto i data pogruzki gruza” ustunda yuk ortiladigan joy (mamlakat va shahar) va sana yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795575" id="-3795575">5-“Prilagayemie dokumenti” (“Ilova qilinadigan hujjatlar”) ustunida tashuvchiga berilgan hujjatlar roʻyxati yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795576" id="-3795576">6-12-ustunlarga yukning toʻliq tavsifi yoziladi: nomi, yuk xususiyatining qabul qilingan belgilanishi va uni oʻrab-joylash turi (xavfli yuklar tashilgan taqdirda – ularning eʼtirof etilgan belgilanishi), yuk oʻrinlari soni, ularning maxsus markalanishi va tartib raqami qoʻyilishi, yukning ogʻirligi, brutto yoki boshqa birliklarda ifodalangan oʻlchovi yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795577" id="-3795577">13-“Ukazaniya otpravitelya” (“Joʻnatuvchi koʻrsatmalari (bojxonada qayta ishlash va boshqacha tarzda qayta ishlash”) ustunida yuk tekshirilgandan keyin yuk chiqarilishi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4271779" id="-4271779"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4271780" id="-4271780">Kun, yil, deklaratsiyaning tartib raqami va tamgʻaning tartib raqami yoziladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4271781" id="-4271781">(40-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795579" id="-3795579">14-“Vozvrat” (“Qaytarish”) ustuniga yukning qaytarilishi sabablari yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795580" id="-3795580">Yuk barcha moddalar boʻyicha, shu jumladan sifatiga qarab oʻrash boʻyicha standartga muvofiq boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795581" id="-3795581">15-“Usloviya oplati” (“Haq toʻlash shartlari”) ustunida tashish uchun haq toʻlash turi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795582" id="-3795582">Oluvchi tovarni yetkazib berishda paydo boʻladigan barcha xarajatlar va tavakkalchiliklarni koʻtaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795584" id="-3795584">16-“Perevozchik” (“Tashuvchi”) ustunida uning harakatlanadigan tarkibida yuk tashiladigan tashuvchining rekvizitlari toʻldiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795585" id="-3795585">17-“Posleduyushiy perevozchik” (“Navbatdagi tashuvchi”) ustuni qatnov yoʻlida yuk boshqa avtomobilga yoki transportning boshqa turiga (dengiz, temir yoʻl, havo transportiga) qayta yuklangan taqdirda toʻldiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795588" id="-3795588">18-“Ogovorki i zamechaniya perevozchika” (“Tashuvchining qaydlari va mulohazalari”) ustuniga yukni tashish xususiyatlari yoziladi (tashuvchi tomonidan toʻldiriladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795589" id="-3795589">19-“Podlejit oplate” (“Haqi toʻlanishi kerak”) ustunida tashish shartlari yoyib koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795590" id="-3795590">Har xil ustamalar va chegirmalar hisobga olingan holda tashish qiymatining aniq hisob-kitobi milliy va konvertatsiya qilinadigan valyutada, yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchi toʻlaydigan aniq haq koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795591" id="-3795591">20-“Osobie soglasovannie usloviya” (“Alohida kelishilgan shartlar”) ustunida “Inkoterms”da nazarda tutilgan shartlar yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795592" id="-3795592">Masalan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795594" id="-3795594">Yukni joʻnatuvchi tashish shartnomasi tuzishi kerakligini, biroq tovarlar ortilgandan yoki joʻnatilganda keyin paydo boʻladigan voqealar bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarning nobud boʻlishi yoki shikastlanishiga doir qoʻshimcha xarajatlarni qoplamasligini nazarda tutuvchi shartlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795598" id="-3795598">Unga muvofiq yukni joʻnatuvchi tovarni yukni oluvchi tomonidan koʻrsatilgan transport vositalarigagacha yetkazib berishi shart boʻlgan shartlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795599" id="-3795599">Unga muvofiq yukni joʻnatuvchi yuk tayinlangan manzilga yetkazib berilishi bilan bogʻliq barcha tavakkalchiliklar va xarajatlarni koʻtaradigan shartlar yoziladi. Ushbu ustunda shuningdek maxsus yuklarni tashishda ehtiyotkorlik choralari toʻgʻrisidagi shartlar ham qayd etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795601" id="-3795601">21-ustunda CMR yukxatini tuzish joyi va sanasi koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795602" id="-3795602">22-ustunda avtomobilning yukni ortish uchun kelgan vaqti (soatlar, minutlar) va undan ketgan vaqti yoziladi, bu joʻnatuvchining imzosi va shtampi bilan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795603" id="-3795603">23-ustunda yoʻl varaqasining tartib raqami va sanasi, haydovchining familiyasi yoziladi, bu tashuvchining imzosi va shtampi bilan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795604" id="-3795604">25 va 26-ustunlarda shatakchi avtomobil va yarimtirkamaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, rusumi yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795605" id="-3795605">CMR yukxati uch nusxada tuziladi, joʻnatuvchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi. Ushbu imzolar bosmaxona usulida bosilishi yoki joʻnatuvchi va tashuvchining muxri (shtamp)lari bilan almashtirilishi mumkin. Yukxatining birinchi nusxasi joʻnatuvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi – yuk bilan birga qoʻshib joʻnatiladi, uchinchi nusxasi tashuvchida qoladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795648" id="-3795648">6-§. Tovar-transport yukxatlarining namunaviy shakllarini qayta ishlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795649" id="-3795649">41. Tovar-transport yukxatlarini qayta ishlash quyidagi ikki usulda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795650" id="-3795650">kompyuter qoʻllanilgan holda avtomatlashtirilgan usulda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795651" id="-3795651">qoʻlda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795653" id="-3795653">42. Kompyuterda avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlanishi kerak boʻlgan tovar-transport yukxatlari dastlabki qayta ishlashdan oʻtkaziladi, bu quyidagilardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795657" id="-3795657">axborotni kodlashtirish – buyurtmachi (toʻlovchi)ning kodini koʻrsatgan holda ustunlarni toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795677" id="-3795677">axborotni kompyuterda ishlov berish – axborot kompyuterga kiritiladi, berilgan dasturlar boʻyicha qayta ishlanadi va natijalar tahlil etish uchun tashuvchining xodimlariga yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795685" id="-3795685">IV bob. Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalarini toʻldirish va ularni qayta ishlash</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3795687" id="-3795687">1-§. Yoʻl varaqalarini toʻldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795688" id="-3795688">43. Yoʻl varaqalari rekvizitlarini toʻldirish tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795689" id="-3795689">44. Yoʻl varaqalari toʻgʻri toʻldirilishi uchun tashuvchilarning rahbarlari hamda yuk avtomobillaridan foydalanilishi va hujjatlarni toʻldirishda ishtirok etuvchi shaxslar javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795690" id="-3795690">45. Yoʻl varaqasini haydovchiga bergunga qadar toʻldirish dispetcher tomonidan yoki tashuvchining bunga vakil qilingan shaxsi tomonidan quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795692" id="-3795692">a) yoʻl varaqasining old qismida hujjatning nomi ostiga u berilgan sana (yil, kun, oy) yoziladi, ushbu sana berilgan yoʻl varaqasi dispetcherlik jurnalida roʻxatdan oʻtkazilgan sanaga muvofiq boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795693" id="-3795693">b) “Ish rejimi” qatoriga ish rejimining kodi yoki nomi yoziladi (begim kunlarida ishlash, xizmat safari, ish vaqtining jamlanib hisobga olinishi, ish vaqtining kunlik hisobga olinishi, dam olish va bayram kunlari ishlash, shanbalik kuni ishlash, jadval boʻyicha ishlash yoki jadvaldan tashqari ishlash), unga muvofiq haydovchiga ish haqi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795694" id="-3795694">v) “Jamlanma” qatorida tarkibida haydovchi va avtomobil turadigan jamlanmaning tartib raqami yoziladi va jamlanmalar boʻyicha haydovchilar va avtomobillarning ishini hisobga olish uchun xizmat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795695" id="-3795695">g) “Avtomobil” qatorida avtomobilning ishini avtomatlashtirilgan tartibda hisobga olish uchun avtomobilning rusumi, davlat raqami va tipi yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795700" id="-3795700">d) “Haydovchi” qatorida mazkur yoʻl varaqasi boʻyicha ishlayotgan haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va klassi, “Tabel raqami” qatorida haydovchiga tashuvchi tomonidan berilgan raqam yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795701" id="-3795701">e) “Tirkama” va “Yarimtirkama” qatorlarida avtomobil bilan ishga chiqariladigan tirkama va yarim tirkamalarning rusumi, davlat raqamalari yoziladi. Almashtiriladigan tirkamalar va yarim tirkamalarning raqamlari ushbu qatorlar boʻyicha ular tirkaladigan joyda yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795702" id="-3795702">j) “Hamrohlik qiladigan shaxslar” qatorida topshiriqni bajarish uchun avtomobilga hamrohlik qiladigan shaxslarning (yuk ortuvchilar, ekspeditorlar, stajerlar) toʻliq familiyasi va ismi, otasining ismining bosh harflari yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795703" id="-3795703">z) “Haydovchi va avtomobilning ishi” boʻlimida 2 va 3-ustunlarda avtomobilning jadval boʻyicha chiqib ketishi va qaytishi sanasi (yil, kun, oy) va vaqti (soat va minutlar) yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795705" id="-3795705">i) “Haydovchiga topshiriq” boʻlimida 15-“Kimning ixtiyoriga” ustunida buyurtmachilarning buyurtmasi asosida topshiriqni bajarish uchun avtomobil ixtiyoriga kelishi kerak boʻlgan buyurtmachining nomi yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795706" id="-3795706">k) 16-“Kelish vaqti” ustungiga buyurtmachining buyurtmasiga yoki shartnoma shartlariga koʻra avtomobilning ish jadvaliga muvofiq avtomobil keladigan vaqt (soat va minutlarda) yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795707" id="-3795707">l) 17-“Yuk qayerdan olinadi” va 18-“Yukni qayerga yetkazish kerak” ustunlarida buyurtmachilarning buyurtmalariga muvofiq yoki shartnomalar shartlari boʻyicha yukni ortish va tushirish manzillari yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795709" id="-3795709">m) 19-“Yukning nomi” ustuniga tashuvchining buyurtmasi asosida tashish uchun taqdim etilayotgan yukning nomi yoziladi, u avtomobilni tegishli ravishda tayyorlash (brezent, arqon, mahkamalash moslamalari bilan jihozlash) uchun haydovchiga axborot boʻlib xizmat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795711" id="-3795711">n) 20-“Yuk bilan qatnashlar soni” ustuniga buyurtmanoma yoki bir martalik buyurtma asosida topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan yuk bilan qatnashlar soni yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795713" id="-3795713">o) 21-“Masofa” ustuniga masofalar jadvali, joyning oʻzida masofani oʻlchash dalolatnomalari asosida yoki xarita boʻyicha kurvimetr bilan yukni tashish manzillari oʻrtasidagi masofa kilometrlarda yoziladi. Rekvizitlar haydovchiga axborot, liniyada nazorat qilish, talab etiladigan yonilgʻi miqdorini aniqlash va boshqa hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3816032" id="-3816032">“Haydovchiga topshiriq” boʻlimida koʻrsatilgan topshiriqni oʻzgartirish huquqiga faqat tashuvchilar ega boʻladilar. Faqat istisno hollarda buyurtmachi tashuvchi bilan kelishgan holda “Alohida qaydlar” qatoriga tegishli yozuvlarni kiritib topshiriqni oʻzgartirishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3816030" id="-3816030">p) 22-“Tashilishi kerak yuk hajmi” ustunida buyurtmachi uchun tashish zarur boʻlgan yukning miqdori tonnada yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795809" id="-3795809">r) yoʻl varaqasining old tomonida “Yonilgʻi berilsin” qatorida oldingi ish kunidagi qoldiq hisobga olingan holda topshiriqqa muvofiq ruxsat berilgan yonilgʻi miqdori harflar bilan yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795865" id="-3795865">s) “Dispetcher imzosi” qatorida dispetcher oʻz imzosi bilan yoʻl varaqasi rekvizitlari toʻgʻri toʻldirilganligini va haydovchida haydovchilik guvohnomasi mavjudligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795867" id="-3795867">46. Garajdan chiqqunga qadar yoʻl varaqasini toʻldirish quyidagi izchilllikda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795871" id="-3795871">a) “Yonilgʻining harakati” boʻlimida 7, 9-ustunlarda va tegishli qatorlarda yonilgʻi quyuvchi, yonilgʻi-moylash materiallari boʻyicha texnik yoki bunga vakolati boʻlgan shaxs berilgan yonilgʻi (markalari boʻyicha benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz)ning miqdorni yozadi va ushbu yozuvlar tagiga imzo chekadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795873" id="-3795873">b) old tomonida qatnov oldi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish chogʻida vrach yoki bunday vakolati boʻlgan shaxs tomonidan haydovchining sogʻligʻi holati va uni avtomobilni boshqarishga qoʻyish imkoniyatini imzo bilan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795874" id="-3795874">v) “Haydovchi va avtomobilning ishi” boʻlimida 5-“Spidometr koʻrsatkichlari” ustunida nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigi avtomobil yoʻnalishga chiqishida spidometr koʻrsatkichini yozadi, 6-“Amaldagi vaqt” ustunida shtamp-soatlar bilan garajdan haqiqatda chiqqan vaqtini qoʻyadi. Shtamp-soatlar nosoz boʻlgan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda vaqt quyidagi izchillikda qoʻlda yoziladi: kun, oy, soatlar, minutlar. Soʻngra “Yonilgʻining harakati” boʻlimida 10-“Chiqishda qoldiq” ustunida nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigi chiqish paytida avtomobil bakidagi yonilgʻi qoldigʻini yozadi va qayd etilgan barcha yozuvlarning toʻgʻriligini ushbu ustunda oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795875" id="-3795875">g) “Navbatchi mexanikning imzosi” qatorida nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigi avtomobilning haydovchiga texnik soz holatda va garajdan chiqishga ruxsat berilganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi, “Haydovchining imzosi” qatorida esa – haydovchi oʻz imzosi bilan avtomobilni texnik soz holatda qabul qilib olganligini va ish uchun topshiriq olganligini tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795876" id="-3795876">47. Yoʻl varaqasini yoʻnalishda toʻldirish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795877" id="-3795877">№ 4-s shakldagi “Topshiriqni bajarish izchilligi” boʻlimida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795878" id="-3795878">a) 23-“Qatnovlar raqamlari” ustunida yukni joʻnatuvchi bajarilgan qatnovlarning raqamlarini izchil ravishda yozadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795959" id="-3795959">b) 24-“Ilova qilingan tovar-transport yukxatlari raqamlari” ustunida yukni joʻnatuvchi tomonidan ushbu qatnovga tegishli boʻlgan tovar-transport yukxatining barcha raqamlari yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795961" id="-3795961">v) 25-“Kelish vaqti” ustunida kirish darvozasida yoki nazorat-texik punktida, ortish va tushirish punktlarida (temir yoʻl stansiyalaridan tashqari) haydovchi tomonidan yoʻl varaqasining yukni joʻnatuvchiga taqdim etilgan vaqti (soatlar, minutlar) qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795962" id="-3795962">Kirish darvozasi yoki nazorat-texnik punkti boʻlmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan ustun toʻldirilmaydi, ortish yoki tushirish punktiga kelingan vaqt tovar-transport yukxatiga qoʻyiladi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4271782" id="-4271782"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4271783" id="-4271783">g) 26-“Yuk joʻnatuvchining imzosi” ustunida yukni joʻnatuvchi oʻzi tomonidan yoʻl varaqasi toʻgʻri toʻldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4271784" id="-4271784">(47-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795967" id="-3795967">48. “Yoʻnalishda turib qolishlar” boʻlimida texnik yordam xizmati xodimi yoki bunga vakil qilingan shaxs tegishli 27, 28 va 29-ustunlarda turib qolishning sababini, sana va vaqtni (yil, kun, oy, soat va minutlar), turib qolishning boshlanishi va tamom boʻlishini yozadi hamda 30-ustunda ularni oʻz imzosi va muhr bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795982" id="-3795982">49. “Alohida qaydlar” boʻlimida yoʻl varaqasi shaklida nazarda tutilmagan maʼlumotlar yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795990" id="-3795990">50. Avtomobil garajga qaytgandan keyin yoʻl varaqasini toʻldirish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795992" id="-3795992">a) “Haydovchi va avtomobilning ishi” boʻlimida nazorat-oʻtkazish punktining navbatchi mexanigi 5-“Spidometrning koʻrsatkichlari” ustunini toʻldiradi va 6-ustunda avtomobilning haqiqatda garajga qaytgan vaqtini yozadi yoki shtamp-soatlarni bosadi (yil, kun, oy, soatlar va minutlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795993" id="-3795993">b) “Yonilgʻining harakati” boʻlimida nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigi 11-“Qaytganda qoldiq” ustunini toʻldiradi va uning ostiga imzo chekadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795994" id="-3795994">v) “Topshirdim haydovchi” qatorida haydovchi avtomobilning nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigiga texnik soz (nosoz) holatda topshirilganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Nazorat-texnik punktining navbatchi mexanigi “Qabul qildim navbatchi mexanik” qatorida “Haydovchi va avtomobilning ishi” boʻlimining “Garajga qaytish” qatorining 5 va 6-ustunlari toʻgʻri toʻldirilganligini va avtomobilning haydovchidan texnik soz (nosoz) holatda qabul qilib olinganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795996" id="-3795996">51. Yoʻl varaqasi haydovchi tomonidan toʻldirilgandan keyin dispetcher yoki tashuvchining bunga vakil qilingan shaxsi hujjatni quyidagi izchillikda toʻldiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3795997" id="-3795997">a) “Haydovchi va avtomobilning ishi” boʻlimida “Nolli masofa” ustunida masofalar jadvali boʻyicha garajdan ortishning birinchi manziligacha va tushirishning oxirgi joyidan garajgacha boʻlgan masofani yozadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796000" id="-3796000">b) “Yonilgʻi harakati” boʻlimidagi “Norma oʻzgarishi koeffitsiyenti” ustunida avtomobilning butun kun davomidagi ishiga avtomobilning oshiqcha yonilgʻi sarfi normasi bilan ishlashi bilan bogʻliq boʻlgan yonilgʻi sarfi normasining oʻzgarish koeffitsiyentini yozadi. 13-“Maxsus uskuna ishlash vaqti” ustunida va 14-“Dvigatel ishlash vaqti” ustunlarida yoʻl varaqasiga ilova qilingan tovar-transport yukxatidagi tegishli yozuvlar asosida maxsus uskunalarning tegishli ishlash vaqti va foydalanishning alohida sharoitlarida dvigatel ishlashining qoʻshimcha vaqti (ortish-tushirish mexanizmlarini aylantiruvchi dvigatel orqali ishlashi) yoziladi. Ushbu rekvizitlar yonilgʻi sarfining qoʻshimcha normasini aniqlash uchun zarur. Mazkur rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilganligini dispetcher oʻz imzosi bilan tegishli ustunlarda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796001" id="-3796001">v) “Topshiriqni bajarish izchilligi” boʻlimida dispetcher 23-ustunda qatnovlarning umumiy sonini, “Tovar-transport yukxatlari soni” qatorida esa – topshirilgan tovar-transport yukxatlarining umumiy sonini (yozuv bilan) yozadi. Topshirilgan va qabul qilingan tovar-transport yukxatlarining umumiy soni uchun yoʻl varaqasining orqa tomonida haydovchi “Topshirdim haydovchi” qatorida, dispetcher esa – “Qabul qildim dispetcher” qatorida imzo chekadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3796002" id="-3796002">2-§. № 4-p va № 1 (xalqaro) shakllardagi yoʻl varaqalarini toʻldirish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796003" id="-3796003">52. № 4-p shaklidagi yoʻl varaqasida “Haydovchiga topshiriq” boʻlimida 15-“Kimning ixtiyoriga” ustunida buyurtmachining buyurtmanomasi yoki bir martalik talabnomasi asosida dispetcher tomonidan avtomobil topshiriqni bajarish uchun ixtiyoriga kelishi kerak boʻlgan buyurtmachining nomi va manzili yoziladi. 16 va 17-ustunlarida – kelish va ketishning rejali vaqti, 18-ustunga esa – ish soatlarining rejali soni va 19- ustunga esa – reja boʻyicha qatnovlar soni yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796004" id="-3796004">53. № 4-p shakldagi yoʻl varaqasida buyurtmachi qirqib olinadigan talon mavjud boʻlib, ushbu talon transport xarajatalariga haq toʻlanishida tashuvchiga hisob-kitob taqdim etish uchun asos hisoblanadi va unga ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796007" id="-3796007">54. Qirqib olinadigan talonda buyurtmachi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796014" id="-3796014">a) haydovchi tomonidan taqdim etilgan yoʻl varaqasi asosida tegishli qatorlarda yoʻl varaqasining tartib raqami va sanasini, harakatlanadigan tarkibda yuk tashiladigan tashuvchining nomini, kelgan avtomobil va tirkamalarning rusumlari hamda davlat raqamlarini yozadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796016" id="-3796016">b) “Buyurtmachi” qatorida tashkilotning nomini, avtomobildan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsning toʻliq familiyasi va ismi,otasining ismining bosh harflarini yozadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796020" id="-3796020">v) “Vaqt” qatorida avtomobilning buyurtmachiga kelishi va undan ketishi vaqtini (soatlar va minutlar) koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796022" id="-3796022">g) “Spidometrning koʻrsatkichlari” qatorida buyurtmachiga kelgan va undan ketgan vaqtda spidometrning koʻrsatkichlarini yozadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796027" id="-3796027">d) “Ilova qilingan tovar-transport yukxatlari” qatorida tovar-transport yukxatlarining raqamlarini yozadi, ularning bir nusxasi yoʻl varaqasiga ilova qilinadi va ularning umumiy sonini koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796029" id="-3796029">Vaqtbay tarif boʻyicha haq toʻlanadigan ish uchun ajratilgan avtomobilning yoʻl varaqasiga ilova qilingan tovar-transport yukxatlari avtomobilning ishi uchun haq toʻlash shaklini oʻzgartirish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796032" id="-3796032">e) “Qatnov soni” qatorida bajarilgan qatnashlarning umumiy sonini yozib qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796052" id="-3796052">j) “Buyurtmachining imzosi va muxri” qatorida yoʻl varaqasi tegishli qatorlarining rekvizitlari toʻgʻri toʻldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi va muxrini bosadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796065" id="-3796065">55. “Topshiriqning bajarilishi” boʻlimidagi 25, 26 va 27-qatorlarda har bir qatnash boʻyicha tashilgan yuk tonnalarda, masofa kilometrlarda yozadi va ushbu yozuvlarni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796076" id="-3796076">56. № 1 (xalqaro) shakldagi yoʻl varaqasida asosiy qism № 4-s va № 4-m shakllardagi yoʻl varaqasi singari toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796081" id="-3796081">a) “Tashuvchi tomonidan toʻldiriladi” boʻlimida “Avtomobilning turib qolishi” kichik boʻlimida ortish, tushirish uchun, dam olish, avtomobilning texnik nosozligiga koʻra va boshqa sabablar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri va qaytish yoʻnalishlarida Oʻzbekiston hududida va xorijda turib qolish sanasi (yil, kun, oy) va haqiqiy vaqt (soat va minutlar) yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796084" id="-3796084">b) “Soatlar” kichik boʻlimida tegishli ustunlarga naryadda, harakatda boʻlish, turib qolishning (jami va shu jumladan texnik nosozlik boʻyicha) haqiqatdagi vaqti yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796091" id="-3796091">v) “Bosib oʻtilgan yoʻl, km” kichik boʻlimida tegishli ustunlarga kilometrlarda barcha va shu jumladan yuk bilan (jami va shu jumladan xorijda) avtomobil haqiqatda bosib oʻtgan yoʻl yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796094" id="-3796094">g) “Tashilgan tonna” kichik boʻlimida tegishli ustunlarda haqiqatda tashilgan tonnalar hajmi – jami va shu jumladan xorijda tashilgani yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796096" id="-3796096">d) “Bajarilgan tkm” kichik boʻlimida tegishli ustunlarga haqiqatda bajarilgan tonna-kilometrlar – jami va shu jumladan xorijda bajarilgan tonna-kilometr yoziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796099" id="-3796099">e) “Yonilgʻi” kichik boʻlimida tegishli ustunlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda olingan yonilgʻi (dizel yonilgʻisi, benzin, moy) miqdori va xorijda olinganini hisoblab chiqish usuli yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796102" id="-3796102">Tegishli ustunlarda chiqib ketish paytida yonilgʻi va moy qoldigʻi, qaytgandan keyingi qoldiq, haqiqatdagi sarf, norma boʻyicha sarf, tejash (+) yoki ortiqcha sarflash (-) yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796122" id="-3796122">57. “Ish haqini hisoblab chiqish” kichik boʻlimida tegishli ustunlarda ish turlari va ularga haq toʻlash yoziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3796132" id="-3796132">3-§. Yoʻl varaqalarini qayta ishlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796145" id="-3796145">58. Yoʻl varaqalari ikki yoʻl bilan qayta ishlanishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796157" id="-3796157">1) kompyuter qoʻllanilgan holda avtomatlashtirilgan usulda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796161" id="-3796161">2) qoʻlda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796263" id="-3796263">Kopyuterda avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlanishi kerak boʻlgan yoʻl varaqalari oldindan qayta ishlanadi, u axborotni kodlashtirishdan (ustunlarni toʻldirishdan) iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796174" id="-3796174">59. Yoʻl varaqalariga avtomatlashtirilgan ishlov berishda kompyuterdan olingan mashinogramm maʼlumotlari yoʻl varaqalari blankalariga oʻtkazilmasligi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796179" id="-3796179">Bunda mashinogrammada tegishli ravishda tasdiqlangan “Avtomobil va tirkamalarning ish natijalari” boʻlimining koʻrsatkichlari mavjud boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796225" id="-3796225">60. “Avtomobil va tirkamalar ish natijalari” boʻlimida yonilgʻi sarfi avtomobilning bir kundagi (smenadagi) ishida bosib oʻtgan umumiy yoʻli va bajarilgan tonna-kilometrlar boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796230" id="-3796230">Ish yakunlarini chiqarishda yoʻl varaqasida yonilgʻining amaldagi sarfi bilan birgalikda avtomobillarning alohida rusumlari uchun tasdiqlangan meyerlar boʻyicha yonilgʻi sarfi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796257" id="-3796257">61. Naryaddagi vaqt (soatlarda) avtomobil garajdan chiqqan paytdan boshlab uning garajga qaytishigacha aniqlanadi, haydovchining tushlik qilish va dam olish vaqti chiqarib tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida yoʻlsizlik, texnik nosozlik tufayli bekor turib qolishlar va hokazolar naryaddagi soatlardan chiqarib tashlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796271" id="-3796271">62. Harakatdagi vaqt bu naryaddagi vaqt bilan turib qolish vaqti oʻrtasidagi farqni tashkil etadi. Turib qolish vaqti ortish va tushirishda turib qolish vaqti, avtomobilning yoʻlda texnik nosozligi, shinani almashtirish, yoʻllarning harakat qilish holatida emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqqan bekor turib qolish vaqti jamlanishi yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796272" id="-3796272">63. Ortish va tushirishda turib qolish tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan yozuvlar boʻyicha aniqlanadi. Texnik nosozlik va boshqa sabablarga koʻra bekor turib qolish yoʻl varaqasining “Yoʻnalishda turib qolishlar” boʻlimidagi yozuvlar boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796274" id="-3796274">Turib qolish boʻyicha yakun alohida beriladi: yuk ortish va tushirish uchun turib qolish, meʼyordan ortiqcha turib qolish va texnik nosozlik boʻyicha turib qolish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796275" id="-3796275">64. Yuk bilan qatnashlar soni yuk ortishning boshlangʻich manzili bilan yuk tushirishning oxirgi manzili oʻrtasida yuk bilan barcha qatnashlarni hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlanadi. Yoʻl-yoʻlakay kirib oʻtilgan taqdirda, bu tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan yozuvlar boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796276" id="-3796276">65. Yuk ortilgan avtomobil bosib oʻtgan yoʻl tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan yuk bilan barcha qatnashlar masofasi yigʻindisiga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796277" id="-3796277">66. Avtomobil yuksiz bosib oʻtgan yoʻl umumiy bosib oʻtilgan yoʻl bilan yuk bilan bosib oʻtilgan yoʻl oʻrtasidagi farqni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796278" id="-3796278">67. Avtomobil bosib oʻtgan umumiy yoʻl garajdan chiqishda va garajga qaytishda spidometr koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796280" id="-3796280">68. Avtomobil bilan tashilgan yukning umumiy miqdori tayinlangan manzilga yetkazib berilgan yukning miqdorini hisoblab chiqish yoʻli bilan tovar-transport yukxati boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796281" id="-3796281">69. Tonna-kilometrlar har bir qatnash (yoʻl-yoʻlakay kirib oʻtish) boʻyicha tashilgan yuk miqdorini (ogʻirligini) yukni ortish va tushirish manzillari oʻrtasidagi har bir qatnash (yoʻl-yoʻlakay kirib oʻtish) masofasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796284" id="-3796284">Bir kunda (bir smenada) yuk avtomobili tomonidan bajarilgan tonna-kilometrlarning umumiy miqdori yuk bilan barcha qatnashlar (yoʻl-yoʻlakay kirib oʻtishlar) boʻyicha tonna-kilometrlar summasiga teng boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796287" id="-3796287">70. Haydovchiga ish haqi yoʻl varaqasiga ilova qilingan barcha tovar-transport yukxatilarining “Taksirovka”sida aks ettirilgan maʼlumotlar asosida koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3796288" id="-3796288">V bob. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3796292" id="-3796292">71. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan:</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3796302" id="-3796302">Moliya vaziri M. NURMURODOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796303" id="-3796303"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796308" id="-3796308">2004-yil 1-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3796310" id="-3796310">Davlat statistika qoʻmitasi raisi G. QUDRATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796313" id="-3796313"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796314" id="-3796314">2004-yil 1-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3796315" id="-3796315">Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. SAYFIDDINOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796316" id="-3796316"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3796317" id="-3796317">2004-yil 1-iyun</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797505" id="-3797505"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797506" id="-3797506">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797507" id="-3797507"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797508" id="-3797508"><img src="/files/3797516" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797519" id="-3797519"><img src="/files/3797517" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3797522" id="-3797522">* Tovar-transport yukxatida “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” qismida berilayotgan tovar-moddiy boyliklarning barcha nomlari va tavsifini sanab oʻtish imkoni boʻlmagan hollarda tovar-transport yukxatiga tovar boʻlimi sifatida belgilangan tartibda tasdiqlangan uning ajralmas qismi sifatida ixtisoslashtirilgan shakllar (tovar yukxati va boshqa shakllar) ilova qilinishi kerak, yukni joʻnatuvchilarda tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va ularni yukni oluvchilarda kirim qilish ular boʻyicha bajariladi, shuningdek ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi yuritiladi. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3797524" id="-3797524">Ushbu hollarda tovar-transport yukxatining “Yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” boʻlimining 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-ustunlari toʻldirilmaydi. Koʻrsatib oʻtilgan ustunlarning boʻsh qatorlarida ixtisoslashtirilgan shakllarning nomi, ularning raqamlari va toʻldirilgan sanasi yoziladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797525" id="-3797525"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797526" id="-3797526">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797542" id="-3797542"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797543" id="-3797543"><img src="/files/3797545" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797544" id="-3797544"><img src="/files/3797546" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797549" id="-3797549"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797550" id="-3797550">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />3-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797551" id="-3797551"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797553" id="-3797553"><img src="/files/3797556" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797560" id="-3797560"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797562" id="-3797562">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />4-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4297949" id="-4297949"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4297955" id="-4297955"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4297958" id="-4297958"><img src="/files/4297996" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4297960" id="-4297960"><img src="/files/4298004" /></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4298022" id="-4298022">(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797579" id="-3797579"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797580" id="-3797580">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />5-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797586" id="-3797586"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797587" id="-3797587"><img src="/files/3797589" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797588" id="-3797588"><img src="/files/3797590" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797591" id="-3797591"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797592" id="-3797592">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />6-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4297968" id="-4297968"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4297974" id="-4297974"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4297975" id="-4297975"><img src="/files/4298006" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4297978" id="-4297978"><img src="/files/4298012" /></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4298026" id="-4298026">(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli <a href="/mact/-4251405?ONDATE=25.03.2019 00#-4260818">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797614" id="-3797614"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3797615" id="-3797615">Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha <a href="/mact/-906218#-3794603">yoʻriqnomaga </a><br />7-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3797616" id="-3797616"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797617" id="-3797617"><img src="/files/3797623" /></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3797618" id="-3797618"><img src="/files/3797624" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-908740" id="-908740">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 312-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
